Sotsiologizatorlik konsepsiyalari.
Sotsiologizatorlik yondashuvi inson
tabiatini ijtimoiy munosabatlarda koʻrishga harakat qiladilar
. Bunda ular
ba‘zan nafaqat insonning ijtimoiy asosini uning biologik asosiga qarama-
qarshi qoʻyadilar, balki soʻnggi zikr etilgan asosni hayvoniy va hattoki tuban,
shu bois jiddiy e‘tiborga loyiq emas, deb hisoblaydilar. Asosiy e‘tibor
ijtimoiy munosabatlar tahliliga va individ, shaxsning shakllanishida jamiyat
qanday rol oʻynashini, aniqlashga qaratiladi. Pirovardida ijtimoiy asos
individual asosga qaraganda ustunroq ahamiyat kasb etadi, uni oʻziga
boʻysundiradi va qamrab oladi. Mazkur yondashuv total ijtimoiy tizimlarga
va ularni asoslashga harakat qiluvchi falsafiy ta‘limotlarga, xususan, Platon
falsafasi ayniqsa xosdir. Umuman olganda, bu individualizm va kollektivizm
muammosidir.
Lev Nikolaevich Gumilyov (1912–1992) insonni tushunishga yangicha
yondashgan va tarixiy-madaniy jarayonda individlarning uch turi
:
passionariylar, subpassionariylar va muvofiq odamlarni farqlagan.
Passionarlik (lotincha «passio» – «ehtiros») deganda energiya‘ning «tur
me‘yoridan ogʻuvchi, ammo patologik xususiyatga ega boʻlmagan» turi
tushuniladi. Passionarlik har safar materiya‘ni oʻzini qayta tashkil etishga
majburlovchi toʻlqin manbai, atrof-muhitni oʻzgartirish qobiliyati hamda
bunga boʻlgan intilish yoki fizika tili bilan aytganda, muhitning agregat
holatini buzishga boʻlgan intilish tarzida namoyon boʻluvchi biofizik omildir.
Passionar turtki mutatsiyaga olib keladi. Gumilyovning fikriga koʻra,
mutantlarning tugʻilishi passionariylar – oʻta gʻayratli shaxslarning
tugʻilishidir. Passionarlik turtkisi shu qadar kuchli boʻlishi mumkinki,
mazkur belgi egalari oʻz qilmishlarining oqibatlari haqida oʻylashga oʻzlarini
majbur qila olmasliklari mumkin. Shuning uchun ham passionarlikni ong
belgisi deb emas, balki asab sistemasining konstitutsiyasida namoyon
boʻluvchi muhim belgisi deb tushunish lozim, u, ong faoliyati bilan bogʻliq
faollikdan farqli oʻlaroq, emotsiyalar sohasida yashaydi. Passionariylarni
323
ideal xususiyatlardan ancha uzoq xususiyatlar: takabburlik, magʻrurlik,
manmanlik, ochkoʻzlik va b. tavsiflari ham mumkin. «Passionarlik –
muayyan maqsadga (koʻpincha hayoliy maqsadga) erishishga yoʻnaltirilgan
faoliyatga (ongli yoki koʻpincha ongsiz) ichki intilish. Mazkur maqsadni
passionariy hatto oʻz hayotidan hamda zamondoshlari va qabiladoshlarining
baxtidan afzal deb biladi»
1
. Passionarlik darajasi har xil boʻlishi mumkin,
ammo bu hodisa tarixda aniq va qayd etiladigan tarzda namoyon boʻlishi
uchun passionariylar soni koʻp boʻlishi kerak, ya‘ni passionarlik nafaqat
individual belgiga, balki populyasion belgiga ham tayanadi. Passionariylar
orasida ruh passionariylari va tana passionariylari ham farqlanishi mumkin.
Salbiy impulslarga ega boʻlgan, hech narsaga qaramay, hatto oʻz zarariga
ish tutishga intiladigan odamlar passionariylar
deb ataladi.
Ijobiy,
hayotbaxsh impulslarga ega odamlar esa subpassionariylar
deb ataladi.
L.Gumilyovning fikriga koʻra, passionariylar tubanlashgan hollarda ularning
oʻrnini subpassionariylar egallaydi. Ularni «sodda», «qoloq» odamlar,deb
hisoblaydilar, ularning keng maydonga chiqishi etnosning intihoga yuz
tutganini anglatadi, chunki ularda instinktiv impulslardan boshqa hech narsa
qolmaydi. «Passionarlik» hodisasi dunyoning yagona axborot-energetik
manzarasida tarixda chuqur iz qoldirgan «buyuk odamlar va xalqlar»ning
faoliyati mexanizmlarini tushunish imkonini beradi. Uni tushunib etishga
«inson xulq-atvorining shakllanishiga jugʻrofiy muhitning ta‘siri» masalalari
bilan) ulkan hissa qoʻshdi. Passionarlik muammosi L. Gumilyov
konsepsiyasining nazariy negizini tashkil etadi. Muallifning fikricha,
passionarlik–biologik belgi, osoyishtalik inersiyasini buzuvchi dastlabki
turtki; bu passionariylarning ma‘lum sonidan iborat avlod. Ular oʻz hayoti
bilan odatdagi vaziyatni buzadilar, chunki oʻzlarini qiziqtirgan maqsadsiz
kundalik tashvishlar bilan yashay olmaydilar. Muvofiq odamlar jamiyatning
ummiy qonuniyatlari va siyosiy tizimiga moslashuvchanlikda namoyon
boʻladi va ijtimoiy jarayonlar aynan muvofiq odamlarning faoliyatibilan
belgilanadi,
Gumilyov ta‘riflagan juda qiziqarli qonunga binoan, «etnik jamoa
tomonidan amalga oshiriladigan ish passionar kuchlanish darajasiga toʻgʻri
proporsional» boʻlib, bunda «etnosning passionar kuchlanishi deganda etnik
tizimda mavjud passionarlik miqdorining etnosni tashkil etuvchi shaxslar
soniga boʻlinishi tushuniladi»
2
. Madaniyat va turmush darajasining barqaror
oʻsish davrlari esa passionar kuchlanish umumiy tarzda pasa‘ygan davrlar
bilan bogʻliq.
Umuman olganda, passionarlik hodisasining manbai koinot omillariga,
jumladan, quyosh faolligining davriy jarayonlari bilan bogʻlanadi.
L.Gumilyov
aniqlagan
passionarlik
hodisasi
inson
toʻgʻrisidagi
1
Гумилев Л.Н. Конец и вновь начало. – Москва: Наука, 1994. - С. 71.
2
Гумилев Л.Н. Этногенез и биосфера Земли. – Москва, Наука,1989. - С. 257-256.
324
V.I.Vernadskiy ta‘riflab bergan «boshqa kuchlar bilan bir qatorda, real
jugʻrofiy kuch», degan qarashni qabul qilish imkonini beradi. Bu kuch doimo
bunyodkor kuch emas, ba‘zan u ha‘lokatli oqibatlarga olib keladi. L.
Gumilyovning: «Biosfera odamlarni toʻydira oladi, ammo ularning butun Yer
yuzini biotsenzlar konversiyasi siklidan chiqarilgan ashqol-dashqollar bilan
toʻldirishga boʻlgan intilishini qondira olmaydi», degan soʻzlari buning real
isbotidir
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |