Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


XVII asrda dastlabki ilmiy akademiyalar



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

XVII asrda dastlabki ilmiy akademiyalar
: London qirollik jamiyati 
(1660), Parij Fanlar akademiyasi (1666) tashkil topadi. Keyinroq Berlinda 
(1700), Sankt-Peterburgda (1724), Stokgolmda (1739) va Evropaning boshqa 
poytaxt shaharlarida ilmiy akademiyalar ta‘sis etiladi. Bu akademiyalarning 
eng yirigi – London qirollik jamiyati boʻlib, u tashkil etilgan paytda 55 
a‘zodan iborat boʻlgan. Parij Fanlar akademiyasi 21 kishidan iborat tarkibda 
ish boshlagan. Sankt-Peterburg akademiyasining a‘zolari shtatida dastlab 11 
kishi belgilangan. Evropa mamlakatlarida XVIII asr boshiga kelib olimlar 
soni bir necha ming kishiga yetgan boʻlsa kerak, chunki ilmiy jurnallarning 
(bu davrda bir necha oʻn ilmiy jurnallar nashr etilgan) tirajlari ming 
nusxagacha borgan. 1825 yilda nemis kimyogari Yu. Libix ilmiy laboratoriya 
tashkil qiladi va u olimga koʻp miqdorda daromad keltira boshlaydi.
3. XIX asr oxiri XX asrning 70-yillar fani noklassik fan bosqichi deb 
ataladi. Bu davrda fanlar vujudga keladi, ularda ulkan dalilik material 
toʻplanadi va tizimga solinadi. Matematika, fizika, kimyo, geologiya
biologiya, psixologiya va boshqa fanlarda fundamental nazariyalar yaratiladi. 
Texnika fanlari vujudga keladi va moddiy ishlab chiqarishda yanada 
sezilarliroq rol oʻynay boshlaydi. Fanning ijtimoiy roli ortadi, uning 
rivojlanishi oʻsha davr mutafakkirlari tomonidan ijtimoiy taraqqiyotning 
muhim omili sifatida e‘tirof etiladi.
XVIII asrning oʻrtalarida jahonda fan bilan shugʻullanuvchi kishilar 10 
ming kishidan oshmagan boʻlsa, XIX asr oxiriga kelib olimlar soni 100 ming 
kishiga yetadi. XVI asrda «olim odamlar»ning yarmidan koʻprogʻi diniy 
ma‘lumot olgan kliriklar edi. XIX asrda fan ijtimoiy mehnatning mustaqil 
tarmogʻiga aylanadi va u bilan universitetlar va institutlarning maxsus 
fakultetlarini tamomlagan «dunyoviy» professional olimlar shugʻullanadi. 
1850 yilda jahonda mingga yaqin ilmiy jurnallar nashr etiladi, 1950 yilga 
kelib esa ularning soni 10 mingdan oshadi. XIX asr oxiriga kelib ilmiy 
laboratoriyalar soni koʻpayadi. Fan tijoratchilar, tadbirkorlar e‘tiborini oʻziga 
tobora koʻproq torta boshlaydi. Ular olimlarning ishlab chiqarish, sanoat 
ahamiyatiga molik boʻlgan ishlarini mablagʻ bilan ta‘minlay boshlaydilar. 
4. XX asrning 70 yillarida fan rivojlanishida yangi postnoklassik 
bosqich boshlanadi, chunki mazkur asr boʻsagʻasida fanda inqilob yuz beradi 
va buning natijasida u oldingi davrning klassik fanidan sezilarli darajada farq 
qila boshlaydi. XIX–XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan inqilobiy 
kashfiyotlar bir qancha fanlarning asoslarini larzaga soladi. Matematikada 
toʻplamlar nazariyasi va matematik tafakkurning mantiqiy asoslari tanqidiy 
tahlil qilinadi, bir qancha yangi fanlar vujudga keladi. Fizikada klassik 
fizikaning falsafiy asoslarini qayta koʻrishga majbur qilgan fundamental 
nazariyalar – nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasi yaratiladi. Biologiyada 


52 
genetika rivojlanadi. Tibbiyot, psixologiya hamda inson haqidagi boshqa 
fanlarda yangi fundamental nazariyalar paydo boʻladi. Ilmiy bilimning shakl-
shamoyilida, fan metodologiyasida, ilmiy faoliyatning shakl va mazmunida, 
uning me‘yorlari va ideallarida olamshumul oʻzgarishlar yuz beradi.
XX asrning ikkinchi yarmi fanni yangi inqilobiy oʻzgarishlarga olib 
keladi. Bu oʻzgarishlar adabiyotlarda koʻpincha fan-texnika inqilobi sifatida 
tavsiflanadi. Bu oʻzgarishlar shu bilan bogʻliqki, Ikkinchi jahon urushidan 
keyin iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda fan yutuqlari ilgari misli 
koʻrilmagan miqyosda amaliyotga – sanoat, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni 
saqlash, kundalik hayotga joriy etiladi. Fan energetikada (atom 
elektrostansiyalari), transportda (avtomobilsozlik, aviatsiya), elektronikada 
(televidenie, telefoniya, kompyuterlar) ayniqsa ulkan oʻzgarishlar yasaydi. 
Fanning rivojlanishi eng yangi harbiy texnikani yaratishning asosiy omiliga 
aylanadi va «ikki lager»ning urushdan keyingi qarama-qarsxiligi sharoitida 
avj olgan qurollanish poygasi yirik davlatlarni ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarga 
ulkan mablagʻlarni sarflashga majbur qiladi. 
XX asrning soʻnggi oʻn yilliklarida fan-texnika taraqqiyoti axborot 
(kompyuter) inqilobi bosqichiga qadam qoʻydi. Bu bosqichning oʻziga xos 
xususiyati shundaki, axborot jamiyat rivojlanishining muhim resurslaridan 
biriga aylandi. SHu tariqa fan bilan bogʻliq yuksak texnologiyalar, ular bilan 
mushtarak ta‘limi endilikda har qanday jamiyatning sivilizatsion rivojlanish 
darajasini belgilamoqda. Ilmiy kashfiyotlar va ularning amalga tatbiq etilishi 
oʻrtasidagi masofa mumkin qadar Qisqaradi. Ilgari fan yutuqlaridan amalda 
foydalanish usullarini topish uchun 50–100 yil vaqt sarflangan boʻlsa, 
endilikda bunga 2-3 yilda yoki hatto bundan ham Qisqaroq vaqt ichida 
muvaffaq boʻlinmoqda.
Davlat ham, xususiy firmalar ham fan rivojlanishining istiqbolli 
yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlashga katta harajatlar qilishi tabiiy bir hol 
boʻlib qoldi. Natijada XX asrning oxirida fan jadal suratlarda oʻsib, ijtimoiy 
mehnatning muhim tarmoqlaridan biriga aylandi. «Katta fan» davri 
boshlandi. Koʻp sonli ilmiy muassasalar ishiga son-sanoqsiz odamlar ommasi 
jalb qilindi. Olim kasbi kam uchraydigan kasb boʻlmay qoldi. Hozirgi vaqtda 
ilmiy faoliyat oʻzlarini qiziqtirgan muammolarni echishga buning butun xavf-
xatarini oʻz boʻyniga olib qoʻl urgan ayrim mutafakkirlarning mashgʻuloti 
emas, balki buyurtmaga, rejali topshiriqqa binoan ishlaydigan, uni 
belgilangan muddatda bajarish va oʻz ishi haqida hisobot berishga majbur 
boʻlgan yirik jamoalarning ishi. Hozirda ilmiy mehnat – industrial 
mehnatning bir turi. Fan bilan shugʻullanuvchi kishilar hozir «ilmiy 
xodimlar» deb atalishi bejiz emas.
Hozirgi zamon fani Katta fan deb ataladi. XX asr oxirida Yer yuzidagi 
olimlar soni 5 mln. kishidan oshgan boʻlsa, XXI asrning birinchi oʻn yilligida 
6 milliondan oshib ketdi. Fanda 15 ming yoʻnalish va bir necha yuz ming 


53 
ilmiy jurnallar mavjud. Yangi energiya manba‘lari va axborot texnologiyalari 
– 
hozirgi 
zamon 
fanining 
istiqbolli 
yoʻnalishlari. 
Fanning 
internatsionalizatsiyalashuvi tendensiyalari kuchayib bormoqda, fanning oʻzi 
fanlararo kompleks tahlil predmetiga aylanmoqda. Uni oʻrganishga nafaqat 
fanshunoslik, fan falsafasi, balki sotsiologiya, psixologiya va tarix ham 
kirishmoqda.
Bu davrda fanning oʻrni va ahamiyati tinimsiz oʻsib bordi. Natijada uni 
ichki differensiatsiyalashning yangi shkalasiga ehtiyoj tugʻildi. Katta fanda 
ayrim olimlar evristik izlanish faoliyatiga – yangi gʻoyalarni ilgari surishga, 
ayrim olimlar analitik va eksplikatsion faoliyatga – mavjud gʻoyalarni 
asoslashga, ba‘zi olimlar – ularni tekshirishga, yana bir toifa olimlar esa – 
olingan ilmiy bilimni amalga tatbiq etishga koʻproq moyil ekanligi ayon 
boʻlib qoldi.
Sotsiologlarning hisob-kitoblariga koʻra, fan bilan axolining faqat 6-8% 
shugʻullanishga qodir. Ba‘zan tadqiqotchilik faoliyati va oliy ta‘limini 
qoʻshib olib borish fanning asosiy va empirik jihatdan aniq belgisi 
hisoblanadi. Bu fan kasbiy faoliyatga aylanib borayotgan sharoitda juda 
oʻrinlidir. Ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati zarur va barqaror ijtimoiy-madaniy 
anʻana sifatida e‘tirof etiladi. Bu faoliyatsiz jamiyat normal mavjud boʻlishi 
va rivojlanishi mumkin emas. Fan har qanday ma‘rifatli davlat faoliyatining 
ustuvor yoʻnalishlaridan birini tashkil etadi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, mustaqillikning dastlabki 
kunlaridayoq Oʻzbekistonda fanning barcha sohalari rivojlanishiga alohida 
e‘tibor qaratildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 
(OʻzFA) mamlakatimizning bosh ilmiy tashkiloti boʻlib, uning tarkibida 36 ta 
ilmiy tadqiqot muassasalari, 4ta davlat muzeyi, 3 ta hududiy boʻlim: Xorazm 
Ma‘mun akademiyasi, Qoraqolpogʻiston va Samarqand boʻlimi, 4 ta 
Andijon-Namangan, Buxoro, Fargʻona, Qashqadaryo va Surxondaryo ilmiy 
boʻlimlari kiradi, bugungi kunda ularning moddiy texnika bazasi yangi 
texnologiyalar bilan ta‘minlandi.
2007-yilning 2 oktyabrida OʻzRFA ―Astranomiya‖ institutining 
olimlari B.Xafizov hamda A.Sergeevlar tomonidan Maydanak baland togʻ 
observatoriyasida (Qashqadaryo vil.) kashf qilingan kichik sayyora 2010 
yilda birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning taklifiga koʻra fan, 
jumladan, astronomiya ilmida olimu fuzalolarga doimo boy boʻlib kelgan 
qadimiy shahar ―Samarqand‖ nomi bilan ataldi va u AQSh 
ning ―Garvard kichik sayyoralar‖ forumida ―210271‖ raqami bilan 
roʻyxatga olindi, hamda Oʻzbekistoniya, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, 
Beruniy, al-Xorazmiy kabi kichik sayyoralar qatoridan oʻrin oldi. 2013 yilda
Yaponiya olimlari tomonidan kashf qilingan navbatdagi kichik sayyoraga 
―Maydanak‖ deb nomlanishi oʻzbek ilmining jahonda e‘tirof etilishining 
ifodasidir. Shuningdek Oʻzbekistonda Quyosh energiyasidan foydalanish


54 
boʻyicha katta ilmiy tadqiqotlarining olib borilishi bir tomondan kelgusidagi 
energiya tanqisligini oldini olishga yoʻnaltirilgan sa‘y-harakat boʻlsa, 
ikkinchi tomondan oʻzbek olimlarining yuksak ilmiy salohiyatidan darak 
beradi. 
Bu jarayonlar fan rivojlanishida va uning jamiyat bilan oʻzaro ta‘sirida 
yangi bosqichni megasivilizatsiyada texnofan rivojini boshlab berdi. Hozirgi 
kunda bozor talablariga javob beradigan texnofan (fan va texnologiyalarning 
simbiozi) paydo boʻldi. Texnofanning rivoji, ya‘ni olimlarning foyda 
keltiradigan kashfiyot va ixtirolari uchun tadbirkorlarning sarmoyalarini jalb 
etishga alohida e‘tibor qaratildi. 
Fan rivojlanishida dunyoning xolonom manzarasi shakllandi, olamni 
bilishda ezoterik va ilmiy bilimlar uygʻunlashdi. 1991-yilda dunyoda 
Internet tarmogʻining, 2001-yilda Aypetning paydo boʻlishi bilim egallash, 
uni tarqat‘ish va undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi. Texnofan va 
anʻanaviy tadqiqotlar olib borishda milliy ilmiy dasturlar va ularning millat 
manfaatlari nuqtayi nazaidan qoʻllash masalasi dolzarb ahamiyatga ega 
boʻldi. Shu nuqtayi nazardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 7-fevraldagi ―Oʻzbekiston Respublikasi yanada rivojlantirish 
boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida‖gi Farmonida ta‘limi, fan va 
ishlab 
chiqarish 
integratsiyasini 
ta‘minlash, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, bu faoliyatni amalga 
oshiradigan yangi avlod intellektual yoshlar elitasini tarbiyalash vazifalari 
belgilanligi Oʻzbekiston taraqqiyotida davr ruhining ifodasini namoyon etadi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish