O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti Fizika yo’nalishi uchun



Download 3,63 Mb.
bet14/19
Sana12.04.2022
Hajmi3,63 Mb.
#545681
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Atmosfera fizikasi ma\'ruza matni

Buglanish va bug‘Ianuvchanlik
Bug'lanuvchanlik deb, namlik zahirasi bilan cheklanmagan, mumkin bo'lgan maksimal bug'lanishga aytilishini eslatib o'tamiz. Suv havzasi yoki ortiqcha namlangan tuproq yuzasidan bug'lanish kattaligi bug'lanuvchanlik kattaligiga mos keladi.
Yer shari bo'yicha bug‘lanuvchanlikning miqdoriy qiymatini kolrib chiqamiz. Okeanlar uchun bu qiymat haqiqiy bug'lanish bilan mos keladi, quruqlik uchun u bug'latgich ma’lumotlari bo'yicha hisoblangan.
Qutb hududlarida, bug'lantiruvchi sirt harorati past bo'lganda to'yingan ;uv bug'i bosimi Es va suv bug'ining haqiqiy bosimi в kichik va ular bir- jiriga yaqin. Shu sababli Es-e ayirma kichik va shu sababli jug'lanuvchanlik kichik. Shpisbergenda uning bir yillik qiymati 80 mm xolos, Angliyada 400 mm atrofida, Shimoliy Yevropada 450 mm atrofi- da. Rossiyaning Yevropa qismida to'yinish defisiti shimoli-g'arbdan jan- abi-sharqqa tomon ortib borishi bilan buglanuvchanlik ham ortib bora- di. Sankt-Peterburgda uning yillik miqdori 320 mm, Moskvada 420 mm, Luganskda 740 mm. 0‘rta Osiyoda yozgi yuqori harorat va to‘yinish Jefisitining kattaligi sababli bug'lanuvchanlik yuqori: Toshkentda 1340 mm va Nukusda 1800 mm.
Tropiklarda qirg'oq yaqinida bug‘lanuvchanlik nisbatan kichik va qit’a ichkarisiga tomon ortib boradi, cho'llarda ancha katta. Shunday qilib, Saxroi Kabirning Atlantika qirg‘oqlari hududida bir yillik buglanuvchanlik 600— 700 mm, qirg'oqdan 500 km uzoqlikda esa bug'lanuvchanlik 3000 mm. Arabistonning qurg'oq hududlarida va Kolorado choMlarida u 3000 mm dan ko‘p. Faqat Shimoliy Amerikada yillik buglanuvchanlik miqdori 2500 mm dan yuqori bo‘Igan hududlar yo‘q.
Ekvator yaqinida to'yinish defisiti kamligi sababli bug'lanuvchanlik nis­batan kichik — 700—1000 mm. Peru, Chili va Janubiy Afrikaning qirg'oqqa yaqin cho'llarida yillik bug'lanuvchanlik 600-800 mm dan ortmaydi.
O'simlik bilan qoplangan nam tuproq suv yuzasiga qaraganda ko'proq namni yo'qotishi mumkin, chunki bu yerda bug'lanishga transpirasiya ham qo'shiladi. Albatta, kam namlangan tuproqli hududlarda bug'lanish karn, ya’ni u yomg'ir yoki erigan qor orqali olgan suv miqdoridan ort­maydi.
Haqiqiy bug'lanishning geografik taqsimotini ko'ramiz (36-rasni). Okeanlardan bug'lanish (u yerda bug'lanuvchanlik bilan teng) quruqlik ustidan bug'lanishdan ancha ortiq. O'rta va quyi kengliklardagi dunyo okeanlari akvatoriyasining katta qismida u 600 dan 2500 mm. maksimumi esa 3000 mm gacha yetadi. Qutb suvlarida muz mavjudligida bug'lanish nisbatan kichik.
Quruqlik ustida bug'lanishning yillik summasi qutb va cho'l hududlar­ida (Antarktidada bundan ham kam) 100-200 mm, nam tropik va sub­tropik hududlarda (Osiyo janubi, Gvineya ko'rfazi davlatlari, Kongo, AQShning janubi-sharqi, Indoneziya orolJari, Madagaskar) 800—1000 mm gacha. Quniqlikdagi maksimum qiymat birmuncha yuqori 1000 mm (Ama- zonka daryosi havzasi).


Havo namligining geografik taqsimoti
Havo namligining geografik taqsimoti har bir hududdagi bug'lanish va ferning birjoyidan boshqa joyiga ko'chayotgan havo massasi bilan namli- cning olib kelinishiga bog'liq.
Bug'lanish to'yinish defisitiga proporsional, to'yinish defisiti harorat ^ancha katta bo'lsa shuncha katta. Shu sababli namlik (bug' bosimi, bug'ning lassa ulushi yoki mutlaq namlik) taqsimoti umuman olganda harorat taqsi- lotiga bog'liq. Iqlim kartalarida namlik izochiziqlarining joylashishi ha­rorat izochiziqlarining joylashishiga yaqin
Havo namligi ko'p yillik o'rtacha oylik bug' bosimi 20 gPa dan yuqori Do'lgan ekvator atrofida eng yuqori, bir qator joylarda u ekstremal qiymat- parga (30-35 gPa) yetadi. Quruqlikda ekvator o'rmonlari hududida katta lamlik kuzatiladi.
Havo namligi ham harorat kabi kenglik bo'yicha kamayib boradi. Un- Jan tashqari u qishda huddi harorat kabi qit’alarda okeandagiga nisbatan Ikam. Shu sababli qishda bug' bosimi yoki mutlaq namlik izochiziqlari Jizoterma chiziqlariga o'xshash, ya’ni qit’alar ustida ekvator tomonga egil- |gan. Markaziy va Sharqiy Osiyoning keskin sovuq ichki hududlari ustida juda past bug' bosimli yopiq izochiziqli maydonlar yuzaga keladi. Yoqutis- Iton sovuq qutbi hududida bug' bosimi 0,1 gPa dan kichik; Antarktidaning I ichki hududlarida u yanada kichik.
Biroq, yozda harorat va bug' miqdori orasidagi moslik kichik. Qit'alar lichkarisida yozda harorat yuqori, biroq haqiqiy bug'lanish namlik zahirasi bilan cheklangan va havoga suv bug‘in mg kelishi okeandagidan yuqori emas. Haroratning yuqoriligiga qaramay qit’alar ustida bug* bosimi okean ustidagi- ga qaraganda kichik. Shu sababli izoterma chiziqlaridan farqli o‘laroq bug' bosimi izochiziqlari qit’alar ustida yozda yuqori kenglikla'rga qarab egilib emas, balki kenglik doiralariga yaqin o‘tadi. Saxroi Kabir yoki 0‘rta va Markaziy Osiyo cho‘llari hatto past bug1 bosimining yopiq izochiziqli hudu- di hisoblanadi.
Aksariyat hollarda yil davomida okeanlar havosi keladigan qit’alar so- hasida, masalan, G'arbiy Yevropada bug* miqdori yetarlicha yuqori va, qishda ham, yozda ham okean ustidagiga yaqin. Osiyoning sharqi va jan- ubi kabi musson sohalarida havo oqimlari yozda dengizdan, qishda quru- qlikdan yo‘nalganda, bug* miqdori yozda katta va qishda kichik.
Janubiy yarimsharda bug' bosimi va mutlaq namlikning qiymatlari shi­moliy yarimsharning mos kengliklardagi qiymatlariga yetarlicha yaqin. O'rtacha yillik eng yuqori namlik ekvatorga to‘g‘ri keladi. Biroq, u shi­moliy yarimsharning qishida 6° j.k. da, shimoliy yarimsharning yozida esa 7 sh.k. da kuzatiladi. Barcha kenglik zonalarida qishki qiymatlar yozgi qiymatlardan kichik.
Yer yuzasi yaqinidagi mutlaq namlikning yillik o'rtacha qiymati butun Yer shari uchun 11 g/W ni tashkil etadi. Bu suv bug'ining zichligi Yer yuzasi yaqinidagi umumiy havo zichligining 1 % ini tashkil etadi demakdir-
Nisbiy namlik havodagi bug* miqdori va haroratiga bog'liqligini bila- miz. U ekvatorial zonada doim yuqori. Bu yerda havodagi bug' miqdori juda yuqori. Harorat esa kuchli bulutlilik sababli uncha yuqori emas. Ek vatorial zonada nisbiy namlikning o'rtacha yillik miqdori 85% va undan ham yuqori. Nisbiy namlik shimoliy muz okeanida, Atlantika va Tinch okeani shimolida, Antarktida suvlarida doimo yuqori. Bu yerda u ekvato­rial zonadagidek yuqori yoki deyarli o'shandek yuqori qiymatlarga erisha- di. Biroq, bu yerdagi yuqori nisbiy namlikning sababi boshqa. Yuqori kenglik­larda havodagi bug' miqdori kam, lekin havo harorati ham kichik. Qishda undan ham kichik.

0‘rta va yuqori kengliklarda sovuq qit’alar ustida qishda o'xshash sha-


roitlar yuzaga keladi. Masalan, Sibirda nisbiy namlik qish oylarida o'rtachu
75—80% ga yetadi (39-rasm). Yevropaning katta qismi ustida, ayniqsa
uning shimoli-g‘arbi ustida qishda u o‘rtacha 80-85% ni tashkil etadi.
Yevropada qishki harorat qutb sohasi yoki Sibirdagi kabi past emas, biroq
u yerda bug* miqdori katta.
Yozda, ayniqsa yuqori nisbiy namlikli (75-80%) hududlarga bu vaqtd.i
okean janubi-g'arbiy mussoni ustuvorlik qiluvchi Hindiston ham qo'shiladi

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish