Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Fan va falsafaning mutanosibligi
. Fan rivojlanishning yuksak 
darajasiga erishgan boʻlsa-da, lekin amalda falsafa bilan uzviy bogʻliq boʻlib 
qolmoqda. Ular faol oʻzaro ta‘sirga kirishib, bir-birining rivojlanishiga 
samarali ta‘sir koʻrsatmoqda. Bu hol shu bilan izohlanadiki, falsafa daliliy 
materialga, sinovdan oʻtgan ilmiy ma‘lumotlarga tayanib, oʻzining mavhum 
gʻoyalarini borliq bilan taqqoslash imkoniyatiga ega, fan esa, dalillarni qayd 
etish va tavsiflash bilan cheklanmay, yanada asosliroq xulosalar chiqarish 
imkoniyatini qoʻlga kiritadi. XXI asr boshiga kelib jahonda umumiy yetti
yarim milliard axolining qariyb olti millioni olimlardir. Taxminan shuncha 
odam fanga xizmat koʻrsatuvchi mehnat bilan band (laborantlar, texniklar, 
nashriyotlarning xodimlari va h.k.). Yerda qadim zamonlardan boshlab to 
XXI asrning boshiga qadar yashagan olimlarning umumiy sonini olsak, 
ularning oʻndan toʻqqiz qismi bizning zamondoshlarimiz ekanligi ayon 
boʻladi. Rivojlangan mamlakatlarda ilmiy xodimlar soni mehnatga qobiliyatli 
axolining qariyb 10% ni tashkil qiladi, fanni ta‘minlashga milliy 
daromadning 5% dan koʻprogʻi sarflanadi.
Hozirgi zamon fani jamiyat, texnika, iqtisodiyot, madaniyat, turmush 
va kundalik hayotni yoʻlga soluvchi qudratli kuchga aylandi. aynii vaqtda 
odamlar bugun fanning qudratinigina emas, balki u bilan bogʻliq boʻlgan 


55 
xavflarni ham yaxshi anglaydilar. Hozirgi dunyo oʻz yutuqlari va oʻzining 
joʻshqinligi uchun fan oldida mas‘uliyatli. Shuni tan olish lozimki, hozirgi 
zamonda jamiyat koʻp jihatdan fanning ulkan yutuqlari tufayli oʻzini oʻzi 
yoʻq qilish yoqasiga kelib qoldi. Biroq, bu ilmiy taraqqiyotni toʻxtatish 
kerak, degani emas. Ammo ilmiy izlanishni insoniy, axloqiy munosabatga 
boʻysundirish va balki uning qaysidir yoʻnalishlarini cheklash zarurligi 
toʻgʻrisidagi masala kun tartibiga qoʻyilmoqda. Ilmiy izlanishning 
insonparvarlashuvi, uning yoʻllari va oqibatlariga axloqiy munosabat – bu 
davrimizning muhim muammolaridir. Shubois, Oʻzbekiston prezidenti 
Sh.Mirziyoev ta‘kidlaganidek, ―Zahmatkash insonlarning ilmiy va ijodiy 
izlanishlarini har tomonlama qoʻllab quvvatlash, ular uchun zarur shart 
sharoitlar yaratishni biz oʻzimizning birlamchi vazifamiz sifatida koʻrishimiz 
darkor‖ , zero, ―Inson manfaatlari hamma narsadan ustun degan gʻoya‖
megatsivilizatsiya davridagi fan taraqqiyotining asosiy omili boʻlishi lozim.
Aynii shu hol falsafa bilan ham, undan muayyan fanlar ilgari falsafiy 
tusga ega boʻlgan tadqiqot predmetlari bilan ajralib chiqqanida yuz berishini 
taxmin qilish oʻrinli boʻladi. Biroq, bunday hol yuz berayotgani yoʻq. Tarix 
fan falsafadan qancha koʻproq ajralsa, unda shuncha koʻproq masala va 
muammolar paydo boʻlishini, ya‘ni falsafa nafaqat kamaymasligi, balki, 
aksincha, koʻpayishini koʻrsatadi. Buning sababi nimada? Bu savolga javobni 
fan va falsafaning oʻziga xos xususiyatlaridan, ularni alohida-alohida 
tavsiflovchi masalalar va ularning yechimlari oʻrtasidagi tafovutdan qidirish, 
oʻrinli boʻladi.
Fan faqat oʻzi olgan haqqoniy bilimlarga va muayyan natijalarga 
taya‘nishi unda oʻz muammolari va «ochiq» masalalari mavjud emasligini 
anglatmaydi. Biroq aniq, shak-shubhasiz javoblarga ega boʻlmagan falsafiy 
masalalardan farqli oʻlaroq, ilmiy masalalar bilimdonlik qilishni emas, balki 
puxta oʻylashni talab qiladi, zero ular pirovardida dastlabki taxminlarni rad 
etuvchi yoki ishonchli bilimlar doirasini kengaytirib tasdiqlovchi muayyan 
yechimlar olish real yoki potensial imkoniyatiga egadir. Shu tariqa vujudga 
keladigan fanlar qaynayotgan suvdagi koʻpiklar kabi kattalashib, falsafiy 
mushohada yuritish jabhasini, anglab etilgan narsalar anglanmagan narsalar 
bilan yuzma-yuz keluvchi sohani ham kengaytiradi, chunki tabiatshunoslik 
doirasida javob berishning iloji boʻlmagan yangi masalalarni yuzaga 
keltiradi.
Bugungi kunda eski falsafiy muammolardan yangi falsafiy jumboqlar 
sari oʻtilmoqda. ―Xudo bormi?‖, ―Haqiqat nima?‖, ―Ruhning tabiati 
qanday?‖ qabilidagi falsafiy masalalarni aniq va uzil-kesil echish mumkin 
emas, balki ularni echishning umuman iloji yoʻqdir, shu bois bu savollar ham 
javobsiz qolmoqda.
―Nima uchun?‖, ―balki‖ kabi savollar shuning uchunki, qadimda 
donishmandlarni bugungi kun nuqtayi nazaridan mutlaqo falsafiy boʻlmagan 


56 
va tom ma‘noda falsafiy sanalgan masalalar qiziqtirgan. Misol uchun: 
―Yulduzlar kunduzi, quyosh esa – tunda qaerga yoʻqoladi?‖, ―Nima uchun 
ayrim jismlar suvda choʻkadi, ba‘zi jismlar esa suvda suzadi?‖, ―Chopqir 
Axilles sudralib borayotgan toshbaqaga qanday yetishi mumkin, basharti har 
safar ularning oʻrtasidagi masofani bosib oʻtish uchun u mazkur masofaning 
teng yarmidan oʻtishi lozim boʻlsa?‖ va … Biroq bu va shunga oʻxshash 
masalalar falsafadan tabiatshunoslik sohasiga oʻtgach, koʻpincha yangi va 
yangi falsafiy muammolarni yuzaga keltiradi. Masalan: Yer va boshqa 
sayyoralarni, ayni bir yoʻnalishda aylantirgan kuch qaerda? Agar bizning 
quyoshimiz oʻrtacha kattalikdagi yulduz boʻlsa, unga oʻxshagan milliardlab 
yulduzlarning hech boʻlmasa ayrimlari bizning yerimizdagiga oʻxshash hayot 
mavjud boʻlgan yoʻldoshlarga ega boʻlishi mumkinmi? Inson hatto eng yaqin 
yulduzlarga yetishi uchun nafaqat inson hayoti, balki uning sivilizatsiyasi 
tarixidan ham koʻproq vaqt talab etilar ekan, buni qanday qilib isbotlash yoki 
rad etish mumkin? Nihoyat, biz kuzata oladigan olam kengayib borayotgan 
boʻlsa, bu harakat zamirida qanday sabablar va kuchlar yotadi? Bu va boshqa 
koʻpgina shunga oʻxshash muammolar odamlarni falsafaga qayta va qayta 
murojaat etishga majbur qiladi, chunki fan hozircha bunday savollarga aniq 
javob berishga qodir emas. Aksildunyolar va aksilgravitatsiya, qora materiya 
va qora energiya, boshqa makon va vaqt oʻlchovlaridagi dunyolar haqidagi 
har xil falsafiy gʻoyalarning mavjudligi ayni shu hol bilan izohlanadi.
Shunga qaramay, fan va falsafaning roliga baho berishda ayrim 
qarama-qarsxiliklar mavjud. Xususan, ba‘zi bir ilmiy va falsafiy davralarda 
fanning roli va ahamiyatini mutlaqlashtiruvchi yondashuv mavjud boʻlib, u 
―ijobiy‖, ―foydali‖ bilim sifatida fanni ―mavhum‖ va ―tajribaga 
asoslanmagan‖ falsafaga qarshi qoʻyadi. Bunday qarashlar sientistik deb, 
nazariy tafakkur yoʻnalishi esa – sientizm (lot. scientia va ingl. science – fan, 
bilim) deb ataladi. Sientizm fan texnika taraqqiyotining ijobiy jihatlarini 
mutlaqlashtiradi. Antisientizm falsafiy bilishni ilmiy bilishdan ajratadi, uni 
ilmiy bilish bilan muvofiq emas, deb e‘lon qiladi, u oqilonalikni kamsitadi va 
mistika, intuitsiya, iroda va shu kabilarni mutlaqlashtiradi.
Falsafa va fanning umumiy jihatlari shundaki, ular: 
- avvalo, aqlga tayanadi va oqilona bilimni yaratishga harakat qiladi; 

oʻrganilayotgan obyektlar va hodisalarning qonunlari va 
qonuniyatlarini aniqlashga qarab moʻljal oladi; 
- kategoriyalar apparatini (oʻz tilini) yaratadi, oʻzlari ilgari surgan 
qoidalarni asoslaydi, ularga dalil-isbot keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga 
harakat qiladi. 
Falsafa va fan oʻrtasidagi farq shunda namoyon boʻladiki: 
falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bogʻlanadi, bunda uning 
gʻoyalari, asarlari boʻlishi va ularga boshqa faylasuflar qoʻshilishi yoki 


57 
qoʻshilmasligiga bogʻliq boʻlmasligi mumkin. Fan esa, mohiyat e‘tibori 
bilan, jamoa mehnati mahsulidir; 
- falsafada (muayyan fanlardan farqli oʻlaroq) yagona til va yagona 
tizim mavjud emas. Bu erda fikrlar rang-barangligi me‘yor sanaladi. Fanda 
esa monizm hukm suradi, chunki hech boʻlmasa fanning u yoki bu muayyan 
sohasidagi asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi (til)ga nisbatan 
yondashuvlar birligi albatta mavjud boʻladi; 
- falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng foydalanadi, biroq uning 
uzil-kesil xulosalari ishonchli deb hisoblanishi mumkin emas, zero ular 
asosan faylasuflarning subyektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan 
esa mohiyat e‘tibori bilan isbotlangan va sinashta bilimlar olishga harakat 
qiladi, bunda olingan bilimlarni tekshirish yoki rad etish imkoniyatining 
mavjudligi bu bilimlar haqiqiyligi va ilmiy jihatdan asosliligining muqarrar 
sharti hisoblanadi; 
- falsafiy bilimlarni tajribada sinash mumkin emas (aks holda ular ilmiy 
bilimlarga aylanadi); 
- falsafa aniq prognoz bera olmaydi, ya‘ni u ishonchli bilimlarni 
kelajakka tatbiq etishga qodir emas, zero unda bunday bilimlar yoʻq. Ayrim 
faylasuf falsafiy qarashlarning muayyan tizimi yordamida faqat bashorat 
qilishi mumkin, lekin u olim kabi prognoz qilish yoki modellashtirishga qodir 
emas.
Falsafaga milliylik xos, fan esa jamoa mehnati mahsuli sifatida
dunyoviy ahamiyatga ega. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish