Ilmiy tadqiqot metodlari va usullari



Download 0,59 Mb.
bet1/3
Sana29.04.2022
Hajmi0,59 Mb.
#591837
  1   2   3
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot metodlari

Ilmiy tadqiqot metodlari

TAYYORLADI: Abdurahimova Dilnoza

Ilmiy tadqiqot metodlari

REJA:

  • Ilmiy tadqiqоt jarayonining asоsiy tushunchalari.
  • Fan va ijоd, mеtоd va mеtоdоlоgiya.
  • Ilmiy yo`nalish, muammо va mavzu tushunchalari bo`yicha egallangan nazariy bilimlarni mustaхkamlash va chuqurlashtirish.

Ijod deganda keng ma`noda ob`ektga (butun atrof muxit yoki uning ozmi ko`pmi ajratib olingan, alohida bo`lagiga) sub`ektning (alohida shaxs, ijtimoiy tabaqa, jamiyatning) faol, izchil ta`siri tushuniladi. Mazkur ta`sir jarayonida sub`ekt o`zini qurshagan muxitni o`zgartiradi, shu paytgacha ko`rilmagan, bilinmagan, o`rganilmagan, g‘aroyib va jozibali yangilikni yaratadi yoki kashf etadi. Ijodiy jarayon davomida shaxs ham dunyoni o`zgartiradi, ham o`zini yaratuvchi, ijodkor sifatida kashf etadi. Insonning ijodi bu shaxsning tub xususiyati, uning immanent xossasidir: shaxsning, uning qobiliyatlari va ko`nikmalarining rivojlanish darajasi, shuningdek, uning ijtimoiylashganlik darajasi uning ijodiy bunyodkorlik faolligi bilan belgilanadi.


Ijod shaxsning bunyodkorlik, yaratuvchilik salohiyatini ro`yobga chiqaradi. Shaxs ijod usuli bilan yangilik yaratadi, xilma xil muammolarni qo`yadi va hal qiladi, ularning o`ziga xos yechimlarini, ba`zan bunday yechimlarga nisbatan betakror yondashuvlar, usullar, metodlarni topadi. Ijodiy faollikda tadqiqotchi, yaratuvchi, olim shaxsining o`ziga xosligi va betakrorligi namoyon bo`ladi. Ijodiy faollik sub`ektga muttasil o`zgaruvchi, rivojlanuvchi, ichki ziddiyatlarga boy ob`ektning kurashga chorlovlariga munosib javob qaytarishga ko`maklashadi.
Ijod jarayonining bu jixati ilmiy bilish jarayonida, ayniqsa, yorqin
namoyon bo`ladi. Ilmiy tadkiqotdagi barcha yondashuvlar, shakllar, vositalar va metodlar ilmiy xususiyatga ega.
Fan - bu rivojlanuvchi, o`sib boruvchi bilim tizimi, ijtimoiy ongning va kishilik sivilizatsiyasi ijodiy bunyodkorlik amaliyotining insonning o`zini qurshagan olamni surunkali va chuqur o`zlashtirishiga, tabiiy va ijtimoiy voqelikning borliq qonuniyatlari to`g‘risida aniq, chuqur, haqqoniy axborot olish, bunday axborotni o`zlashtirish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanishga yo`naltirilgan alohida shaklidir.
Ilmiy ijod - bu ilmiy bilishni rivojlantirish, yangi ilmiy bilim olish va undan
foydalanish, ilmiy bilimni yangi qonunlar va qonuniyatlar, yangi ilmiy prinsiplar
va nazariyalar, inson faoliyatining xar xil sohalaridagi amaliyotga faol chiqishlar
bilan boyitish bilan bog‘liq bilish va bunyodkorlik faoliyatidir.
Ilmiy ijod - bu asosiy jihati o`rganilayotgan hodisalar va jarayonlarning, ularning harakat va rivojlanish qonunlarining moxiyatini abstrakt tushunchalar, sxemalar, formulalar, tenglamalar va hokazolar shaklida ifodalashdan iborat bo`lgan ob`ektiv voqelikni sub`ektiv aks ettirishdir.
Ilmiy ijod jarayonida olimlar, fan odamlari yangi yangi ilmiy bilimlarni
umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga kiritadi va bunda, K. Popper ta`biri bilan
aytganda, «insoniyat bilishdan lazzat oladi». Hozirgi zamon qobiliyatli olimi
yuksak umumiy madaniyatli, chinakam ziyoli, yuksak darajada ma`lumotli
odam bo`lishi, nafaqat ilmiy bilimlar va ko`nikmalarga, balki ijodiy qobiliyatlarga,
keng xayot tajribasiga ega, o`tkir zehnli bo`lishi kerak.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish