242
kashf etilayotgan qonuniyatlar toʻgʻri anglanilishi uchun falsafiy bilimlar
umumiy metodologik tamoyillarni shakllantirib beradi.
Metodlar eksperimental fanlarning paydo boʻlishi bilan izchil
rivojlantirildi va oʻrganila boshlanadi. Hozirgi zamon fanlarining metodlari
ilmning oʻzi kabi turli-tumandir. Shunga muvofiq metodlar turlicha
klassifikatsiya qilinadi. Ilmiy nazariyalarni yaratish va ularni tekshirish
metodi, ilmiy
xulosalarni bayon etish metodi; falsafiy, umumnazariy va
maxsus ilmiy metodlar; bulardan tashqari voqe‘likni sifat va miqdor boʻyicha
oʻrganish metodlari farqlanadi. Fanlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqaning
chuqurlashishi, muayyan fanlarning natijalari, modellari va metodlarni
boshqa fanlarda qoʻllanilishiga olib kelmoqda.
Inson amaliy harakatining usullari
anglanuvchi uslubiy omilga
aylangach, bu usullar oxir-oqibatda metodlar haqidagi ta‘limot -
metodologiya‘ning paydo boʻlishiga olib keldi. Metodologik bilim,
birinchidan, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini oʻz ichiga
olgan odat va normalar shaklida, ikkinchidan, amalda bajarilgan faoliyatning
ta‘siri sifatida yuzaga chiqadi. Hozirgi zamon adabiyotlarida metodologiya
deyilganda, avvalo, ilmiy bilish metodologiyasi, ya‘ni ilmiy bilish
faoliyatining shakllari va metodlari tushuniladi. Fan metodologiyasi ilmiy
tadqiqot komponentlari –
uning obyekti, analiz mavzui, tadqiqot vazifalari,
ularni hal etish uchun zarur boʻlgan vositalarni ifodalaydi, shuningdek
masalani hal etish jarayonida tadqiqotchi faoliyatining izchilligi haqida
tasavvur hosil qiladi. Masalani qoʻyish,
tadqiqot mavzuini va ilmiy
nazariya‘ni shakllantirish, shuningdek olingan natijani uning haqiqiyligi,
ya‘ni
oʻrganilayotgan
obyektga
muvofiqligi
jihatidan
tekshirish
metodologiya‘ni
qoʻllanilishini
eng
muhim
tomoni
hisoblanadi.
Metodologiya‘ning asoschisi ingliz filosofi F.Bekondir. U birinchi marta
fanni metodlari sistemasi bilan qurollantirish gʻoyasini ilgari surdi. R.Dekart
bilish muammosi sifatida ta‘riflab, birinchi marta tafakkurning oʻziga xosligi,
uni reallikning shunchaki va bevosita in‘ikosidan iborat qilib qoʻyish
mumkin emasligi haqidagi masalani ilgari surdi. Nemis filosofi I.Kantga
qadar metodologiya muammosi bilish nazariyasi bilan birga edi. Kant
birinchi marta bilimning obyektiv mazmuni bilan shakli oʻrtasidagi farqni
ajratib, metodologik bilimning alohida mavqeini asoslab berdi. Metodologiya
muammosini oʻrganishda nemis klassik idealizmi erishgan muhim natija shu
boʻldiki, u bilishning va umuman, ma‘naviy faoliyatning umumiy metodi –
dialektikaning rolini koʻrsatib beradi.
Agar ilgari metodologiya tushunchasi avvalo
ilmiy bilish faoliyatidan
falsafiy asoslar haqidagi tasavvurlarni oʻz ichiga olgan boʻlsa, endilikda
ilmning koʻp tarmoqli, rivojlangan maxsus sohasini anglatadi. Umuman
bilish nazariyasidan metodologiya bilish vositalariga jiddiy e‘tibor berishi
bilan farq qiladi. Fan sotsiologiyasi va fanshunoslikning boshqa sohalaridan