Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Ong falsafiy muammo sifatida. 
Ratsionalizmdan farqli oʻlaroq 
irratsionalizm(irrationalis – nooqilona, ongsiz) borliqni oqilona anglash 
imkoniyatini cheklaydi, ba‘zan esa butunlay inkor etadi. Xususan, 
neofreydizmning atoqli namoyandalaridan biri K.G.Yung (1875–1961) ongni 
ilmiy vositalar bilan bilish mumkin emas, deb hisoblagan va unga ta‘rif 
berishga urinishlardan butunlay voz kechib, uni rasmlar va metaforalar 
yordamida tavsiflash bilangina kifoyalanishni taklif qilgan. Ongni tushunish 
irratsionalizm ekzistensializm va neopozitivizm kabi falsafiy oqimlarga ham 
xosdir. 
Irratsionalizmga zid oʻlaroq, ongni tushunishga nisbatan falsafiy 
yondashuv ongning paydo boʻlishini materiya‘ning oʻzi bilan tushuntirishga 
intilish, ayni vaqtda uning tabiat va vaqtdan tashqa‘rida hamda nomoddiy 
kelib chiqishini inkor etish bilan tavsiflanadi. Bunday qarashlarni asoslash 
uchun ilmiy va amaliy yutuqlardan doim keng foydalanilgan. Mazkur 
yoʻnalish turli davrlarda sezuvchi, fikrlovchi materiya‘ning farqi va oʻziga 
xos xususiyatlari nimada?, degan mushkul savollarga javob izlagan.
Mazkur muammoni toʻla va uzil-kesil tushunganlikni da‘vo qilmasdan, 
shuni qayd etish mumkinki, hozirgi zamon fani
oʻzini bevosita yoki bilvosita 
namoyon etuvchi ong inson miyasining ish jarayoni hisoblanadi, uning 


298 
funksiyasi sifatida amal qiladi va undan ayri holda namoyon boʻlmaydi
, deb 
e‘tirof etadi.
Hozirgi zamon fani inson miyasida yuz milliarddan ortiq asab 
hujayralari uzluksiz ishlashini, ularning har biri oʻz navbatida boshqa oʻn 
ming hujayra bilan axborot va signallar almashishini aniqlagan. Inson 
miyasi, garchi uning massasi tana massasining atigi ikki-uch foizini tashkil 
etsa-da, organizm ovqatdan oladigan butun energiya‘ning yigirma foiziga 
yaqinrogʻini iste‘mol qiladi.
Mazkur oʻta murakkab biologik «kompyuter» ishini tadqiq etish 
mumkin boʻlib, bu bilan maxsus fanlar shugʻullanadi, ammo falsafa bunday 
tadqiqotlarni e‘tiborga olib, oʻz oldiga birinchi navbatda ongning tabiati 
qanday, degan savolga uning vujudga kelishi va genezisini oʻrganish yoʻli 
bilan javob berish vazifasini qoʻyadi. Bunda falsafa inson miyasining 
funksiyasi sanalgan ongni oʻrganish bilangina cheklanmaydi, balki masalani 
kengroq qoʻyadi: ongning boshqa shakllari, xususan oʻzga moddiy 
tuzilmalardan paydo boʻlgan ong shakllari mavjud boʻlishi mumkinmi?, 
degan savolga javob izlaydi. Shuningdek, falsafa ongning materiyadan oldin 
paydo boʻlgan yoki u bilan mutlaqo bogʻliq boʻlmagan mohiyat 
hisoblanishini nazarda tutadigan ta‘limotlarni ham istisno etmaydi.
Shunga qaramay bugungi kun nuqtayi nazaridan inson aqli tushunishga 
qodir boʻlgan borliqqa tayanadigan falsafiy gʻoyalar ishonchliroq xususiyat 
kasb etadi. SHu ma‘noda ong haqida hozircha faqat inson miyasi faoliyati 
munosabati bilan aniq soʻz yuritish mumkin.
Yangi tabiiy-ilmiy ma‘lumotlar olinishi ongning tabiatini tushunishga 
nisbatan materialistik yondashuvlar mavqeini kuchaytirmoqda. Ammo, kezi 
kelganda shuni ta‘kidlab oʻtish lozimki, bu oʻta murakkab masala xususida 
falsafaning materialistik yoʻnalishi vakillari oʻrtasida ham yagona fikr 
mavjud emas. Masalan, XX asrning 50-yillari oxirida AQSh va Avstraliyada 
ilmiy materializm vujudga keldi. U «vulgar materializm» anʼanasini davom 
ettirib, mohiyat e‘tibori bilan ma‘naviy hodisalarni miya‘ning fizik holatlari 
bilan tenglashtirdi (R.Rorti, G.Feygl, D.Armstron va boshqalar). 70-yillarda 
AQSh va Kanadada yana bir falsafiy yoʻnalish – «emerjentistik materializm» 
shakllandi (ingl. emerge – yuzaga chiqish, paydo boʻlish, yuzaga kelish). 
Uning vakillari – M.Bunge, J.Margolis va boshqalar individul ruhiyat va 
ongning evolyusion kelib chiqishi gʻoyasini himoya qilib, ruhiy hodisalarni 
jismoniy hodisalarga bogʻlashga qarshi chiqdilar.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ongning ilmiy konsepsiyasi 
hozircha eng mukammal va hozirgi zamon tabiatshunosligi talablariga 
koʻproq darajada javob beradigan falsafiy konsepsiya boʻlib qolmoqda. aynii 
shu sababli unga quyida mufassalroq toʻxtalamiz.
Ongning paydo boʻlishini faqat notirik materiyadan tabiiy yoʻl bilan 
vujudga kelgan tirik materiya‘ning tadrijiy rivojlanishi mahsuli sifatida 


299 
tushuntirishga harakat qilinishi va ong tabiatining talqiniga «in‘ikos» 
tushunchasini kiritilishi ongning falsafiy konsepsiyasidir.
Ong materiya‘ning 
umumiy xossasi, in‘ikosning oliy tipi deb tavsiflanadi va ongning genezisiga 
tabiiy-tarixiy nuqtayi nazardan yondasxilib, uning paydo boʻlishi mehnat va 
til bilan bogʻlanadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish