Gnoseologiya (episte’mologiya)ning mazmuni va mohiyati.
Bilish
nazariyasini falsafada Gnoseologiya sohasi oʻrganadi. «Gnoseologiya»
grekcha soʻz boʻlib «gnosis» – bilish, «logos» – nazariya, ya‘ni bilish
nazariyasi,
bilish
toʻgʻrisidagi
ta‘limot
ma‘nolarini
anglatadi.
«Gnoseologiya» ata‘masi falsafaga nisbatan yaqinda (1854 yilda) shotland
faylasufi Dj.Ferer tomonidan kiritilgan boʻlsa-da, biroq u Qadimgi YUnon
faylasuflari Suqrot, Aflotun, Demokrit, Arastu, epikurchilar, stoiklar
shuningdek Markaziy Osiyo mutafakkirlari oʻz davrlarida bilishning
mohiyatini tahlil qilganlar.
«Olam va odam» tizimida dunyoni anglash, subyekt va obyekt
oʻrtasidagi munosabatlar dialektikasi gnoseologiya shugʻullanadigan
masalalar koʻlamini belgilaydi. Bu masalalar insonning bilish faoliyatidan
iborat boʻlib, eng umumiy mazmunini tashkil qiladi. Gnoseologiya «ong»,
«tafakkur», «bilish», «haqiqat», «subyekt» va «obyekt», «moddiylik va
ma‘naviylik», «inson» va «kompyuter», «hissiylik» va «ratsionallik»,
«nazariya» va «amaliyot» kabi tushuncha va kategoriyalarning mazmun-
mohiyati bilan bogʻliq koʻplab masalalarni oʻz ichiga oladi. Bu
tushunchalarning har biri moddiy, ruhiy-ma‘naviy hodisalarni aks ettirishga
asoslanadigan oʻziga xos dunyoqarash muammolari bilan ham bogʻliq boʻlib,
ularning barchasi «haqiqat» tushunchasiga u yoki bu tarzda aloqadordir.
Gnoseologiya kundalik yoki maxsus, ilmiy yoki badiiy faoliyatligidan qat‘iy
nazar, insonning bilish faoliyatidagi umumiylikni oʻrganadi.
214
Ba‘zi bir falsafiy adabiyotlarda gnoseologiya bilan episte‘mologiya‘ni
aynanlashtirish holatlari uchramoqda. Biroq shuni e‘tirof etish lozimki,
gnoseologiyaga tatbiqan bilish nazariyasi va episte‘mologiya nomlarining
qoʻllanilishini oʻrinli deb boʻlmaydi. Zotan, «episteme» soʻzi «pistis» –
e‘tiqod soʻzi bilan uzviy bogʻliq. Ammo, biz biladigan (gnosio) va biz
ishonadigan (pistio), mavjudligiga e‘tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy
va ilmiy bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir.
Gnoseologiya umuman bilish haqidagi ilm boʻlsa, episte‘mologiya esa asosan
ilmiy bilish toʻgʻrisidagi fandir. Episte‘mologiya esa, bizning muayyan
narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e‘tiqodlarimizning ishonchlilik
darajasini oʻrganadi.
Umuman olganda, episte‘mologiya gnoseologiya‘ning tarkibiy qismi
yoki uning amaliy ifodasidir. Hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish
jarayonining falsafiy mohiyati umumiy muammolarga e‘tiborni qaratsa,
episte‘mologiya esa ilmiy, haqiqiy bilimning mazmunini, shuningdek diniy
e‘tiqodlarning gnoseologik mohiyatini oʻrganish bilan shugʻullanadi. Bunda
esa bilish (ong)ning mohiyati toʻgʻrisida bahs yurituvchi falsafiy ta‘limot
ma‘nosidagi «gnoseologiya» ata‘masidan foydalaniladi. Gnoseologiyada esa
nafaqat ilmiy bilish, balki umuman insonga xos bilish bilan bogʻliq barcha
masalalar tahlil qilinadi. Demak, gnoseologiya falsafaning eng muhim
omilidir.
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar sifatida insonning
dunyoni bilish imkoniyatini, oʻzlikni anglash jarayonini, bilishning
bilmaslikdan bilim sari yuksalishini, bilimlar tabiati va ularning mazkur
bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan oʻzaro nisbati masalalari oʻrganiladi.
Demak, gnoseologiya ong, bilish, bilimni oʻrganish bilan shugʻullanadi.
Ijtimoiy jarayonda inson ongning oʻz-oʻziga, boshqalarga va umuman
jamiyatga ta‘siri natijalarini fiziologik jihatdan his qiladi va uning
mavjudligini sezadi, Biroq bunda ongning oʻzi koʻrinmaydi. Moddiy dunyo
hodisalaridan farqli oʻlaroq, ongni kuzatish mumkin emas. U goʻyo vaqt va
makon chegaralaridan tashqa‘rida turadi.
Koʻrinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi
bilan oʻzaro aloqalarini aniqlash, uni oʻz muhokama va tadqiqot predmetiga
aylantirish masalasi gnoseologiya‘ning asosiy vazifasini tashkil etadi.
Bilish jarayoni rivojlanish qonuniyatlarining shakllari, haqiqatning
tagiga etish imkoniyatlari nuqtayi nazaridan oʻrganiladi. Natijada, falsafada
inson bilishining tabiati va mohiyati haqida turli xil ta‘limotlar, turli xil
qarashlar kelib сhiqqan.
Bir guruh faylasuflar insondan, uning ongidan tashqari dunyo mavjud
emas, dunyo faqat bizning ongimizda, bizning sezgi va idroklarimiz
yigʻindisidan iborat xolos, binobarin biz oʻz sezgi va idroklarimiznigina
bilaolamiz, degan fikrlarni bildirishganlari ma‘lum.
215
Boshqa bir guruh faylasuflar esa insonning dunyoni va oʻzini bilishga
shubha bilan qaraydilar, inson dunyoni toʻliq bilolmaydi, deyishib, inson
bilishini cheklaydilar yoki dunyoni bilishni butunlay inkor qiladilar.
Skeptitsizm (skeptitsizm — yunoncha: spektoman — shubhalanaman) –
ta‘limoti vakillari inson bilishining nisbiyligi, uning turli sharoitlar va
vaziyatlar bilan bogʻliq ekanligini aytishib, hamma e‘tirof qiluvchi, isbot
talab
qilinmaydigan
inson
bilimlarining
boʻlishi
mumkinligiga
shubhalanadilar. Masalan, Skeptitsizmning asoschilaridan biri Pirron
(eramizdan oldingi taxminan 365–275-yillar) hissiy idrokni ishonchli deb
hisoblagan (masalan, agar biron narsa subyektga achchiq yoki shirin tuyulsa,
shu haqidagi fikr haqiqat boʻladi), yanglishuv esa, uningcha subyekt bevosita
hodisadan mohiyatni, obyekt asosini bilishga oʻtmoqchi boʻlganda paydo
boʻladi. Uning fikricha, obyekt haqidagi har qanday da‘voga uning
mazmuniga zid boʻlgan da‘voni qarama-qarshi qoʻyish mumkin. Demak,
skeptik uzil-kesil hukmlardan tiyilib turmogʻi lozim.
Dunyoni bilishni qisman yoki butunlay inkor qiluvchi falsafiy ta‘limot
boʻlgan agnostitsizm vakillari inson dunyoni bilishga qodir emas, degan
gʻoya‘ni ilgari surishadi. Masalan, ingliz faylasufi D.Yum ta‘limotiga koʻra,
bilish obyekti, bilimlarimizning manbai obyektiv borliq emas, balki
subyektiv sezgi va idroklarimizdir, biz oʻz sezgi va idroklarimiz chegarasidan
tashqa‘rida nima borligini bila olmaymiz.
Ilm va fan yutuqlariga asoslangan faylasuflar insonning dunyoni va
oʻzini bilishni doimo e‘tirof etib kelganlar. Gʻarb falsafiy tafakkuri va unga
xos bilish tamoyillari rivojida antik davr muhim oʻrin tutadi. Bunda Milet,
Ioniya, Eley maktablari vakillari, ayniqsa, Geraklit, Zenon, Protagor,
Demokrit, Epikur kabi allomalarning fikr mulohazalari ahamiyatga molikdir.
Geraklitning hamma narsa oʻtmishdan kelajak tomon oqib, abadiy oʻzgarib
turadi, bilish ana shu tamoyilni oʻzlashtirib olish lozim, degan xulosasi
hozirgacha ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.
Suqrot insonni, uning bilish xususiyatlari, axloqi va aqlini falsafiy
izlanishlar markaziga qoʻygan, eng avvalo oʻzining hayoti, turmush tarzi va
fikrlashini oʻz gʻoyalariga monand qilishga uringan edi. Chunki, Kadimgi
Yunonliklarga ma‘naviy komillik bilan jismoniy barkamollik, dunyoqarash
bilan amaliy turmush, soʻz bilan ish uygʻunligi aynanligiga intilish xislati
xos edi. Uning fikricha, birinchidan, dunyo bilan inson oʻrtasidagi
aloqadorlik ikki tomonlamadir. Ulardan birini ustun qoʻygan zahoti yo
mutloq pragmatizm yoki mutloq relyativizm vujudga keladi. U aql-idrokni
ulugʻlanganligi bilan insonni borliqdan ajratmaydi, ilohiy kuch uni oʻz ta‘sir
doirasida ushlab turadi. Ikkinchidan, inson passiv obyektiv emas, unga
izlanish, yon atrofni oʻzgartirish xos. Biroq, bu sa‘y-harakat «oʻzgartirish
uchun» boʻlmasligi kerak, chunki barcha oʻzgarish negizida inson
ma‘naviyatining takomillashuvi yotadi. Uchinchidan, tashqi dunyoni
216
oʻzgarishi kishiga tom ma‘noda baxt keltirmaydi, chunki oʻzgargan tashqi
dunyoni qabul qila olishga, u bilan uygʻun yashashga loyiq ichki dunyo,
ruhiy ma‘naviy olamni oʻzgartirish zarur keyin hayotni, tashqi dunyoni
oʻzgartirish maqsadga muvofiqdir.
Suqrot nazarida inson qiziquvchanlik orqali koʻp narsani bilishi
mumkin. Uning «Agar qiziquvchan boʻlsang, koʻp narsani biladigan
boʻlasan», deya ta‘kidlashi bejiz emas. Bilish insonga ilohiy ruh tomonidan
berilgan. Inson ilohiy ruhga intilib, koʻp narsani biladi yoki bilishi mumkin,
agar unga intilmasa nopok, yomon yoʻllarga kirib ketadi. Demak, inson
ilohiy kuchning, ruhning borligini yodda tutgan holda bilimga intilishi zarur,
zero bilim ezgu amallar asosidir.
Platonning bilish nazariyasi uning gʻoyalari ta‘limoti va ruh, jon
haqidagi qarashlaridan kelib chiqadi. Faylasuf fikriga koʻra, hamma ham
haqiqatni toʻla toʻkis bilish qobiliyatiga ega emas. ayniiqsa falsafani bilish
ayrim kishilargagina xosdir. Uni haqiqiy bilimga ega boʻlmagan ham toʻla
idrok eta olmaydi. Haqiqiy bilimga ega xudo uchun bilimning hojati yuq,
bilimi yoʻq gʻofil uchun esa falsafa kerak emas, chunki u oʻzining gʻofilligi
bois bilimning nima uchun kerakligini bilmaydi. Faylasuf esa oqil (Xudo)
bilan gʻofil (banda) oʻrtasida turadi.
Platon inson bilimga ega boʻlganligi uchun barcha narsalar
me‘yoridadir, degan tezisini ilgari suradi. Platon inson bilimini, bilish
faoliyatini mavjudlik va taraqqiyot belgilaridan, mezonlaridan biri sifatida
talqin etadi.
Aristotel Platonning bilish nazariyasidan farqli tarzda, Demokrit singari
olamni, tabiatni bilish sezgilar orqali amalga oshadi, bilishning predmeti va
manbai kishi ongidan tashqa‘ridagi mavjud olam, degan fikrni ilgari surgan.
Uning ta‘kidlashicha, olamni bilish sezgidan boshlanadi. Sezgi tirik
organizmga taalluqli boʻlib, u tashqi olamning ta‘siri tufayli yuzaga keladi.
Sezgilar koʻrish, eshitish, ta‘m bilish va hid sezgilariga boʻlinadi. Sezgi
a‘zolari orqali yakka-yakka jism va hodisalarning sifat hamda xususiyatlari
toʻgʻri aks ettiriladi. Bundan koʻrinadiki, Aristotel olamni bilishda empirik,
sensualistik fikrda boʻlgan ayni paytda ratsionalizmga ham katta ahamiyat
bergan. Aristotel bilish jarayonida empirik va ratsional bilimlarning
birligini ta‘kidlaydi-yu, ammo bu masalada izchil boʻla olmagan. U
tafakkurni sezgilardan obyektiv reallikdan ajratib qoʻyib, uning manbaini
mutloq aql, mutloq shakl tashkil etgan degan xulosaga kelgan.
Ajdodlarimizning
qadimgi
kitobi
«Avesto»
diniy-falsafiy
merosimizning eng yorqin namunasidir. Ma‘lumotlarga koʻra, kitob bir
necha avlodlar tomonidan yaratilgan boʻlib, shu asnoda unda gnoseologik
tushuncha
va
tamoyillar
tizimi takomillashib borgan. «Avesto»
zardoʻshtiylikning asosiy kitobi boʻlganidan bu dinga xos bilimlar tizimini
oʻzida ifodalagan. Shu bilan birga, kitobda inson qobiliyatlariga, ularning
217
ma‘naviyat va amaliy faoliyat uchun ahamiyatiga katta oʻrin berilgan.
Kitobda aytilishicha, insonning olamni anglash jarayonidagi bilimi
haqiqatning gʻalabasi uchun kurashda befarq turmasligida, yashash tarzi,
ma‘naviy qiyofasi, ijtimoiy faoliyati, «ezgu fikr», ―ezgu soʻz‖ va «ezgu
amal»ida oʻz ifodasini topadi. Ana shunday fazilatlarga ega boʻlgan
kishigina zulmat va jaholat ustidan gʻalaba qilishi, yaxshilik urugʻini
sochishi, yaxshi nom qoldirishi, boshqalarning tahsini va minnatdorchiligiga
sa‘zovor boʻladigan bilimlarga erishishi mumkin.
Markaziy Osiyo mutafakkirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek,
Navoiylar ham insonning dunyoni va oʻzini bilish masalasi haqida toʻxtalib,
inson tabiat va jamiyatni hamda oʻzini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va
idroklardan boshlanib, tafakkurga tomon rivojlanib boradi, inson aqli — faol,
u bilishning asosiy qurolidir, deyishadi. Ular inson bilishi ma‘lum
narsalardan noma‘lum narsalar tomon rivojlanib boradi, deb koʻrsatishgan.
«Sharq Arastusi» yuksak unvoniga sa‘zovor boʻlgan oʻz davrining
buyuk mutafakkirlaridan biri, Farobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi
dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida oʻzlashtiradi. Bu jarayon sezish,
idrok etish, xotira, tasavvur qilish va eng muhimi – mantiqiy mulohaza
yuritish, tafakkur kabi usullarni qamrab oladi. Bu vositalar yordamida inson
fanni oʻrganadi. Farobiy «Fan va san‘atning oʻziga xos xususiyatlari» asarida
tabiatni bilishning uzluksizligini, bilish – bu bilishdan bilimga, sababni
bilishdan oqibatni bilishga, hodisani bilishdan mohiyatni bilishga eltuvchi
yoʻl ekanligini qayd etadi.
Abu Rayhon Beruniy, tabiat va uning obyektiv qonunlari mavjudligiga
shubha qilmagan. U tabiat muttasil oʻzgarish va rivojlanishda boʻladi,
materiya narsalar shaklini oʻzi yaratadi va oʻzgartiradi, jon (tafakkur,
ma‘naviy hodisalar) tananing muhim xossasidir, deb ta‘kidlagan. Ma‘lumki,
tajriba, eksperiment borliqni bilish usullaridan biri hisoblanadi. Beruniy
shunday deb yozadi: «Mendagi ishtibohni faqat tajriba va takroriy sinov
bartaraf etishi mumkin, ...soʻzlovchilarning yakdilligiga qaramay, buning
haqiqiyligi tajribada oʻz tasdigʻini topmagan». Tajribada olingan bilimni
mutafakkir ayrim me‘yorlarga muvofiq ishonchli bilim deb talqin qiladi.
Ularning orasida obyektlarning kuzatuvchanligi, tajribalarning qayta
oʻtkaziluvchanligi va kuzatishlarning tekshiriluvchanligini qayd etish
mumkin.
Beruniy ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖, ―Masud
qonunlari‖, ―Hindiston‖ kabi asarlarida ijtimoiy bilimlarning mazmun-
mohiyatiga katta e‘tibor bergan. Olim fikricha, odamlar oʻrtasidagi
munosabatlar, kishilarning yashash tarzi, moddiy ehtiyoj, qiziqish, manfaat,
talab va maqsadlari ijtimoiy bilimlarni vujudga keltirgan va
takomillashtirgan. Masalan, kishilar oʻrtasidagi hamfikrlilik odamlarning
birlashish ehtiyojlari mavjudligi, himoya qilish qurollari kamligi va
218
dushmanlardan oʻzini himoya qilish zaruratini his qilishi tufayli vujudga
kelgan. Beruniyning tabiiy-ilmiy qarashlari «Geodeziya», «Minera‘logiya»
asarlarida oʻz ifodasini topib, unda dunyoning oʻziga xos tabiiy-ilmiy
manzarasi va tabiat hodisalarini bilish masalalariga katta e‘tibor
qaratilgan.
Bilish masalalari Ibn Sinoning «Qushlar tili», «Donishnoma», «Tib
qonunlari» kabi (100 ga yaqin) asarlarida ham oʻz ifodasini topgan.
Uning nazarida, oʻz ibtidosini Allohdan olgan borliq va tabiat insonni
oʻrab turuvchi abadiy makondir. Shu jihatdan uni bilishdagi ahamiyati,
qadri beqiyos, inson esa hamma ilmlarni tabiatdan oladi, undan oʻziga
da‘vo izlaydi va topadi.
Ibn Sino moddiy dunyo predmetlarini sezgilar manbai deb hisoblab,
ularning obyektiv tabiatini tashqi moddiy dunyo in‘ikosi sifatida yoritadi.
Bundan tashqari, u sezgini materiya‘ning xossalaridan biri deb e‘tirof etadi.
Alloma sezgini materiya‘ning oliy shakllari bilan bogʻlaydi. Ibn Sino mavjud
narsalarni tasniflar ekan, sezgi hayvonlar deb ataluvchi jismlarga xosligini
qayd etadi.
Ibn Sino bilishda hissiy bilish, sezgilar va sezgi a‘zolarining
ahamiyatini ta‘kidlagan. Uningcha, tashqi va ichki sezgilar mavjud,
tashqi sezgilar odamni olam bilan bogʻlaydi va besh xilga boʻlinadi:
koʻrish, eshitish, taʼm-maza bilish, hid va teri sezgisi. Ichki sezgilar
qabul etish, xotirada saqlash va tasavvur etish uchun xizmat qilib, tashqi
sezgilar asosida shakllanadi. Ibn Sino sezgi va hissiy qabullashdan
tashqari, aql, tafakkur va tajribaning bilishdagi ahamiyatiga oʻz
diqqat‘ini qaratgan. Mantiqiy bilish, uning mohiyati va xususiyatlari
toʻgʻrisida qimmatli fikrlarni bayon qilgan.
Tasavvuf falsafasi vakillari esa oʻz qarashlarida insonning hissiy bilishi
tashqi bilishni, aqliy bilish esa ichki bilishni tashkil qilishini aytishib,
ularning oʻzaro bogʻlikligini ham uqtirganlar. Shu bilan birga, ular inson
dunyoni va oʻzini bilishi uchun ma‘naviy kamolotga erishmogʻi lozim, lekin
bu kamolotga erishish quruq intilish bilan emas, balki oʻqish, oʻrganish,
bilimlarni va hunarlarni egallash, jamiyatda boshqa kishilar bilan oʻzaro
muloqotda va munosabatda boʻlish orqali yuzaga keladi, deyishadi.
Tasavvuf ilmining eng ulugʻ namoyandalaridan biri Ahmad Yassaviy
tafakkurning oʻsha zamonga mos keladigan tushunchalarini namoyon boʻlishi
va amal qilish shartlarini ta‘riflab bergan, Soʻfiylik asoslarini targʻib
qiladigan «Devoni hikmat» majmuasida ma‘naviy tafakkurning asosiy
shakllari poklik, hayo, bardosh va sabr-qanoat, xushxulqlik, beozorlik,
xokisorlik kabi xislatlar ekanligini koʻrsatgan.
Tasavvufning boshqa oqimlari kabi NAQShbandiylikda ham
olamni bilish, avvalo, Allohni bilish, uning kuch-qudratini anglashdir. Bu
borada insonga ong, tafakkur ato etilgan. Har bir kishi ular vositasida
219
dunyoni anglaydi, uning sirlaridan voqif boʻladi, olamdagi botiniy va
zohiriy narsalar mazmun-mohiyatini bilib oladi. NAQShbandiya
tariqat‘ida Alloh visoliga etish uchun dunyodan voz kechish yoki tarki
dunyo qilish emas, balki ―Dil ba yoru, dast ba kor‖ («Qoʻling ishda, koʻngil
allohda») boʻlmogʻi, poklik, hayo, kamtarinlik komil insonning asosiy
fazilatlari boʻlishi lozimligi uqtiriladi.
Umuman olganda, Naqshbandiya ta‘limotidagi kamtarinlik,
saxiylik, bagʻrikenglik, mehr-shavkat, xayr-ehson, oʻzaro yordam, doʻstlik
va birodarlik, tenglik va totuvlik, sofdillik, mehnatsevarlik, poklik, odillik
va bilimdonlik kabi olgʻa surilgan gʻoyalar oʻz mazmuni va mohiyati
bilan umuminsoniy harakterga ega boʻlib, oʻzining nazariy va amaliy
ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq.
Yangi davrda Evropa faylasuflari ham insonning dunyoni va oʻzini
bilishi haqida qimmatli fikrlarni bildirishadi. Masalan, ingliz faylasufi
F.Bekon, inson bilishi sezgilardan boshlanadi, bilishning manbai tajribadir,
sezgilar orqali olingan dalillarni inson tafakkur yordamida qayta ishlab
chiqadi, deydi. U inson bilish jarayoni fan va amaliyot bilan bogʻliq
ekanligini, ularga xizmat qilishi lozimligini aytadi. Bilishning birdan-bir
toʻgʻri yoʻli Bekonning fikricha, tajriba va tahlildir. Ya‘ni xususiy dalillardan
umumiy nazariyalar tomon yoʻnalish, mavjud barcha narsa va hodisalarga
ilmiy uslubda yondashish gʻoyasini ilgari suradi.
Fransuz olimi Rene Dekartning bilish falsafasida bilimning
haqiqiyligiga shubha uygʻotmaydigan, haqiqatga erishishning aniq usullari
masalasi ustuvor edi. Bunday yondashish Dekartning barcha asarlarida,
jumladan, «Uslub haqida fikrlar» deb nomlangan falsafiy asarida oʻz
ifodasini topgan. Hamma narsaga shubha bilan qarash, shubha qilish
Dekartning bilishdagi asosiy tamoyili edi.
Falsafa tarixida Dekart ratsionalizmning asoschisi hisoblanadi.
Ratsionalizm (bilish nazariyasi yoʻnalishi) matematik bilimning mantiqiy
harakterini bir yoqlama tushunish natijasida vujudga keladi. Matematik
bilimning umumiy va zaruriy harakteri Dekartga aqlning oʻz tabiatidan kelib
chiqqandek tuyulishi sababli, u bilish jarayonida deduksiya‘ning favqulotda
rol oʻynashini koʻrsatadi. Bu deduksiya intuitiv tarzda payqaladigan, toʻla
ishonchli aksiomalarga tayanadi.
Nemis faylasufi I.Kant esa insondan va uning ongidan tashqa‘rida
obyektiv borliqning mavjudligini e‘tirof qilgan holda, undagi predmet va
hodisalarni «narsalar biz uchun» va «narsalar oʻzida»ga boʻladi. Uning
fikricha, «narsalar biz uchun» — bu insonni qurshab turgan predmetlar va
hodisalar, shu jumladan, tabiat ham. «Narsalar oʻzida» esa: erkinlik,
oʻlmaslik, xudo va shu kabilardir. Ularni inson hech qachon toʻliq bila
olmaydi. Kant oʻz bilish nazariyasida e‘tiqodga oʻrin qoldirish, uni
mustahkamlash uchun aqlni tanqid qiladi va cheklaydi. U inson aqlini nazariy
220
va amaliy aqllarga boʻladi, amaliy aql uningcha, cheklangan. Uning
qarashicha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilishga ham ega
boʻlavermaydi. Inson bilishida insonning tajribasigacha unda aprior (lot.
arriori – soʻzidan olingan boʻlib, tajribadan oldin degani) bilimlar boʻladi. Bu
aprior bilimlar tugʻma bilimlardir. Inson aqli bu bilimlarga tajribagacha ega
boʻlgan boʻladi. Kantning fikricha, falsafiy bilimlar ayni shunday aprior
bilimlardan iboratdir.
Nemis mumtoz falsafasining soʻnggi vakili L.Feyerbax inson dunyoni
bilishga qodir, inson dunyoni bilish uchun qancha sezgi a‘zosi kerak boʻlsa,
shuncha sezgi a‘zosi insonda mavjud deb uqtiradi. Uningcha, sezgilar bilish
jarayonining boshlangʻich bosqichi boʻlib, sezgi a‘zolari insonni tashqi
dunyo bilan bogʻlaydi. Feyerbax fikricha, sezgi a‘zolari insonni tabiat bilan
tanishtiradi, lekin tabiatni tushuntirmaydi. Inson bilishining yuqori bosqichi
tafakkurdir. Tafakkurning asosiy vazifasi esa sezgi a‘zolari orqali yigʻilgan
ma‘lumotlarni toʻplash, solishtirish, tahlil qilish, izohlash, umumlashtirish,
shular asosida ularning ichki mazmunini ochish va ulardan xulosalar
chiqarishdir. Tafakkur tashqi dunyoni bevosita, chuqurroq aks ettiradi.
Fransuz ma‘rifatchilari Didro, Golbax, Gelvetsiy, Volter va
Lammetriylar esa insonning dunyoni bilishi masalasida fikr yuritishib,
sezgilar tafakkurning asosi ekanligini, ular inson bilishining quyi
boshlangʻich bosqichi, tafakkur esa eng yuqori, murakkab bosqichi ekanligini
tan olaganlar.
Ma‘lumki, turli ijtimoiy-iqtisodiy davrlardagi kishilarning bilish
darajasi fan taraqqiyoti, texnika rivojining darajasi va koʻlami, jamiyat ishlab
chiqarish usuli qoʻygan vazifalari bilan belgilanadi. Inson dunyoni va oʻzini
bilishi bilan cheklanmaydi, balki bu bilish natijasida hosil qilgan bilimlari
orqali u tabiat va jamiyatni, dastavval, oʻzini - oʻz ongini, oʻz ma‘naviy
dunyosini oʻzlashtiradi va oʻzgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |