Mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad. Bakteriyalarning asosiy morfologik- kultural va fiziologik-biokimyoviy xossalarni о‘rganish. Mikroskopda ^rilgan barcha preparatlar rasmini chizib olish. Bakteriyalarning har hil formalaridan “ ezilgan tomchi” shaklida, “oddiy” usulda to^^an preparatlar tayyorlash, ularni mikroskopda to^ish xarakatchanligini kuzatish. Bakteriyalarning sporasi, kapsulasi va xivchinlarini bо‘yash.
Kerakli jihozlar: mikroskop, buyum va qoplog‘ich oynachalar, bakteriologik sirtmoq, 40% li formalin, 96% li etanol, bо‘yoqlar, Lyugol eritmasi, glyukozaning 10% li eritmasi, kolbalar rezina probkalar bilan, bakteriyalarning 2-3 kunlik kulturasi.
Bakteriyalarni tasniflash uchun ularning spora hosil qilish turini (basilla, klostridiy yoki plektridiy), hujayrada sporasining joylashuvini (markazda, terminal yoki qutiblarda, subterminal yoki ekssentral), erkin sporalar shaklini (yumaloq,aval, silindrsimon) va о‘lchamni aniqlash zarur. Bular ikki yoki uch kunlik kulturalar hujayrasidan aniqlanadi.
Sporalar maxsus murakkab usullarda Ьо^Ш^ chunki asosiy bо‘yoqlar ularning to‘p qavatli qobig‘idan qiyin о‘tadi. Sporalar qobig‘ini yumshatish uchun mazoklar kuchli bо‘yoqlarda va isitib turib bо‘yaladi,keyin sitoplazmasi rangsizlantiriladi va qо‘shimcha ravishda kontrast rangga to^aladi.
Peshkov usulida bo‘yash. Bakteriyalarning 2-3 kunlik kulturasidan tayyorlangan yupqa mazok gorelka alangasida yoki 5 qism 40% li formalin bilan 95 qism 96% li etanolning aralashmasida 15 minut davomida fiksasiyalanadi. Keyin ustiga Lyoffler Ьо^^ metilen to‘ki quyib, buyum oynasini gorelka alangasi ustida tutib turiladi. Bо‘yash 10-20 sekund davom etadi. Bо‘yovchi suyuqlik bug‘langan sari yangisi oz-ozdan qо‘shib turiladi. Keyin preparatni yaxshilab yuvib, 30 sekund davomida neytral qizilning 0,5% li suvli eritmasida qо‘shimcha to^aladi. Preparatni yana suv bilan yaxshilab yuvib, quritiladi va immersion obyektivda kuzatiladi. Bunda sporalar havorang yoki to‘k rangda, yosh sporalar to‘q-qoramtir, vegetativ hujayralar sitoplazmasi pushti yoki qizil rangda Ьо‘НЬ ^nmdi.
Zlatogorov usulida bо‘yash. Bunda spora hosil qiluvchi bakteriyalardan tayyorlangan mazok ochiq havoda quritiladi. Sporalarni fiksasiyalash va qobig‘ini yumshatish uchun mazok 10 marta gorelka alangasidan о‘tkaziladi. Sо‘ng preparat ustiga filtr qog‘oz lentachasini yopib, ustiga Silning karbolli fuksini quyiladi, keyin bug‘ hosil ^^gun^a (lekin qaynamasligi kerak) 8-10 minut davomida isitiladi. Bunda bо‘yovchi modda bug‘lanib ketishi, lekin qog‘oz qurib qolmasligi muhim
487
ahamiyatga ega. Shuning uchun davriy ravishda bo‘yovchi moddadan qo‘shib turish kerak. So‘ngra qog‘ozni olib tashlab, preparat 6-10 sekund davomida sulfat kislotaning 5% li eritmasi bilan rangsizlantiriladi va suv bilan yuviladi. Natijada vegetativ hujayralar rangsizlanadi, keyin ular Lyofflerning metilen ko‘ki bilan 2 minut davomida qo‘shimcha bo‘yaladi. Mazokni yana qaytadan yuvib, filtr qog‘oz bilan quritiladi va mikroskopning immersion obyektivida kuzatiladi. Preparat tayyorlashda bo‘yash ishlari to‘g‘ri bajarilsa, sporalar och qizil rangga kiradi va sitoplazmaning havorang fonida aniq ko‘rinib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |