Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari
. Metod 
(yunoncha – usul) keng ma‘noda yoʻl ijodiy faoliyatning har qanday shakli 
kabi ma‘nolarni anglatadi. Metodologiya esa metod toʻgʻrisidagi ta‘limot 
boʻlib, u nazariy bilimlar va amaliy faoliyat tamoyillarini, usullarini 
oʻrgatadi. U ma‘lum tizim toʻgʻrisidagi ta‘limotdir. 
Har bir fan turli sohalar dunyoning u yoki bu tomonini oʻrganar ekan, 
uning oʻziga xos tekshirish obyekti mavjud. Mana shunga muvofiq har bir 
soha oʻzining obyektini oʻrganish uchun turli metodlar ishlab chiqadi va 
uning yordamida oʻsha oʻrganishni yaxshilaydi va takomillashtiradi. 
Jumladan, tilshunoslikni oʻrganish metodi bilan, biiologiya metodi yoki 
matematikatini oʻrganish metodi bir- biridan farqlanadi.
Metod u yoki bu shaklda ma‘lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim 
mezonlarining yigʻindisi hamdir. U tamoyillar va talablar tizimi boʻlib, 
subyektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohada ma‘lum 
natijalarga erishish sari yoʻnaltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni 
tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yoʻl bilan etishishga yordam beradi 
Har qanday metod ma‘lum nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning 
zaruriy sharti sifatida namoyon boʻladi. Nazariya reallikni aks ettirar ekan, 
undan kelib chiquvchi tamoyillar, qoidalar va x.k. orqali metodga aylana 
boradi va natijada yana nazariyaga qaytadi, subyekt bilish jarayonida undan 
foydalanadi. Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija, uning predmetining 
mohiyatini anglash balki unga eltuvchi yoʻl, ya‘ni metod ham haqiqiy 
boʻlmogʻi darkor. Predmet va metodni ayri holda tushunish mumkin emas. 
Metod har qanday tadqiqot boshlanishida toʻla holda namoyon boʻlmasada, 
ma‘lum darajada predmetning sifat oʻzgarishi bilan har safar yangidan 
shakllanadi. Predmetning xususiyatlari oʻzgarishi bilan metod ham oʻzgarib 
boradi. Demak, metodning haqiqiyligi tadqiqot (obyekt) predmetining 
mazmuni bilan bogʻliq.
Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni 
yigʻish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir.
Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida 
amalga oshiriladi. Hech kim hech qachon haqiqatni yoʻqdan bor qila olgan 
emas. Albatta, olim izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi. Ba‘zi 
hollarda bir narsani izlash jarayonida boshqa narsa yaratiladi. 
Fanda, koʻp hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. 
Aynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida oʻrganish ziddiyatli 
xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi metodni toʻgʻri harakterlar 
ekan, Bekon uni yoʻlovchining yoʻlini yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. 
Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga 
koʻra, ular keng va tor koʻlamda qoʻllaniladi. Har qanday fan oʻz predmetini 
oʻrganishda u yoki bu obyektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy 
metodlardan foydalanadi. M: ijtimoiy jarayonlarni oʻrganish metodi 


239 
olamning ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari 
bilan belgilanadi. (Oʻqituvchi misol tariqasida tushuntirishi kerak.) 
Metod oʻz-oʻzidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli boʻlishini ta‘minlay 
olmaydi, chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qoʻllash mahorati ham 
muhimdir. Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy 
darajasiga koʻra, ular keng yoki tor koʻlamda qoʻllaniladi. Har qanday fan oʻz 
predmetini oʻrganishda y yoki bu obyektning mohiyatidan kelib chiquvchi 
turli xususiy metodlardan foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni 
oʻrganish metodi olamning ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining 
xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga koʻra bir necha 
guruhga boʻlinadi. Ular: falsafa, fan: umumilmiy, xususiy ilmiy, 
fanlararo tadqiqot, ijtimoiy -gumanitar fanlar metodlaridir.
Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri 
universal xususiyatiga ega boʻlgan umumiy falsafiy metodlarga murojaat 
qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yoʻlni koʻrsatadi. Mazkur 
metodlarga falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, 
taqqoslash, analiz, sintez, induksiya va deduksiya va hokazo taalluqli.
Agar maxsus metodlar obyektning qonuniyatlarini oʻrganishning 
xususiy usullari sifatida namoyon boʻlsa, falsafiy metodlar shu obyektlarda 
namoyon boʻladigan, alohida xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning eng 
umumiy qonuniyatlarini oʻrganadi.
Eng qadimgi va keng tarqalgan falsafiy metodlardan biri dialektika 
boʻlsa, ikkinchisi metafizikadir. Bulardan tashqari sofistika, eklektika, 
analitik, intiutiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik kabi metodlar ham 
mavjud. (Oʻqituvchi yuqoridagi metodlar toʻgʻrisida tushuncha berishi 
kerak.)
Fan metodlari – ma‘lum fan tarmogʻiga kiruvchi yoki fanlar tutashgan 
joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qoʻllaniladigan usullar tizimidir. 
Har bir fundamental fan, mohiyat-e‘tibori bilan, oʻz predmetiga va oʻziga xos 
tadqiqot usullariga ega boʻlgan sohalar majmuidir.
Umumilmiy tadqiqot metodlari - falsafa bilan maxsus fanlarning 
fundamental nazariy-metodologik qoidalari oʻrtasida oʻziga xos «oraliq 
metodologiya» boʻlib xizmat qiladi.
Xususiy ilmiy metodlar – materiya harakatining asosiy shakliga mos 
boʻlgan muayyan fanda qoʻllaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot 
usullari va tartib-ta‘moillari majmuidir. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya 
va ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir.
Fanlararo tadqiqot metodlari – asosan fan sohalari tutashgan joyda amal 
qiladigan (metodologiya‘ning turli darajasi elementlarini birlashtirish 
natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. 


240 
Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng 
qoʻllaniladi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlariga – etnometodologik, ideografik, 
dia‘log, tushunish va oqilona tushuntirish, hujjatlarni tahlil qilish, soʻrovlar 
oʻtkazish, proektiv, testlash, biografik va avtobiografik, sotsiometriya, oʻyin 
metodlari kiradi. (Bu metodlar mazkur fanlarning predmeti bilan bogʻliq 
maxsus vositalar, metod va amallardan foydalaniladi.) 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish