8.2 O’quv- tarbiya muassasasining muallimi
-O’ziga biriktirilgan talabalarni pedagogik faoliyat jarayoni, o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha tuzgan rejalari bilan tanishtiradi, ochiq darslar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar o’tkazadi va ularning muhokamasini tashkil qiladi;
- amaliyot (guruh) rahbari bilan birgalikda predmet bo’yicha dars mavzularini talabalar o’rtasida taqsimlaydi;
- talabaning darsga tayyorgarlik ko’rishida va o’tkazishida maslahatlar beradi, navbatdagi darsning reja va mazmuni bilan tanishib, uni tasdiqlaydi;
- turli xildagi darslarga tayyorgarlik ko’rishda, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishda talabalarga xar tomonlama yordam beradi;
- talabalar o’tgan darslarini taxlil qilish va baholashda qatnashadi;
- o’zlashtirishda orqali qolayotgan o’quvchilar bilan qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazish, to’garak ishlarini uyushtirish, daftar tekshirish, ko’rgazmali qurollar tayyorlash, kino va diafilg’mlarni namoyish etish, laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish kabi ishlarni tashkil etishda talabalarga ko’mak beradi;
- talabaning o’quv faoliyatiga baho beradi va tavsifnoma (xarakteristika) yozadi;
- pedagogik amaliyotga tegishli yig’ilishlarda tashkiliy va yakuniy kengashlarida ishtirok etadi.
8.3 Sinf rahbari (tarbiyachi), sinfdan tashqari ishlar tashkilotchisi
- Talabalarni o’quv yurtining tarbiyaviy ishlar rejasi bilan tanishtiradi;
- ommaviy - tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va o’tkazishda talabalarga yordam beradi;
- talabalar o’tkazayotgan tarbiyaviy tadbirlarda qatnashadi va baho beradi;
- sinf rahbarlarining talabalar bilan ish faoliyatlarida ularga amaliy yordam ko’rsatadi;
- pedagogik amaliyotni tashkil etish masalalari bo’yicha o’quv yurti rahbari uyushtirgan kengashlarda, universitetda o’tkaziladigan tashkiliy yig’ilishlarda qatnashadi;
- talabalarni sinfdaga (gurux) o’quvchilar tarkibi, ularning shaxsiy xujjatlari, o’zlashtirish va davomati, hulq-odobi, tarbiyaviy ish rejasi bilan tanishtiradi;
- pedagogika kafedrasi o’qituvchisi hamda guruh rahbari bilan birgalikda amaliyot davrida bajarilishi lozim bo’lgan tarbiyaviy ishlar dasturini ishlab chiqadi, uni tasdiqlaydi, bajarilishi yuzasidan maslaxatlar beradi va nazorat qiladi;
- psixologiya kafedrasi o’qituvchisi bilan birgalikda amaliyotchi talabalarning o’quvchilarni o’rganishlariga, ular xaqida psixologik-pedagogik tavsifnoma (xarakteristika) yozishlariga rahbarlik qiladi;
- talabalar tashkil qilgan tarbiyaviy tadbirlarda qatnashadi va ularni baholaydi;
- sinf (guruh) o’quvchilari bilan olib borayotgan kundalik tarbiyaviy ishlariga amaliyotchilarni jalb qiladi. Navbatchilik qilish, o’quvchilarning uyiga borish, ota-onalar bilan suhbatlashish imkoniyatlarini yaratadi;
- talabalarning tarbiyaviy ishlarini baxolaydi, ularga tavsifnoma beradi;
- o’quv yurti raxbaryati tomonidan pedagogik amaliyotga bag’ishlab uyushtirilgan yig’ilishlarda, universitetdagi tashkiliy va yakuniy kengashlarda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |