Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Fan rivojlanishining asosiy bosqichlari
. Fan taraqqiyoti ikki katta 
davr va beshta bosqichda rivojlandi. Birinchi davr dastlabki fan va ikkinchi 
davr haqiqiy fan deb nomlanadi. Dastlabki fan bir bosqichda, haqiqiy fan uch 
bosqichda namoyon boʻladi. 
Dastlabki fan davri va ilk fan bosqichi. Miloddan avvalgi I ming 
yillikdan XVI asrgacha boʻlgan davr ilk fan bosqichidir. Bu bosqichda asrlar 
mobaynida avloddan-avlodga oʻtib kelgan, hayot tajribasi va mehnat faoliyati 
jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda umumiy va 
mavhum mushohadalarga asoslangan nazariyalar xususiyatiga ega boʻlgan 
tabiat haqidagi dastlabki falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga kela 
boshlagan. Ilmiy bilim kurtaklari naturfalsafa doirasida uning elementlari 
sifatida shakllangan. Matematik, astronomik, tibbiy va boshqa masalalarni 
echishda foydalaniladigan ma‘lumotlar, usullar va metodlar jamlanishi bilan 
falsafada tegishli boʻlimlar vujudga kelgan va keyinchalik asta-sekin 
shakllanayotgan ayrim fanlar: matematika, astronomiya, tibbiyot va 
hokazolarga ajralib chiqgan.
Jumladan, 
Aristotelning 
falsafiy 
asarlarida 
fizika, 
zoologiya, 
embriologiya, mineralogiya, geografiya kabi fanlarning kurtaklariga duch 
kelish mumkin. Miloddan avvalgi III–II asrlarda falsafiy bilim tarkibida 
statistik mexanika, gidrostatika, geometrik optika (xususan, koʻzgular 
haqidagi alohida fan – «ka-toptrika») farqlanadi va nisbatan mustaqil 
ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari al-Xorazmiy 
matematika, al-Fargʻoniy astranomiya, al-Beruniy mineralogiya va 


50 
geografiya, Ibn Sino tibbiyot, Mirzo Ulugʻbek astranomiya, Alisher Navoiy 
adabiyot ilmi rivojiga hissa qoʻshdi va ular ijodi mahsullari bugungi kunda 
ham oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Biroq bu fanlarda ayrim tasodifiy 
kuzatishlar 
va 
amaliyot 
ma‘lumotlari umumlashtiriladi-yu, lekin 
eksperimental metodlar hali qoʻllanilmaydi, aksariyat nazariy qoidalar esa 
asossiz va tekshirib boʻlmaydigan spekulyasiyalar mahsuli hisoblanadi. 
Ammo koʻrib chiqilayotgan davrda vujudga kelgan ilmiy fanlar bu davr 
mobanida falsafiy bilim qismlari sifatida talqin qilinishda davom etgan.
Shu narsa diqqatga sazovorki, hatto XVII asr oxirida Nyuton oʻzining 
fizika asoslarini yaratgan «Natural falsafaning matematik asoslari» deb 
nomlangan asarini e‘lon qilgan. Shunday qilib, falsafadan alohida faoliyat 
sohasi sifatidagi fan hali mavjud boʻlmagan: u asosan falsafa doirasida, ilmiy 
bilimlarning boshqa manbai – hayot amaliyoti va hunarmandchilik san‘ati 
bilan bir vaqtda va u bilan juda zaif aloqada rivojlangan.
Xullas, bu davrda Qadimgi Yunonistonda ―Platon akademiyasi‖(201-
yilda Platon akademiyasiga 2400-yil toʻlishi bilan XXIII Jahon Falsafa 
Kongressi Gretsiyaning Afina shahrida oʻtkazildi), Markaziy Osiyoda 
―Ma‘mun akademiyasi‖ tashkil etilgan, ilmiy bilim rivojida muayyan 
yutuqlarga erishilgan boʻlsada, madaniyatning alohida shakli sifatida fan 
paydo boʻlishidan oldingi «embrional» davri hisoblanadi.
Haqiqiy fan davri fan taraqqiyotining birinchi bosqichi bilan 
boshlanadi. XVI–XVII asrlar – 1-ilmiy inqilob davri boʻlib, u klassik fan 
bosqichi deb nomlanadi va XIX asrgacha davom etadi. U Kopernik va 
Galiley tadqiqotlaridan boshlanib, Nyuton va Leybnitsning fizika va 
matematika sohasidagi fundamental asarlari bilan oʻz choʻqqisiga koʻtarilgan. 
Fanning buyuk ijodkorlari Galiley va Nyuton yashagan davr –kashfiyotlar, 
shuningdek sxolastika va diniy dunyoqarash dogmatizmiga qarshi kurash olib 
borilgan romantik davrdir.
Bu davrda hozirgi vaqt tabiatshunosligining asoslari yaratilgan. 
Hunarmandlar, tabiblar, alximiklar tomonidan qoʻlga kiritilgan ayrim dalillar 
tizimli tahlil qilinib, umumlashtirila boshlagan. Ilmiy bilim tuzishning tabiat 
qonunlarini matematik ta‘riflash, nazariyalarni tajribada sinash, tajribada 
asoslanmagan diniy va naturfalsafiy dogmalarga tanqidiy qarash bilan bogʻliq 
boʻlgan yangi me‘yorlari va ideallari vujudga kelgan. Fan oʻz 
metodologiyasini yaratgan va amaliy faoliyat ehtiyojlari bilan bogʻliq boʻlgan 
masalalarni yechishga tobora faolroq yoʻnaltirilgan.
Biroq fan oʻzining yangi metodologiyasini yaratib, amaliyot ruhi bilan 
sugʻorilgani sari – falsafadan uzoqlasha boshlaydi. Bu davrda fan falsafiy, 
diniy, teologik aqidalardan qat‘i nazar rivojlanishi mumkin boʻlgan ilmiy 
bilimlar tizimi sifatida tushunila boshlaydi. Natijada fan faoliyatning alohida, 
mustaqil sohasiga aylanadi. Professional olimlar paydo boʻladi, ularni 
tayyorlash amalga oshiriluvchi universitet ta‘limi tizimi rivojlanadi. Oʻz 


51 
faoliyati, muloqot va axborot ayirboshlashning alohida shakllari va 
qoidalariga ega boʻlgan ilmiy hamjamiyat vujud keladi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish