e‘tibor
va
xotira
ham kiradi.
E‘tibor
–
bu inson ruhiy faoliyatining muayyan obyektlarga qarab moʻljal
olishda namoyon boʻluvchi shakli.
Xotira
–
bu individ miyasida uning oʻtmishdagi tajribasini
mustahkamlash, saqlash va gavdalantirishdan iborat boʻlgan ruhiy jarayon.
Xotiraning asosiy elementlari eslab qolish, saqlash, gavdalantirish va unutish
hisoblanadi. Eslab qolishning fiziologik asosini bosh miya poʻstlogʻida
vaqtinchalik nerv aloqalarining hosil boʻlishi va qayd etilishi tashkil qiladi.
Nerv aloqalarining keyinchalik jonlanishi eslab qolingan materialni
gavdalantirish imkoniyatini beradi, bu aloqalarning susa‘yishi esa xotiradagi
materialning unutilishiga olib keladi.
Insonning subyektiv borligʻida muhim kichik struktura –
oʻzlikni
anglash
ham bor. Bu insonning oʻzini shaxs sifatida anglab etish, oʻzining
mustaqil qarorlar qabul qilish va shu asosda odamlar va tabiat bilan ongli
munosabatlarga kirishish, qabul qilingan qarorlar va harakatlar uchun
javobgar boʻlish qobiliyatini tushunish jarayonidir. Boshqacha qilib
aytganda, oʻzlikni anglash – bu oʻz-oʻziga, oʻzining ma‘naviy qiyofasiga, oʻz
bilimlari, fikrlari, qiziqishlari, ideallari, xulq-atvor moʻljallari, harakatlari va
shu kabilarga yaxlit baho berishdir. Oʻzlikni anglash yordamida inson oʻz-
oʻziga boʻlgan munosabatini roʻyobga chiqaradi, oʻz-oʻziga his qilishga qodir
boʻlgan fikrlovchi mavjudot sifatida baho berishni amalga oshiradi. Bu holda
subyekt oʻz-oʻzini va oʻzining ongini bilish obyektiga aylantiradi. SHu tariqa
inson oʻz-oʻziga baho beradigan, shusiz hayotda oʻz oʻrnini belgilash va
topishga qodir boʻlmagan mavjudot sifatida namoyon boʻladi.
Oʻzlikni anglash – insonning oʻzini oʻzi tinimsiz kamol toptirishining
muhim shartidir. Oʻzlikni anglash strukturasida
oʻz-oʻzini his qilish, oʻz-
oʻzini bilish, oʻz-oʻziga baho berish, oʻz-oʻzini boshqarish
kabi elementlarni
ham ajratish mumkin. Umuman olganda oʻzlikni anglash refleksiya bilan
uzviy bogʻliq. Falsafiy adabiyotlarda refleksiya tafakkurning unga oʻz
faoliyat shakllarini (tafakkur kategoriyalarini) tahlil qilish va anglab etishga
koʻmaklashuvchi tamoyil sifatida tavsiflanadi. aynii shu sababli refleksiyaga
301
inson ma‘naviy dunyosining ichki tuzilishi va xususiyatlarini namoyon
etuvchi oʻzlikni anglash faoliyati sifatida yondashish, bizningcha, oʻrinli
boʻladi.
Ong tarkibiy elementlari bir-biri bilan oʻzaro aloqaga kirishadi va
ongga inson hayoti uchun oʻta muhim boʻlgan bir qancha funksiyalarni
ta‘minlaydi.
Ongning birinchi funksiyasibilish
yoki
aks ettirish
,
ya‘ni insonni
qurshagan voqelik haqida va uning oʻzi haqida bilimlar olishdir.
Bilish
faoliyati sifatida anglash jarayoni hissiy, obrazli bilishdan boshlanadi va
mavhum fikrlash sari yuksaladi. Hissiy (empirik) bilish bosqichida rang-
barang ashyoviy material toʻplanadi va keyinchalik u mavhum fikrlash yoʻli
bilan umumlashtiriladi.
Ongning bilish funksiyasijamgʻarish funksiyasini
belgilaydi. Bu funksiya‘ning mohiyati shu bilan belgilanadiki, bevosita,
shaxsiy tajribadan olingan bilimlargina emas, balki zamondoshlar yoki
oʻtmishdoshlardan olingan bilimlar ham inson xotirasida jamlanadi. Bu
bilimlar zaruriyatga qarab aktuallashtiriladi, tiklanadi va ongning boshqa
funksiyalarini amalga oshirish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Inson xotirasi
qancha boy boʻlsa, u optimal qaror qabul qilishi shuncha oson boʻladi.
Ongning aksiologik funksiyasi (baholash funksiyasi)dainson tashqi
dunyo haqida ma‘lumotlar olish bilan bir vaqtda ularni oʻz ehtiyojlari va
manfaatlari nuqtayi nazaridan baholaydi
. Ong, bir tomondan, obyektiv aks
ettirish shakli, inson mayllari va manfaatlariga bogʻliq boʻlmagan voqelikni
bilish shakli hisoblanadi. Bilimlar olish, obyektiv haqiqatning tagiga etish,
bilish faoliyati sifatidagi anglash jarayonining natijasi va maqsadiga aylanadi.
Boshqa tomondan, ong voqelikka subyektiv munosabat koʻrinishlarini, uni
baholash, oʻz bilimini va oʻzini anglab etishni ham oʻz ichiga oladi.
Ongning
baholash funksiyasi bevosita‘maqsadni shakllantirish funksiyasiga
oʻtadi.
Maqsadga intiluvchanlik – bu ongning muhim xususiyati hisoblanuvchi sof
insoniy qobiliyat. Maqsad – bu insonning oʻz predmetini topgan
ideallashtirilgan ehtiyoji; bu faoliyat predmetining shunday bir subyektiv
obraziki, uning ideal shaklida inson faoliyatining moʻljallangan natijasi
namoyon boʻladi. Maqsadlar insoniyatning jami tajribasi negizida
shakllantiriladi va ijtimoiy, axloqiy, estetik va boshqa xil ideallar
koʻrinishidagi oliy shakllar sari yuksaladi. Aniq bir maqsadga qaratilgan
faoliyat inson dunyodan qanoatlanmayotgani hamda uning bu dunyoni
oʻzgartirish, uni insonga, jamiyatga zarur boʻlgan shaklga solish ehtiyoji
bilan
izohlanadi.
Ongning
ijod
funksiyasida
insonningoliy
imkoniyatlarinamoyon boʻladi
. Maqsadga intiluvchanlik, ya‘ni inson oʻz
harakatlarini «nima uchun» va «nimaga erishish yoʻlida» amalga oshirishini
anglab etish har qanday ongli qilmishning zaruriy shartidir. Maqsadni
roʻyobga chiqarish muayyan vositalarni, ya‘ni maqsadga erishish uchun
yaratiladigan va shunga xizmat qiladigan vositalarni ishga solishni nazarda
302
tutadi. Inson tabiatda mavjud buoʻlmagan narsalarni bunyod etadi. U
ongning
kommunikativ funksiya
(aloqa funksiyasi)
da odamlar umumiy mehnatda
ishtirok etadilar va bir-birlari bilan oʻzaro aloqalarga kirishishga doimi
muhtoj boʻladilar.
Fikrlarning bu aloqasi nutq orqali (ovozlik aloqa) va
texnika vositalari yordamida (matnlar, kodlangan axborot) amalga oshiriladi.
SHuni e‘tiborga olish lozimki, yozma matnlarda (kitoblar, jurnallar, gazetalar
va sh.k.)da bilim emas, balki axborotgina saqlanadi. Axborot bilimga
aylanishi uchun u subyektivlashtirilishi lozim. aynii shu sababli bosma soʻzni
tarqat‘ish bayon etilgan axborot bilimga aylanishining kafolati emas, balki
sharti hisoblanadi. Axborot bilimga, ya‘ni subyektiv boylikka aylanishi
uchun qoʻshimcha kuch-gʻayrat sarflash talab etiladi.
Shaxs ongining mantiqiy siklini tartibga solish (boshqaruv) funksiyasi
yakunlaydi. Ong omillarga baho berish asosida va qoʻyilgan maqsadga
muvofiq inson harakatlarini, keyinchalik esa – jamoalarning harakatlarini
ham boshqaradi, tartibga soladi. Ongning tartibga solish funksiyasi insonning
oʻzini qurshagan muhit bilan oʻzaro aloqasiga bogʻliq boʻladi va ikki shaklda:
da‘vat etuvchi tartibga solish va ijroni tartibga solish shakllarida amal qiladi.
Ongning bosh funksiyalari ana shulardan iborat. Ularning uygʻun
rivojlanishigina oxir-oqibatda intellektual va ma‘naviy jihatdan komil insonni
tarbiyalash imkoniyatini beradi.
XXI asr boshiga kelib olimlar intellektning ayrim funksiyalarini
informatsion mashinalar zimmasiga yuklash uchun ancha koʻp zahmat
chekdilar. Bugungi kunda kompyuterlar murakkab ishlarni bajarmoqdalar: bir
tildan boshqa tilga tarjima qilmoqdalar, samolyotlarni, poezdlarni
boshqarmoqdalar, shaxmat oʻynamoqdalar, hatto inson miyasiga xos boʻlgan
ba‘zi bir mantiqiy amallarni bajarmoqdalar. Tabiiy bir savol tugʻiladi: inson
aqlining oʻrnini bosishga qodir boʻlgan mashinani yaratish mumkin emasmi?
Texnika imkoniyatlari nuqtayi nazaridan, informatsion mashinalarni
takomillashtirish chegarasini belgilash oʻrinli boʻlmaydi. SHunga qaramay,
mashinalar bajaruvchi amallar bilan inson miyasida bajariladigan amallarning
oʻxshashligi mashinalarni fikrlash qobiliyatiga ega deb hisoblash uchun asos
bermaydi. Mohiyat e‘tibori bilan mashina inson tafakkurining faqat bir
jihatini – formal-mantiqiy fikrlashnigina amalga oshiradi, vaholanki,
insonning fikrlash jarayoni amalda iroda, emotsiyalar, intuitsiya, orzu,
fantaziya va hoka‘zolardir. Inson ichki dunyosining boyligi uning ijtimoiy
aloqalari boyligi va serqirraligining mahsuli hisoblanadi. aynii shu sababli,
inson ongi, uning strukturasi va barcha funksiyalarini toʻliq modellashtirish
uchun miya strukturasining oʻzinigina gavdalantirish kifoya qilmaydi.
Buning uchun inson rivojlanishining butun tarixiy yoʻlini gavdalantirish, uni
barcha ehtiyojlar bilan, shu jumladan siyosiy, axloqiy va estetik ehtiyojlar
bilan ta‘minlash talab etiladi. Bularning barchasi bilishning murakkab
vazifalarini echishda zamonaviy kibernetik qurilmalarning imkoniyatlari
303
cheklangan-ligidan da‘lolat beradi. Ular aslida intellektual faoliyatning
axborotni qayta ishlash qoidalari bilan bogʻliq boʻlgan tomonlarini
mexanizatsiyalashtirish va avtomatizatsiyalashtirish vositalaridan boshqa
narsa emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |