Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

darajaga oʻtish obyektiv tamoyili ham saqlanib qoladi.
Ammo muammoning 
mazmuni amalda boshqacha koʻrinish kasb etadi. Inson vaqti uning hayot 
faoliyati vaqtidir. Hayvon oʻz mohiyatini tabiatdan oladi, u oʻzini oʻzi 
yaratmaydi va shu ma‘noda u tarixiylikdan xolidir. Hayvon oʻz tarixini oʻzi 
yaratmaydi – tarix uni yaratadi. Inson esa oʻz tarixini oʻzi yaratadi. Insonning 
mohiyati uning oʻz ijtimoiy munosabatlari majmui bilan belgilanadi. 
Hozirgi paytda «individ – ijtimoiy avlod – jamiyat tarixi» uchligi 
ijtimoiy vaqtni oʻrganish va uning mazmunini aniqlashning obyektiv asosi 
sifatida qaraladi. 
Ijtimoiy vaqtda muayyan odamlar, ijtimoiy jamoalar, ayrim 
hamjamiyatlar, millatlar, davlatlar va pirovard natijada butun insoniyat 
borligʻining vaqt koʻrsatkichlarini farqlab, ijtimoiy vaqt strukturasining 
murakkabligi toʻgʻrisida ham soʻz yuritish mumkin.
Ulardan har birining 
yashash vaqti va surati har xil boʻlib, oʻz xususiyatiga ega. Aslini olganda, 
turli mamlakatlar va xalqlar jamuljam holda butun insoniyatni ifoda etsa-da, 
amalda turli tarixiy davrlarda: kimdir oʻtmishda, kimdir hozirgi davrda, 
kimdir esa kelajakda yashaydi. Bunga, xususan, amerikalik taniqli futurolog 
E.Toffler e‘tiborni qaratadi. Uning fikricha, «Er axolisining 70f oizi 
oʻtmishda (turli oʻtmishda), 25 foizi – hozirgi davrda, 3 foizi – kelajakda 
yashaydi, qolganlar esa marginallar boʻlib, ular har qanday vaqtdan 
tashqa‘ridadir»
3
.
1
Қаранг: Блонский П.П. Память и мышление. – М., 1994; Восприятие пространства и времени. – Л., 1999; 
Проблема восприятия пространства и времени. – СП(б), 1998; Фресс П. Приспособление человека к времени 
// Вопросы психологии. 1996. №1.
2
Қаранг: Бахмутский В.Я. Категория времени во французской классической трагедии 17 века. – М., 1990; 
Бахтин М.М. Время и пространство в романе // Вопросы литературы. 1994. №3; Виплер Б.Р. Проблема 
времени в изобразительном искусстве. – М., 1999,Ленартович Ст. Организация времени и пространства в 
произведении киноискусства. – М., 1999; Лисса З. Проблема времени в музыкальном произведении. –
М., 1995; Тураева З.Я. Категория времени. Время грамматическое и время художественное. – М., 1999.
3
Қаранг: Вестник Российского университета дружбы народов. Серия «Философия». 2006. №1 (11). – С. 46. 


205 
Davr ruhi tushunchasi ijtimoiy vaqt umumiy kategoriyasi bilan bevosita 
va tabiiy bogʻlanishi lozim. U ichdan, ya‘ni oʻz mazmuni tomonidan va 
sirtdan – davr ruhi zamondoshlar hayotida, ularning turmush tarzi va fikrlash 
uslubini 
shakllantirishda 
bajaruvchi 
funksiyalar 
nuqtayi 
nazaridan 
oʻrganilishi darkor.
Har bir davrning oʻz ruhi bor, chunki davr – bu ayni holda inson 
avlodi vaqtidir.
Bu erda zamondoshlar ijtimoiy-tarixiy avlodining ma‘naviy 
dunyosi haqida gapirish oʻrinli boʻladi. Avlodning ma‘naviy dunyosi koʻp 
sonli, ba‘zan oʻz xususiyatiga koʻra bir-biriga zid boʻlgan omillar majmui 
ta‘sirida shakllanadi. Ammo bu omillar orasida moddiy hayot ziddiyatlari 
birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Ushbu ziddiyatlar ijtimoiy vazifalarni 
ilgari surish, jamiyatda ijtimoiy manfaatlarning rivojlanishi, ba‘zan ularning 
qutblashuvini belgilovchi obyektiv asos sifatida amal qiladi. Moddiy hayot 
ziddiyatlari murakkab voqealar va jarayonlarda, xronologik zamondoshlar 
ularda oʻynaydigan oʻta rang-barang va hatto qarama-qarshi rollarda oʻzini 
namoyon etadi.
Odamlar mazkur avlodining faoliyati qancha mazmunli va izchil boʻlsa, 
unda keng xalq ommasi ishtirok etsa, davr ruhi shuncha kuchli boʻladi, u 
tarixda shuncha chuqur iz qoldiradi, shuncha koʻp qahramonlarni yaratadi, 
kelajak avlodlarga shuncha goʻzal va jozibali boʻlib tuyuladi. Zamondoshlar 
faoliyatining mazmuni, mohiyati va maqsadlari, ular oʻz maqsadlariga 
erishish uchun tanlovchi va foydalanuvchi shakllar, usullar va vositalar, yuz 
berayotgan ijtimoiy voqealar jarayoni va natijasiga koʻmaklashuvchi va 
ularga bevosita yoki bilvosita ta‘sir koʻrsatuvchi tarixiy sharoitlar majmui 
odamlar avlodi yashayotgan davrga alohida, betakror ruh va tus baxsh etadi. 
Bu faoliyat, bu voqealarni ularning ishtirokchilari oʻz boshlaridan 
kechiradilar; ularni kelajak avlodlar anglab etadilar, baholaydilar va qayta 
baholaydilar. Ba‘zan yuz bergan voqeaning asl mazmuni va mohiyati oradan 
ancha vaqt oʻtganidan soʻng ayon boʻladi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish