Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Bilishda obyekt va subyektning oʻzaro aloqasi



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Bilishda obyekt va subyektning oʻzaro aloqasi. 
Bilish jarayoni juda 
murakkab boʻlib, u subyektiv va obyektiv tomonlarning birligidan, 
subyektning obyektga tomon borishidan iborat. 
Bilishning falsafiy nazariyasiga koʻra, bilish moddiy va ma‘naviy 
borliqning inson miyasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faol aks etishidir. 
Inson bilishining manbai moddiy va ma‘naviy borliq, ularni tashkil qilgan 
narsa va hodisalardir. Bilish moddiy va ma‘naviy borliqning inson 
miyasidagi subyektiv obrazlari, ramzlari va belgilaridir. Inson oʻz miyasida 
faqat tabiiy va ijtimoiy borliqni, ularning qonuniyatlarini aks ettirib 
qolmasdan, balki oʻzining ma‘naviy-ruhiy va insoniy borligʻini ham in‘ikos 
ettiradi. Buning ma‘nosi shuki, inson borliqni oynada aks ettirgandek in‘ikos 
ettirmaydi. Insonning dunyoqarashi, bilim darajasi, hayotiy tajribasi va 
hoka‘zolar bilish jarayonida oʻz ta‘sirini koʻrsatadi. Bilish obyektiv 
dunyoning subyektiv obrazidir, degan fikrda katta ma‘no bor. 


221 
Inson bilishi oʻz mohiyatiga koʻra ijtimoiy boʻlib, u inson ijtimoiy 
faoliyatining bir shakli sifatida tabiat, jamiyat va inson tafakkuri 
taraqqiyotining qonunlarini inson tomonidan oʻzlashtirishning real jarayoni 
tarzida subyekt va obyektning oʻzaro munosabatida vujudga keladi.
Inson bilishining obyekti va subyekti deganda nimani tushunamiz? 
Bilishning subyekti umuman olganda insondir. Ammo abstrakt inson 
yoʻq, boʻlmaydi. Shu sababli bilishning subyektini borliqdagi predmet va 
hodisalar bilan bevosita yoki bavosita muayyan tabiiy va ijtimoiy 
munosabatlarda boʻluvchi, kishi yoki kishilar guruhi tashkil qiladi.
Bilishning obyekti subyektning bilish doirasiga kirgan, uning bilishi 
qaratilgan borliqdagi aniq narsa va hodisalardir

Inson bilishining tabiatini obyekt-subyekt oʻrtasidagi munosabatini 
toʻgʻri tushunish asosida bilib olish mumkin. Bunda inson faolligi muhim rol 
oʻynaydi.
Inson borliqni faqat bilib olish uchungina oʻrganmaydi, balki u borliq 
va uning qonunlarini bilib olishi bilan tabiatga, jamiyatga va oʻziga faol ta‘sir 
koʻrsatib, tabiatni, jamiyatni va oʻzini oʻzgartirib boradi. Bu erda inson 
bilishining amaliyot bilan chambarchas bogʻliqligi namoyon boʻladi. 
Inson bilishini unda borliq qanday aks etishiga qarab oddiy-kundalik va 
ilmiy bilishlariga ajratish mumkin. Insoniyat tarixining dastlabki 
davrlaridayoq tabiat va olam haqidagi eng oddiy ma‘lumotlar beruvchi 
kundalik amaliy bilimlarning manbai, asosi kundalik turmush tajribalari 
boʻlib, unga oddiy ma‘lumotlar yigʻindisi sifatidagi tarqoqlik va notizimlilik 
xosdir. Oddiy kundalik bilish kundalik oddiy kuzatish, hayotiy tajriba asosida 
borliqdagi narsa va hodisalarni insonning oʻz sezgi va tafakkurlari orqali 
bilishidir. Masalan, hammaga ayonki kechadan soʻng kunduz va yana kecha 
kelishini va u Cheksiz davom etishini hamma biladi, yoki yil fasllarini 
almashinib turishi, biridan keyin ikkinchisi kelishini ham hamma biladi. 
Ammo hamma ham nega shunday boʻlish? Sababi nimada ekanligi bilan 
qiziqmaydi?
Kundalik bilim haqiqatni qayd etsada, uni nomuntazam va isbotsiz 
amalga oshiradi. Bunday bilimning xususiyati shundaki, odatda, u inson 
tomonidan ongsiz, kundalik tajribaga asoslangan holda qoʻllaniladi.
Kundalik noilmiy bilim tarqoq, notizimli bilim boʻlib, u qonunlar bilan 
izohlanmaydi va formallashtirilmaydi. Voqea va hodisalarni ilmiylik 
mezonlari nuqtayi nazaridan asosli tushuntirmaydi. Kundalik noilmiy 
bilimning qat‘iy tizimi va klassifikatsiyasi boʻlmaydi. 
Bugungi kunda, noilmiy bilimning quyidagi shakllari ham e‘tirof 
etiladi: Parailmiy bilim (mavjud standartlarga mos kelmaslik), yolgʻon ilm 
(turli aqidalardan ongli ravishda foydalanish), kvaziilmiy bilim (zoʻravonlik 
va majbur qilish metodlariga asoslanib oʻziga hamkor izlaydi), antiilmiy 
bilim (haqiqat haqidagi tasavvurlarni ongli buzish va utopizm), psevdoilmiy 


222 
bilim (anʼanaviy nazariyalarni targʻib qiluvchi intellektual faollikda namoyon 
boʻladi) va boshqalar. 
Demakki, noilmiy bilim tarqoq, notizimli bilim sifatida tushunilib, u 
qonunlar bilan izohlanmaydi va formallashtirilmaydi, mavjud dunyoning 
ilmiy manzarasiga qarama-qarshi turadi. Noilmiy bilim kimningdir 
uydirmasi yoki yolgʻon emasligini anglash zarur. Chunki u (ratsionallikdan 
farq qiluvchi) oʻzining normalari, eta‘lonlari, bilish vositalari va 
manba‘lariga ega boʻlgan aniq intellektual asoslarda shakllanadi.
Eng umumiy ma‘noda ilmiy bilish obyektiv olamdagi narsa va 
hodisalar haqida obyektiv haqiqiy bilimni egallash jarayonidir. Ilmiy bilish 
narsa va hodisalarni izohlash, tushuntirish va bashorat qilish kabi vazifalarni 
bajaradi.
Ilmiy bilish esa ana shu hodisalarining mohiyati, sababi, qonun va 
qonuniyatlarini ochib berishga yoʻnaltirganligi bilan ajralib turadi. Demakki, 
ilmiy bilish borliqdagi predmet va hodisalarning qonuniyatlarini, ularning 
mohiyatini bilishdir. Ilmiy bilish, odatda ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar 
olib borish asosida amalga oshadi. 
Inson bilishi bilmaslikdan bilishga, aniq boʻlmagan bilishlardan, toʻliq 
boʻlmagan, qisman bilishlardan toʻliqroq bilishlarga, oddiy bilishdan 
murakkab ilmiy bilishlarga tomon borishidan iboratdir.
Hissiy, mantiqiy, empirik, nazariy, intuitiv bilish darajalari, ularning 
oʻziga xosligi va aloqadorligi. Inson bilishida bilishning qanday paydo 
boʻlishi jihatidan hissiy, mantiqiy, empirik, nazariy, intuitiv, gʻoyibona bilish 
kabi koʻrinishlari ham mavjud.
Hissiy bilish - insonning his qilishi, sezgi a‘zolari orqali predmet va 
hodisalarni, ularning tashqi tomonlarini bevosita idrok qilish tushuniladi. 
Hissiy bilish inson bilishining dastlabki bosqichi boʻlib, uning 
natijasida inson miyasida predmet va hodisalarning belgilari, signallari, 
hissiy obrazlari hosil boʻladi. 
Hissiy bilish bosqichi: his qilish, sezgi, idrok va tasavvur kabi 
shakllarda sodir boʻladi.
His qilish – inson bilishining shunday shakliki, unda kishi oʻz-oʻziga, 
atrofdagi narsa-hodisalarga, kishi yoki kishilarga boʻlgan munosabatida 
oʻzining muayyan holatga kirishi, muayyan holda boʻlishidir. 
Sezgi – hissiy bilishning dastlabki shakllaridan boʻlib, u insonning 
borliqni, undagi narsa va hodisani bilishning oʻziga xos koʻrinishidir. 
Sezgi va sezgilar insonning sezgi a‘zolariga borliqdagi predmet va 
hodisalarning bevosita yoki bilvosita ta‘siri natijasida yuzaga keladigan 
hissiy obrazlardir. Sezgilarni hosil qiluvchi bunday sezgi a‘zolari insonda 
tashqi va ichki holatlarda joylashgan boʻlib, ular: koʻrish, ta‘m bilish, teri 
sezgisi va eshitish sezgi a‘zolaridir, qolganlari ichki sezgi a‘zolari 
hisoblanadi. Bu sezgi a‘zolari insonning borliqni bilishida oʻziga xos bir 


223 
vosita boʻlib, ular orqali predmet va hodisalar haqidagi dastlabki ma‘lumotlar 
inson miyasiga qabul qilinadi. Inson bu sezgi a‘zolari orqali borliqdagi 
predmet va hodisalarning tashqi belgi va xususiyatlarini bilib oladi. 
Biroq his qilish va sezgilar insonning borliqni bilishi uchun hali etarli 
emas. Buning uchun inson oʻzining hissiy bilishida his qilish va sezgilar 
shakllarida hosil qilgan ma‘lumotlarini toʻplab, umumlashtirib, ularni bir 
butun holda in‘ikos ettirishi ham lozim boʻladi. Hissiy bilishning bunday 
yangi shakli idrokdir. 
Idrok – borliqdagi predmet va hodisalarni yaxlit hissiy obrazidir. U 
oʻzida his qilish va sezgilar shakllaridagi obrazlarni jamlab ifoda‘lovchi 
xususiyatga ega. Biroq insonning hissiy bilishi idroklar shakllarida yuzaga 
kelgan hissiy ma‘lumotlar inson miyasida qayta ishlanib, hissiy bilishning 
yangi, yuksak shaklini hosil qiladi. Bu tasavvurdir. 
Tasavvur – ilgari idrok etilgan, ammo ayni vaqtda bevosita idrok 
etilmayotgan predmet va hodisalarning inson miyasidagi qayta ishlanib, 
tiklangan hissiy obrazidir.
Hissiy bilishning tasavvur shaklida predmet va hodisalarning ikkinchi 
darajali, muhim boʻlmagan xususiyatlari tashlab yuborilib, faqat ayrim 
muhim xususiyatlarigina in‘ikos etgan boʻladi. Shu tufayli tasavvur predmet 
va hodisalarni umumlashtirgan, mavhumlashtirgan darajada aniq hissiy 
shaklida in‘ikos ettiradi. 
Aqliy yoki mantiqiy bilish hissiy bilish bergan ma‘lumotlarga 
suyangan holda insonning predmet va hodisalarni ularning eng muhim 
tomonlari, mohiyatlarini tafakkur orqali umumlashtirib, mavhumlashtirib va 
konkretlashtirib, ularni fikrda ifodalanishidir. Faqatgina aqliy bilishgina 
bizga narsa va hodisalarning mohiyatini bilib olish imkoniyatini beradi.
Aqliy bilishda inson tafakkuri borliqdagi predmet va hodisalarning 
izchil bogʻlanishlari va aloqadorliklarini, ularning harakat, oʻzgarish va 
rivojlanish qonunlarini ma‘lum fikr shakllari —tushuncha, hukm va xulosa 
chiqarish kabilarda ifodalaydi. 
Tushuncha - predmet va hodisalar, ularning muhim va zaruriy belgi va 
xususiyatlarining umumlashtirilgan, mavhumlashtirilgan va ayni choqda 
aniqlashtirilgan fikri obrazidir. U bilish jarayonida ma‘lum guruhdagi 
narsalarni ba‘zan ma‘lum, umumiy, muhim belgilariga koʻra umumlashgan 
holda ajratib aks ettiradi. Umuman olganda, tushuncha abstrakt tafakkur 
shakli sifatida ba‘zi narsalarni umumlashtirish va shu narsalar uchun umumiy 
boʻlgan belgilar yigʻindisini fikran ajratish natijasidir. Tushuncha muhim 
jihatlar va xossalarni aniqlaydi va ularni oʻzida mujassamlashtiradi: 
tushuncha mohiyatning fikrda ifodalangan obrazidir. Shuning uchun ham oz 
sonli tushunchalar son-sanoqsiz narsalar – xossalar va munosabatlarni 
qamrab oladi. 


224 
Hukm – mantiqiy bilishning shunday fikriy shakliki, unda borliqdagi 
muayyan predmet va hodisalar, ular oʻrtasidagi bogʻlanish va aloqadorliklar 
haqida tasdiq yoki inkor fikr ifodalanadi. Hukm – fikrning shunday shakliki, 
uning yordamida tushunchalarning haqiqatga mosligi tasdiqlanadi yoki inkor 
etiladi. 
Xulosa chiqarish – mantiqiy bilishning shunday shakliki, unda bir yoki 
bir necha hukmlar asosida yangi hukm – yangi fikr hosil boʻladi. Xulosalash 
inson mantiqiy bilish bosqichining yuqori shaklidir.
Shunday qilib, insonning bilish jarayoni hissiy bilish shakllari: his 
etish, sezgi, idrok va tasavvurlardan boshlanib, aqliy bilish shakllari: 
tushuncha. hukm va xulosa chiqarish shakllarida tafakkurda qayta ishlanib, 
bilishning «quyi» bosqichidan, «yuqori» bosqichi tomon koʻtarilib boradi.
Hissiy va aqliy bilish, bilish jarayonining bir-biridan ajralmas ikki 
bosqichi boʻlib, ularning birining rolini oshirib yuborish va absolyutlashtirish 
mumkin emas. Hissiy bilish bergan dalillarsiz aqliy bilishning boʻlishi 
mumkin boʻlmaganidek, aqliy bilishsiz narsa va hodisalarning mohiyatini 
bilib bulmaydi. 
Shuningdek, bilish empirik va nazariy ilmiy bilish darajalariga ham 
boʻlinadi. Ilmiy bilishning empirik darajasi kuzatish, eksperiment, oʻlchash, 
guruhlarga ajratish, sinflarga boʻlish, ilmiy tasnifga doir amallarni oʻz ichiga 
oladi. 
Ilmiy bilishning nazariy darajasida gipotezalarni ilgari surish, ilmiy 
nazariyni yaratish, qonunlarni ta‘riflash, bir gipoteza va nazariya‘ni 
boshqalari bilan taqqoslash, shuningdek, umumlashtirish, tushuntirish va 
avvaldan aytish amallari bajariladi. 
Ma‘lumki, empirik bilish biluvchi inson – subyektning hissiy 
qobiliyatlari bilan chambarchas bogʻlangan boʻladi. Biroq tajribaning vosita 
va shakllari hissiy qabullashga nisbatan muayyan avtonomlikda boʻladi. 
Masalan, bosimni aniqlovchi asbobning koʻrsatishi qayd qilinsa, bu bilish 
amali hali ilmiy dalil boʻla olmaydi. Ilmiy dalil kuzatishlar natijalarini biror 
fikr koʻrinishida – ya‘ni «strelka shkala boʻlimlarining 760 mm simob 
ustunini koʻrsatayapti», - degandan boshlanadi. Agar nazariy bilish 
toʻgʻrisida gapiradigan boʻlsak, bu bilishda bizning hissiy qobiliyatlarimiz 
qatnashadi. Buning uchun elementar geometriyadagi teoremalarni isbotlashni 
koʻrsatishimiz mumkin, bu erdagi fikrlar geometrik shakllarni uchburchaklar, 
kvadratlar, aylanalar va shunga oʻxshash qabullashimizga asoslanadi.
Avva‘lo, bu bilish darajalari oʻzlarining predmetlari boʻyicha 
farqlanadi. Izlanuvchi ilmiy bilishning bu ikki darajasida ham ayni bir obyekt 
bilan ish koʻradi, biroq obyekt har bir darajada turlicha namoyon boʻladi. 
Empirik bosqichda subyekt hodisalarni kuzatish bilan band boʻladi, 
hodisalarning munosabatlari – bogʻlanishlarini qayd qiladi. Nazariy darajada 
esa kuzatilayotgan hodisalarni yuzaga keltirgan sabablari toʻgʻrisidagi 


225 
gipotezalar aytiladi. Odatda sabablarni aniqlash oʻrganilayotgan obyektning 
mohiyatini ochish bilan bogʻliqdir. Nazariya‘ning vazifasi, jumladan sababni 
aniqlagan holda hodisaning tabiatini tushuntirishdir. 
Empirik va nazariy ilmiy bilish darajalari bilish vositalari boʻyicha farq 
qiladi. Empirik darajada subyekt oʻzi oʻrganayotgan obyekt bilan bevosita 
oʻzaro ta‘sirda boʻladi, uni kuzatadi yoki parametrlarini oʻlchaydi. Bunda 
bilish vositasi sifatida obyekt toʻgʻrisida ma‘lumot olib beradigan tegishli 
asboblar bilan qurollangan holda koʻrish yoki eshitish qobiliyatidan 
foydalanish mumkin. Nazariy darajada subyekt bilish obyekti toʻgʻrisida 
bilvosita fikrlashi mumkin, ya‘ni bunda u tajribada olingan natijalar asosida 
ish koʻradi.
Ilmiy bilish darajalari shuningdek, tushuncha vositalari va tili bilan 
ham farq qiladi. Empirik ata‘malar belgilarini sistemalashtirish (tavsiflash) 
asosida shakllanadi. Hosil qilingan tushunchalar (ata‘malar) empirik 
tavsiflash sistemasini tashkil qiluvchi fikr – da‘volar tarzida tartiblanadi. 
Bunday empirik fikrlarni bevosita tekshirish imkoni boʻladi. Masalan, 
«dinamometrning strelkasi 100 boʻlinish shkalasini koʻrsatib turipti», – degan 
fikr haqiqiy boʻladi, agar oʻsha asbob rostdan ham shkalaning shu boʻlimini 
koʻrsatayotgan boʻlsa. Nazariy fikrlarga kelsak, ularning mavqei empirik 
fikrlardan anchagina farq qiladi. Nazariya‘ning tushunchalari – ata‘malar 
nazariy bilish darajalariga xos vositalari bilan oʻrganiladigan obyektlarning 
yuksak abstraksiyalar, ideallashtirishlardir. «Moddiy nuqta», «absolyut qattiq 
jism», «ideal gaz» singari ideallashtirilgan tushunchalar yaxshi tanish. 
Bunday ideallashtirishlarni oʻz ichiga olgan nazariy fikrlarning ham 
haqiqiyligi sinab koʻriladi. Biroq bunday sinov – tekshirishlarda tajribaga 
bevosita «chiqish» boʻlmaydi, bunday ularni nazariya ichida ham, empirik 
fikrlarni amallarni talab qiladi. 
Odatda empirik fikrlar ham nazariy yuklamaga ega boʻlib, nazariyasiz 
inson aslida nimani kuzatayotganini va nima uchun eksperiment 
oʻtkazayotganini, ya‘ni u nimani izlayotganini, nimani oʻrganayotganini 
bilmagan boʻlardi. Masalan, kuzatishlar asosida «jism toʻgʻri chiziqli tekis 
harakat qilayapti» deb aytilagan fikr bunday harakatni tasnif qilish mumkin 
boʻlgan ideal sxemaga taya‘nishnitalab qiladi, bu oʻz navbatida, klassik 
mexanikadagi toʻgʻri chiziqli tekis harakat nazariyasini foydalanishni taqozo 
qiladi. Tajriba dalillarining nazariyaga bogʻliqligi ba‘zan goʻyo kuzatishlar 
va eksperimentlarning natijalari turli nazariyalar uchun birday boʻlmaydi. 
Biroq bunday da‘vo bilan kelishib boʻlmaydi, chunki kuzatishlar va oʻlchash 
amallarida ayni bir vosita, asbob, sonli shkalalar va shunga oʻxshashlardan 
foydalaniladi. Bundan tashqari, fan tarixi shuni koʻrsatadiki, empirik bilish 
natijalari uzoq vaqtgacha oʻzining avtonomligini saqlashi va ma‘lum vaqt 
oʻtgandan keyingina nazariy bilishga oʻz ta‘sirini oʻtkazishi mumkin. 
Masalan, fransuz fizigi A.Bekkerelning (1896-yilda) kashf etgan uran 


226 
tuzining tabiiy nur aktivligi fizikaning taraqqiyoti uchun ulkan ahamiyatga 
ega boʻldi. Faqat yillar oʻtgandan soʻnggina «radioaktivlik», ya‘ni nur 
aktivligi nomini oldi. Bu avval M.Kyuri nazariyasi soʻngra E.Rezerford 
nazariyasida tushuntirib berildi. Biologiyadagi buyuk voqealar, angliyalik 
olim Robert Guk tomonidan (1668-yilda) hujayraning mavjudligi 
aniqlangandan boshlandi. Yillar oʻtgach, M.Shleyden va T.Shvan (1838–
1839 yillar) tomonidan hujayra nazariyasi deb atalgan konsepsiya ilgari 
surilib, shakllantirildi. 
Intuitiv bilish oʻz tabiatiga koʻra, hech qanday hissiy idroksiz va 
mantiqiy muhokamasiz biror bir yangi fikrning birdaniga, kutilmaganda 
tugʻilishidir. Ammo intiutiv bilish kishining oldingi tajriba, koʻnikma, 
malaka va erishgan bilimlariga asoslangan holda yuzaga kelishini, busiz 
intiutiv bilishning boʻlishi mumkin emasligini ham esdan chiqarish kerak 
emas. 
Inson bilishini turlarga boʻlishda intuitiv bilishdan farkli ravishda 
qadimdan gʻoyibona bilish haqida ham turli fikrlar mavjud. Gʻoyibona bilish 
inson bilishining shunday turiki, bunda kishi uzoq masofadan turib sodir 
boʻlgan yoki sodir boʻladigan hodisa va voqeani bilishi, his qilishi bu hodisa 
va voqeaning qanday sodir boʻlishi unga ayon boʻladi. 
Lekin shuni aytish kerakki, gʻoyibona bilishning hozircha mexanizmi 
fanga ma‘lum emas. Shu sababli koʻpincha gʻoyibona bilishni kishilar 
ilohiylashtirib, bunday bilish faqat aziz-avliyolarga, alohida gʻayri tabiiy 
xususiyatlarga ega kishilarga xos, deb qarab kelishmoqda. 
Inson bilishini yana uning ijtimoiy hodisalari bilan bogʻliqligiga koʻra, 
uni mifologik bilish, diniy bilish, falsafiy bilish, badiiy-estetik bilishlarga 
ajratish ham mumkin. Ulardan falsafiy bilish fanning falsafiy masalalarining 
muhim bir boʻlimini tashkil qiladi. U bilishning umumiy tabiati va 
mohiyatini, bilishning subyektiv va obyektiv munosabatini, bilishda 
amaliyotning roli kabi masalalarini, bilish jarayonining dialektik harakteri, 
bilishda haqiqat muammosi kabi masalalarini oʻz ichiga oladi. 
Ong – tafakkur va borliqning birligi. Inson ongi murakkab va serqirra 
hodisadir. U toʻgʻridagi tasavvurlar juda xilma-xil boʻlib, ular kishilar bilimi 
va hayotiy tajribalarining turli-tumanligi bilan bogʻliq. Ong, uning mohiyati, 
mazmuni, namoyon boʻlish jihatlarini tushunishni aksariyat hollarda 
kishilarning moddiy anʻanalariga, ularning diniy qarashlari ham belgilaydi. 
Ongning tabiati koʻplab ma‘nolarni oʻz ichiga oladi, chunki u eng 
umumiylikka, bilvositalikka va predmetli oʻziga xoslikka egadir. 
Hozirgi vaqtda fanda ongni tatqiq qilish fanlararo harakterga ega. 
Ongning falsafiy tushunchasi psixologiya, lingvistika, semiotika, mantiq, 
antropologiya, biologiya, kulturologiya va ularga tutash boʻlgan fanlarda 
olingan yangi natijalarni umumlashtiradi. Ong haqidagi bugungi mulohazalar 


227 
falsafiy 
va 
ilmiy 
argumentlarning 
shunday 
bogʻlanishlari 
bilan 
harakterlanadiki, bular chegarasida bu jihatlarni amalda ajratib boʻlmaydi.
Ong tushunchasining shakllanish tarixi bizga uning asosiy sifatlari 
haqida mulohaza yuritishimizga imkon beradi. Birinchidan, bu ongning 
instrumental (kognitiv va kommunikativ) jihozlanganiga tegishli boʻlib, 
ongning turli – tuman til (nutq), tushuncha (mantiqiy) va obrazli – sezgi 
vositalari odamlarning kundalik hayotlarini, ularning bilish va kommunikativ 
faoliyatlarini ta‘minlaydi. Ongning instrumental vositalari insonning nafaqat 
bilim olishi va muomala qilish, balki ularni saqlash, qayta tiklash va 
baholashga, tanlashni amalga oshirib, qaror qabul qilishga imkon beradi. 
Ongning instrumental vositalari odamlarning ijodiy faoliyatida, uning barcha 
koʻrinishlarida namoyon boʻlgani holda nihoyatda sezilarli rol oʻynaydi. 
Inson ongli xulqining instrumental harakteri, inson yashash tarzining qolgan 
barcha tirik mavjudotlarning yashash tarzidan farq qilishini koʻrsatadi.
Ikkinchidan, ongning sistemaviy sifatlari: bu sifatlarga ongning bir 
butun tarzida bogʻlanganligi va uning alohida strukturalari oʻzaro ta‘sirining 
muvofiqlanganligidir. Bogʻlanganlik va muvofiqlanganlik sifatlari tufayli 
ong turli turdagi jarayonlardan iborat eng murakkab sistema sifatida ishlaydi: 
ular fikrlash, hissiy (sezgi, qabullash, tasavvur) va shuningdek, taasurotlar va 
intuitsiyadir. Onglash jarayonining kechishi, unga tegishli boʻlgan 
strukturalarning resurslari bilan ta‘minlanadi. Ongning har bir strukturasi 
boshqa strukturalar bilan oʻzaro ta‘sirlashib, etakchi rol oʻynashi mumkin. 
Masalan, emotsional ong yoki hotirlash deb gapiriladigan boʻlsa, bu degani 
ongning boshqa strukturalari uning ishida qatnashmayapti degani emas. 
Uchinchidan, ongning intensional qobiliyati, bu ongning nimagadir, 
kimgadir yoʻnaltirilganligida, yoki nimadir yoki kimdir toʻgʻrisida 
boʻlganligida ifodalanadi. Ongning yoʻnalganlik xossasa insonning dunyo 
bilan munosabatlarida, insonning tarixiy, ijtimoiy, kulturologik individual – 
shaxsiy turli – tuman aspektlarining munosabatlarida namoyon boʻladi. 
Ongning 
yoʻnalganlik 
konkret 
hossalaridan 
odamlarning 
ongning 
faoliyatlarining predmeti kim (nima) ekanligi toʻgʻrisida fikrlash mumkin. 
Ong yoʻnalganligining «ichiga» yoʻnalganlik va «tashqari»ga yoʻnalganlikni 
farqlash lozim. Ong inson borligʻining tashqi dunyosiga, shuningdek, uning 
ichki dunyosiga yoʻnalgan boʻlishi mumkin. 
Insonning ichki dunyosiga yoʻnalganda uning yoʻnalganligi oʻz- oʻzini 
anglashi, na‘zorat qilishi, oʻz-oʻzini tahlil qilish, baholash va oʻz- oʻzini 
tartibga keltirish va shunga oʻxshashlarda namoyon boʻladi. 
Toʻrtinchidan, ongning epistetik sifati inson ichki dunyosining holatini 
ifodalaydi. Ongning epistemik sifatida odatda shubhalanish, ishonch holati, 
erk, ishontirish singari holatlar nazarda tutiladi. Ongning bu holatlarining 
tabiati turli belgilarning mujassamlanishidan iborat boʻladi. Masalan, 
ongning har bir holati oʻzida bilim va boshqa informatsiyalari elementlari 


228 
emotsiyalarning baxoli – qadriyatli sifatlari, erk xossasi, ongsizlik psixika 
elementlarini mujassamlashtirishi, shuningdek, boshqa psixik va jism – tana 
omillarining ta‘sirida boʻlishi mumkin. Masalan, biz biror narsada 
aybdorligimizni onglasak, qoʻrquv hissini sezamiz, hayajonlanamiz, 
oʻzimizning ishonchimizni ifodalaymiz yoki qoniqish lazzatlanish hissini 
sezamiz, bunday holatlarning umumiy belgilari ularning onglanganligining, 
ishonchlilikning, qanoatlanganlik-ning, yoqimlilikning, qadriyatlilikning va 
shunga oʻxshash onglanganlik darajasi bilan belgilanadi.
Ong tushunchasini harakterlashda koʻpincha uning «aql» va «idrok» 
degani sinonimlaridan foydalaniladi. 
«Aql» soʻzi qadimgi yunon soʻzi «logos»dan kelib chiqadi. Bu soʻzda 
«yigʻmoq», «taxlamoq», «tartibga solmoq» soʻzlarining va «gapirmoq», 
«nomlamoq» soʻzlarining ma‘nolari chambarchas bogʻlangan. 
«Ob‘ektiv aql» – bu tushuncha olamning aqlli tuzilgani prinsipini 
ifodalaydi. Aql obyektiv prinsip sifatida olamni bir butunga birlashtiradi, uni 
inson bilish uchun kira oladigan qiladi. «Sub‘ektiv aql» tushunchasi esa 
insonning aqliy afzalliklarini bildirib, uning bilishga, onglashga va harakatga 
qobiliyatliligini bildiradi. Ob‘ektiv aql tushunchasi bugungi kunda bir 
muncha eskirdi, chunki olam oʻzining ratsional tuzilishining soddaligi, 
ravsha‘nligi va oʻzlashtiriluchanligi bilan insonni quvontirayotgani yoʻq. 
Aksincha, dunyo toʻgʻrisidagi bugungi tasavvur uni murakkab va boshqarib 
boʻlmaydigan tashkillanish tarzida namoyon qilmoqda. Dunyo odamga 
xotirjamdan koʻra koʻproq qaygʻurish, notinchlik olib kelmoqda. Odamlar 
ilgarigidek olamning qandaydir biror atom katastrofasi yoki tabiiy kataklizm 
tufayli umuman yoʻq boʻlib ketishini kutgandek qiynalib yashamoqdalar. 
Ong haqidagi tasavvurlarning shakllanishida aql (razum) tushunchasi 
qatorida idrok (rassudok) tushunchasi muhim rol oʻynaydi. Inson idrok 
qobiliyatlarining harakterini tushuntirishda, Dj.Lokk idrokni hissiy tajriba 
ma‘lumotlarini kombinatsiya‘lovchi qobiliyat sifatida ta‘riflagan edi. 
Sensualizm tarafdorlari aql insonning alohida qobiliyati sifatidagi rolini inkor 
qilar edilar. Ratsionalizmga qarama – qarshi oʻlaroq, idrok tushunchasining 
sezgilarga bogʻliq boʻlgan qobiliyat deyish bilan chegaralanar edilar. Biroq, 
I.Kant aql va idrokning farqini yana qaytadan asoslashga harakat qildi. Unga 
koʻra, idrok mantiqning shakllari va qoidalariga muvofiq fikrlaydi. Aql 
mulohazalar uchun asoslar beradi va idrokka munosabatida tanqidiy vazifani 
bajaradi. Kantga koʻra, idrok va aql insonning turli qobiliyatlaridir: idrok – 
predmetlar haqidagi mulohaza qilish qobiliyati, aql esa – mulohaza 
hukmlarini tahlil qilish qobiliyatidir. Aqlning vazifalarini koʻrsatar ekan, 
I.Kant uni nazariy va amaliy aqllarga boʻldi. 
Umuman olganda, ong faqat insongagina xos boʻlgan, miya‘ning til va 
nutq yordamida voqelik aksini umumlashtiradigan, maqsadga muvofiq, 
konstruktiv va ijodiy namoyon boʻladigan oliy funksiyadir. 


229 
Bugungi kunda, avvaldagidan ham koʻra, shu narsa oydin boʻlib 
qolimoqdaki, jamiyatning hayotiy faoliyati, yashashga qobilligi koʻp jihatdan 
uning fuqarolarining sogʻligi va energiyasiga bogʻliqdir. Birinchi tomondan, 
jamiyat oʻz fuqarolarining ehtiyojlari har tomonlama rivojlanishi va ularning 
qondirilishidan manfaatdor. Ikkinchi tomondan, u ehtiyojlarni iqtisod, 
texnika va siyosat imkoniyatlari bilan bogʻlab olib borishga intiladi. 
Tananing oʻsishi, shakllanishi, keksa‘yishi va oʻlishi vegetativ sistema 
sifatida, aql hukmiga bogʻliq boʻlmagan holda roʻy berishi ravsha‘n. Biroq, 
qadim – qadim zamonlardanoq tanani parvarish qilish insonning biror bir 
ijtimoiy vazifani bajarish maqsadida amalga oshirib kelinadi. Qul va 
hkmdorning, ritsar va kohinning, olim va ishchining tanasi bir – biridan 
ancha farq qiladi, bu farq unchalik tashqi emas, balki ichkidir, ya‘ni psixik 
reaksiyalar, kechinmalar, oʻz – oʻzini na‘zorat qilish va oʻz – oʻzini 
boshqarish jihatidan boʻlgan farqdir. Jismoniy oʻyinlar va raqslar, boʻyalish 
va tatuirovka, manera va imolarga oʻrganish, affektlar ustidan na‘zorat – 
bularning barchasi tanani, uning ehtiyojlari va intilishlarini boshqarish 
usullaridir. Inson sivilizatsiyalari hammavaqt tana sifatlarining shakllanishi 
uchun koʻp kuch sarflaganliklarini yoddan chiqarmaslik kerak. Shuning 
uchun hozirgi zamon madaniyati va bugungi kunda inson tanasiga e‘tibor 
uning ruhiga boʻladigan e‘tibordan kam boʻlmasligi ravsha‘n. 
Xususan, ruhning ongsizlik chuqurliklariga qiziqish Z.Freyd va 
K.Yungning ishlaridan boshlab shakllandi, soʻng, falsafa, kulturologiya va 
boshqa sohalarda rivojlantirildi. 
Freydning asosiy gʻoyasi ongsizlikning energetik tabiatiga yoki 
energetik potensialiga qaratiladi, buni ratsional foydalanish tahlil va 
na‘zoratni talab qiladi. Ongsizlikning xossalarini ifodalab beradigan 
tushunchalar sistemasini yaratish zarur. Ongsizlik insonning eng qudratli 
psixik energetikasi va informatikasi manba‘lariga kiradi, ularni biz xulq, 
muloqot, bilish, baholash, qaror qabul qilish va shunga oʻxshash 
motivatsiyalari deb nomlaymiz. Odamning ekstremal hayotiy vaziyatlardagi 
xulqi kuzatilsa, uning motivatsiya kompleksida erkin energiya miqdorining 
ortishida informatsiya etishmasligi (noaniqligi roʻy bersa) ehtirosi kuchayib, 
qanotsizlanish tuygʻusi kuchayib ketishini koʻrish mumkin. Vaziyat 
informatsiya nuqtayi – nazaridan ravsha‘nlasha borgan sari energiya‘ning 
manfiy qiymatlari pasa‘yadi, taranglanish, zoʻriqish kamayib boradi va 
bata‘mom yoʻqoladi. Ongsizlik energetikasida erkin va bogʻlanish 
energiyasini farq qilish kerak. Erkin energiya ongsizlik holatining faqat 
«lazzatli - nolazzatli» prinsipiga boʻysungan eng harakatchan dinamikasini 
ifodalaydi, bu holatlarda biror narsaga ishonch yoki shubha boʻlmaydi. Agar 
ongsizlikning erkin energiyasi bevosita razryadkaga intilsa, u holda 
bogʻlanish 
energiyasining 
razryadkaga 
harakati 
tormazlangan 
va 
sekinlashgan boʻladi. Ongsizlik bogʻlanish energiyasining holati inson 


230 
psixikasining ancha katta tashkillanganligi yoki tartiblashganligicha bogʻliq 
(shartlangan) boʻladi. 
Freydga ta‘limotiga koʻra, boshlangʻich energiya, ruh va tananing 
resurslarini ta‘minlanishi – bu hammadan avval energetik jarayon, 
rohatlanish – iste‘mol qilish va qoniqishga oʻxshashdir. Ongsizlik 
tasavvuridagi syujetlar, fantaziyalarda motivini topgan intilishlar va xohishlar 
tarzida assotsiyalanadi. Psixoanaliktiklar (tahlilchilar) psixik reallik tarzidagi 
fantaziya‘ning turli darajalarini koʻrsatib oʻtadilar. Bular quyidagilar boʻlishi 
mumkin: ratsional (aqliy) aktlar («oʻngdagi tushlar») – insonning uygʻoq 
vaqtidagi hikoyalar, bayonlar, dia‘loglar, illyuziyalar); onglanmaydigan 
tuygʻular, avvaldan sezishlar, orzular; tushlardagi sublimatsiyalangan 
obrazlar; gallyusinatsiyalar, dovdirash, vahimaga tushish va shunga oʻxshash 
anomal simptomlar elementlari boʻlgan ehtiros aktlari. 
Tasavvurda (taasurotda) istak (xohish) predmeti boʻlgan narsa ongning 
ratsional (aqliy), ehtiros yoki erk sferasidan siqib chiqarilishi va ongsizlik 
tublarida shakllanib, yo oddiy tushlarda yoki «oʻngidagi tush»da namoyon 
boʻlishi mumkin. Freyd tushlarni tahlil qilishni ongsizlik tabiatini bilib 
etishning «shohona yoʻli» deb atagan edi. Tush koʻrishlardagi «siljish», 
«quyuqlashish» va «simvollashtirish» mexanizmlari psixika ongsizlanish 
tashkillanishining har qanday koʻrinish shakllari uchun harakterlidir. 
Siljish va quyuqlashish mexanizmlarining ishlashi fa‘zodagi va 
vaqtdagi tutashlik va oʻxshashlikka ega boʻlgan psixik assotsiatsiyalarning 
asosida yuzaga keladi. Siljish oʻzi tufayli biror narsaga boʻlgan nuqtayi – 
nazarni keskin oʻzgartirib yuborishi, diqqatni (aksentni) asosiy aksentlardan 
ikkinchi darajali aksentlarga oʻtkazish, qadriyatlarga qayta baho berishga olib 
kelishi mumkin. Tushdagi kognitiv obrazlar ularning tushuncha – oʻxshash 
shakllarining sezgi (koʻrish, eshitish va sh.oʻ.) shakllariga siljishi hisobiga 
quriladi. 
Siljish 
quyuqlashishga 
yordam 
beradi, 
quyuqlashish 
mexanizmlarining ta‘siri bir necha assotsiativ – obraz zanjirlarining 
kesishlarida namoyon boʻladi. Tushdagi obrazlarning quyuqlashishi 
ongsizlikning energetik va informatsion oqimlarining yigʻilishini aks ettiradi. 
Unda, masalan, real hayot yoʻlining biror uzun va murakkab boʻlagi 
toʻgʻrisida bayon qilib berishning «quyqasi» yigʻilgan boʻladi. Siljish va 
quyuqlashish mexanizmlari faqat tushdagina ta‘sir koʻrsatib qolmaydi. Freyd, 
masalan, quyuqlashish – bu oʻtkir aqllilikning asosiy usullaridan biridir, 
uning ta‘siri soʻzlarni talaffuz etish, yozishdagi xatolarda, soʻzlarni eslay 
olmaslikda va shunga oʻxshashlarda namoyon boʻladi. 
Simvollashtirish deb – ongsizlik intilishlar, xohishlarni reprezentatsiya 
qilishning obrazli ifodalanishiga aytiladi. Tush koʻrish obrazi, yoki 
simptomining maqsadi harakat va mulohazalarning ochiq ma‘nosi yoki 
mazmunini yashiruvchi Shuning uchun mumkin boʻladiki, simvol uni faqat 
ifodalabgina 
qolmaydi, 
balki 
oʻrnini ham oladi. Psixoanalizning 


231 
nazariyotchisi va amaliyotchisi fransuz olimi Jak Lakan (1901-1981)ning 
uqtirib oʻtishcha, simvollashtirish ongsizlikning faqat shunday hodisalarini 
ifodalaydiki, ularni til va nutq vositalarida tartiblashtirish mumkin boʻlsin. 
Shuning uchun ongsizlikning amallari boʻlmish siljish va quyuqlashish 
simvollashtirishning xususiy hollari – boʻlishi mumkin: siljish metonimiya 
amaliga, ya‘ni predmetni uning qandaydir xossasi bilan almashtirish, 
quyuqlashish esa metaforaga, ya‘ni bir predmetni boshqasiga oʻxshatish 
amaliga toʻgʻri keladi. Ongsizlik tabiatini bilib olish uchun Lakan «koʻzgu 
modeli» dan foydalanadi. Xususan, hayotning dastlabki paytlarida bolaning 
oʻzini bilib olish akti tana – hissiy, ongsizlik aktidir. «Kuzgu» unga oʻzini 
boshqa odamga qaragandek qarashga imkonini beradi, u oʻzining 
«koʻzgu»dagi aksini soʻzlar bilan identifikatsiya qilish elementlarini amalga 
oshira boshlagan paytda bilish akti roʻy beradi. Ana shu vaqtdan boshlab 
oʻzining ongsizligiga oʻtish boshlanadi. Bolaning ongsizligi «koʻzgu»da aks 
etadi, uning yordamida u oʻzini biladi (kashf etadi), va shu bilan oʻz – oʻzini 
onglaydi.
Ongsizlik tushunchasi insonlararo munosabatlar dunyosini qarashda 
ham qoʻllaniladi. Ongsizlikda sezilishlik, jism – tanalilik, aklliylikning, 
taasurot, intuitsiya, extiros, erk xotiraning yashirin, «berkitilgan» sifatlari 
mujassamlashgan boʻladi. Ongsizlik ma‘nolarining mumkin boʻlgan 
sharxlanishi (interpretatsiyasi) va echilishlari insonga ana shu inson til 
yordamida uni oʻzining boshqalar bilan muloqot munosabatlari sohasiga 
kiritishning uddasidan chiqqan paytda roʻy beradi. Odamlarning bunday 
muloqot modeli bir kishining ikkinchi kishiga munosabatini ongsizlik 
funksiyasida aniqlashni koʻzda tutadi. 
Muloqot jarayonlarida suhbatdoshning nutqi ongsizlikning koʻzgu 
qiymatlari sohasida harakaterlanishi mumkin, uni bilib olish uchun unga 
quloq solish kerak. Bunday muloqotda har bir tomon boshqa tomonning 
koʻzgusi boʻlib xizmat qiladi, unga har ikki tomon oʻz ongsizliliga 
qaragandek qaraydi va uni onglashga harakat qiladi. Bizning ongimiz uchun 
ongsizlik sferasidir. Bizning ongimiz oʻzganing ongiga «qarab oladi» va u 
bizga xuddi bizning ongsizligimiz tarzida ochiladi. Psixoanaliz nuqtayi – 
nazaridan «ongsizlik – onglilik» koʻzga munosabatlar metaforik modeli turli 
avlodlarga, turli tarixiy davrlarga, turli madaniyatlarga tegishli turli tillarda 
gapirayotgan odamlar muloqotini tahlil qilishda ayniqsa mahsuldordir. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish