7.2 Pedagogika kafedrasi
- Fakulg’tet o’qitish uslubi kafedralari bilan hamkorlikda baza-maktablar tanlanadi;
- talabalar pedagogik amaliyotining hamma turlari bo’yicha umumpedagogika , psixologik va metodik tayyorgarligini yuqori saviyada tahminlashga yordam beradi;
- pedagogik amaliyotni tashkil qilish va o’tkazishda qatnashayotgan barcha fakulg’tetlar va kafedralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- amaliyot bo’yicha uslubiy xujjatlarni tayyorlaydi;
- talabalarning mahnaviy- tarbiyaviy va tashkiliy vazifalarni bajarishlarini fakulg’tet mutaxassislari, fan o’qituvchilari bilan hamkorlikda bajarishlarini tahminlaydi;
- pedagogik amaliyotni o’tkazishga yangi tajribalarni tatbiq qiladi.
- kafedra majlislarida pedagogik amaliyotning borishini va natijalarini taxlil qiladi va uni takomillashtirish yo’llarini qidiradi;
- kafedra majlislarida pedagogik amaliyot natijalari tahlil qiladi va amaliyotni takomillashtirish bo’yicha takliflar beradi;
7.3 Psixologiya kafedrasi
Pedagogik amaliyotni tashkil qilishga yordam beradi;
pedagogik amaliyot davrida amaliyotchilarni o’quv-bilim jarayonlarini o’rganadi va uni to’g’ri yo’naltirishga yordam beradi;
pedagogik amaliyot davrida alohida o’quvchi faoliyatini yoki gurux faoliyatini psixologik taxlil qilish uchun talabalarni tegishli bilimlar bilan qurollantiradi va bu ishning amalga oshirilishini tahminlaydi;
o’quvchilar o’rtasida, fan o’qituvchilari va talabalar o’rtasida xamda maktabda yaxshi psixologik muxit yaratishda faol qatnashadi;
o’quv materiallarining murakkablik darajasi va o’quvchilarning yosh hususiyatini hisobga olinganlik darajalarini aniqlashda talabalarga yordam beradi;
7.4 O’qitish metodikasi bo’yicha gurux rahbari;
-O’quv – tarbiya muassasasi rahbari bilan birgalikda talabalarni sinflarga (guruhlarga) biriktiradi, fan o’qituvchisi bilan birgalikda dars mavzularini, sinfdan tashqari ishlarni talaba- amaliyotchilarga rejalashtiradi;
- pedagogika kafedralari o’qituvchilari bilan birga amaliyot davri uchun yagona reja tuzishda talabalarga yordam beradi, amaliyot dasturiga muvofiq o’quv ishlari, sinfdan tashqari o’tkaziladigan mashg’ulotlar sinf rahbarligiga oid tadbirlar va sinf o’quvchilarini yoki bir o’quvchini pedagogik – psixologik jixatdan o’rganishga oid maslaxatlarni tashkil qiladi;
-talabalar ish rejalarini tasdiqlaydi;
-fanning o’qitish va sinfdan tashqari bajariladigan ishlar bo’yicha talabalarga maslahatlar beradi, talabalar reja va konspektlarini tekshiradi va tasdiqlaydi, talabalarning darsdan va sinfdan tashqari ishlarida hamda darslarida qatnashadi, ularni muxokama qiladi va baholaydi, talabalar ish rejalarining bajarilishi ustidan nazorat qiladi;
- passiv amaliyot davrida talabalar bilan birga o’quv muassasasi o’qituvchilarning darslarini kuzatadi va ular bilan birga tahlil qiladi;
- faol amaliyot davrida talabalarga dars stsinariylari tuzishga yordamlashadi, sinov eshitishlar uyushtiradi, didaktik va demonstratsiya vositalarini tanlashga ko’maklashadi hamda darsda ishtirok qiladi; kunning ikkinchi yarmida guruxning barcha talabalari, o’qituvchisi bilan birgalikda shu kuni o’tilgan darslarning muxokamasini uyushtiradi va ballarda baholaydi;
- amaliyotning stajyorlik bosqichida talabalarning har bir darsga tayyorgarligini nazorat qiladi, maslaxatlar beradi;
- faol amaliyot davri uchun har bir talabaga 4-5 ta sinov (baholanuvchi) darsi rejalashtiriladi;
- guruhdagi talabalar soni fanni o’qitish metodikasi bo’yicha gurux rahbarlarining amaliyot obhektidagi ish kuni 6 soatni tashkil qilishidan kelib chiqqan holda mahyorlanadi;
- talabalar tayyorlagan hujjatlarni yig’adi va muxokama qiladi, amaliyot yakunlari bo’yicha hisobot tayyorlaydi va fakulg’tet rahbariga topshiradi;
- universitetda pedagogik amaliyot bo’yicha o’tkaziladigan tashkiliy muqaddima va yakunlovchi anjumanlarda qatnashadi shuningdek, o’quv-tarbiya muassasasi rahbarlariga o’tkazadigan yig’ilishlarda, amaliyot bo’yicha yakuniy seminarda qatnashadi hamda pedagogika va psixologiya kafedralari o’qituvchilari bilan xamkorlikda talabalarga amaliyot bo’yicha umumiy reyting balini chiqaradi;
- Mutaxassislik fani bo’yicha pedagogik amaliyot raxbariga 25 tagacha talaba biriktiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |