Falsafiy antropologiya fanining mohiyati
. Inson haqidagi bilimlarni
birlashtirish lozimligi xususida SHelerdan oldinroq ham soʻz yuritilgan edi.
XIX asr oʻrtalariga kelib inson oʻta murakkab struktura ekanligi, uni faqat
falsafa yoki boshqa biron-bir muayyan fan metodlari bilan toʻla anglab etish
mumkin emasligi, ya‘ni inson jamuljam holda aniq bilim predmeti boʻla
olmasligi aniq-ravsha‘n boʻlib qoldi. SHuningdek, ayrim tabiiy fanlar, har
biri oʻz sohasida, vaqt oʻtishi bilan umumiyroq xulosalarga kelishni talab
etuvchi salmoqli material toʻpladi. Bunday umumlashtirishga ehtiyoj
Darvinning evolyusion nazariyasi paydo boʻlishi bilan ayniqsa boʻrtib koʻrina
boshladi. Bu nazariya insonga oid tabiiy-ilmiy tadqiqotlarga kuchli turtki
berdi, shuningdek materialistik falsafiy konsepsiyalar rivojlanishi uchun
qoʻshimcha asos boʻlib xizmat qildi.
Mazkur yondashuv tarafdorlari inson koʻp oʻlchovli va muttasil
oʻzgaruvchi mavjudot ekanligidan kelib chiqadi. Garchi uning muhim
xususiyatlari ming yillar mobaynida oʻzgarishsiz qolayotgan boʻlsa-da, ular
insonning mohiyatini toʻla namoyon etmaydi. Bu yondashuv tarafdorlari
inson oʻz oldiga yangi va yangi jumboqlar qoʻyayotgan, tashqi dunyoni,
317
oʻzining undagi oʻrnini aniqlashga harakat qilayotgan, atrof muhitni
oʻrganish orqali uni oʻz ixtiyoriga koʻra oʻzgartiradigan faol asos sifatida
amal qiladigan mikrokosm hisoblanishiga ham e‘tiborni qaratmoqdalar.
Boshqacha aytganda, inson bunyodkor va ayni vaqtda madaniyat mahsuli,
oʻzini qolgan jonli dunyodan farqlash imkonini beruvchi ma‘naviyat
manbaidir.
Falsafiy antropologiya tarafdorlari insonning mazkur talqinidan kelib
chiqib, bu fan izchil ilmiy qarashlarni ilgari surishga da‘vogar boʻla
olmasligini va ayrim fanlar: psixologiya, sotsiologiya, biologiya va boshqa
ijtimoiy fanlarning turli yondashuvlari va xulosalarini sintezlovchi inson
haqidagi bilimlar tizimini yaratishga qaratilishi lozimligini qayd etmoqdalar.
Ularning fikricha, bu fan oʻz predmeti sifatida inson borligʻini belgilaydi,
uning mohiyatini va oʻziga xos xususiyatlarini tahlil etib, shu tariqa
insonning oʻzini ham, uni qurshagan dunyoni ham falsafa nuqtayi nazaridan
anglab etishga harakat qiladi. «Antropologiya yoki aniqroq aytganda –
antropologik ong nafaqat ontologiya va kosmologiyaga, balki gnoseologiya
va bilish falsafasiga, har qanday falsafa va har qanday bilishga zamin
yaratadi»
1
.
XX asrning 60-70-yillarida falsafiy antropologiya shunday bir gʻoyaviy
harakatga aylandiki, uning doirasida olimlar insonning hozirgi holatini
nazariy jihatdan anglab etish va talqin qilish, uning tabiatiga nisbatan
yangicha yondashuvni ilgari surishga harakat qildilar. Bu davrda yuz bergan
fan-texnika taraqqiyoti va insonning oʻz ilmiy va amaliy faoliyati natijalari
uchun javobgarlik tuygʻusining kuchayishi falsafiy antropologiya‘ning
rivojlanishiga qoʻshimcha turtki berdi. SHunday qilib, u endi inson haqidagi
bilimlarning umumiyroq majmui – umumiy antropologiya‘ning tarkibiy
qismiga aylandi. Bu fan turli-tuman ta‘limotlar, konsepsiyalar va
yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladiki, ularning orasida falsafiy yoʻnalishdan
tashqari biologik, teologik (diniy), sotsiologik, psixologik, madaniy
(etnografik), strukturalistik, pedagogik va boshqa yoʻnalishlarni qayd etish
mumkin.
Ularning har biri, falsafiy yoʻnalishdan farqli oʻlaroq, insonning
muayyan bir tomonini yoritadi. Masalan, biologik antropologiya anatomiya,
fiziologiya, irq haqidagi ta‘limot va shu kabilarga taya‘nib, insonning qolgan
barcha tirik mavjudotlardan farqini uning jismoniy tuzilishi nuqtayi nazaridan
aniqlaydi. Teologik antropologiya inson haqidagi tegishli tasavvurlarni uni
Xudo yaratgani nuqtayi nazaridan shakllantiradi. Falsafiy antropologiya esa
butunlay boshqa vazifani hal qiladi – u vaziyatga yaxlit yondashadi va
fanlararo xususiyatga ega boʻlgan xulosalar chiqaradi.
1
Бердяев Н.А. Смысл творчества. – Москва: Наука, 1989. – С.293.
318
Falsafiy bilimning tarkibiy qismi sifatida falsafiy antropologiya
ijtimoiy falsafa, axloq, sotsiologiya va psixologiya bilan uzviy bogʻliq boʻlib,
ular bilan birgalikda inson haqidagi fanlar majmuini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |