254
Qancha koʻp qonun kashf qilinsa, taraqqiyot shuncha tez boʻladi.
Taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, rivojlanishga erishish qiyin.
Hozir
mustaqil Oʻzbekiston barcha rivojlangan mamlakat singari ijtimoiy
yoʻnaltirilgan bozor iqgisodiyotiga asoslangan demokratik davlat, fuqarolik
jamiyati barpo qilish yoʻlidan bormoqsa. Bunda umumbashariy qonunlar va
mamlakatimizning oʻziga xos xususiyatlari e‘tiborga olingan.
Inson qonunlarni bilishi, ularga amal qilishi doirasida erkindir. Erkinlik
nima? Erkinlik anglab olingan zaruriyatdir.
Har qanday qonunga xos
belgilardan biri zaruriyligi ya‘ni obyektiv tarzda amalga oshish, oʻz-oʻzidan
namoyon boʻlishdir. Erkinlik esa ana shu zaruriylikni anglab olish mazmuniga
amal qilishdan iborat faoliyatni anglatadi.
Yuristlarda shunday ibora bor: «Qonunni bilmaslik javobgarlikdan xolos
qilmaydi». Ana shu tufayli siz yuridik qonunlarni kancha yaxshi bilsangiz,
oʻzingizning faoliyatingni!» shunga moslab olib borasiz. Demak, shuncha
erkin boʻlasiz. SHu holda siz nima qonuniy, nima esa qonuniy emasligini
yaxshi bilasiz, qonunga xilof qadamlar qoʻymaysiz.
YUqoridagi fikrlarni xulosa qilib, qonunga qoʻyidagicha ta‘rif
berish
mumkin:
Qonun
olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va
takrorlanib turuvchi bogʻlanishlari, aloqalari va munosabatlarining namoyon
boʻlishidir.
Endi qonunning belgilariga toʻxtalamiz:
1)
qonun turli-tuman aloqadorliklar, bogʻlanishlardan faqat muhimlarini,
ya‘ni bunday bogʻlanishlarni ifodalaydiki, bu«olamning mavjudligi,
oʻzgarishlari va undagi narsa hamda hodisalarning mohiyatidan kelib chiqqan
boʻladi;
2)
qonun
zaruriy
bogʻlanishlarni
ifodalashi,
ya‘ni
tasodifiy
bogʻlanishlar, goh paydo boʻlib, goh yoʻqolib ketadigan bogʻlanishlarga
asoslanmaydi;
3) qonun narsa va hodisalarning umumiy bogʻlanishlarini ifodalaydi.
Qonun
nisbatan
barqaror,
takrorlanib
turuvchi
rivojlanishlarni
(munosabatlarni) ifodalaydi, ya‘ni bir safarberib, ikkinchi safar yuz
bermaydigan bogʻlanishlarni butunlay qamrab olmaydi.
Tabiat qonunlariniig yana bir eng muhim xususiyati — bu obyektiv
harakterga ega, ya‘ni
u insonga ham, insoniyatga ham bogʻliq emas. Biror
kishi, hatto millatning irodasi bilan ham, tabiat qonuniga tub oʻzgartirish
kiritish yoki uni butunlay yoʻq qilish mumkin emas. Chunki bu qonunlarning
asosini tashkil qilgan bogʻlanishlar, munosabatlar obyektiv xususiyatga ega.
Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan
birga, bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat.
Demak, voqe‘lik va oʻzgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning boʻlishi ham
odatiy hol. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, kecha va kunduz, elektrning
musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va jaholat va h. k.
Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri
255
ikkinchisini taqozo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud boʻla olmaydi. Faraz
qilaylik, magnitning manfiy zaryadi boʻlmasa, u holda ushbu narsa magnit
boʻlolmaydi.
Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat.
Lekin
narsalar qanchalik xilma-xil, turli-tuman boʻlmasin, ular oʻrtasida yaqinlik,
aynanlik mavjuddir. Masalan, stol va stul sifat jihatidan turli narsalardir.
Lekin baribir ular oʻrtasida oʻxshash tomonlar, belgilar bor.aytaylik ularning
yo rangi yoki bir turli materialdan yasalganligi yoki boʻlmasa, vazni oʻxshash
boʻlishi mumkin va h.k.
ayniiyat tushunchasi narsa va hodisalar oʻrtasidagi oʻxshash tomonlarni
ifodalaydi. Shu bilan birga narsa-hodisalar bir-biridan farq qiladigan
tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham egadir. Aynan bir xil boʻlgan narsaning
oʻzi yoʻq. Hatto daraxtning bir shohida yonma-yon turgan 2 barg ham bir-
biridan farq qiluvchi ba‘zi jihatlarga ega. Hech boʻlmaganda, ular bir-biridan
makondagi oʻrni bilan farq qiladi.
Hayotdan misol keltiradigan boʻlsak, bir-biriga tashqi tomondan
ta‘momila oʻxshash boʻlgan Hasan va Husanlarda ham xuddikun farq qiluvchi
xususiyatlar bor. Masalan, ularda fe‘l-atvor, qiziqish turi, dunyoqarashlar har
xil boʻlishi, ularning ichki dunyolari farq qilishi mumkin. Demak, ta‘rifnarsa
— hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifoda‘lovchi tushunchadir.
Xoʻsh, qonuniyatli aloqalarning muhim belgilari va asosiy xususiyatlari
qanday?
Qonun
, bu –
muhim
harakterga ega boʻlgan aloqadir.
Qonun va
mohiyat tushunchalari bir xil toifadagi tushunchalardir. Qonuniyatli
aloqalarning muhimlik va zarurlik xossalari ularning yana bir xususiyatini –
umumiyligini
keltirib chiqaradi. Umumiylik qonunning tegishli sharoit
boʻlgan hamma erda amal qilishini bildiradi. Qonunlar kamroq umumiy
boʻlib, faqat moddiy jarayonlarning cheklangan sohalaridagina amal qilishi,
ayrim konkret fanlar tomonidangina oʻrganilishi (masalan, energiya‘ning
saqlanishi va aylanishi qonuni) mumkin; shuningdek qonunlar falsafa
tomonidan oʻrganiladigan umumiy, universal boʻlishi mumkin (dialektika
qonunlari).
Qonunlar oʻzining
ifodalash shakllari
boʻyicha bir-biridan farq qiladi.
Bir xil qonunlar hodisalar oʻrtasidagi qat‘iy miqdoriy bogʻliqlikni aks
ettiradi va fanda matematik formulalar bilan qayd etiladi (masalan,
butun
jahon tortilish qonuni). Boshqa xil qonunlarni esa qat‘iy matematik
formulalar bilan ifodalab boʻlmaydi (masalan, tabiiy tanlanish qonuni).
Qonunlarni sinflarga boʻlish gʻoyat muhim ahamiyatga ega: dinamik
qonunlar (qattiq determinatsiya),
statistik
(ehtimoliy) qonunlar,
simmetrik
qonunlar,
boshqaruv
qonunlari. Qonunlarning turli sinflari mavjudligi
dunyoda sifat jihatdan turli-tuman muhim aloqalar mavjudligini aks ettiradi,
bu esa ilmiy bilim tuzilmasida, uning tuzilish mantiqida oʻz ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: