О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/21
Sana22.05.2023
Hajmi0,68 Mb.
#942184
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim

q
q
p
q
q
p
I
р
Indekslashtirilayotgan belgi о‘rtachalarining nisbati о‘zgaruvchan tarkibli 
indeks deb yuritiladi. 






0
0
0
1
1
1
0
1
.
.
:
q
q
p
q
q
p
р
р
I
тарк
ўзг
р
Agar doimiy tarkibli indeks faqatgina indekslashtirilayotgan belgining 
о‘zgarishini tavsiflasa, о‘zgaruvchan tarkibli indeks esa о‘rtachaning umumiy 
о‘zgarishiga ta’sir qiluvchi ikkita omilni, ya’ni indekslashtirilayotgan belgi 
birikmalarining о‘zgarishi(
i
P
)ni hamda vaznlar tuzilmasining о‘zgarishini о‘zida 
aks ettiradi. 
 
Hududiy indekslar. 
Murakkab iqtisodiy hodisalarning hudud (korxona, 
tashkilot, tuman, viloyat)lar bо‘yicha nisbati statistikada hududiy indekslar deb 
yuritiladi. Bu indekslar ham alohida va umumiy kо‘rinishda bо‘lishi mumkin. 
Umumiy hududiy indekslarni hisoblash jarayonida vazn masalasini 
aniqlashda ancha-muncha qiyinchiliklarga duch kelinadi. Bu yerda ayniqsa 
taqqoslash bazasi va vazni qilib qaysi bir obyektni (hududni) tanlash 
tо‘g‘riligini hal qilish juda ham muhimdir. 
О‘zaro bog‘langan indekslar, omilli tahlil.
О‘zaro bog‘langan indekslar 
yordamida hodisalar о‘rtasidagi bog‘lanshini, natijaviy belgining umumiy 
о‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar kuchini tahlil qilish imkoniyati tug‘iladi. 
Umumiy indekslar о‘rtasida quyidagi bog‘lanishlar mavjud.
Baho indeksini sotilgan mahsulotning tabiiy hajmi indeksiga kо‘paytirsak, 
sotilgan mahsulot 
qiymati indeksi
kelib chiqadi.
qp
q
p
I
I
I


Tannarx indeksini ishlab chiqarilgan mahsulotning tabiiy hajmi indeksiga 
kо‘paytirsak, 
ishlab chiqarish xarajatlari indeksi
kelib chiqadi:
qc
q
c
I
I
I


Mehnat unumdorligi indeksini sarf qilingan mehnat miqdori indeksiga 
kо‘paytirsak, 
ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdor indeksi
kelib chiqadi:
a
T
t
I
I
I


Hosildorlik indeksini ekin maydoni indeksiga kо‘paytirsak, 
yalpi hosil 
indeksi
kelib chiqadi.
ях
эм
х
I
I
I


Baho indeksining teskari qiymati 
pulning sotib olish qudrati indeksiga
teng:
p
I
I
I
p
1
/
1

Doimiy tarkibli indeksni tuzilma siljishlari indeksiga kо‘paytirsak, 
о‘zgaruvchan tarkibli indeks kelib chiqadi:
ут
туз
ДТ
I
I
I




Real ish haqi indeksi nominal ish haqi indeksi bilan iste’mol buyumlari va 
xizmatlari bahosi indeksiga bо‘linganiga teng:
ИБХ
нх
px
I
I
I
:

Statistikada agregat indekslardan tashqari о‘rtacha indekslardan 
foydalaniladi. О‘rtacha indekslar agregat indekslarni hisoblash uchun kerakli 
ma’lumotlar bо‘lmagan xollarda hisoblanadi. Masalan, narxlar tо‘g‘risida 
ma’lumotlar bо‘lmagan, ammo joriy davr uchun mahsulotlar qiymati 
tо‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud va har bir tovar bо‘yicha individual baho 
indeksi ma’lum bо‘lgan hollarda agregat indeksni individual indekslarning 
о‘rtacha kо‘rsatkichi sifatida hisoblash mumkin. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.
Indeks atamasi nimani bildiradi? 
2.
Statistikadagi indeks so’zi bilan boshqa tarmoqlarda ishlatiladigan indeksi so’zi bir xil 
ma’noga egami? 
3.
Statistik indekslar nima uchun kerak? 
4.
Indekslarning qaysi turlarini bilasiz? 
5.
Yerqo’rg’on bozorida o’tgan yili 10000 kg sabzi 90 so’mdan, bu yil 1200 kg 100 
so’mdan sotildi. Sabzi bo’yicha miqdor va baho individual indekslarini hisoblang. 
6.
Individual indekslar umumiy indekslardan nima bilan farq qiladi? 
7.
Indekslashtirlayotgan belgi va uning vaznlari deganda nimani tushunasiz? 
12-MAVZU. О‘ZBEKISTON MILLIY HISOBLAR TIZIMI – IQTISODIY 
STATISTIKANING USLUBIY NEGIZI 
Reja: 
12.1. Milliy hisoblar tizimi haqida tushuncha. 
12.2. Iqtisodiy rivojlanish darajasini va dinamikasini xarakterlaydigan о‘zaro 
bog‘liq bо‘lgan kо‘rsatkichlar tizimi. 
12.3. Milliy hisoblar tizimi hisoblamalari tasnifi va ularni tuzish tamoyillari. 
12.4. Daromadlarni hosil bо‘lish hisoblamasining kо‘rsatkichlari va uning о‘ziga 
xos xususiyatlari. 
12.5. Yalpi ichki mahsulot – milliy hisoblar tizimining asosiy kо‘rsatkichi. 
12.6. Yalpi milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash. 
Adabiyotlar: 2, 4, 7, 11, 13, 14, 15, 16, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26 
Tayanch iboralar: 
Milliy hisoblar tizimi hisoblamalari tasnifi va ularni tuzish 
tamoyillari. Ishlab chiqarish hisoblamasining kо‘rsatkichlari va uning uslubiyati. 
Daromadlarni hosil bо‘lish hisoblamasining kо‘rsatkichlari va uning о‘ziga xos xususiyatlari. 
Birlamchi daromadlar tushunchasi. Daromadlarni taqsimlash hisoblamasining kо‘rsatkichlari 
va uning о‘ziga xos uslubiyati. Yalpi ichki mahsulot.
Statistika amaliyotiga Milliy hisoblar tizimini (MHT) kiritish respublika 
statistikasi uchun statistik ma’lumotlarni tahlil qilishni yangi usullaridan 
foydalanishni taqozo etadi. 
MHT – barcha mamlakatlar miqyosida milliy hisoblamalarning yangi 
konseptual tizimi, milliy iqtisodiyotning xalq xо‘jaligi balansi (XXB) tizimidan 
tubdan farq qiladigan yangi makrostatistik modelidir. 
Dastlabki MHTda moddiy ne’matlar va xizmatlarni yaratish, taqsimlash va 
iste’mol qilishda qatnashuvchilar bajaradigan iqtisodiy funksiyasiga kо‘ra, 


ma’lum yirik guruhlarga ajratilgan. Har bir guruh yoki xо‘jalik birligi MHTda 
xо‘jalik faoliyatini tahlil etishga asos qilinib, «iqtisodiy agent», deb nomlanadi. 
Dastlabki MHTga 5 xil iqtisodiy agent kiradi: nomoliyaviy korxonalar, uy 
xо‘jaliklari, hukumat, moliya muassasalari va chet ellik tashqi agentlar. 
MHTda iqtisodiy agentlarning faoliyati zamon (odatda yil va chorak) va 
makon (milliy chegaralar doirasida) bо‘yicha tadqiq qilinadi. 
Shunday qilib, dastlabki MHT faqat milliy daromad hisoblari tizimidan 
iborat bо‘lib qoldi. Bu tizimning bosh maqsadi mamlakat iqtisodiy faoliyati 
miqyosini о‘lchashdan iborat edi. Keyinchalik bu maqsad anchagina 
kengaytirildi va iqtisodiy hisob-kitoblarning barcha tizimlarini qamrab oluvchi 
har 
tomonlama 
tashkil 
qilingan 
xalq 
xо‘jaligi 
statistikasi 
tomon 
takomillashtirildi.
«Milliy hisoblar tizimi» fanining predmeti – ichki va tashqi iqtisodiyot 
bо‘yicha milliy hisoblamalar tizimini tuzish uslubiyatini, jumladan, 
hisoblamalarni tuzish usullari va qoidalari, uning mazmuni, milliy 
hisoblamalarning kо‘rsatkichlar tizimi, ularni hisoblash usullari va о‘zaro 
bog‘lanishlari; sektor hisoblamalarini tuzish xususiyatlari va maqsadi; har bir 
hisoblamaning iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishdagi о‘rni, tashqi iqtisodiy 
faoliyatni tavsiflash, milliy hisoblar konsepsiyalari asosida tarmoqlararo 
balansni о‘rganish hisoblanadi.
Milliy hisoblar tizimi – asosan balans usuliga asoslangan bо‘lib, har bir 
hisoblamada (balans) uning resurslari va foydalanish qismi orasidagi tenglik 
balanslashtiruvchi moddani hisoblash yо‘li bilan ifodalanadi. Har bir 
hisoblamada balanslashtiruvchi modda о‘rganilayotgan iqtisodiy jarayonlarning 
natijalarini xarakterlashda mustaqil ahamiyatga ega. Shuningdek, bu 
balanslashtiruvchi modda oldingi hisoblamani keyingi hisoblama bilan 
bog‘lovchi bо‘g‘in sanaladi. 
Iqtisodiy 
rivojlanishni 
baholovchi 
kо‘rsatkichlar 
tizimi 
ishlab 
chiqarishning barcha bosqichlarida faoliyat natijalarini ifodalaydi. Ishlab 
chiqarish faoliyatining pirovard natijalari alohida korxona va tashkilotlar, 
tarmoqlar, sektorlar va butun iqtisodiyot bо‘yicha о‘rganiladi. Ishlab chiqarish 
natijalarini tavsiflovchi kо‘rsatkichlarni aniqlash mamlakat rivojlanishi va 
istiqboli uchun muhimdir. 
Mamlakat 
iqtisodini 
umumlashtirib, 
baholovchi 
kо‘rsatkichlar 
makroiqtisodiy kо‘rsatkichlar deb ataladi. Bu kо‘rsatkichlar hozirgi kunda milliy 
hisoblar tizimi (MHT) asosida aniqlanadi va iqtisodiy faoliyatning turli 
bosqichlari (ishlab chiqarish, daromadlarni shakllantirish va taqsimlash hamda 
ularning oxirgi iste’moli)ni tavsiflaydi. 
Ishlab 
chiqarish 
bosqichlari 
quyidagi 
kо‘rsatkichlar 
yordamida 
baholanadi: yalpi ishlab chiqarish (YAICH), oraliq iste’mol (OI), yalpi 
qо‘shilgan qiymat (YAQQ), yalpi ichki mahsulot (YAIM), sof ichki mahsulot 
(SIM) va boshqalar. 
YAICH – ma’lum davr mobaynida muayyan mamlakat hududida 
instituitsional birliklar yaratgan jami mahsulot va xizmatlarning yalpi 
qiymatidir. 


OI – tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan 
tovar va xizmatlar qiymatidir. Uning tarkibiga asosiy kapital iste’moli 
qо‘shilmaydi. 
YAQQ – bu YAICH va OI orasidagi tafovut, ya’ni: 
YAQQ= YAICH – OI 
YAQQning bozor bahosidagi qiymati quyidagicha aniqlanadi: 
YAQQbb = YAQQab + SSm.va imp. 
Bu yerda:
SSm.va imp. – mahsulot va importga sof soliq, ya’ni: 
SSm.va imp. = Soliq m.va imp. – Subsidiya m.va imp. 
YAIMni quyidagi 3 usul bilan hisoblash mumkin: 
1. Yalpi qо‘shilgan qiymat yig‘indisi (ishlab chiqarish) usuli.
2. Birlamchi daromadlar yig‘indisi (taqsimlash) usuli. 
3. Yakuniy foydalanish komponentlari (pirovad yig‘indisi) usuli. 
YAIMni ishlab chiqarish usulida hisoblash uchun tarmoqlar yoki
sektorlar bо‘yicha guruhlangan barcha mustaqil rezidentlarning yalpi qо‘shilgan 
qiymati jamlanadi:
YAIM=∑YAQQ 
YAQQ =YAICH-OI 
YAICH – tarkibiga quyidagilar kiradi: 
– barcha mahsulotlar;
– boshqa institutsional birliklarga, xususan, davlat boshqaruv 
organlari va notijorat tashkilotlarga kо‘rsatilgan xizmatlar; 
– uy xо‘jaligi va yashash uchun kо‘rsatilgan zaruriy xizmatlar qiymati. 
Oraliq iste’moli quyidagi elementlardan tashkil topadi: 
– moddiy xarajatlar;
– nomoddiy xizmatlar uchun tо‘lovlar;
– safar xarajatlari va mehmonxona xizmatlari; 
– oraliq iste’molning boshqa xarajatlari; 
– mehmonxona xarajatlari. 
Taqsimlash usuli. YAIM bu usulda hisoblanganda, uning hajmi mamlakat 
hududidagi barcha rezident va norezidentlarga tо‘langan birlamchi daromadlar 
yig‘indisi teng bо‘ladi. 
YAIM=∑ BD( birlamchi daromad). 
1993-yilda statistika amaliyotiga kiritilgan MHT ning uchinchi xalqaro 
standarti bо‘yicha quyidagi daromadlar birlamchi daromad hisoblanadi: 
1. Ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan daromadlar: 
a) mehnat haqi hamda ishlab chiqarish va iqtisodiyotdagi sof soliqlar; 
b) yalpi foyda va yalpi aralash daromadlar. 
2. Mulkdan olingan daromadlar, ya’ni boshqa iqtisodiy birliklarda foydalanish 
uchun ularning ixtiyoriga berilgan moliyaviy va nomoliyaviy aktivlardan 
olingan daromadlar. 
a) foizlar;
b) dividendlar; 
s) chet el investitsiyalarini qayta investitsiyalash natijasida olingan 


daromad turi; 
d) sug‘urta polislarining egalariga beriladigan mulkdan olingan da- 
romadlar;
ye) renta. 
Mehnat haqiga yalpi ish haqi, ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, natural 
ish haqi kiradi. 
Ishlab chiqarish va import soliqlari 2 xil bо‘ladi: 
1. Mahsulot va import solig‘i 
2. Ishlab chiqarishning boshqa solig‘i 
YAIM taq =YAF + AD +MX +SS 
Bu yerda: 
YAF – yalpi foyda; 
AD – aralash daromadlar; 
MX – mehnat haqi; 
SS – ishlab chiqarish va importga sof soliqlar. 
Mahsulot va import solig‘iga quyidagilar kiradi.: 
a) QQS;
b) aksiz solig‘i; 
s) oborot solig‘i; 
d) reklama solig‘i; 
ye) foyda solig‘i; 
f) eksport va import solig‘i. 
YAQQ ning yollanma xodimlariga mehnat haqi, ishlab chiqarish va 
import solig‘i tо‘langandan keyin qoladigan qismi yalpi oraliq daromadlar deb 
ataladi. 
Pirovad iste’mol xarajatlari yig‘indisi usuli. 
Bu usulda YAIM ning qiymati yakuniy iste’molni tashkil etuvchi 
elementlarning summasi sifatida aniqlanadi: 
YAIMpir.= YAI + YAJ + E – I + Sx. 
Bu yerda:
YAI – uy xо‘jaliklari, davlat muassasalari va ijtimoiy tashkilotlarning pirovard 
iste’moli; 
YAJ – yalpi jamg‘arma; E – mahsulot va xizmatlar eksporti; I – mahsulot va 
xizmatlar importi; Sx. – statistik xatolik. 
Makroiqtisodiyotda 
turli 
maksadlarga 
yо‘naltirilga 
kо‘plab 
kursatkichlardan farqlaniladi. (Yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki maxsulot, milliy 
daromad va boshqalar). Ular orasida eng asosiysi bо‘lib, yalpi ichki mahsulot 
(YAIM) kо‘rsatkichi hisoblanadi. 
YAIM - bu xalq xо‘jaligi bо‘yicha iqtisodiy faoliyatni yakuniy 
kо‘rsatkichlarini ifodalovchi umumiy kо‘rsatkichdir. U asosan bir-biri bilan 
mustaxkam bog‘langan iqtisodiy jarayon oqimlarini: moddiy ne’matlar ishlab 
chiqarish va xizmatlar kо‘rsatish, daromadlarni taqsimlash, moddiy ne’mat va 
xizmatlardan pirovard foydalanishni о‘rganishda keng qо‘llaniladi. 
YAIM - bu barcha xо‘jalik birliklari bо‘yicha: moddiy ishlab chiqarish 
soxasidan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarni, xizmat kо‘rsatish sohasini, 


shuningdek aholini shaxsiy yordamchi xо‘jaliklarini, yakka tartibdagi mehnat 
faoliyatini iqtisodiy natijalarini о‘z ichiga oladi. Iqtisodiy faoliyat natijalarida 
yaratilgan moddiy ne’matlar va kо‘rsatilgan xizmatlar kiradi. 
YAIMni hisoblashda 3 xil usuldan foydalanamiz (ishlab chiqarish, taksimot 
va yakuniy iste’mol).
YAIM - YAMMning bir qismi bо‘lib hisoblanadi va ularning (farqi 
shundan iboratki, YAMM shu mamlakat korxonalarining qaysi davlat hududida 
joylashganligiga qaramasdan iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalaydi. 
YAIM esa ushbu mamlakat hududidagi xо‘jalik birliklari tomonidan moddiy 
birliklar ishlab chiqarish va xizmatlarni kо‘ratishni aks ettiradi. 
YAIM - bu yil davomida mamlakatda yaratilgan pirovard mahsulotlarning 
qiymatini ifodalaydi. MHT ning umumpy hisoblarida YAIMni takror ishlab 
chiqarishni xar xil aspektlari: uni ishlab chiqarish, tashkil topishi, taqsimlash va 
jamg‘arish hamda boshqa qator maqsadlari aks ettiriladi. 
Yalpi ichki mahsulot kо‘rsatkichining ta’rifida uning 3 asosiy xususiyati 
kо‘rsatilgan: 
1.
Yalpi ichki mahsulot kо‘rsatkichi – oxiri iste’mol uchun ishlab chiqarilgan 
mahsulot qiymati bо‘lib hisoblanadi, ya’ni YAIM hajmida oraliq iste’molning 
qiymati aks ettirilmaydi. 
2.
Yalpi ichki mahsulot kо‘rsatkichi – oxirgi iste’mol uchun ishlab 
chiqarilgan mahsulot qiymati bо‘lib hisoblanadi, ya’ni YAIM xajmida oraliq 
iste’molning qiymati aks ettiradi. О‘zining mustaqil balansi hamda huquqiy shaxs 
maqomiga ega bо‘lgan birlikka – iqtisodiy birlik deb yuritiladi. 
3.
Yalpi ichki mahsulot kо‘rsatkichi xajmida asosiy kapitalning iste’moli 
ham aks ettiriladi. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Milliy hisoblar tizimi tushunchasi, paydo bо‘lish tarixi va rivojlanish bosqichlari. 
2. MHT va Xalq xо‘jaligi balansi, ular о‘rtasidagi о‘xshashliklar va tub farqlar. 
3. MHT – bozor iqtisodiyotining modeli ekanligi va uni qо‘llash zaruriyati. 
4. MHT fanini predmeti va uslubiyati. 
5. О‘zbekiston statistika amaliyotida MHTni joriy qilish muammolari. 
13-MAVZU. AHOLI STATISTIKASI 
Reja: 
13.1. Aholi soni va tarkibini statistik о‘rganish. 
13.2. Aholini jinsi, millati, oilaviy holati, ma’lumotli darajasi va boshqa belgilar 
bо‘yicha о‘rganish. 
13.3. Aholini tabiiy va mexanik harakati statistikasi. 
13.4. Aholi tabiiy harakatini ifodalovchi absolyut va nisbiy kо‘rsatkichlar: 
tug‘ilishi, vafot etishi, tabiiy о‘sishi. 
13.5. Aholi migratsiyasi turlari. Aholi migratsiyasining absolyut va nisbiy 
kо‘rsatkichlari. 
13.6. Nikohdan о‘tish va undan о‘chish kо‘rsatkichlari. 
Adabiyotlar: 2, 4, 7, 11, 13, 14, 15, 16, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26 


Tayanch iboralar: 
Aholi soni va tarkibini statistik о‘rganish. Doimiy va mavjud aholi 
soni, ular orasidagi bog‘lanish. Aholi sonini aniqlash, о‘rtacha aholi sonini hisoblash usullari. 
Aholi soni dinamikasi kо‘rsatkichlari.
Aholi statistikasi statistikannng eng qadimgi tarmog‘i hisoblanadi, qadimgi 
dastlabki hisob operatsiyalari harbiy va xо‘jalik maqsadlarida aholini xisobga olish 
bilan bog‘liq holda olib borilgan. Kо‘plab ma’lumotlarni о‘rganish natijasida 
aniqlangan qonuniyatlar biriichi marta aholining tug‘ilishi va о‘lishi bilan bog‘liq 
jarayonlarda aniqlangan. 
Hozirgi kunda ham aholi har tomonlama tadqiqotlar obyekti hisoblanadi, 
chunki aholi ishlab chiqarish jarayonining bovosita ishtirokchisi va bu jarayon 
natijasining iste’molchisi ham hisoblanadi. Hozirgi kunda aholini, jamiyatda rо‘y 
berayotgan jarayonlarni, turmush sharoitlarini statistik о‘rganishga qiziqish ortib 
bormoqda. 
Aholi statistikasining о‘rganish obyekti ma’lum xududda yashovchi odamlar 
yig‘indisi hisoblanadi. Xar qanday mamlakatning aholisi о‘z tarkibi bо‘yicha bir xil 
emas va u vaqt bо‘yicha о‘zgaruvchan, shuning uchun aholining yashash 
qonuniyatlari, uning tarkibiy uzgarishlari va boshqalar aniq shart-sharoitlarni 
hisobga olgan holda о‘rganilishi kerak. 
Aholi statistikasida kuzatish birligi kо‘pincha alohida odam, individ 
hisoblanadi. Ammo bitta oila ham birlik bо‘lishi mumkin. 
Aholi statistikasida kuzatish obyekti bо‘lib esa turli xil yig‘indilar: butun 
aholi, aholinipg alohida guruhlari, mshnat resurslari va xakozolar bо‘lishi mumkin. 
Har qanday joyning aholisi yil davomida о‘zgarib turadi, shuning uchun 
umumiy kо‘rsatkichlarni hisoblash uchun statistikada aholining yil mobaynidagi 
harrakati e’tiborga olinadi. 
DA = MA + VI-VYA 
MA = DA - VY + VYA 
Bunda: DA - doimiy axoli soni; 
MA - mavjud aholi soni; 
VY - vaqtincha yо‘q bо‘lgan aholi soni; 
VYA - vaqtincha yashayotgan aholi soni. 
Aholining о‘rtacha yillik soni odatda oddiy о‘rtacha arifmetik formula 
bо‘yicha aniqlanadi. Bunda aholining muayyan davr boshidagi va davr oxiridagi 
soni kо‘rsatkichlari qо‘shilib ikkiga bо‘linadi: 
2
)
(
0
6

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish