Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Jamiyatning asosiy sohalari va ularning oʻzaro aloqadorligi



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Jamiyatning asosiy sohalari va ularning oʻzaro aloqadorligi. 
Ijtimoiy 
hayotining belgilovchi sohalariga: 
iqtisodiy, sotsial, siyosiy va ma‘naviy 
sohalar 
kiradi. Real hayotda ular oʻzaro aloqadorlikda mavjud boʻladi (Ilova 7.3.) 
Iqtisodiy soha 
jamiyat rivojlanishining tabiiy va zaruriy sharti boʻlgan 
moddiy ne‘matlar – tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayir-
boshlash va iste‘molini ta‘minlovchi tizimidan tashkil topadi. Vaholanki 
moddiy ehtiyojlarni qondirish va manfaatdorlik jamiyat iqtisodiy hayotining bosh 
maqsadi hisoblanadi. (Ilova 7.5.). 
Kishilarning mehnat faolligi – jamiyat barqaror rivojlanishining muhim 
omilidir. Mulkchilik shakllarining rivojlanib borishi bilan insonning mehnatga 
munosabati ham oʻzgarib boradi. Inson ekspluatatsiyasiga asoslangan jamiyatda 
inson oʻz mehnati natijasidan begonalashadi, ya‘ni undan ma‘naviy va iqtisodiy 
jihatdan manfaatdor boʻlmaydi. erkin va mustaqil jamiyatda iqtisodiyot va 
ma‘naviyatning uzviy bogʻliqligi toʻla roʻyobga chiqadi. Faqat ozod va erkin 
jamiyatdagina inson mehnati moddiy, ham ma‘naviy jihatdan qadrlanadi.
Xususan, Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng, ijtimoiy yoʻnaltirilgan, 
sogʻlom raqobat muhitiga asoslangan bozor munosabatlariga oʻtila boshlandi, 
davlat – iqtisodiy islohotlarning tashabbuskoriga aylandi. Inson oʻz mehnati 
natijalaridan manfaatdor boʻlishi, uni oʻz kasbiga ijodiy munosabatni 
shakllanishiga, ha‘lol mehnatning qadriyatga aylanishiga sharoit yaratildi. Bu esa 
mehnat faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. 
Jamiyat – odamlar oʻrtasida amal qiladigan ijtimoiy munosabatlar va 
ijtimoiy institutlar tizimi sifatida ham ta‘riflanishi mumkin. Bunda jamiyatning 
aynan 
ijtimoiy (sotsial) sohasiga
e‘tibor qaratilib, u turli ijtimoiy guruhlar, turli 
darajada uyushgan elatlar (ijtimoiy qatlam, stratalar, etnoslar, ijtimoiy 
demografik guruhlar, alohida jamoalar va boshqalar) oʻrtasidagi munosabatlarda 


276 
oʻz ifodasini topadi. Ijtimoiy birlashmalar va guruhlar jamiyatning ijtimoiy 
tuzilishini (strukturasini) tashkil etadi. 
Inson sotsiumga turli guruh va birlashmalar orqali a‘zo boʻladi, aynan 
shu doiralarda uning ijtimoiylashuvi amalga oshadi. 
Ijtimoiylashuv 
deganda, 
shaxs tomonidan muayyan jamoda oʻrnatilgan me‘yorlar, qadriyatlarni qabul 
qilishi, namunali xulq koʻrsatmalarini bajarishi tushuniladi. Agar butun 
jamiyatni shartli ravishda mikrosotsium (oila, mahalla, sotsial guruhlar: masalan 
oʻquv guruhlari, mehnat yoki ijodiy jamoalari, jamoat yoki siyosiy tashkilotlar 
va h.k.) va makrosotsium (butun jamiyat)ga ajratilsa, shaxsning jamiyatda 
ijtimoiylashuvi mikrosotsial darajada amalga oshadi. Ya‘ni har bir shaxs 
jamiyatda sodir boʻlayotgan jarayonlarda oʻz mikrosotsiumining a‘zosi sifatida 
ishtirok etadi. 
Jamiyat strukturasi demografik, etnik, ijtimoiy-sinfiy, joylashishiga koʻra 
hududiy, kasbiy-marifiy, konfessional tuzilishi kabi turlariga qarab tasniflanishi
mumkin. Masalan, har bir shaxs yoshi, shahar yoki qishloqda yashashi, kasbi, 
ya‘ni mehnat faoliyatining harakteri, qaysi etnos, konfessiya vakili ekanligiga 
qarab jamiyat ijtimoiy strukturasining muayyan guruhiga kiradi. Jamiyatning 
demografik strukturasida
axolining tarkibini jinsi, yoshi, mehnatga yaroqliligi, 
axolining zichligi va umumiy soni, oʻsish darajasi, migratsiya‘ning harakteri, 
sogʻligʻining holati aks etadi. 
Jamiyatning 
ijtimoiy-sinfiy strukturasi
sinflar, qatlamlar, tabaqalar, 
stratalardan iboratdir. Sinflar deganda odamlarning katta guruhlari tushuniladi. 
Ular xususiy mulkka egalik munosabatlari, ijtimoiy ishlab chiqarish tizimidagi 
tutgan oʻrni, ishlab chiqarish vositalariga munosabati, mehnat taqsimoti 
tizimidagi roli, foyda olish usuli bilan farqlanadi. SHu bilan birga, jamiyatning 
sotsial strukturasiga sinflarga xos xususiyatlarga ega boʻlmagan guruhlar, 
masalan ziyolilar, xizmatchilar va boshqalar ham kiradi. 
Jamiyatning sotsial strukturasini stratifikatsiyaviy yondashuv asosida 
tushunishga asos solgan faylasuf Pitiriim Sorokin 
1
ijtimoiy-iqtisodiy holati, 
madaniy va ta‘limi darajasining umumiyligi xos boʻlgan insonlar guruhini 
stratalar, ijtimoiy strukturaning ichida bir stratadan boshqasiga oʻtishni esa 
ijtimoiy mobillik deb ataydi.
Ijtimoiy munosabatlar subyektiga shaxs, oila, ijtimoiy guruhlar, etnos, 
millat kiradi (Ilova 7.6). 
Oilaning asosini jamiyat tomonidan qonunlashtirilgan nikoh, qon-
qarindoshlik aloqalari, turmushning umumiyligi, oʻzaro axloqiy burch va 
masʼuliyat tashkil etadi. Oila reproduktiv, tarbiyaviy, xoʻjalik-turmushni 
tashkil etish, rekreativ, psixologik himoya funksiyalarini bajaradi (Ilova 7.7). 
Shunday qilib, jamiyatning ijtimoiy hayoti undagi mavjud kishilar, turli 
ijtimoiy birliklar, va ular orasidagi turli-tuman aloqa va munosabatlarni 
1
Сорокин П.А. Социальная и культурная динамика. М.:Астрель, 2006. 


277 
qamrab oladi. Ijtimoiy birliklar kishilar ijtimoiy hayotining mavjudlik shakli 
hisoblanadi. Ularning shakllanishiga xilma-xil iqtisodiy va ma‘naviy omillar 
ta‘sir koʻrsatadi. Ijtimoiy birliklar kishilarning obyektiv tarzda yuz beradigan 
ijtimoiy-aloqa va munosabatlar asosida shakllanadi va u tarixiy harakterga 
ega. 
Urugʻ – etnik tarkibning dastlabki koʻrinishi hisoblanadi. Urugʻ – 
insoniyat tarixining qadimiy davrlariga xos boʻlib, kishilarning birgalikda 
yashash, mehnat qilish ehtiyojidan kelib chiqqan. Qabilaning kelib chiqishi 
ham ijtimoiy ehtiyojlar tufayli sodir boʻladi. Qabila umumiy asosga ega 
boʻlgan; keyinchalik oʻzaro bir-biridan farqlanadigan urugʻlardan iborat 
kishilarning tarixiy-etnik birligi hisoblanadi. Urugʻ, qabila tipidagi ijtimoiy 
birliklar jamiyat taraqqiyotining quyi bosqichlarida yuzaga kelgan. Ularning 
uyushishi natijasida elatlar shakllanadi. elatlarning ixtiyoriy yoki zoʻrlik 
yoʻli bilan birlashuvi natijasida xalqlar uyushmalari hosil boʻlgan. Elat 
hudud, til madaniy jihatdan umumiylikka ega boʻlgan, iqtisodiy aloqalari 
shakllana boshlagan tarixiy–etnik birlik hisoblanadi. 
Millat – elatlar birlashuvi natijasida hosil boʻlgan tarixiy-etnik birlik. 
Millat – tarixan tarkib topgan (genetik aloqador), milliy birlikni anglash 
ruhiyati, urf-odatlar, anʻanalar va qadriyatlar, til, madaniyat, mentalitetining 
yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi, iqtisodiy aloqalar bilan 
bogʻlangan kishilarning ijtimoiy barqaror birligidir.(Ilova 7.8). 
Ta‘kidlash zarurki, jamiyat a‘zolari intellektual sa‘lohiyatining oshishi
bilan birga yuksak ma‘naviyatining ham shakllanishi jamiyatda ijtimoiy 
barqarorlik, totuvlik va farovonlik qaror topishining muhim omili hisoblanadi.
Jamiyatning 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish