Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

e‘tibor
va 
xotira
ham kiradi. 
E‘tibor 
– 
bu inson ruhiy faoliyatining muayyan obyektlarga qarab moʻljal 
olishda namoyon boʻluvchi shakli.
Xotira 
– 
bu individ miyasida uning oʻtmishdagi tajribasini 
mustahkamlash, saqlash va gavdalantirishdan iborat boʻlgan ruhiy jarayon. 
Xotiraning asosiy elementlari eslab qolish, saqlash, gavdalantirish va unutish 
hisoblanadi. Eslab qolishning fiziologik asosini bosh miya poʻstlogʻida 
vaqtinchalik nerv aloqalarining hosil boʻlishi va qayd etilishi tashkil qiladi. 
Nerv aloqalarining keyinchalik jonlanishi eslab qolingan materialni 
gavdalantirish imkoniyatini beradi, bu aloqalarning susa‘yishi esa xotiradagi 
materialning unutilishiga olib keladi.
Insonning subyektiv borligʻida muhim kichik struktura – 
oʻzlikni 
anglash
ham bor. Bu insonning oʻzini shaxs sifatida anglab etish, oʻzining 
mustaqil qarorlar qabul qilish va shu asosda odamlar va tabiat bilan ongli 
munosabatlarga kirishish, qabul qilingan qarorlar va harakatlar uchun 
javobgar boʻlish qobiliyatini tushunish jarayonidir. Boshqacha qilib 
aytganda, oʻzlikni anglash – bu oʻz-oʻziga, oʻzining ma‘naviy qiyofasiga, oʻz 
bilimlari, fikrlari, qiziqishlari, ideallari, xulq-atvor moʻljallari, harakatlari va 
shu kabilarga yaxlit baho berishdir. Oʻzlikni anglash yordamida inson oʻz-
oʻziga boʻlgan munosabatini roʻyobga chiqaradi, oʻz-oʻziga his qilishga qodir 
boʻlgan fikrlovchi mavjudot sifatida baho berishni amalga oshiradi. Bu holda 
subyekt oʻz-oʻzini va oʻzining ongini bilish obyektiga aylantiradi. SHu tariqa 
inson oʻz-oʻziga baho beradigan, shusiz hayotda oʻz oʻrnini belgilash va 
topishga qodir boʻlmagan mavjudot sifatida namoyon boʻladi.
Oʻzlikni anglash – insonning oʻzini oʻzi tinimsiz kamol toptirishining 
muhim shartidir. Oʻzlikni anglash strukturasida 
oʻz-oʻzini his qilish, oʻz-
oʻzini bilish, oʻz-oʻziga baho berish, oʻz-oʻzini boshqarish
kabi elementlarni 
ham ajratish mumkin. Umuman olganda oʻzlikni anglash refleksiya bilan 
uzviy bogʻliq. Falsafiy adabiyotlarda refleksiya tafakkurning unga oʻz 
faoliyat shakllarini (tafakkur kategoriyalarini) tahlil qilish va anglab etishga 
koʻmaklashuvchi tamoyil sifatida tavsiflanadi. aynii shu sababli refleksiyaga 


301 
inson ma‘naviy dunyosining ichki tuzilishi va xususiyatlarini namoyon 
etuvchi oʻzlikni anglash faoliyati sifatida yondashish, bizningcha, oʻrinli 
boʻladi.
Ong tarkibiy elementlari bir-biri bilan oʻzaro aloqaga kirishadi va 
ongga inson hayoti uchun oʻta muhim boʻlgan bir qancha funksiyalarni 
ta‘minlaydi.
Ongning birinchi funksiyasibilish
yoki 
aks ettirish

ya‘ni insonni 
qurshagan voqelik haqida va uning oʻzi haqida bilimlar olishdir.
Bilish 
faoliyati sifatida anglash jarayoni hissiy, obrazli bilishdan boshlanadi va 
mavhum fikrlash sari yuksaladi. Hissiy (empirik) bilish bosqichida rang-
barang ashyoviy material toʻplanadi va keyinchalik u mavhum fikrlash yoʻli 
bilan umumlashtiriladi. 
Ongning bilish funksiyasijamgʻarish funksiyasini
belgilaydi. Bu funksiya‘ning mohiyati shu bilan belgilanadiki, bevosita, 
shaxsiy tajribadan olingan bilimlargina emas, balki zamondoshlar yoki 
oʻtmishdoshlardan olingan bilimlar ham inson xotirasida jamlanadi. Bu 
bilimlar zaruriyatga qarab aktuallashtiriladi, tiklanadi va ongning boshqa 
funksiyalarini amalga oshirish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Inson xotirasi 
qancha boy boʻlsa, u optimal qaror qabul qilishi shuncha oson boʻladi.
Ongning aksiologik funksiyasi (baholash funksiyasi)dainson tashqi 
dunyo haqida ma‘lumotlar olish bilan bir vaqtda ularni oʻz ehtiyojlari va 
manfaatlari nuqtayi nazaridan baholaydi
. Ong, bir tomondan, obyektiv aks 
ettirish shakli, inson mayllari va manfaatlariga bogʻliq boʻlmagan voqelikni 
bilish shakli hisoblanadi. Bilimlar olish, obyektiv haqiqatning tagiga etish, 
bilish faoliyati sifatidagi anglash jarayonining natijasi va maqsadiga aylanadi. 
Boshqa tomondan, ong voqelikka subyektiv munosabat koʻrinishlarini, uni 
baholash, oʻz bilimini va oʻzini anglab etishni ham oʻz ichiga oladi. 
Ongning 
baholash funksiyasi bevosita‘maqsadni shakllantirish funksiyasiga 
oʻtadi. 
Maqsadga intiluvchanlik – bu ongning muhim xususiyati hisoblanuvchi sof 
insoniy qobiliyat. Maqsad – bu insonning oʻz predmetini topgan 
ideallashtirilgan ehtiyoji; bu faoliyat predmetining shunday bir subyektiv 
obraziki, uning ideal shaklida inson faoliyatining moʻljallangan natijasi 
namoyon boʻladi. Maqsadlar insoniyatning jami tajribasi negizida 
shakllantiriladi va ijtimoiy, axloqiy, estetik va boshqa xil ideallar 
koʻrinishidagi oliy shakllar sari yuksaladi. Aniq bir maqsadga qaratilgan 
faoliyat inson dunyodan qanoatlanmayotgani hamda uning bu dunyoni 
oʻzgartirish, uni insonga, jamiyatga zarur boʻlgan shaklga solish ehtiyoji 
bilan 
izohlanadi. 
Ongning 
ijod 
funksiyasida 
insonningoliy 
imkoniyatlarinamoyon boʻladi
. Maqsadga intiluvchanlik, ya‘ni inson oʻz 
harakatlarini «nima uchun» va «nimaga erishish yoʻlida» amalga oshirishini 
anglab etish har qanday ongli qilmishning zaruriy shartidir. Maqsadni 
roʻyobga chiqarish muayyan vositalarni, ya‘ni maqsadga erishish uchun 
yaratiladigan va shunga xizmat qiladigan vositalarni ishga solishni nazarda 


302 
tutadi. Inson tabiatda mavjud buoʻlmagan narsalarni bunyod etadi. U 
ongning 
kommunikativ funksiya
(aloqa funksiyasi) 
da odamlar umumiy mehnatda 
ishtirok etadilar va bir-birlari bilan oʻzaro aloqalarga kirishishga doimi 
muhtoj boʻladilar.
Fikrlarning bu aloqasi nutq orqali (ovozlik aloqa) va 
texnika vositalari yordamida (matnlar, kodlangan axborot) amalga oshiriladi. 
SHuni e‘tiborga olish lozimki, yozma matnlarda (kitoblar, jurnallar, gazetalar 
va sh.k.)da bilim emas, balki axborotgina saqlanadi. Axborot bilimga 
aylanishi uchun u subyektivlashtirilishi lozim. aynii shu sababli bosma soʻzni 
tarqat‘ish bayon etilgan axborot bilimga aylanishining kafolati emas, balki 
sharti hisoblanadi. Axborot bilimga, ya‘ni subyektiv boylikka aylanishi 
uchun qoʻshimcha kuch-gʻayrat sarflash talab etiladi.
Shaxs ongining mantiqiy siklini tartibga solish (boshqaruv) funksiyasi
yakunlaydi. Ong omillarga baho berish asosida va qoʻyilgan maqsadga 
muvofiq inson harakatlarini, keyinchalik esa – jamoalarning harakatlarini 
ham boshqaradi, tartibga soladi. Ongning tartibga solish funksiyasi insonning 
oʻzini qurshagan muhit bilan oʻzaro aloqasiga bogʻliq boʻladi va ikki shaklda: 
da‘vat etuvchi tartibga solish va ijroni tartibga solish shakllarida amal qiladi. 
Ongning bosh funksiyalari ana shulardan iborat. Ularning uygʻun 
rivojlanishigina oxir-oqibatda intellektual va ma‘naviy jihatdan komil insonni 
tarbiyalash imkoniyatini beradi.
XXI asr boshiga kelib olimlar intellektning ayrim funksiyalarini 
informatsion mashinalar zimmasiga yuklash uchun ancha koʻp zahmat 
chekdilar. Bugungi kunda kompyuterlar murakkab ishlarni bajarmoqdalar: bir 
tildan boshqa tilga tarjima qilmoqdalar, samolyotlarni, poezdlarni 
boshqarmoqdalar, shaxmat oʻynamoqdalar, hatto inson miyasiga xos boʻlgan 
ba‘zi bir mantiqiy amallarni bajarmoqdalar. Tabiiy bir savol tugʻiladi: inson 
aqlining oʻrnini bosishga qodir boʻlgan mashinani yaratish mumkin emasmi?
Texnika imkoniyatlari nuqtayi nazaridan, informatsion mashinalarni 
takomillashtirish chegarasini belgilash oʻrinli boʻlmaydi. SHunga qaramay, 
mashinalar bajaruvchi amallar bilan inson miyasida bajariladigan amallarning 
oʻxshashligi mashinalarni fikrlash qobiliyatiga ega deb hisoblash uchun asos 
bermaydi. Mohiyat e‘tibori bilan mashina inson tafakkurining faqat bir 
jihatini – formal-mantiqiy fikrlashnigina amalga oshiradi, vaholanki, 
insonning fikrlash jarayoni amalda iroda, emotsiyalar, intuitsiya, orzu, 
fantaziya va hoka‘zolardir. Inson ichki dunyosining boyligi uning ijtimoiy 
aloqalari boyligi va serqirraligining mahsuli hisoblanadi. aynii shu sababli, 
inson ongi, uning strukturasi va barcha funksiyalarini toʻliq modellashtirish 
uchun miya strukturasining oʻzinigina gavdalantirish kifoya qilmaydi. 
Buning uchun inson rivojlanishining butun tarixiy yoʻlini gavdalantirish, uni 
barcha ehtiyojlar bilan, shu jumladan siyosiy, axloqiy va estetik ehtiyojlar 
bilan ta‘minlash talab etiladi. Bularning barchasi bilishning murakkab 
vazifalarini echishda zamonaviy kibernetik qurilmalarning imkoniyatlari 


303 
cheklangan-ligidan da‘lolat beradi. Ular aslida intellektual faoliyatning 
axborotni qayta ishlash qoidalari bilan bogʻliq boʻlgan tomonlarini 
mexanizatsiyalashtirish va avtomatizatsiyalashtirish vositalaridan boshqa 
narsa emas.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish