Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Sistema, struktura, element
falsafaning muhim kategoriyalaridan 
boʻlib hisoblanadi. Sistema – grekcha soʻz boʻlib, mantiqiy ma‘nosi butunlik, 
yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma‘nolarni anglatadi. 
Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning 
strukturaviy munosabatlariga mos keladi. SHu nuqtayi nazardan, bilish 
jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil 
qilingan targʻibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan 
izohlanadi. Xususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga 
koʻra turkumlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, chunki 
insonning borliqni bilish faoliyati sistema strukturasidagi elementlarning 
mavjudlik holati va rivojlanishi obyektiv qonuniyatlarini oʻrganish asosida, 
ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya‘ni, insonning 
obyektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, 
na‘zorat qilish faoliyatlari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli 
kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan harakterlanadi. 
Sistema — narsa va hodisalarning bogʻlanishlari, aloqadorligi va 
munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa 
hodisalar bogʻlanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va 
zamondagi birligini ta‘minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. 
Umuman, struktura (lotin tilida toʻzilish, tartib degan ma‘noni anglatib), 
sistemani tashkil qilgan elementlarning nisbatan turgʻun bogʻlanish, 
aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi mavjud falsafiy qarashlarda 
strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tashkil 
qilgan elementlarning strukturaviy toʻzilishi uning mavjudlik holatini hamda 
rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning 
targʻibiy toʻzilishlari xususiyatlariga qarab, moddiy olamning xilma-xil 
koʻrinishlari, 
DNK 
yoki 
RNK 
ning 
oʻzaro ichki munosabatlari, 
xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi aniqlangan. 
Ular umumlashgan holda, moddiy olamning obyektiv realligi tarzida mavjud 
boʻlsa ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega boʻlgan sistemalardir. 
Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, makon va zamon 
xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» va «tashqi struktura» ga 
ajratish mumkin. 
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning oʻzaro bogʻlanish, 
aloqadorlik, munosabat jihatlarini ta‘minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy 
qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy munosabatlarning konkret koʻrinishlari 
tarzida namoyon boʻladi. Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan 
boʻlsak, undagi element alohida individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning 
ongli munosabatlari tarzida koʻzga tashlanadi. Ya‘ni, jamiyatning axloqiy, 
huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlari strukturaviy toʻzilishni 


266 
tashkil qilgan. Oʻz navbatida, sistemani toʻlaligicha bilish, uning stukturaviy 
toʻzilishidagi har bir elementning funksional faoliyatini alohida tahlil qilishni 
taqozo etadi. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, insonlarning narsa hamda hodisalarga 
muayyan manfaatlari va ehtiyojlariga koʻra yondashishiga qarab, har bir 
elementni nisbatan mustaqil sistema sifatida olib qarash mumkin. Masalan, 
ma‘naviyat jamiyat strukturasida, uni tashkil qiluvchi muhim elementlarning 
biri hisoblanadi, lekin ma‘naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa sifatida alohida 
olib tahlil qiladigan boʻlsak, uning ichki elementlardan iborat mustaqil 
sistemaligini koʻramiz. Shunga koʻra, sistema, struktura va element nisbiy 
tushunchalar boʻlib, kategoriyalar sifatida, unga boʻlgan munosabat doirasida 
konkretlashadi. 
Shuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy 
kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy 
tahlil usullarining umummetodologik asosi boʻlib hisoblanadi. 
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga koʻra: 
muhim va muhim boʻlmagan, asosiy va asosiy boʻlmagan elementlarga 
ajratib oʻrganish alohida ahamiyatga ega. Chunki har qanday konkret 
element, muayyan sistemada makon-zamon xususiyatlariga koʻra, oʻz 
ahamiyatiga 
ega 
boʻladi. 
Birok, 
ularning 
ahamiyatini, 
yuqorida 
koʻrsatilganidek, turkumlashtirish mutloqo nisbiy hamda shartli harakterga 
ega boʻlib, muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida yondashishdan kelib 
chiqadi. SHunga koʻra, konkret makon va zamonda sistemani tashkil 
qilishdagi elementlarning ahamiyati strukturaviy funksiyasida muqobilliklar 
vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. YA‘ni, sistemadagi uning harakterini 
belgilab toʻrgan muhim element, ma‘lum vaqtga kelib muhim boʻlmagan 
elementga aylanishi yoki aksincha boʻlishi mumkin. 
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va 
hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos boʻladi. 
Falsafa fanidagi an‘anaviy tarzda yozilgan darsliklar, oʻquv 
qoʼlanmalaridan farqli ularok, bu kategoriyalarni qiyosiy tahlil qilishimizdan 
maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmunini ochib berish imkoniyatini 
yaratishdir. Chunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va 
oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va vokelik» kategoriyalarining 
mazmuni, yuqorida koʻrsatilgan «alohidalik», «xususiylik» «umumiylik», 
«butun», «qism», «struktura», «element», kategoriyalari mazmuni bilan 
uzviy bogʻliqdir. Shuning uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-birini taqozo 
qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi tarzida 
olib qarashni 
lozim 
topdik.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish