68
bogʻliq boʻlgan etti qismdan iboratki, bu bobilliklarning etti shamollar
haqidagi qadimgi tasavvurlaridan iqtibos qilingan. Osmon toʻrt
doiradan
tashkil topgan: yulduzlar doirasi, oy doirasi, quyosh doirasi va jannat doirasi
yoki nur makoni. Yulduzlar, Oy va Quyosh xudo
Axura Mazdaning
badani
sifatida tasvirlanadi. Zardushtiylik ta‘limotiga koʻra tabiat va jamiyat
jarayonlari ikki qarama-qarshi kuch — Yaxshilik (Axura Mazda yoki
Xurmuzd va Yovuzlik Axrimanyoki Angra-Man‘yu)ning kurashidan iborat
boʻlib, pirovardida, 3000 yildan soʻng Yaxshilik gʻolib chiqib haqiqat adolat
davri keladi. Shundan omon qolgan odamlar
abadiy baxtiyorlikda
yashaydilar
1
.
Zardushtiylikning jamiyat tarixi haqidagi tasavvurlari Injil va
Qur‘ondagi qarashlarga oʻxshab ketadi. Avesto boʻyicha birinchi odam
Yimadir barcha odamlar undan kelib chiqqan. Bu davr oltin asr sifatida
tasvirlanadi: insonlar abadiy hayotga ega edilar, xudo Axuramazda abadiy
bahor yaratgan boʻlib, kishilar farovonlik va baxt-saodatda yashar edilar.
Ammo kunlardan bir kun ular gunohga botdilar: ular ta‘qiqlangan mol
goʻshtini yeb qoʻydilar. Ziyonkor ruh
Anaxra Manyu
ularga
sovuq va qor
yuboradi. Yima odamlarni sovuqdan qotib qolishlaridan saqlash uchun uy
qurib, unga barcha tirik jonzotlardan bir juftdan yashiradi. Bu afsona Shumer,
Bobil, Injil va Qur‘ondagi Butun dunyoni toʻfon bosganligi haqidagi voqeaga
ochiqdan ochiq oʻxshashdir. Tarixning birinchi davri boʻlgan – oltin davr
shunday tugallanib, ikkinchi davr boʻlgan-
yaxshilik
bilan
yomonlik
oʻrtasidagi kurash davri boshlanadi. Uchinchi davr, ya‘ni insoniyat kelajagi
Avestoda qadimgi davr kishilarining baxt-saodat haqidagi orzulari sifatida
tasvirlanadiki, unda yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi
kurashda xudo
Axuramazda gʻalaba qiladi va oʻshanda yaxshilik saltanati barqaror boʻladi.
Oʻliklarning tirilishi va mahshar kuni haqidagi tasavvurlar ham mavjud.
Zaratushtra
xalqning
zoʻravonlik
va
talon-tarojdan
azob
chekayotganligini ham dardlik bilan qayd etib, qonun va tartibga rioya
etishga chaqiradi. Aynan qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlar gʻoyasi
uchun Zaratushtraga jamiyat tepasida turganlar qarshi chiqdilar. U qonundan
tashqari deb e‘lon qilindi, jamiyatdan haydaldi, uning mol-mulki musodara
qilindi.
Zardushtiylikda oʻsha davrdagi jamiyatning huquqiy va axloqiy tizimi
oʻz aksini topgan. Zardushtiylikning qonunlar majmuasida halollik,
mehnatsevarlik,
adolatlilik, fikr, soʻz va amalda xolislik yuqori axloqiy
me‘yor asosi sifatida oldinga suriladi. Zardushtiylikning asosiy e‘tiqodi
uchlik qoidasida
oʻz aksini topgan:
xayrli fikr (gumata), xayrli soʻz (gukta)
va
xayrli ish (gvarishta
). Zardushtiylik axloqining talabi insondagi ruh va tan
pokligidir. Zardushtiylik tinch va osoyishta, ittifoqlikda yashashni maslahat
1
Сулаймонова Ф. Шарқ ва Ғарб. – Тошкент: Ўзбекистон, 1997. 23-бет.
69
beradi, yaqinlarga nisbatan xayrixoh boʻlishni, bir-biriga yordam berishni,
yomonlik bilan kurashishni,
shafqatsizlik, shuhratparastlik, zoʻravonlik,
oʻzboshimchalik, hasad, tuhmatni qoralaydi, gʻazab va shahvatga
berilmaslikni targʻib etadi, berilgan va‘daga vafo qilmaslikni, oʻgʻrilikni
ta‘qiqlaydi, tuzilgan shartnomaga rioya etishni, savdoda rostgoʻy boʻlishni,
qarzni oʻz vaqtida toʻlashni ta‘kidlaydi. Muhim
axloqiy me‘yorlarga
quyidagilar kirar edi: homiladorlik va koʻz yorish davrida ayol toʻgʻrisida
gʻamxoʻrlik qilish,
yerni ishlash, daraxtlar oʻtkazish, suv va oziq-ovqat
manbalarini toza saqlash, chorva boqish, muhtojlarga oʻzidagi ortiqcha
narsalar bilan yordam koʻrsatish, foydali hayvonlar haqida gʻamxoʻrlik
qilish. Zaratushtra ta‘limoti Markaziy Osiyo va Erondan boshlab Qora dengiz
va Misrgacha yoyilgan edi. Ushbu ta‘limotga koʻra, oliy xudo- Xoliq va unga
qarshi turgan va unga boʻysunmaydigan yovuz kuchlar mavjuddirlar. Xoliq
dunyoni muayyan maqsadda yaratgan, ammo hozirgi
holatda bu dunyoning
intihosi boʻlib, bu haqda dunyoning najotkori kelib, undan xabar beradi.
Jannat va doʻzax mavjud boʻlib, har bir ruh kishi vafotidan soʻng sudga
tortiladi. Zamonlar oxirida oʻlganlar tirilib, Qiyomat qoyim boʻladiki,
oʻsha‘nda barcha gunohkorlar yakson qilinadilar. Soʻngra Yer yuzida
Xudoning saltanati barqaror boʻladi va taqvodor kishilar bu saltanatga
kiradilar. Xristianlik, gnostik mazhablar va Shimoliy buddaviylikda
Zaratushtra oʻz ta‘limoti bilan Axmoniylar
imperiyasining barcha
viloyatlarida qoldirgan chuqur ta‘sirini oʻtkazdi. Zardushtning narigi dunyo
haqidagi ta‘limoti avval yahudiylar, soʻngra xristian va islom diniga oʻtdi va
bu dinlar ta‘limotiga binoan qayta-qayta ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: