Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Bilishda haqiqat va amaliyot uy gʻunligi



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Bilishda haqiqat va amaliyot uy gʻunligi
.
Insonning borliqni 
bilishidan asosiy maqsadlaridan biri – bu haqiqatni bilishdir.Bu asosan inson 
bilimlari bilan obyektiv borliqdagi narsa va hodisalar oʻrtasidagi munosabat 
masalasini oʻz ichiga oladi. 
Haqiqat - bu borliqdagi narsa va hodisalarning oʻzi emas, balki ular 
haqidagi inson bilimlarining oʻsha narsa va hodisalarga mos kelishidir.
Haqiqat, bu – bizning dunyo toʻgʻrisidagi bilimlarimiz va 
tasavvurlarimizning dunyoning oʻziga, obyektiv reallikka muvofiq kelishidir. 
Haqiqatni nohaqiqatdan, yanglishuvdan, yolgʻondan farqlashtirish, ajratish 
uchun bizning bilimimiz obyektiv voqelikka, uning yashash va rivojlanish 
qonunlariga qanchalik mos kelishini aniqlab olmoq kerak. 
Haqiqat konkret yoki mavhum, mushohadaviy va fikriy xulosalar, 
tushuncha va tasavvurlarning obyektga mosligidir. 
Hozirgi zamon falsafiy va ilmiy adabiyotida obyektiv haqiqat 
tushunchasi tez-tez uchrab turadi. Ob‘ektiv haqiqat – bu bilimlarimizning 
shunday mazmuniki, u bir kishiga ham, butun insoniyatga ham bogʻliq emas. 
Haqiqatning obyektivligini u mavjud olamning in‘ikosi boʻlishi belgilaydi.
Haqiqatning obyektivligi vaqt va zamondagi oʻtish ma‘nosida ketma-
ketlik, izchillik va vorislikning asosi hisoblanadi. 
Haqiqat bu jarayondir. Ob‘ektiv haqiqatning jarayon boʻlish xususiyati 
ikki xil tarzda namoyon boʻladi: birinchidan, bu obyektni toʻliqroq in‘ikos 
ettirishga tomon qaratilgan oʻzgarishlar jarayonidir, ikkinchidan esa, 
konsepsiyalar, ta‘limotlar strukturasida xatolik va yanglishishlarga barham 
berish jarayoni hamdir.
Bu jihatdan qaraganda haqiqat oʻzi ifodalangan bilimlarning 
mazmuniga koʻra subyektga bogʻliq boʻlmasada (bu ma‘noda u obyektiv 
haqiqat deb ataladi), lekin u oʻz ifodalanish shakli jihatdan subyektga bogʻliq 
boʻladi. Koʻp hollarda haqiqat mazmuniga koʻra obyektiv, shakliga koʻra 
nisbiydir. 
Bilish nazariyasida nisbiy va absolyut haqiqat shakllari muhim oʻrin 
tutadi. Absolyut va nisbiy haqiqatlar masalasi insoniyat rivojining ma‘lum 
bosqichida kishilarning bilish jihatidan murakkab tashkil topgan obyektlar 
bilan aloqador boʻlgan, har qanday nazariyalar ushbu obyektlarni tugal 


236 
anglash da‘vosini qilishga qodir boʻlmagan davrlardagi dunyoqarash 
muammosi sifatida yuzaga chiqqan. 
Absolyut (mutlaq) haqiqat deganda oʻz obyektiga aynan mos boʻlgan 
va bilishning keyingi taraqqiyoti davomida inkor etilmaydigan bilim, xulosa 
va hukmlar tushuniladi.
Absolyut haqiqat -oʻrganilayotgan obyektlarning umumiy va alohida 
tomonlarini 
aniq-ravsha‘n 
hamda 
voqelikning 
muayyan 
jihat 
va 
xususiyatlarini tugal bilishi, nisbiy haqiqatning keyingi bilish jarayonida ham 
saqlanib qoladigan mazmunini tashkil etishi, olam, undagi eng murakkab 
sistemalar toʻgʻrisida hech qachon inkor qilinmaydigan toʻliq bilimdir. 
Masalan, 1913-yilda XX asrning eng yirik fizigi Nils Bor oʻzining mashhur 
toʻldiruvchanlik prinsipini ta‘riflab berdi. Bu prinsipga koʻra, haqiqatligi 
muayyan hodisalar guruhi uchun aniqlangan va tasdiqlangan bilim va 
nazariyalar yanada kengroq predmet sohasini qamrab olgan yangi, yanada 
chuqurroq bilim va nazariyalar paydo boʻlishi bilan mutlaqo notoʻgʻri deb 
uloqtirib tashlanmaydi, balki nisbiy haqiqat sifatida bu yangi nazariyalarning 
chegaraviy shakli yoki xususiy holati sifatida saqlanib qoladi. Klassik 
mexanika bilan nisbiylik nazariyasi, moddalar ximik tuzilishining klassik va 
hozirgi zamon nazariyasi va koʻp boshqa nazariyalar oʻzaro ana shunday 
munosabatda boʻladi.
Nisbiy haqiqat – borliqdagi predmet va hodisalar toʻgʻrisidagi taxminan 
toʻgʻri, lekin toʻliq boʻlmagan, bilish jarayonimizda tuzatilib, toʻldirilib 
borishi lozim boʻlgan bilimlarimizdir. 
Har qanday mutlaq haqiqat nisbiy haqiqatlarning cheksiz jamlanib 
borishidan vujudga keladi, har bir nisbiy haqiqatda esa mutlaq haqiqatning 
zarrasi, donasi mavjud boʻladi. Ilm-fan taraqqiyotida har bir yangi bosqich 
nisbiy haqiqatlar sifatida mutlaq haqiqatning mazmuniga yangi-yangi zarralar 
qoʻshib boradi. Borliq bepoyon va cheksiz boʻlgani kabi, insonning uni 
bilishi ham cheksiz davom etadi.
Haqiqat mavhum emas, balki aniq (konkret) bilimlardir. Har bir 
bilimning haqiqatligi ma‘lum joyga, vaqt va vaziyatga, kishi bilishining 
imkoniyatiga va darajasiga bogʻliq. Hamma zamonlar, makonlar, hamma 
davr va har qanday sharoitda ham toʻgʻri boʻladigan, oʻzgarmaydigan 
haqiqatlar yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas.
Haqiqatni xatodan farq qiladigan mezon bormi? Bu savolga turli 
falsafiy oqimlar turlicha javob berib kelganlar. 
Masalan, XX asrda neopozitivizm oqimi vakillaridan ba‘zilari, 
haqiqatning mezoni, deb kogerensiya prinsipini (ya‘ni bilimning oʻz-oʻziga 
mos kelishi) oladilar. Neopozitivizmning boshqa bir guruhi vakillari esa 
bilimlarning haqiqatlik mezoni sifatida verifikatsiya prinsipini ya‘ni, 
bilimlarni hissiy tajriba, kuzatish, eksperiment yoʻllari bilan tekshirishni 
oladilar. Biroq bizga ma‘lumki, fanlarda paydo boʻlgan ba‘zi gʻoyalar va 


237 
qarashlarning haqiqatligini bunday hissiy tajribalar asosida tekshirib 
boʻlmaydi. 
Empiriokratitsizm (maxizm) tarafdorlari, xususan Bagdanov haqiqat 
mezoni sifatida bilimlarni, koʻpchilik tomondan olinganligini tushunadilar, 
ular koʻpchilik ham barobar adashishi va xato qilishi mumkinligini esdan 
chiqarib qoʻyadilar. 
Pragmatizm oqimi vakillari esa, har qanday bilimning haqiqatlik 
mezoni uning insonga keltiradigan foydasi boʻlishi kerak, deyishadi. 
Haqiqatda esa, foydali boʻlish, foyda keltirish hali inson bilimlarining 
haqiqatligi mezoni boʻlmaydi. 
Ekzistensializm 
falsafasi 
vakillarining 
ba‘zilari boʻlsa, inson 
bilimlarining haqiqatligi mezoni har bir kishining oʻz ehtiyoji, maqsad va 
manfaatlariga bogʻliqdir, deyishadi. Lekin, hech qachon turli kishilarning 
ehtiyoji, intilishlari bir-biriga toʻla mos kelmasligini ular nazarda chetda 
qoldirishadi. 
Bilimlarning haqiqatligi mezoni amaliy faoliyatdir. Amaliyot insonning 
dunyoga oʻziga xos munosabati usuli boʻlib, u tashqi olamdagi obyektiv 
mavjud narsa va hodisalarga faol ta‘sir etish, ularni oʻzlashtirish, oʻzgartirish 
va qayta qurish yoʻli bilan insonning uni oʻrab turgan tabiiy va ijtimoiy 
muhitga kirib borish jarayonidir. Amaliyot bilish jarayonida hosil boʻlgan har 
bir bilimning haqiqatligini tasdiqlash bilan birga, bu bilimning 
cheklanganligini, xatoligini ham aniqlab beradi. Lekin amaliyotni ham 
haqiqat mezoni sifatida mutlaqlashtirish mumkin emas. Chunki inson 
bilimlarining haqiqatligi yoki xatoligi amaliyotda tasdiqlanishi toʻliq 
boʻlmaydi, amaliyotda sinab koʻrish imkoniyati boʻlmagan bilimlar ham 
mavjud. Uning ustiga amaliyotning oʻzi ham oʻzgarib rivojlanib boradi. 
Shunga qaramasdan, amaliyot haqiqat mezoni sifatida insonning toʻgʻri 
bilimlarini xato bilimlaridan farq qilishda katta ahamiyatga ega. Bu mezon, 
birinchidan, inson bilimlari borliqning toʻgʻri yoki notoʻgʻri in‘ikosi 
ekanligini tasdiqlasa, ikkinchidan, u borliqni notoʻgʻri aks ettiruvchi 
qarashlarning xatoligini ham ochib beradi. 
Falsafa amaliyotga kategoriyalar, ya‘ni amaliyotning barcha 
shakllariga xos boʻlgan umumiy jihatlari nuqtayi nazaridan yondashadi. 
Inson amaliyot orqali obyektiv mavjud boʻlgan narsa va hodisalarga 
faol ta‘sir etib, ularni oʻzlashtirish, oʻzgartirish yoʻli bilan oʻzini oʻrab turgan 
tabiiy-ijtimoiy muhitga kirib boradi. Inson amaliy faoliyati borliqni 
oʻzgartirishga qaratilgan jarayon boʻlib, u obyektiv va subyektiv tomonlar 
yigʻindisidan iborat. Albatta, amaliy faoliyatning subyektivligi insonning 
qobiliyati, maqsadga muvofiq hatti-harakati, obyektiv tomoni esa 
boshlangʻich material, faoliyat vositalari va olingan mahsulotni anglatadi. 
Umuman olganda amaliyot insonning dunyoga, oʻziga xos munosabat 
usulidir. 


238 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish