Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Insonnning bioijtimoiy mohiyati.
Falsafiy antropologiya echadigan 
muhim muammolar orasida inson biologik va ijtimoiy mohiyatining oʻzaro 
nisbati toʻgʻrisidagi masala alohida oʻrin egallaydi. Inson jonli tabiatning bir 
qismi, shuningdek biologik evolyusiya mahsuli ekanligi hozirgi zamon 
tabiatshunosligi fanida nafaqat olimlar va mutaxassislar, balki ma‘rifatli 
odamlarning keng doirasi uchun ham aniq-ravsha‘n va deyarli shak-
shubhasiz dalilga aylandi. Har bir inson oʻz biologik xususiyatlari: genetik 
kodi, vazni, boʻyi, mijozi, terisi va sochining rangi, yashash muddati va shu 
kabilarga koʻra betakrordir. Biroq ayni vaqtda inson ijtimoiy mavjudot 
ekanligi, uning oʻziga xosligi va betakrorligi odamzotning ijtimoiy tabiati, u 
kamol topgan, ta‘limi-tarbiya olgan, madaniy va axloqiy qadriyatlar va 
moʻljallarni oʻzlashtirgan ijtimoiy muhit bilan belgilanishi ham shak-
shubhasizdir. Inson nafaqat bioijtimoiy mavjudod balki u fizik, kimyoviy, 
psixoneyrofizik mavjudod hamdir. U tabiiy olamda boʻlgani kabi 70 foiz 
suvdan tarkib topgan suvdan paydo boʻlgan va kimyoviy elementlarning 
yigʻindisidir. 
Aynii shu sababli inson individi nafaqat ijtimoiy, balki biologik 
mavjudot sifatida ham oʻziga xos xususiyat kasb etadi. Boshqacha aytganda
insonning kamol topishi jamiyatda va faqat jamiyatda yuz beradi.
Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonida u nafaqat 
tashqi, balki ichki, pinhona xususiyatlarga ham ega ekanligini, ular jamuljam 
holda insonning individ, individuallik, shaxs kabi tushunchalarda aks 
etadigan muayyan obrazini shakllantirishini ham hisobga olish lozim.
Boshqacha aytganda, insonning mohiyatini uning ichki va tashqi borligʻi 
birligida, uning dunyoga faol munosabatida izlash kerak.
Shunday qilib, 
individ muayyan insonning umumiy obrazi sifatida amal 
qilsa, individuallik uni muayyan oʻziga xos xususiyatlar sohibi sifatida 
tavsiflasa, «shaxs» tushunchasiga yanada torroq ma‘no yuklanadi, chunki 
ayni holda inson uning barcha ijtimoiy sifatlari bilan jamuljam holda 
olinadiki, bu faqat ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu tizimini nazarda 
tutgan holda shaxs toʻgʻrisida soʻz yuritish imkonini beradi
. Ya‘ni keng 
talqinga yoʻl qoʻyadigan «individ» va «individuallik» tushunchalari nafaqat 
insonga nisbatan, balki individual xususiyatlarga ega boʻlgan ayrim tirik 
mavjudot, hayvonga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin. «SHaxs» 
tushunchasi esa doim ijtimoiy mavjudot sifatidagi inson bilangina bogʻliq 
boʻlib, faqat shu ma‘noda, ayrim insonni uning jamiyatdagi oʻrni, «ijtimoiy 
qiyofasi» nuqtayi nazaridan tavsiflaydi.
Kezi kelganda yana shuni ham ta‘kidlab oʻtish lozimki, har qanday 
shaxs zamirida oqilona faoliyat yotuvchi ongli-ixtiyoriy faollik tavsiflanadi. 
SHuningdek inson yangi moddiy va ma‘naviy boyliklar yaratib, oʻz ijodiy 
imkoniyatlarini izchil roʻyobga chiqarish orqali shaxs sifatida namoyon 
boʻladi.


320 
Hozirgi zamon fanida shaxsning shakllanishiga ta‘sir koʻrsatuvchi uch 
muhim omil: irsiyat, madaniy muhit va yashash sharoiti farqlanadi
. Bu 
omillar oʻzaro ta‘sirga kirishishi natijasida inson shaxs sifatida oʻziga xos 
xususiyatlar majmui: tegishli ehtiyojlar, qiziqishlar, mijoz, qobiliyatlar, 
maqsadlar, moʻljallar, ma‘naviyat va shu kabilarga ega boʻladi. Insonning 
mazkur betakror individual xususiyatlari asosan u yashayotgan muhitdagi 
ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar ta‘sirida shakllanadiki, bu shaxsning 
shakllanishi va kamol topishida jamiyat juda muhim rol oʻynashini qayd etish 
imkonini beradi. aynii vaqtda shaxs umumiy e‘tirof etilgan me‘yorlarga 
muvofiq yoki ularga zid shakllanishi va kamol topishi mumkin. Bu ma‘noda 
ijobiy shaxslar toʻgʻrisida ham, salbiy shaxslar toʻgʻrisida ham soʻz yuritish 
mumkin.
Hozirgi vaqtda aksariyat olimlar va faylasuflar inson evolyusiyasidagi 
ijobiy jarayonlarni va ijtimoiy oʻzgarishlar imkoniyatlarini ijtimoiy 
munosabatlarning insonparvarlashuvi, odamlar ongidan umuminsoniy 
me‘yorlar mustahkam oʻrin olishi bilan bogʻlamoqdalar. Bunda inson 
oʻzining butun umri mobaynida, bir tomondan, oʻz oldiga qoʻygan 
maqsadlariga erishishga harakat qilib, boshqa tomondan esa – oʻzini 
qurshagan ijtimoiy va tabiiy muhit ta‘sirini his etib, yaxlit bir butun hodisa 
sifatida, uzluksiz tadrijiy rivojlanishini e‘tiborga olish lozim. Boshqacha 
aytganda, oʻzining kamol topish jarayonida u doim ham subyekt, ham obyekt 
hisoblanadiki, bu shaxsning oʻz imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishi va hayot 
mazmunini izlashi bilan bogʻliq boʻlgan yana bir muhim falsafiy muammo 
yuzaga kelishini belgilaydi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish