Davr ruhi – avlodning amaliy aqli turli tarixiy zamonlarda ijtimoiy
munosabatlarning umumiy rivojlanish darajasiga va jamiyatning etuklik
darajasiga qarab turlicha mazmun kasb etadi, asosan ongning u yoki bu
shakllarida mujassamlashadi
. Ma‘lumki, oʻrta asrlarda mafkuraviy hayot
deyarli toʻliq din bilan belgilangan, oʻta radikal gʻoyalar ham, oʻta
konservativ gʻoyalar ham bu davrda dunyoviy va haqiqiy hayotga butunlay
begona boʻlgan shakl-shamoyil kasb etgan. Boshqa zamonda esa bu rol oʻzga
turlar va janrlarga oʻtgan: masalan, XX asrning 30–40-yillari Oʻzbekistonda
badiiy adabiyot ijtimoiy gʻoyalar jarchisiga, umummilliy minbarga aylangan.
Ijtimoiy tafakkur tarixini oʻrganish turli xalqlarda turli tarixiy bosqichlarda
oʻz davrining etakchi gʻoyalari bunyodkori va tashuvchisi rolini odatda
ongning oʻzida nazariy mazmunni oʻta emotsional, yorqin shakl bilan
birlashtirgan shakllari va darajalari oʻynaganini koʻrsatadi. Mafkura odamlar
206
ongi va qalbini egallagan taqdirdagina chinakam moddiy kuchga aylanishi
mumkin.
Ayni shu sababli davr ruhi ehtiroslardan xoli, sovuqqon ong boʻlishi
mumkin emas. Mazkur ong qadriyat sifatida maydonga chiqadi, insonga
hayotda yoʻl koʻrsatadi, shu tufayli ham u boshqaruvchi xususiyat kasb etadi.
U hozirgi zamonni maqbul va kutilgan kelajak nuqtayi nazaridan anglab
etishdir. Bunga zamondoshlar avlodining oʻz ajdodlariga, an‘analarga
boʻlgan munosabati, ya‘ni oʻtmishga munosabat ham kiradi. Shunday qilib,
avlod ruhi nafaqat yuzaki, balki ichki vaqt mezonlariga ham ega boʻladi: u
muayyan darajadagi ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli boʻlish bilan bir
vaqtda ijtimoiy voqelikning oʻzi guvohi boʻlayotgan jarayonlari va
voqealariga oʻz munosabatini bildiradi. Davr ruhining ichki mezonlari
zamondoshlar avlodi faoliyatining subyektiv yoʻnalishi va moʻljallariga, bu
orqali esa – jamiyatda kutilayotgan oʻzgarishlarning xususiyatiga, yuzaga
kelgan tarixiy vaziyatda odamlar tanlashga harakat qilayotgan yoʻlga ishora
qiladi.
Individual ong zamirida ham, ijtimoiy ong zamirida ham ijtimoiy
vaqtni anglab etish yotadi. Avlod ongi bu munosabatda alohida oʻrin
egallaydi. Gnoseologik subyekt sifatida ijtimoiy-tarixiy avlod individ va
jamiyat oʻrtasidagi oraliq boʻgʻindir. Ammo bu hol ong muammosini
oʻrganishda doim ham e‘tiborga olinavermaydi. Zamondoshlar avlodi kishilik
tarixining gorizontal kesimi, ya‘ni vaqtning muayyan, xronologik jihatdan
ixcham qismida olingan jamiyatdir. Shu tufayli ham avlod tarixiy harakatni,
oʻz borligʻi vaqtini anglab etishi ijtimoiy ong mexanizmini harakatga
keltiruvchi birlamchi, boshlangʻich omil hisoblanadi.
Avlod ongi, binobarin, umuman ong zamirida yotuvchi vaqtni anglash
tashqi dunyoning obyektiv jarayonlari haqidagi nazariy bilim sifatidagina
emas, balki eng avvalo ommaning faol yondashuvi va subyektiv manfaatlari,
uning xohish-irodasi ifodasi sifatida maydonga chiqadi. Uni vaqt
muammosini nazariy, ya‘ni ilmiy va falsafiy, konseptual anglab etish bilan
bogʻlash mumkin emas, chunki mazkur muammo rivojlangan va etuk
madaniyat kun tartibiga ancha kech qoʻyilgan va hatto hozirgi zamon ijtimoiy
ongining tarkibiy tuzilmasida ham uning eng yuksak darajalariga tegishlidir.
Til lingvistikadan oldin, tafakkur esa mantiqdan ilgari paydo boʻlganidek, oʻz
davrini (ajdodlar va avlodlarga oʻzining va oʻz zamondoshlarining
munosabatini, avlodlar almashuvi dalilining oʻzini) anglab etishga intilish har
qanday fandan oldinroq paydo boʻlgan, ya‘ni ilk nazariy va nonazariy
darajalarda vujudga kelgan. U yoki bu davrda, odamlarning u yoki bu
avlodida vaqt haqidagi tasavvurning rivojlanish darajasi xususida
faylasuflarning risolalarigina emas, balki oʻsha davrga mansub boʻlgan
madaniyat boyliklari ham darak beradi. Bu haqda eng avvalo odamlar
faoliyatining xususiyati va ularning turmush tarzi da‘lolat beradi. Vaqtga
207
muayyan munosabat zamondoshlarning dunyoqarashida, ularning ma‘naviy
dunyosida, xalq ijodi (eposi)ning mazmunida, oddiy, ommaviy ong sohasida
va
hoka‘zolarda
namoyon
boʻladi.
Har
qanday
nazariyalar
va
konsepsiyalardan farqli oʻlaroq, bu soha amaldagi tarixiy rivojlanish
jarayoniga, yuz berayotgan voqealarga mazkur avlodning bevosita
munosabatini aks ettiradi. Oʻz-oʻzidan ravsha‘nki, bu erda mazkur mavzuda
umumiy fikr-mulohazalargina bildirilishi mumkin; ushbu nuqtayi nazardan
mazmunli va konkret tahlil esa kengroq va murakkabroq mustaqil ilmiy
tadqiqot vazifasini tashkil etgan boʻlur edi.
Davr ruhi real ijtimoiy vaqt (avlod vaqti) mahsuli va ayni paytda
zamondoshlarning unga boʻlgan subyektiv munosabati sifatida avlodning
oʻz-oʻzligini anglash jarayonini belgilaydi.
Bu davr ruhining ijtimoiy va
gnoseologik funksiyasi hisoblanadi. Ijtimoiy borliq sohasida ziddiyatlar
qancha keskin va kuchli, ijtimoiy ong strukturasi qancha murakkab boʻlsa,
davr ruhi shuncha kuchli va etuk darajada boʻladi. Hamonki ijtimoiy ong
ijtimoiy borliqning in‘ikosi hisoblanar, ijtimoiy in‘ikos esa oʻz tabiati va
mohiyatiga koʻra voqelikni ildamroq aks ettirar ekan, ijtimoiy munosabatlar
rivojlanishi bilan inson ongining ildam xususiyati kuchayib boradi, ayni shu
zaminda inson miyasida barcha gʻoyalar va tasavvurlar tugʻiladi, degan
umumiy xulosaga kelish mumkin. Odamlarning muayyan, konkret avlodi
tarixiy harakatning real, bevosita tashuvchisi boʻlgani bois, mavjud ijtimoiy
borliq haqida zamondoshlarning tasavvuri obyektiv ijtimoiy vaqtga boʻlgan
munosabat shakli (ya‘ni ijtimoiy moʻljal) sifatida inson oʻzligi faol ishlashini
ta‘minlovchi ichki manbani, ijtimoiy ongning barcha shakllari va darajalari
mahkamlanadigan oʻziga xos «sinch»ni tashkil etadi.
Mazkur vaqtga zamondoshlarning munosabati qancha chuqur boʻlsa,
jamiyatning intellektual va ma‘naviy hayoti shuncha faol va boy boʻladi.
Vaqtni his qilmaslik avlodning ma‘naviy oʻlimi, uning tarixiy jarayondan
tushib qolishi bilan barobardir. Ammo vaqtni his qilish yoki his qilmaslik
individlarning antropologik xossasi, ularning peshonasiga yozilgan yoki
yozilmagan qobiliyat emas. Agar bu xossa boʻlsa, uni ijtimoiy xossa deb
nomlash oʻrinli boʻladi, ya‘ni uning oʻzi ijtimoiy vaqt, yuz berayotgan tarixiy
jarayon darajasi va xususiyatining koʻrsatkichidir. Avlod ijtimoiy vaqtining
ichki mezonlari uning tashqi mezonlari bilan belgilanadi: obyektiv, moddiy,
ijtimoiy munosabatlarning rivojlanish omillari va qizgʻinlik darajasiga qarab
tarixiy jarayonga boʻlgan subyektiv munosabatning mazmuni va xususiyati
dam kuchayadi va chuqurlashadi, dam susa‘yadi yoki oʻz shakl-shamoyilini
oʻzgartiradi. Oʻz-oʻzidan ravsha‘nki, turgʻunlik davrlarida va jamiyat
hayotida
tub
burilish
yasagan
yirik
voqealarga
boy
davrlarda
zamondoshlarning ijtimoiy vaqtga boʻlgan subyektiv munosabati bir xil
boʻlmaydi. aynii shu sababli boʻronlar va boʻhronlarni boshdan kechirgan
208
avlod davrining ruhi va yarim mudroq holatda yashayotgan avlod davrining
ruhi ham har xil boʻladi.
Shunday qilib, vaqtni his qilish unga daxldor boʻlish demakdir. Ammo
bu avlodning oʻz oʻzligini anglashi hamdir, zero zamondoshlar yagona
maqsadga erishishga qaratilgan umumiy ishlarda ongli ravishda ishtirok
etgan taqdirdagina oʻzlarini yakdil va birdam his qilishlari mumkin.
Shundagina «oʻz-oʻzidagi» avlod «oʻzi uchun» avlodga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |