O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi
Farg’ona Davlat Universiteti
Fizika yo’nalishi uchun
Atmosfera fizikasi
fanidan
MA'RUZA MATNI
Farg’ona 2018
Tuzuvchi: Fizika kafedrasi o’qituvchisi Т.М.Аzimov
Taqrizchilar: Fizika kafedrasi prof. R.YA. RASULOV
Kafedra mudiri: prof. K.E. Onarqulov
1-Ma’ruza:Kirish.Atmosfera haqida tushuncha.
Reja:
1. Atmosfera haqida tushuncha.
2. Mezo- va mikroiqlim
3. Metrologik tadqiqotlar.
Atmosfera yer sharining havo qobig'i bo'lib, biosferada hayot mavjudligini taminlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha jonzotlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobigl bo'lmaganida yer yuzasida kunduzi harorat +100 C va kechqurun-100 C harorat kuzatilgan bo'lar edi. Atmosferaning yuqori chegarasi taxminan 2000 km balandlikdan o'tadi, atmosfera bir necha qatlamlardan iborat bo’lib. Uning asosiy massasi 10-16 km balandlikkacha bo’lgan quyi troposfera qismida joylashgan, ob - havo va iqlim ko'p jihatdan atmosferadagi jarayonlar bilan bog'liq.
Begona qo'shimchalari bo'lmagan atmosfera havosi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat; azot-78.1%, kislorod 20.9%, argon va boshqa inert gazlar 0.95%, karbonat angidrid 0.03 %. Boshqa gazlarning miqdori nisabtan kam . Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug'lari. Chang zarralari bo’ladi. Atmosferadagi har bir gaz o'ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlarga egadir.
Atmosfera tarkibi har-xil gazlarning mehanik aralashuvidan iborat. Atmosferning qalinligi 300 km ga yetadi. Atmosferaning massasi 5,15*10darajasi15 tonnage teng. Balandlikka ko`tarilgan sari atmosfera bosimi va zichligi kamayib boradi. Atmosferaning qalinligi bir necha 10000 km bo`lishiga qaramay uning asosiy massasi yer sirtiga yondashgan yupqa qatlamda joylashgan. Atmosfera butun taxminan 50% yersirtidan 5 km balandlikkacha bo`lgan qatlamda qolgan 50 % esa 30-35 km balandlikkacha bo`lgan qatlamda to`plangan. Yer sirtida atmosferaning zichligi 3 g/sm.kub bo`lsa taxminan 700 km balandlikda 10 Atmosfera tabiatning eng muhim elementlaridan biri bo’lib,tirik organizmlarning yashashi uchun juda ham zarurdir. Chunki organizm, xususan inson ovqatsiz,suvsiz bir necha kun yashashi mumkin,lekin u havosiz bir nech daqiqa yashaydi xolos. Demak, yerning, hayotning,ayniqsa,insoning ravnaqi toza havoga bog’liq ekan. Toza havo, shuningdek, o’simlik,hayvonlar va qishloq xo’jalik ekinlari uchun ham zarur.
Atmosfera biosferaning faol bo`limi hisoblanib, barcha jonzotlarning hayoti uchun kerakli bo`lgan tabiiy muhit hisoblanadi. Inson atmosfera havosini tarkibiy qismiga moslashgan bo`lib, shu tarkib inson uchun qulay hisoblanadi.
Atmosfera havosi doim aralashib turganligi tufayli uning tarkibi turli gazlar aralashmasidan iborat bo`lib ular quyidagilarga bo`linada:
Azod-78%, kislorod-20.8%, karbonad angidrid-0.03% va qolgan qisma esa Mendelev davriy sistemadagi moddalar 8% dan iboratdir.
Atmosfera havosi barcha jonzodlarni zararli turlardan saqlaydi. Agar havo qobig`i bo`lmasa yer yuzida kunduzi +100 gradus dan yuqori, kechasi -100 gradusdan past bo`lar edi. Atmosferaning qalinligi 300 km bo`lib uning asosiy qismi 17-22 km ni tashkil etadi.
Atmosfera havosi tarkibida asosiy moddalardan kislorod bo`lib, uning asosiy qismi o`simliklarning fotosintez jarayonida va suv hamda karbonad angidridning parchalanishi natijasida hosil bo`ladi.
Kislorod ayni paytda jonzodlarni tarkibida bo`lib, u organizmlarni hosil qiluvchi oqsil, yog` va uglevodlar tarkibiga kiradi.
Atmosfera havosini asosiy tarkibiga azot ham kiradi. Azot atmosferaga o`simlik va hayvonlarni chirishi natijasida va vulqon otilganda atmosferaga ko`p miqdorda azot ajralib chiqishida yuzaga keladi.
Atmosfera gazsimon moddalardan tashqari kimyoviy tarkibiy va fizik xossalariga ko`ra bir-biridan farq qiladigan turli chang zarralari, bakteriyalar,o`simlik urug`lari bo`ladi.
Atmosfera havosini borliga yerdagi hayot mavjudligini ta`minlovchi omillardan iborat bo`lib, u quyoshdan kelayotgan energiyani o`zgartiradi, ya`ni yorug`likni bir xilda tarqatadi va yerni ustki qismida issiqlikni va namlikni tartibga solib turadi.
Atmosfera yunoncha atmos- (bug` va sfera) yer sharini o`rab olgan va u bilan birga aylanadigan havo qobig`i. Armosfera massasi 5.15-YU 15 t bo`lib, yer shari og`irligi (5.977-1021 t)ning taxminan mln dan bir bo`lagiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |