Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Til va ong.
Ong nafaqat insonning mehnat faoliyati, balki odamlar 
oʻzaro aloqasi va muloqotining universal vositasi – til bilan ham uzviy 
bogʻliqdir.
Aniq, tushunarli nutqning paydo boʻlishi, nafaqat ijtimoiy 
munosabatlar, balki insonning oʻzi, uning ongi rivojlanishining butunlay 
yangi va qudratli vositasiga aylandi, chunki biologik omil (irsiyat)dan 
tashqari odamlarda til yordamida yanada qudratliroq omil – tajriba va muhim 
axborot berishning ijtimoiy usuli paydo boʻldi. Bu turli avlodlar va tarixiy 
davrlarning bilimlari, anʼanalari, madaniyatlarining vorisiyligini ta‘minladi, 
soʻnggi zikr etilgan hol esa, oʻz navbatida, tilning yanada rivojlanishi va 
takomillashuviga turtki berdi va zamin hozirladi.
Shunday qilib, mehnat, ong va til bir-biri bilan shu darajada uzviy 
bogʻlandiki, ulardan har birining kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishini bir-
biridan alohida tasavvur qilish mumkin emas. Bunda til insonning fikrlash 
faoliyati amalga oshuvchi muhim shakl hisoblanadi, mehnat esa, oʻz 
navbatida, tilni rivojlantiradi va boyitadi.
Xullas, individning ongi ijtimoiy belgilangandir, ya‘ni u faqat 
jamiyatda shakllanadi va undan tashqa‘rida paydo boʻlishi mumkin emas. U 
nafaqat kelib chiqishiga koʻra, balki borliq usuli jihatidan ham ijtimoiy 
hodisa hisoblanadi, chunki odamlarning xulq-atvori, harakatlarida namoyon 
boʻladi, ularning faoliyat yoʻnalishini belgilaydi.
Ongning strukturasi va funksiyalari. 
Ong strukturasining
b
irinchi 
elementi – 
bilim
. Bu ongning bosh tarkibiy elementi, uning oʻzagi, mavjudlik 
vositasi. Bilim – bu insonning voqelik haqidagi tushunchasi. Inson ongida 
bilim anglab etilgan hissiy va mavhum mantiqiy obrazlar sifatida aks etadi. 
Bilimlar yordamida inson oʻzini qurshagan dunyoni va bilishning predmetini 
toʻlaligicha qamrab olishi va anglab etishi mumkin.
Ong strukturasining ikkinchi muhim elementi 
emotsiyalardir
. Inson 
oʻzini qurshagan dunyoni sovuqqonlik va befarqlik bilan emas, balki 
qoniqish, nafrat yoki hamdardlik hissi bilan anglab etadi. U oʻz ongida aks 
etgan hamma narsani his qiladi. Emotsiyalar borliqning real hodisalarini 
individ anglab etishini yo ragʻbatlantiradi, yo bunga toʻsqinlik qiladi. Koʻzni 
quvontiradigan narsalar xotiraga osonroq oʻrnashadi. Ammo ba‘zan 
dunyoning «koʻzni quvontiradigan» manzarasi oʻziga mahliyo qilishi, 
illyuziyalar tugʻilishiga sabab boʻlishi ham mumkin. Ongning uchinchi 
tarkibiy elementi 
iroda 
hisoblanadi. Iroda inson oʻz faoliyatini ongli 
ravishda, izchillik bilan boshqarishini oʻzida ifodalaydi. Bu insonning oʻz 
faoliyatida yuzaga keladigan, subyektiv va obyektiv qiyinchiliklar va 


300 
toʻsiqlardan ongli ravishda oshib oʻtishni talab etadigan vazifalarni hal 
qilishga oʻz ruhiy va jismoniy kuchlarini safarbar etish va yoʻnaltirish 
qobiliyatidir. 
Inson 
mehnat 
qurollarini 
yaratishi 
– bu irodani 
shakllantirishning birinchi va eng muhim maktabidir. Iroda va maqsad bir-
birini toʻldiradi. Irodasiz maqsadga erishish mumkin emas; maqsadga 
muvofiq faoliyatsiz iroda ham boʻlmaydi. Iroda – bu ongli intilish va 
harakatga mayl uygʻotishdir. Ammo insonga ongsiz mayllar ham xos. Ba‘zan 
inson qaergadir intiladi, lekin qaerga va nima uchun intilayotganini uning 
oʻzi ham bilmaydi. Bunday ong osti harakati insonga hayvonlardan oʻtgan.
Ong strukturasining yana bir elementi – bu 
tafakkur
dir. Tafakkur – 
individ bilish faoliyatining voqelikni umumiy va bilvosita aks ettirish bilan 
tavsiflanuvchi jarayoni. Ong strukturasiga 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish