Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Sharq va Gʻarb falsafasida inson muammosi



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Sharq va Gʻarb falsafasida inson muammosi. 
Qadimgi Sharq, 
xususan Xitoy falsafiy tizimlari,asosan,sotsiotsentrik konsepsiyalardan iborat 
boʻlib, ularda inson, odatda, jamiyat, sotsium bilan uzviy bogʻliq deb 
qaraladi. 
«Ideal munosabatlar qonuni»ga odamlar oʻrtasida, oila, jamiyat, 
davlatda rioya qilish inson hayotining muhim ma‘nosi hisoblanadi; bunga 
jamiyatda qabul qilingan me‘yorlar, qoidalar, rasm-rusumlar va shu kabilarga 
izzat-ikrom bilan yondashish imkoniyat yaratadi. Boshqacha aytganda, inson 
oʻz shaxsiy hayotini doim jamiyat ravnaqi, kamoloti bilan oʻlchashi lozim, 
xususan, u keyinchalik oila va davlatni takomillashtirishga harakat qilish 
uchun oʻzini kamol toptirishi lozim. Shu ma‘noda mashhur qadimgi xitoy 
faylasufi Konfutsiy (mil. av. 551–479 yillar)ning fikrlari diqqatga sa‘zovor 
boʻlib, u shunday deb saboq beradi: «qilmishlarning asoslari va tamoyillarini 
oʻrgansang, yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlaring (axloqiy bilimlar) 
barkamollikning eng soʻnggi darajasiga etadi. Niyatlar sof va xolis boʻlsa, 
qalb rostgoʻy va samimiy boʻladi. qalb rostgoʻy va samimiy boʻlsa, inson 
toʻgʻri yoʻlga kiradi, kamol topadi. Inson toʻgʻri yoʻlga kirsa va kamol topsa, 
oilada tartib oʻrnatiladi. Oilada tartib hukm sursa, xalqlarni boshqarish 
osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv 
yashaydi»
1
.
Qadimgi hind falsafasiga dunyoning ichki dunyosini birinchi oʻringa 
qoʻyish, ya‘ni antropotsentrizm xosdir
.Masalan, buddizmda nirvanaga 
erishish inson barcha niyatlarining pirovard maqsadi,deb e‘lon qilinadi. 
Nirvana jonning shunday bir holatiki, bunda har qanday mayllar yoʻqoladi va 
ichki uygʻunlik yuzaga keladi, mutlaqo erkinlik va tashqi dunyoga qaram 
emaslik tuygʻusi paydo boʻladi.
Qadimgi hindlarning boshqa bir diniy-falsafiy ta‘limoti – jaynizm 
nuqtayi nazaridan inson oʻzining ma‘naviy mohiyati bilan moddiy mohiyatni 
na‘zorat qilish va boshqarishga erishish uchun uzoq va ogʻir yoʻl – jonning 
erkinlashuvi yoʻlini bosib oʻtishi lozim. 
Markaziy Osiyo mutafakkirlari qarashlarida insonni nazariy aql 
boshqaradi
. Jumladan al-Farobiy fikricha ―Inson shaxsini shakllantiradigan, 
uni boshqa maxluqotlardan ajratib turadigan va unda insoniy xislatlarni 
rivojlantiradigan narsa uning faol aqlidir Bu kuch avval- boshda faqat 
qobiliyatdir bu quvvat oʻylash, mulohaza yuritishga qobil, ammo hayotga 
1
Будда. Конфуций. Жизнь и учение. – М.: 1995. – С.139.


311 
tadbiq etish, ya‘ni joriy qilishga qobil emas‖
1
. Aqlni hayotga tadbiq etish 
uchun, unga tashqi kuch ta‘sir etishi kerak, bu esa faol aqldir.Faol aql - 
mustaqil quvvat boʻlib, oʻz mohiyati, Birinchi va ikkinchi va boshqa sabablar 
mohiyati haqida fikrlay oladi. Aynan shu faol aql odam imkoniyatlarining 
tashqi voqealarga ta‘sir etishi va uni rivojlantirishga turtki beradi. Farobiy 
ta‘biri bilan ―moddiy aqldan amaliy aqlning yuqoriroq pillapoyasiga 
koʻtariladi va uning faol aqlga munosabati quyosh bilan koʻzni 
solishtirlandek boʻladi‖
2
. Agar quyosh boʻlmasa, inson narsalarni koʻra 
olmaydi. Faol aql quyoshi inson ruhi da paydo boʻlganidan keyin, aqliy 
quvvat faol aqlga qaraydi. Inson tabiat gultoji, ya‘ni aqlli mavjudod. Yusuf 
Xos Xojib fikricha, inson dunyoda abadiy emas, bu dunyoga kelgan har 
qanday odam vaqti etgach ketadi. Inson umrining qimmati necha yil 
yashagani bilan emas, qanday ezgu ishlarni amalga oshirganligi, hayotda 
qoldirgan izi bilan belgilanadi. U kishi olamdan oʻtgandan soʻng, bu dunyoda 
undan ikki xil, biri yomon, ikkinichisi yaxshi degan nom qoladi Inson iloji 
boricha oʻzidan yaxshi nom qoldirishi, yaxshi olqish olishi lozim deb 
ta‘kidlagan
Umuman olganda, barcha zamonlarda insonda umumiy asosni izlash 
bilan band boʻlgan Sharq tafakkuriga hozir ham insonni va uning tashqi 
dunyo bilan aloqasini tushunishga nisbatan Gʻarb falsafasidagidan oʻzgacha 
yondashuv xosdir. XX asr boshida hind mutafakkiri S.Vivekananda shunday 
deb yozgan edi: «Inson tabiatni oʻziga boʻysundirish uchun tugʻiladi va bu 
oʻrinlidir, ammo Gʻarb «tabiat» deganda faqat moddiy, tashqi dunyoni 
tushunadi. Bu tashqi tabiat oʻzining barcha togʻlari, okeanlari, daryolari, 
oʻzining Cheksiz kuchlari, Cheksiz rang-barangligi bilan juda ulugʻvor, 
lekin undan ham ulugʻvorroq dunyo borki, bu insonning ichki dunyosidir. U 
quyosh, yulduzlar, Yer va butun moddiy Koinotdan yuksakroq, bizning 
shaxsiy jajji hayotlarimizning tor chegarasiga sigʻmaydigan dunyodir. Gʻarb 
odami tashqi dunyoda «oʻziniki» boʻlganidek, bu ichki dunyoda Sharq odami 
ham xuddi shunday «oʻziniki»dir. Shu bois... Gʻarb ma‘naviy dunyo nima 
ekanligini, xudo nima ekanligini, inson joni nima ekanligini bilmoqchi, 
dunyoning siri va mazmuni nimada ekanligini anglab etmoqchi boʻlsa, u 
Sharq oyoqlari ostiga choʻkib quloq solishi kerak. Hamonki dunyo hozir 
ma‘lum ma‘naviy uygʻonishga muhtoj ekan, bunda u kuchni Sharqdan 
oladi»
3
.
.. 
Ibn Xaldun fikricha, inson tabiatida ezgulik va yovuzlik mavjud. Agar 
odamlar oʻz xoliga qoʻyilsa va insoniylik ruhida tarbiyalanmasa, unda Xudo 
ne‘matini qoʻlga kiritish kamdan –kam kishiga muyassar boʻladi. Xayr va 
shayorr oraligʻida qolib, har ikkisidan birini tanlash lozim boʻlganida, unda 
1
Ал-Фаробий. Фозил шаҳар аҳолиси. - Т.: Шарқ, 1999. - Б. 69 
2
Ал-Фаробий Фозил шаҳар аҳолиси .- Т.: Шарқ, 1999 –Б.73. 
3
Вивекананда Свами. Философия йога. – Магнитогорск, 1992. – С.488-489. 


312 
sharrni tanlaydi, zero inson tabiatida sharrga moyillik koʻproq. Adolatsizlik 
va boshqalarga hujum qilish insonlarga xos xislat. Shuning uchun jamiyatda 
kishilarning bir-birlariga jabr qilmasliklari uchun maxrifatga erishmoq zarur. 
Keltirilgan soʻzlar nafaqat teran ma‘noga ega, balki hozirgi dunyoning 
globallashuvi va yagona insoniyatning shakllanishi nuqtayi nazaridan alohida 
ahamiyat kasb etadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish