«
juft kategoriyalar
»
deb ataladigan;
umumiy bogʻlanish va aloqadorlik munosabatlarini ifoda‘lovchi tushunchalar
ham bor.
Mohiyat va hodisa, mazmun va shakl, miqdor va sifat, sabab va
263
oqibat, zarurat va tasodif, imkoniyat va voqe‘lik
shular jumlasidandir. Ular
narsa va hodisalarning muayyan yoʻnalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan
barqaror,
davriy
takrorlanib
turuvchi
bogʻlanish
va
aloqadorlik
munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik,
bogʻlanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining
oʻzluksizligini ta‘minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan.
Alohidalik, xususiylik, umumiylik.
Ular narsa va hodisalarning
rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda
namoyon qiladi. Umumiylik – olamdagi alohida, individual tarzda namoyon
boʻlayotgan narsa – hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa
hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon boʻlishidir.
Alohidalik va umumiylik oʻrtasidagi bogʻlanish, aloqadorlik va munosabat
«xususiylik»
kategoriyasi
orqali
ifodalanadi.
Birinchidan,
bu
kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi
konkretlik boʻlib hisoblanadi. Ikkinchidan, «alohidalik», «xususiylik»,
«umumiylik» narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini
ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon
boʻlishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining
namoyon boʻlish shaklidir.
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alohidalikdan
xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka oʻtish tarzida yoki aksincha,
izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va
maqsadi har qanday alohidalikning individual xususiyatlarini umumiylikdan
farqlashdan iboratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga oʻtish
jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati boʻlsa ham, bu jarayon turli
ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun oʻziga xos boʻlgan
modelni taqozo qiladi. Alohidalikning umumiylikdan farqini aniqlash
asosida, maxsus usul va vositalarini qullash bozor strategiyasi va
taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga yordam beradi.
Alohidalik yoki, ba‘zi falsafiy adabiyotlarda koʻrsatilganidek, yakkalikni
muayyan xossa hamda xususiyatga ega boʻlgan narsa va hodisalarning
makon va zamondagi chegaralangan konkret holati, boshqacha qilib
aytganda, har qanday hodisa va narsaning ichki sifat muayyanligi,
individualligi deyish mumkin.
Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muayyan
turgʻunlikka ega boʻlgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun, Arastu). Xegel,
alohidalikni voqealarning zaruriy shakli, makon va zamondagi tafovutlarning
namoyon boʻlish momenti sifatida qaraydi.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohidalikning
umumiylikdan farqini mutloqlashtirish natijasida muayyan qarashlar vujudga
kelishi mumkin (Bu haqda «Osiyotsentrizm» va «Evropatsentrizm»
ta‘limotlari toʻgʻrisida eslash kifoya).
264
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojlanishida
muayyan ichki birlik mavjud boʻlib, madaniyat tarixida har bir xalq, millat
oʻz oʻrni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning uchun umuminsoniyat
sivilizatsiyasi tarkibidagi milliy madaniyatni mutloqlashtirish, muayyan
siyosiy
manfaatlarga
asoslangan
boʻlib,
buyuk
davlatchilik,
shovinistik qarashlardan boshqa narsa emas. Bu XX asrning 30-yillarida
fashizm mafkoʻrasini shakllantirgan asosiy sababalardan biri edi.
Alohidalikni, umumiy
qonuniyatlar
targʻibidagi,
elementlarning
individual rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak. Chunki har
qanday umumiylik, dastlab vokelikning alohidaligi tarzida vujudga keladi.
Shunga koʻra, har qanday sistema oʻz targʻibidagi nisbatan yangi, alohida
hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir boʻla olmaydi. Shunday qilib,
alohidalik voqe‘lik rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi.
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari oʻrtasidagi
bogʻlanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda,
ularning muayyanligi va mazmunini ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa,
umumiylikning konkretligi alohidaliklar sistemasi tarzida namoyon boʻladi.
Bu sistemaga strukturali yondashish bilishning nisbatan tolaqonli boʻlishini
ta‘minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy
munosabatlari oʻziga xos boʻlgan yoʻnalishlarini vujudga keltirgan. Ya‘ni,
iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy ekologik va boshqa shu kabi ijtimoiy
munosabatlar umumiy madaniyat targʻibida «iqtisodiy madaniyat», «huquqiy
madaniyat», «siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan
mustaqil yoʻnalishlarga asos boʻlgan. Bu madaniyat yoʻnalishlari nisbatan
mustaqil boʻlsa ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va
rivojlanish tendensiyasi umuminsoniyat sivilizatsiyasi manfaatlaridan kelib
chigkan boʻlib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi.
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura»,
«sistema», «element», kategoriyalari oʻrtasida uzviy bogʻliqlik va muayyan
farqlar mavjud. Ya‘ni «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va
hodisalar rivojlanish jarayonidagi bogʻlanish, aloqadorlik munosabatlarining
yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash boʻlsa, «butun», «qism», «struktura»,
«sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi
bogʻlanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtayi
nazardan, butunni – umumiylik, qismni yoki elementni – alohidalik tarzida
olib qarash holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan oʻxshashlik boʻlishiga
qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda
sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham boʻlishi mumkin.
Umuman, narsa va hodisalarni targʻibiy jihatdan «butun», «qism»,
«element»larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa boʻlib, uning
samaradorligini ta‘minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga koʻra, yuqorida
265
aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas,
balki usuli sifatida olib qaralishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |