7.5 Pedagogika o’qituvchisi
- Pedagogik amaliyot bo’yicha uslubiy-tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qiladi, o’qitishning dolzarb muammolari, kasb tanlash va tarbiyaga oid savollarga javob beradi;
- tarbiyaviy ishlarni gurux rahbari va sinf o’qituvchilari bilan birga rejalashtiradi, topshiriqlarni bajarilishini tahminlayda, kerakli maslaxatlar beradi;
- talaba amaliyotchi darslarini va sinfdan tashqari ishlarini kuzatish ularni tayyorlashda va amalga oshirishda yordam beradi, guruh rahbari bilan birgalikda bu mashg’ulotlarni baholaydi;
- talabalarga o’quvchilarning individual tomonlarini o’rganishda yordam beradi;
- pedagogik amaliyot bo’yicha uyushtiriladigan tashkiliy va yakunlovchi anjumanlarda, shuningdek, o’quv yurti (maktab) rahbari tomonidan o’tkaziladigan tadbirlarda qatnashadi;
- amaliyot bo’yicha o’tkaziladigan yakuniy sinovlarda va umumiy ballar qo’yishda qatnashadi;
pedagogikadan amaliyot rahbariga 25 tagacha talaba biriktiriladi.
7.6 Psixologiya o’qituvchisi
- guruh o’quvchilarini yoki ayrim o’quvchilarni psixologik-pedagogik o’rganish uchun xilma-xil dasturlarni tayyorlaydi;
- amaliyotchilarni beradigan ayrim darslarida va darsdan tashqari o’tkazadigan tadbirlarida, ularning taxlilida qatnashadi;
- shaxsni yoki jamoani o’rganish bo’yicha talabalarning pedagogik amaliyot dasturida ko’zda tutilgan ishlariga rahbarlik qiladi;
- pedagogik amaliyotning muqaddima va yakunlovchi anjumanlarida qatnashadi;
- pedagogik amaliyot bo’yicha yakuniy sinovda umumiy ballar chiqarishda qatnashadi;
- psixologiyadan amaliyot rahbariga 25 tagacha talaba biriktiriladi
VIII. O’quv-tarbiya muassasasi mahmuriyati va o’qituvchilarining vazifalari
8.1 O’quv yurtining rahbari yoki tahlim-tarbiya ishlari bo’yicha muovini
- Pedagogik amaliyotni muvaffaqiyatli o’tkazish uchun zarur sharoitlar yaratadi, pedagogik amaliyotni o’tkazishga aloqador bo’lgan o’qituvchi va xizmat qiluvchilar hamda o’quvchilar bilan pedagogik amaliyotga doir masalalar bo’yicha ishlar olib boradi;
-talabalarni o’quv-tarbiya muassasa faoliyati hamda O’zbekiston Respublikasining “Tahlim to’g’risida” gi qonuni, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontsepsiyasi va boshqa zaruriy hujjatlar, o’qituvchilar tarkibi, ilg’or pedagogik tajribalar, o’quv-tarbiya ishlarining umumiy ahvoli, o’quv kabinetlarida ustaxonalari va kutubxona faoliyati bilan tanishtirish, pedagogik kengash, uslubiy birlashmalar va ota-onalar qo’mitasi yig’ilishlarida qatnashish, ularning rejalari bilan tanishishlarini tahminlaydi;
- amaliyot rahbari bilan birgalikda talabalarni sinflarga (guruhlarga) taqsimlaydi;
- talabalarning darslari va tarbiyaviy tadbirlarida ularning muxokamasida ishtirok etadi;
- talabalarning amaliyot jarayonidagi faoliyatlarini o’rganish, umumlashtirish orqali uni takomillashtirishga doir taklif, mulohazalarni bildiradi;
- o’quv yurtida o’tkazilgan pedagogik amaliyotning yakuniy yig’ilishlarida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |