Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Inson falsafiy muammo sifatida.
Falsafa tarixida insonga murojaat 
etmagan, inson moddiy va ma‘naviy borligʻining turli tomonlarini bevosita 
yoki bilvosita tahlil qilmagan faylasuf yoki falsafiy yoʻnalishni topish deyarli 
mumkin emas. Aksariyat falsafiy va diniy tizimlar katta olam yoki 
makrokosmga zid oʻlaroq, insonga mikrokosm yoki kichik Koinot sifatida 
qarab, uni butun olamni tushunish kaliti deb hisoblaganlar. Faylasuflar inson 
sirining tagiga etish borliq jumbogʻining tagiga etish bilan barobar ekanligini 
qayta-qayta anglab etganlar. Zero Farobiy aytganidek – ‖Odamlar oʻzlarining 
xos xususiyatlariga va tabiiy ehtiyojlariga koʻra jamiyat tuzadilar. Ularning 
harakat va fe‘llarini dastavval bora-bora odatlarga aylanadigan tabiiy 
qobiliyatlar belgilaydi‖
1
. Oʻz-oʻzingni angla va shu orqali dunyoni anglaysan. 
Dunyoni insonning teran qatlamlariga kirmasdan sirtdan bilishga boʻlgan 
barcha urinishlar narsalar haqida faqat yuzaki tasavvur hosil qilish imkonini 
beradi. Insondan sirtga qarab harakat qiladigan boʻlsak, narsalar mohiyatini 
hech anglay olmaymiz, zero bu mohiyat insonning oʻzida mujassamlashgan.
Bu fikr qadimgi mutafakkirlargayoq yaxshi ma‘lum boʻlgan. Unga turli 
koʻrinishlarda Sharqda ham, yunon-rim falsafiy anʻanasida ham duch kelish 
mumkin. Xususan, antik davrda Delfidagi Apollon ibodatxonasiga 
kiraverishda ustunga oʻyib yozilgan, rivoyatlarga qaraganda Suqrot 
takrorlashni yaxshi koʻrgan «Oʻz-oʻzingni angla», degan ibora ayniqsa 
mashhur boʻlgan. Uchinchi ming yillikda ham bu fikr oʻz ahamiyatini 
yoʻqotgani yoʻq. U nafaqat narsalar dunyosini, balki inson borligʻining 
mohiyatini, inson va ijtimoiy munosabatlarning asl tabiatini tushunishga 
harakat qilayotgan har bir odam uchun oʻz-oʻzini anglashga chorlovchi fikr 
boʻlib qolmoqda. Buni faqat shu bilan izohlash mumkinki, ayni holda har bir 
yangi avlod oʻz davri hamda tabiiy-ilmiy va falsafiy tasavvurlarning tegishli 
darajasi nuqtayi nazaridan echishga harakat qiladigan oʻta murakkab, 
«boqiy» falsafiy masalalardan biri toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Xususan, 
qadimgi xitoy faylasufi Lao Szi fikriga koʻra, «boshqalarni biluvchi – oqil, 
oʻzini biluvchi – donishmanddir». Protagorning: «Inson barcha narsalar 
mezonidir», degan fikri ham juda mashhur. «Tangri saltanati bizning 
ichimizdadir», deb oʻrgatgan Iso Masih. Buddaviylarning: «Oʻzligingga 
nazar tashla, sen Buddasan», degan chorlovi ham yuqoridagi fikr bilan 
hamohangdir. Islomda «Kimki oʻzini bilsa, u Allohni ham bilgaydir», 
deyiladi.
Demak, inson oʻzini dunyodan oldinroq va koʻproq biladi, ayni shu 
sababli u dunyoni oʻzidan keyin va oʻzi orqali anglab etadi. Falsafa dunyoni 
inson orqali ichdan bilishdir, fan esa insondan tashqa‘ridagi dunyoni yuzaki 
bilish demakdir. Insonda mutlaq borliq, insondan tashqa‘rida esa – nisbiy 
borliq namoyon boʻladi.
1
Ал-Фаробий Философия политики. – М.: 1989. – С.529.


305 
Inson barcha yaxshi fazilatlarni oʻzida mujassamlashtirgan oʻziga xos, 
betakror va barkamol mavjudot – cheksiz mikrokosm sifatida ham, inson 
tabiatining norasoligi va buzuqligi tufayli ha‘lokatga mahkum boʻlgan tabiat 
xatosi sifatida ham, Xudo yaratgan banda sifatida ham, boshqa odamlar 
faoliyatining mahsuli sifatida ham talqin qilinadi. Xususan, Sharq 
mutafakkiri A.Beruniy jahon fanida birinchi marta inson va tabiat, odam va 
olam oʻrtasidagi munosabatlarni dunyoviy fan nuqtayi nazaridan oʻrganadi. 
U ―odamlar tuzilishining rang, surat, tabiat va axloqda turlicha boʻlishi 
faqatgina nasablarining turlichaligidan emas, balki tuproq, suv, havo va 
erning, odam yashaydigan joylarning turlichaligi hamdir. Tillarning turlicha 
boʻlishiga sabab odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq 
turishi, ularning har birida turli xohishlarni ifodalash uchun zarur boʻlgan 
soʻzlarga ehtiyoj tugʻilishidir. Uzoq zamonlar oʻtishi bilan bu iboralar 
koʻpayib, yodda saqlangan va takrorlanish natijasida tarkib topib, tartibga 
tushgan‖
1
, deb hisoblaydi. Demak, Beruniy fikricha, insonning fe‘l-atvori va 
ma‘naviy qarashlari, surati va siyrati bevosita tabiiy muhit ta‘sirida 
shakllanadi. Zero, aynan shu tabiiy muhit, geografik sharoit xalqlar, millatlar 
shakllanishining muhim asosi boʻla oladi. ―Inson oʻz tabiatiga koʻra 
murakkab tanaga egadir. Insonning tanasi bir-biriga qarama-qarshi 
qismlardan iborat boʻlib, bu qismlar tobelik kuchi asosida birlashgan‖
2

Beruniy fikricha, hamma odamlarda oʻzaro bir-biriga oʻxshash va ayni 
paytda farq qilib turadigan jihatlar mavjud. Ibn Sino, ―Inson boshqa barcha 
hayvonot olamidan soʻzi, tili va aqli, tafakkur qilishi bilan farq qiladi. Inson 
aqli turli fanlarni oʻrganish yordamida boyiydi‖
3
, deb hisoblaydi. Farobiy 
fikricha, inson oʻz tabiatiga koʻra hayotini tartibga keltirish, mustahkamlash 
va takomillashtirish uchun boshqa insonlarga muhtoj boʻladi. YAkka holda 
hech kim buning uddasidan chiqa olmaydi. ―Inson shunday maxluqotki, u 
faqat jamiyatda oʻz ehtiyojlarini qondirishi va oliy ma‘naviy darajaga 
koʻtarilishi mumkin‖
4
. Inson oʻz hayotining memori, ijodkori boʻlmogʻi, 
oʻzida fozila xislatlar, iste‘‘dodlarni tarbiyalashi lozim. Bunga esa u 
jamiyatda yashab faoliyat koʻrsatgandagina erishadi. Inson ijtimoiy 
mavjudod. YolgʻIzlik uzlat uni qashshoqlashtiradi, insoniy qiyofasini va 
baxtga olib boradigan iste‘‘dodini yoʻqotadi. Ibn Xaldun insonga ijtimoiy 
voqelik sifatida qaraydi. Undan ijtimoiy mohiyat izlaydi. Inson jonzot 
sifatida ezgulik va yovuzlik olamidir. Shunga koʻra, u umrining har 
daqiqasida yovuzlikdan koʻra ezgulikka, yomonlikdan koʻra yaxshilikka, 
nafratdan koʻra muhabbatga intilib yashashga mahkum etilgan aql sohibi, 
bebaho ne‘matdir.
1
Беруний А. Танланган асарлар. 1 жилд. –Т.: Фан, 1968.-Б.16-17. 
2
Qarang: Ирисов А. Абу Райхон Беруний ҳикматлари. -Т.: Ёш гвардия, 1973. –Б.40-43 
3
Ибн Сина. Данишнамэ. -Душанбе.: 1957.-С..59 
4
Фаробий. Фозил одамлар шаҳри. - Т.: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриѐти, 1993. – Б.69 


306 
Inson barcha ijtimoiy munosabatlar majmuidir, degan fikr insonga 
mexanistik nuqtayi nazardan yondashgan Ma‘rifat davri mutafakkirlari, 
xususan «Inson-mashina» deb nomlangan asar muallifi fransuz J.Lametri 
(1709–1751) ilgari surgan gʻoyalar bilan toʻqnashadi.
Boshqa bir mashhur fransuz faylasufi – R.Dekart (1596–1650) 
asarlarida inson mohiyati masalasiga nisbatan butunlay oʻzgacha 
yondashuvga duch kelamiz. U «inson fikrlovchi narsadir», deb hisoblaydi.
«Inson, u uzoq vaqt oʻylaganidek, dunyoning statik markazi emas, 
balki evolyusiya‘ning oʻziga va choʻqqisi boʻlib, bu ancha goʻzalroqdir»
1

deb qayd etadi atoqli fransuz faylasufi va teologi P.T. de Sharden (1881–
1955). Unga zid oʻlaroq, A.Shopengauer (1788–1860) inson nuqsonli 
mavjudot ekanligini ta‘kidlaydi, uni «tabiat xalturasi» deb ataydi.
Fransuz yozuvchisi va faylasufi J.P.Sartr (1905–1980) bu fikrni 
butunlay rad etadi. Uning fikricha, inson kelajakka qarab intiladi va shu 
tariqa oʻzini oʻzi yaratadi. U «Inson – odamzot kelajagidir», deb ta‘kidlaydi.
Fikrlarning bunday rang-barangligi sababini, avvalo, insonning oʻz 
tabiatidan izlash lozim. Inson tabiatining siri, hech shubhasiz, «boqiy 
muammolar»dan biri boʻlib, falsafa oʻz predmetining mohiyati va 
xususiyatiga koʻra unga qayta-qayta murojaat etgan va shunday boʻlib qoladi. 
Bu erda mazkur sohadagi barcha fikr-mulohazalarga moʻljal beruvchi 
insonning kelib chiqishi haqidagi masala ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. 
Inson qaerdan va qanday paydo boʻlgani haqidagi koʻp sonli gʻoyalar 
orasidan eng muhimlarini ajratib olsak, ularning barchasini ma‘lum darajada 
shartlilik bilan ikki asosiy konsepsiya 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish