Tarix vaqti – bu inson vaqti
, ya‘ni ijtimoiy vaqtning eng oliy
darajasidir, chunki tarix oʻz-oʻzini yaratuvchi, oʻz-oʻzidan rivojlanuvchi
jarayondir. Individ oʻlimga mahkum, avlodlar keladi va ketadi, lekin birorta
ham hayot izsiz yoʻq boʻlib ketmaydi, ya‘ni tarixdan chetda qolmaydi.
Tarixiy vaqt oʻlimga mahkum boʻlgan odamlarning real hayot faoliyati bilan
uzviydir. aynii paytda u har bir individga nisbatan uning substansiyasi
sifatida amal qiladi. Bu individ va avlod oʻz asri bilan uzviy ekanligini,
insonning mohiyati ijtimoiy munosabatlar majmui bilan belgilanishini
anglatadi.
«Tarixni odamlar yaratadi» degan tezis va «tarix odamlarni yaratadi»
degan antitezis sintez yoʻli bilan echiladi: odamlar oʻz tarixi vositasida
oʻzlarini oʻzlari yaratadilar. Barcha odamlar, barcha avlodlar faoliyatining
umumiy mahsuli boʻlgan «tarix daryosi» oʻziga olgʻa yoʻl ochish bilangina
kifoyalanmaydi. Oʻz yoʻlida u kengayib, suvga toʻlib boradi. Uning oqimi
ham jadallashadi, qirgʻoqlari kengayadi, tubi yanada chuqurlashadi. Tarixni
vaqt nuqtayi nazaridan oʻrganish uning «uzunlik», «kenglik» va «chuqurlik»
mezonlariga muvofiq oʻrganish demakdir. Tarixiy vaqtning «uzunligi»
deganda
asosan
uning
topologik
xossalari:
oʻlchamlari, asosiy
bosqichlarining ketma-ketligi, bu ketma-ketlikning muqarrarligi tushuniladi.
Tarixning «kengligi» - bu tarix chegarasining kengayishi demakdir.
Bunda kengayish tushunchasini ikki xil ma‘noda: tarixiy jarayon yangi va
yangi hududlarni qamrab olishi sifatida (kengayishning yuzaki, ekologo-
geografik jihati) va «tarix doirasi»ning, ya‘ni kishilar umumiy tarixiy
faoliyati maydonining kengayishi sifatida tushunish oʻrinli boʻladi (kishilar
umumiy tarixiy faoliyati faol tarix ijodkorligiga uning yangi va yangi
ishtirokchilarini keng jalb qilishni ham nazarda tutadi).
Insoniyat tarixi vaqti – bu uning obyektiv vaqtigina emas. U ong
fenomeni hamdir. Jamiyat, tarix nafaqat obyekt, balki subyekt sifatida ham
maydonga chiqadi. Bunda u gnoseologik subyektning eng oliy tipi va darajasi
hisoblanadi. Ijtimoiy ongning yaxlit strukturasida vaqtni anglab etish oʻzini
uning alohida, ichki darajasi sifatida, jamiyatni tarixiy anglash sifatida
namoyon etadi.
Darhaqiqat, tarixiy jarayon insoniyat vaqtda boshdan kechiruvchi
oʻzgarishlarning umumiy xususiyati va ma‘nosi demakdir. Ushbu
209
oʻzgarishlarning mazmuni tarixiy vaqtning ichki ziddiyatlari va jumboqlarini
belgilaydi. Bu erda shunday jumboqlardan ikkitasini koʻrsatib oʻta‘miz.
1. Insoniyat yildan-yilga ulgʻayib va ayni paytda yosharib boradi.
Uning ulgʻayishi yoshiga yosh qoʻsxilishi bilan, yosharishi esa – ijtimoiy
hayot uzluksiz yangilanishi bilan izohlanadi. Insoniyat bolaligi – biz uchun
qadim zamon, yangi davr esa, aksincha, oʻzimiz yashayotgan zamondir.
Koʻrib turganimizdek, bu jumboq tarixiy davrlar tasnifida oʻz ifodasini
topadi.
2. Oʻtmishni oʻzgartirish mumkin emas, deb hisoblanadi. Bu fikr tabiat
uchun mutlaqo oʻrinlidir. Ammo jamiyatda, tarixda oʻtmish oʻzgarishi
mumkin. Har bir yirik tarixiy voqea nafaqat istiqbolli kuchga, balki
retrospektiv kuchga ham ega boʻladi. Hozirda yashayotgan avlod oʻz
izdoshlarini tayyorlash, ularga ta‘limi va tarbiya berish bilan bir vaqtda oʻz
ishlari, gʻoyalarining salafchilarini ham tanlaydi. Loʻnda qilib aytganda, u
oʻtmish ummonidan bugungi maqsad, bugungi manfaatlarga muvofiq oʻziga
zarur va qadrli boʻlgan moʻljallarni tanlab oladi. Masalan, Oʻzbekiston
mustaqilligining oʻtmishi – bu Muqanna qoʻzgʻoloni, Ja‘loliddin Manguberdi
kurashi, Parij Kommunasining oʻtmishi – bu Spartak qoʻzgʻoloni va Buyuk
fransuz inqilobi, gitlerchilar natsizmining oʻtmishi esa – bu «koʻppak-
ritsarlar» va Barbarossa. Shunday qilib, oʻtmishning mazmuni oʻzgaradi,
ya‘ni u xotirada, kelajak avlodlar munosabatida oʻzgaradi.
Tarix haqida biz uning oqibatlari, ya‘ni hozirgi zamonga qarab hukm
chiqaramiz. Tarixning intihosi insoniyat ha‘lokati bilan barobardir. Ammo
tarixning mazmuni uning obyektiv qonuniyati tan olinishi bilangina
belgilanmaydi. Amalda jamiyatgina emas, balki tabiat ham muayyan
qonunlarga muvofiq rivojlanadi. Ammo oʻsimliklar dunyosining rivojlanish
jarayoni ham, hayvonot dunyosining rivojlanish jarayoni ham «mazmun»ga
ega emas, u faqat insoniyatning rivojlanish jarayonida, ya‘ni kishilik
tarixidagina mavjud.
Inson hayoti mazmunga ega boʻlgani, ya‘ni qadriyat hisoblangani
tufayli ham insoniyat tarixi mazmunga egadir. Shu ma‘noda insoniyat tarixi
mazmunining mezoni va ayni paytda uning taraqqiyotini belgilovchi mezon
sifatida insonparvarlik maydonga chiqadi
1
. Tarixiy jarayon yoʻli, uning
yoʻnalishi sirtdan belgilanmagan, lekin u insoniyat tomonidan ham maqsad
sifatida qoʻyilmagan va anglab etilmagan. Tarixning mazmuni individlarning
muayyan maqsadga erishishga qaratilgan faoliyatidan kelib chiqadi, lekin
uning oʻzigagina bogʻliq boʻlmaydi va u bilan toʻla muvofiq kelmaydi.
Tarixning mazmuni deganda inson avlodlarining hayoti va almashuvi
jarayonlarining obyektiv mazmuni tushuniladi. Unda inson borligʻining
murakkabligi, ziddiyatlarga toʻlaligi va oʻziga xosligi boʻrtib namoyon
1
Жўраев Н. Тарих фалсафасининг назарий асослари. - Т.: Маънавият, 2006. – Б 67.
210
boʻladi. Har kim va hammaning erkin rivojlanishini qaror toptirish uchun
kurash bilan bogʻliq boʻlgan har qanday jarayon teran tarixiy mazmun kasb
etadi. Oʻz shaxsiyatini namoyon etish uchun kurashni inson ham tabiiy, ham
oʻz faoliyati natijasida vujudga kelgan stixiyali kuchlarga qarshi olib boradi.
Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi zamirida orqaga qaytarib
boʻlmaydigan jarayon – ijtimoiy ishlab chiqarish yotadi. Bu mexanizmning
ishi tarix motorigina emas, balki uning soati hamdir. Tarixiy va astronomik
soatlar ayni bir vaqtni koʻrsatmaydi. Tarixiy vaqtga nisbatan xronologik
shkala tashqi chegara hisoblanadi. U voqealarning davomliligi va ketma-
ketligini yagona obyektiv miqyosda ifodalash imkoniyatini beradi. Tarixiy
jarayon suratining oʻsishi yoki pasa‘yishini faqat shu asosda aniqlash va
kuzatish mumkin. Ammo xronologiya ijtimoiy rivojlanish yoʻlining mazmuni
va xususiyatiga tegishli emas. Oʻtmish voqealari, hodisalari va obidalarining
eng aniq sanasi ham ularning umumiy tarixiy jarayondagi sabablari, asoslari
va mazmuni haqidagi savollarga javob bermaydi, chunki buning uchun
jarayon chegarasinigina emas, balki uning manzarasini, ya‘ni harakatning
oʻziga mos mantiqini ham bilish talab etiladi.
Tarixiy jarayon va uning mazmuni tabiat va tabiiy vaqtga nisbatan
ma‘lum darajada mustaqildir. Bu mustaqillik nisbiydir, chunki jamiyatning
oʻzini ham bir paytlar tabiat yaratgan. Ammo ijtimoiy hayot rivojlanishi va
murakkablashib borishi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish qonunlari biologik
tanlanish qonunlariga nisbatan ustunlik qila boshlagan. Ijtimoiy sikllar, ya‘ni
ijtimoiy hayotning moddiy va ma‘naviy ishlab chiqarish qonunlarini
ifoda‘lovchi ijtimoiy vaqt sikllari kunlarning birida harakatga keltirilgach,
keyinchalik bu harakatni immanent sabablar ta‘sirida, oʻz zaminida amalga
oshiradi. Bu jamiyat tabiatdan xalos boʻlishini anglatmaydi, aksincha,
insonning muhim kuchlari rivojlanishi bilan odamlar tabiatni oʻzlariga
boʻysundirib, shu tariqa u bilan yanada chuqurroq aloqaga kirishadilar, ammo
bu aloqa biologik organizm va muhit oʻrtasida mavjud boʻlgan birlamchi,
tabiiy rishtalardan butunlay farq qiladi, zero bu erda gap ijtimoiy
organizmning oʻzini qurshagan tabiiy muhitga moslashuvi haqida emas, balki
uning yanada kengroq va teranroq strukturalarini oʻzgartirishi haqida boradi.
Tabiat inson ishlariga befarq. Tarixiy xronologiya astronomik vaqt
maromidan oʻz mezoni sifatidagina foydalanadi. Ammo tarixda vaqtni
xronologiya‘ning
oʻzigagina bogʻlash oʻrinli boʻlmaydi. Ijtimoiy
jarayonlarning rivojlanishida yuz bergan sifat oʻzgarishlarini ifodalash ham
uning muhim tomonlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlarning yangi
tipi, yangi ijtimoiy strukturalarning vujudga kelishi, ularning shakllanishi
kabi hodisalar asta-sekin yuz berishi va asrlarni (qadimgi jamiyatda esa –
ming yilliklarni) qamrab olishi tufayli, ularning sanasini aniq belgilash
211
mumkin emas va biron-bir tarixchi oʻz oldiga bunday vazifani qoʻymaydi
1
.
Insoniyat tarixi boshlangan vaqtni aniqlashning oʻzi fan uchun uning
imkoniyatlari doirasidan tashqa‘ridagi vazifa hisoblanadi.
Tarixning boshlanishi bir lahzali voqea emas, balki oʻta murakkab,
ziddiyatlarga toʻla va ancha davomli jarayondir. Ibtidoiy odamlar oʻrtasidagi
biologik aloqalar oʻrnini ijtimoiy aloqalar darhol va oʻz-oʻzidan egallagani
yoʻq, balki ular bilan uzoq vaqt mobaynida yonma-yon mavjud boʻlib, asta-
sekin, bosqichma-bosqich ulardan ustunroq mavqeni egallagan va ularni siqib
chiqarib, dastlabki tobe va tasodifiy munosabatlardan hukmron va zaruriy
munosabatlarga aylangan. Insoniyat hayotini avlodlar bilan oʻlchash tarixiy
vaqtni oldinma-ketin keluvchi avlodlar zanjiri sifatida tasavvur qilish
imkoniyatini beradi. Bunda har bir avlod mazkur zanjirning bir boʻgʻini
hisoblanadi.
Insoniyat yoshi boshqacha mezonlarga ega. Bosib oʻtilgan yoʻlni
odamlar oʻz ishlari, yutuqlari va magʻlubiyatlari bilan oʻlchaydilar.
Hayvonlar va oʻsimliklardan farqli oʻlaroq, inson oʻz hayot yoʻlini,
oʻtmishdan kelajakka eltuvchi yoʻlni oʻzi tanlaydi, oʻz tarixini, ya‘ni oʻz
vaqtini oʻz qoʻli bilan yaratadi. Oʻtmishda qolgan avlodlar – bugungi kunga
olib kelgan yoʻldagi bosqichlargina emas, balki uning hammualliflari hamdir.
Homo sapiens inson filogenezi tarixida oxirgi va yakuniy tur hisoblanadi, shu
tufayli ham ijtimoiy tarix tabiiy intihoga ega boʻlmaydi, u hamisha kelajak
sari ochiqdir. Insoniyat vaqtda yangi tur sari emas, balki oʻzining yangi
yutuqlari sari harakatlanadi. Bu yutuqlar qancha ulkan boʻlsa, tarix shuncha
yangi, tarixiy vaqt shuncha yosh boʻladi. Ayrim mamlakatga nisbatan ham,
ayrim xalqqa nisbatan ham u oʻzining har bir tub burilishi, oʻz yoʻlining har
bir yangi bosqichi bilan birga goʻyoki yosharib boradi: tarixiy rivojlanish
jarayonining butunlay oʻzgacha imkoniyatlar va istiqbollar ochuvchi yangi
bosqichi boshlanadi.
Biologik turdan farqli oʻlaroq, odamzot, ya‘ni insoniyat tarixi vaqt
oʻtishi bilan oʻzining har tomonlama, keng rivojlanish qobiliyatini
yoʻqotmaydi, balki uni kasb etadi va koʻp karra kuchaytiradi. Tarixiy
rivojlanish jarayonida jamiyatning imkoniyatlari doirasi Qisqarmaydi, balki
kengayib boradi. Bu insoniyat ulgʻaygani sari qarimasligini yana bir karra
tasdiqlaydi. Ijtimoiy munosabatlar rivojlangani sari yanada etukroq,
mukammalroq tus oladi, chunki tarixiy jarayonga yangi va yangi omillar
qoʻsxiladi, tabiatning koʻr-koʻrona determinizmiga nisbatan insonning
mustaqilligi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |