Metodika
– bilish obyektini oʻrganishga yondashuvda, nazariy va
metodologik manba‘larni qoʻllashdagi amaliy taktik jarayon. Metodikani
aksariyat holatlarda amaliy faoliyatda ishlatiladigan qaror, metod va
metodologiya‘ning tashkil etish usuli, texnik tashkil etish koʻnikmasi sifatida
olib qaraladi. Zamonaviy ilm-fanda har bir ilmiy sohaga tegishli metodlar va
metodologik tizimlarning xilma-xilligi kundan-kunga rivojlanib, rang-barang
tus olgani sababli, biror-bir ilmiy muammoni oʻrganishda qanday metodlar
jamlanmasi qoʻllanilishi kerak, degan savolga metodika texnikasi yordam
beradi. Metodika hozirgi kunda pedagogik sohada dars oʻtish texnikasi,
tashkil qilish usuli sifatida tushuniladigan tushuncha boʻlsa ham, mantiqiy
jihatdan oʻrganilayotgan mavzuni yoki muammoni oʻrganishning toʻgʻri
yoʻlini tashkil qilish sifatidagi falsafiy mazmunga bogʻlangan. Muammoni
oʻrganishga metodik jihatdan toʻgʻri yondashuv toʻgʻri bilim hosil boʻlishiga
yordam beradi. Metodika metod va metodologiya kabi oʻz mohiyatida
nazariyaga juda koʻp bogʻlanmagan, oʻzida koʻproq tadqiqotni tashkil
etishning texnik tomoni boʻlib koʻrinsa ham, aslida metodika oʻrganish
jarayonida nazariya va metodni qoʻllashda koʻproq bilim va tajribani talab
qiladi. Misol uchun ma‘lum bir kasallikni da‘volashning juda koʻp usullari
boʻlsa, shifokordan shu kasallikni tez, samarali va kam harajat usulda
da‘volash metodikasida katta tajriba, bilim va qoʻllaniladigan usulga ishonch
talab etiladi. Metodika shu bilan birga ma‘lum darajada nazariy, metodologik
bilimni amaliyot bilan bogʻlaydi. Chunki yangi nazariya, konsepsiya, metod
va metodologik tizim amaliy jihatdan metodikada qoʻllaniladi.
Metodlarning tasnifi.
Metodlar bilish vositasi ekan, u barcha fan
sohalarida predmetni bilishda asosiy qurol hisoblanadi. SHuningdek
bilishning qonuniyati, darajasi, tamoyillari, sohalariga qarab metodlar
umumiy, xususiy hamda fanlararo tadqiqotlar metodlariga boʻlinadi.
Umumiy harakterga ega boʻlgan metodlar: taqqoslash, analiz va sintez,
umumlashtirish, abstraktlikdan konkretlikka qarab borish, induksiya va
deduksiya hamda har bir fanga xos, lekin turlicha tarzda qoʻllanadigan
metodlardir. Hozirgi zamon fani taraqqiyotining muhim xususiyati shundan
iboratki, u koʻpincha voqe‘likning biror tomonini shunchaki aks ettirib
qolmasdan, balki muayyan maqsadga muvofiq ravishda bu voqe‘likni
gavdalantiradi ham. Bu hol bilish metodlarini, ayniqsa formal metodlarni
ishlab chiqish va tatbiq etishni taqa‘zo etadi. SHuning uchun formal
metodlarning logik tuzilishini maxsus oʻrganishga ham katta e‘tibor
berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |