Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Insonga fan nuqtayi nazaridan yondashuv



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Insonga fan nuqtayi nazaridan yondashuv
.Tabiat haqida bilimlar 
toʻplanishi va ularning rivojlanishiga qarab, odamzotning oʻz-oʻziga boʻlgan 
qiziqishi ham kuchayib bordi, inson borligʻining bu sohadagi tadqiqotlar 
uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratuvchi yangi va yangi oʻziga xos 
xususiyatlari aniqlandi. Odatda, jamiyat hayotida tarixan Qisqa vaqt ichida 
jiddiy va teran oʻzgarishlar yuz bergan, insoniy munosabatlar negizini tashkil 
etuvchi eskicha tasavvurlar va qarashlar ta‘sirida butunlay oʻzgargan 
davrlarda insonga boʻlgan falsafiy qiziqish ayniqsa kuchaygan. Bunday 
davrlarda falsafada insonning mohiyati, uning burchi, vazifasi va yuz 
berayotgan voqealar uchun javobgarligi haqidagi azaliy masalalarga boʻlgan 
qiziqish yana kuchaygan. SHunday qilib, falsafaning ontologiya, 
gnoseologiya, etika, estetika kabi boʻlimlari bilan bir qatorda, inson haqidagi 
bilimlar sohasi asta-sekin shakllanib bordi. Bu erda inson nafaqat turli 
tomonlardan tahlil qilindi, balki uning ijtimoiy, tabiiy va kosmik jarayonlar 
bilan oʻzaro aloqalari ham oʻrganildi.
Insonni bilish borasidagi koʻp asrlik sa‘y-harakatlarni bir erga jamlab, 
ularning orasidan uzil-kesil echilgan deb hisoblash mumkin boʻlganlarini 
ajratib olsak, shak-shubhasiz yutuqlar soni uncha koʻp boʻlmaydi. Ular 
orasida avvalo shu dalilni qayd etish lozimki, insonning paydo boʻlishi Erda 
hayotning rivojlanishi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, u oʻz ibtidosi va muayyan 
tarixiga egadir. Xususan, 1982 yil Vatikandagi Rim Papasi fanlar 
akademiyasi tashkil etgan kongress ishtirokchilari – dunyoga mashhur 
antropologlar, bioximiklar va genetiklar hozirgi zamon tabiatshunosligiga 
taya‘nib, inson va hayvonot dunyosi oʻrtasida yaqin aloqa mavjud, degan 
umumiy xulosaga keldilar.
Inson va uni qurshagan dunyo tadrijiy rivojlanishini isbotlangan deb 
hisoblash mumkin. Bu nafaqat arxeologiya va Yer geologik tarixi bilan 
tasdiqlanadi, balki Erdagi hayotga doir hozirgi tasavvurlardan va umumiy 
e‘tirof etilgan «kengayib boruvchi Olam» nazariyasi tushuntiradigan 
dunyodagi evolyusion jarayonlardan ham kelib chiqadi.


308 
Biroq fan, ayniqsa genetika ba‘zan bizning avvalgi tasavvurlarimizni 
butunlay oʻzgartiradigan yangi kashfiyotlar qilishda davom etmoqda. 
Xususan, jonli mavjudotlarning biologik nusxalarini yaratish imkoniyatini 
beruvchi klonlash ketidan genetiklar, shov-shuvga sabab boʻlgan eng soʻnggi 
xabarlarga koʻra, qadimgi faylasuflarning ilgari faqat odatdagi tajribaga 
tayangan oʻlmaydigan odam yoʻqligi haqidagi taxminiy (induktiv) xulosani 
jiddiy shubha ostida qoldirishga qodir natijaga yaqinlashdilar. Jumladan, 
italyan olimlari sut emizuvchilarning qarish jarayonini alohida gen 
boshqarishini aniqladilar. Ular mazkur genni «na‘zorat osti»ga olish va shu 
tariqa sinalayotgan hayvonlar umrini populyasiya boʻyicha umrning oʻrtacha 
uzunlik koʻrsatkichiga nisbatan 35% ga uzaytirishga muvaffaq boʻldilar.
Shunga qaramay, bugungi kunda jismoniy umrboqiylik ilmiy nuqtayi 
nazardan biologiya‘ning fundamental qonunlariga zid hisoblanadi. Bu 
qonunlarga muvofiq hujayralarning boʻlinish yoʻli bilan koʻpayish 
qobiliyatining susa‘yib borishi inson hayotini cheklaydi. Xususan, insonning 
etuk organizmi taxminan 50 000 milliard hujayradan iborat ekanligi 
aniqlangan. «Odamda uning umri mobaynida bir hujayra avlodida ketma-ket 
boʻlinishlar soni elliktagacha boʻladi. Boʻlinish jarayonlari maromini hisobga 
olganda, shuni taxmin qilish mumkinki, inson umrining uzunligi (ba‘zi bir 
istisno hollardan tashqari) 110 yoshdan oshishi mumkin emas»
1
.
Biroq fan bir joyda toʻxtab turgani yoʻq va shu bois matbuotda vaqti-
vaqti bilan paydo boʻlayotgan genetik olimlarning hujayra qarishini 
toʻxtatadigan moddani topish, shuningdek organizmda mazkur moddaning 
ajralishini boshqaradigan genni aniqlash borasidagi urinishlari haqidagi 
xabarlar oʻziga jiddiy e‘tibor berishni talab qiladi.
Falsafa «boqiy» masalalarni oʻrganar va butun borliqning dastlabki 
asoslari va muhim qadriyatlarini aniqlashga harakat qilar ekan, u uzil-kesil 
yechimlar va shak-shubhasiz javoblar olishga da‘vogarlik qilmaydi. Sinovdan 
oʻtkazilgan dalillar va isbotlangan asoslarning yoʻqligi uni xijolatga 
solmaydi, zero falsafa intuitsiya, gʻoyibona ta‘sir, ilhom, mantiqiy kuchga 
asoslangan farazlar, taxminlar, toʻldirishlar bilan kifoyalanadiki, bu unga 
mavjud bilimlar va shakllangan tasavvurlar doirasidan chetga chiqib, aniq 
isbotlangan ilmiy yechimga ega boʻlmagan narsa yoki hodisani oʻzgacha 
tarzda, erkin tushuntirish imkonini beradi. Shu tariqa falsafa insonni bilish 
chegaralarini kengaytirib, uni nafaqat yuqoriroq darajaga koʻtaradi, balki 
yangi muammolarni qoʻyish imkonini beruvchi yangicha yondashuvlar, 
oʻzgacha nuqtayi nazarlar va eng muhimi – eski muammolarning yangicha 
talqinlari bilan boyitadi.
Shu ma‘noda S.She‘roziyning «Inson nimadan boshlanadi?», degan 
savolga hech ikkilanmasdan: «Inson marhumga mota‘m tutishdan 
1
Годфруа Ж. Что такое психология. – М.: 1996. Т. 2. – С.10.


309 
boshlanadi», deb javob beradi
1
va ―Dunyoga keldimu, bozorga bordim, 
kafanni oldimu, mozorga bordim‖
2
deb ta‘kidlaydi. 
Shunday qilib, haqiqiy falsafada muayyan masalalar, ayniqsa inson 
bilan bogʻliq murakkab masalalar xususida bir xil fikrlash hollari 
kuzatilmaydi. Bundan farqli oʻlaroq, fanda bir fikrlilik u yoki bu 
muammoning uzil-kesil yechimi topilganidan da‘lolat beradi. Masalan, 
«abadiy dvigatel»ni yaratish masalasi xususida olimlar orasida toʻla bir 
fikrlilik hukm suradi: hozirgi zamon tabiatshunosligi qonunlariga muvofiq 
bunday dvigatelni yaratish mumkin emas. Ammo fandan farqli oʻlaroq, 
falsafaning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, u har qanday hodisani 
oʻrganish va tushunishda taya‘niladigan qadriyatlar va moʻljallar tizimidan 
tashkil topadi. aynii shu sababli bu erda u yoki bu faylasufning dunyoni 
qanday tushunishi, uning hayotga munosabati, ayniqsa, muhim rol oʻynaydi. 
U qaysi aksiomalarni ilgari surishi, qaysi ustuvorliklarni qayd etishi, nimani 
muhim deb hisoblashi, nimaga ishonishi yoki ishonmasligidan faylasufning 
boshqa narsalarga boʻlgan tegishli munosabati, uning umumiy va xususiy 
masalalarga doir falsafiy pozitsiyasi kelib chiqadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish