Olamning mavjudligi — miqdor va sifat voqe’ligi
tarzida namoyon
boʻladi. Buning mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli
boʻlmagan miqdoriy oʻzgarishlar asta-sekin toʻplana borib, taraqqiyotning
ma‘lum bir bosqichida me‘yorni buzadi va sakrash yoʻli bilan tub sifat
oʻzgarishlariga olib keladi. Harakat jarayonida predmetlarda ma‘lum
oʻzgarishlar sodir boʻladi. Biron – bir lahzagacha miqdor oʻzgarishlar
koʻpayadi, ichki va tashqi ta‘sirlar natijasida obyektda yuz beradigan
jarayonlarning miqyosi kengayadi. Keyinchalik «toʻplanib» qolgan miqdor
oʻzgarishlar bilan obyektning sifati oʻrtasidagi tafovut hosil boʻladi.
Tafovutni oʻtkirlashib borishi yangi sifatning vujudga kelishi bilan
yakunlanadi. Polimerdan biopolimerning hosil boʻlishi, har qanday yangi
obyektlarni
vujudga
kelishi
sifat
oʻzgarishidan dalolat beradi.
Yangi sifatning vujudga kelishi oldin sodir boʻlgan miqdor oʻzgarishlar
turgʻunlikni saqlab turgan me‘yorni buzilishi orqali yuz beradi. Oʻz navbatida
yangi sifat oʻzgargan miqdor bilan birlikni hosil qilar ekan, obyektni oʻzida
yangi me‘yor paydo boʻladi.
Tabiiyki, yangi sifat yangi miqdoriy oʻlchamni keltirib chiqaradi. Bu
xislatni asosida yotgan narsa – obyektdagi elementlarning harakati va
mustaqilligining miqyosini oshishi, muhit bilan massa, energiya va struktura
vositasi orqali almashunuv jarayonining tezlanishi yoki kengayishi,
predmetning
mukamallashishiga
qaratilgan
faollik
qobiliyatini
yuksalishidadir. Bu yangi sifat va miqdor olib kelgan jarayonlar mazmunan
rivojlanishdan darak beradi. Miqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishiga
oʻtishi, hamda, yangi sifat oʻz navbatida yangi miqdoriy xislatlarni keltirib
chiqarishi rivojlanishi qanday yuz berishini koʻrsatadi.
Miqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishiga oʻtishi, borliqda bunday
oʻtishni doimiy va umumiy usul tazrda namoyon boʻlishi bu jarayonga
qonuniyat tusini beradi. Bu xildagi qonuniyatning amal qilishi ikki
yoʻnalishda
sodir
boʻladi:
1.
Ma‘lum tizim doirasida miqdor
oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishiga oʻtishi oldin mavjud boʻlmagan yangi
258
predmetni yuzaga keltiradi. Ilmiy bilish sohasida oldin ma‘lum boʻlmagan
faktlarni tahlil qilish mavjud konsepsiya‘ning cheklanganligini koʻrsatishi va
yangi mazmunga ega boʻlgan nazariya‘ni ishlab chiqishga olib kelishi
mumkin. 2. Miqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishiga oʻtishi biron – bir
oldindan mavjud boʻlgan tizimning yoʻqolishi emas, balki uning yangilanish
shaklida namoyon boʻlishi mumkin. Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va
hodisalar bir- biridan oʻz sifati bilan ajralib turadi.
Sifat
— narsalarning ichki
va tashqi muayyanligi boʻlib, uning qator xossa, belgi, xususiyatlari birligini
ifodalaydi. Sifat narsa qanday boʻlsa, uni shundayligicha koʻrsatib beradi,
jismning barcha tashqi xossalarini bogʻliqlikda namoyon qiladi.
Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini, uning iisbiy
barqarorligini, bir-biriga oʻxshashligi yoki oʻxshamasligini ifodalaydi. U keng
ma‘noda narsalarning turli-tuman xossalari yigʻindisidir. Lekin sifat va xossa
aynan bip xil ma‘nodagi tushunchalar emas. Sifatning oʻzgarishi, muqarrar
suratda, xossaning oʻzgarishiga olib keladi. Biroq xossaning oʻzgarishi har
doim sifatning oʻzgarishiga ta‘sir qilavermaydi, ayrim xossalar narsalarning
sifatiga ta‘sir etmasdan yoʻq boʻlib ketishi mumkin. Sifat predmetning
doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda egadi.
Narsalar sifat muayyanligidan tashqari, bir-biridan miqdoriy tomonlari
bilan ham farq qiladi.
Miqdor
predmetning hajmi, oʻlchovi, ogʻirligi, harakat
tezligi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Tabiat hodisalari kabi ijtimoiy
hodisalar ham miqdoriy tomonga ega. CHunonchi, suv oʻz solishtirma
ogʻirligiga, qaynash va muzlash darajasiga ega. Bir ijtimoiy tuzum
boshqasidan xususiyati jihatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi kuchlar
taraqqiyoti, mehnat unumdorligi, madaniyati va hoka‘zolar bilan ham farq
qiladi. Har qanday hodisa miqdor va sifat birligiga ega. Tabiatda faqat
miqdorga va sifatga ega boʻlgan, ya‘ni sifati boʻlib miqdori, miqdori boʻlib
aksincha, sifati boʻlmagan narsaning oʻzi yoʻq.
Taraqqiyot jarayonida miqsor oʻzgarishlari tub sifat oʻzgarishlariga
oʻtishi bilan birga sifat oʻzgarishlari miqdor oʻzgarishlariga ham oʻtadi.
Miqdor oʻzgarishlari bitan sifat oʻzgarishlari oʻzaro chambarchas bogʻlangan
boʻlishiga qaramay, ylar ayrim oʻziga xos xusussiyatlarga ham ega.
Chunonchi:
-
birinchidan, miqdor oʻzgarishlari doimo yuz berib turadi Hatto hodisalar
sifatining nisbiy barqarorligi davrida ham miqdoriy oʻzgarishlar asta-sekin
yuz beradi. Sifat oʻzgarishlariga oʻtish faqat ma‘lum bir davrda boshlanadi;
-
ikkinchidan, miqdor oʻzgarishlari ma‘lum vaqtgacha narsalarga muhim
ta‘sir koʻrsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 100° gacha suyuqlik
holatini yoʻqotmaydi, keyin esa bugʻga aylanadi, sifatini oʻzgartiradi. Demak,
sifat oʻzgarishlari hodisalarni tubdan oʻzgartirib, uning boshqa hodisaga
aylanishini taqozo qiladi;
-
uchinchidan, miqdor oʻzgarishlari asta-sekin amalga oshadi
259
koʻp hollarda sezilmasdan oʻtadi. Sifat oʻzgarishlari esa ancha keyin, ayrim
holatda toʻsatdan sodir boʻladi;
-
toʻrtinchidan, sifat oʻzgarishlari miqdor oʻzgarishlariga qaraganda tub
oʻzgarish boʻlib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |