O'zbekiston respublikasi oliy va orta mahsus ta’lim vazirligi



Download 6,93 Mb.
bet196/259
Sana31.03.2022
Hajmi6,93 Mb.
#522283
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   259
Bog'liq
nodira oppaa

Go’shtning yangiligi

Go’shtning
rNi

Bakterioskopik tekshirish ko’rsatgichlari.

Yangi go’sht

5.9-5.5

Tamg’ada mikroflora topilmaydi yoki kokklar, achitqilar, tayoqchalarning yakka nusxalari ko’rinadi.Go’sht tuqimalarining parchalanish qoldig’i oynada umuman sezilmaydi.Mikrofloraning rangi grammusbat

Yangiligi gumon qilingan go’sht

6.6

Tamg’aning har bir ko’rish maydonida bir necha o’nlab (20-30)kokklar yoki bir nechta tayoqcha ko’rinadi.Mikroblardan tashqari, mushak tuqimasining parchalanish izlari yaqqol bilinadi.Mikrofloraning rangi ham grammusbat, ham grammanfiy.

Yangi emas

6.7

Tamg’ada mikroorganizmlar ko’p grammanfiylari ustunlik qiladi(ko’rish maydoni ular bilan deyarli butunlay tuliq) Mushaklarning parchalangan to’kimalari juda ko’p.

Go’shtning chuqur qatlamidan namuna olishda uning yuzasi qizdirilgan pichoq bilan kuydiriladi va sterillangan lansetda vertikal holatda chuqur kesiladi. So’ngra uning chetlari orasini pinsetda kerib, chuquridan kichik bo’lakchalar kesib oldinadi. Keyin uni kesilgan tomoni bilan buyum oynasi ustiga qo’yib, uning izi tamg’adek tushiriladi yoki shu bo’lakchani buyum oynasiga surtib, ortiqcha material tashlab yuboriladi.
Mazok safranin yoki metilen kuki bilan bo’yalganda grammusbat tayoqchalar yoki uchi tumtoq tayoqchalar zanjiri, shuningdek, kapsulaga uralgan tayoqcha yoki tayoqchalar zanjiri kurinishi unda kuydirgi kasalligini qo’zg’atuvchi Bact.anthracis

472

bo’lishi mumkinligidan dalolat beradi. Bunday material Davlat sanitariya inspeksiyasi laboratoriyasiga yuboriladi.
Agar mazoklarga tennis raketkasi shaklidagi sporali polimorf grammusbat tayoqchalar topilsa Bact.votiliunum bor deb taxmin qilish mumkin. Bu material ham yana yaxshilab tekshirish uchun Davlat sanitariya inspeksiyasiga laboratoriyasiga yuboriladi.
Tamg’a pereparati tayyorlash va mikroskopda ko’rish
Buning uchun sterillangan toza buyum oynasi go’sht namunasining tekshiriladigan yuzasiga bosiladi. Tayyor pereparat fiksirlanadi va Gram usulida bo’yaladi.
Agar go’sht yog’li bo’lsa, pereparat spirt bilan efir aralashmasida fiksirlanadi. Sunga pereparat mikroskopning 90x obyektivida ko’riladi.
Bunda kamida 10 ta ko’rish maydoni tekshiriladi. Kokklar bilan tayoqchalar alohida hisoblanib, xar bir ko’rish maydoniga nisbatan o’rtacha soni chiqariladi. Olingan natijani jadval ko’rsatgichlari bilan taqqoslab go’shtning yangiligiga baho beriladi.
Adabiyotlar ro’yxati

  1. Грачева И.М., Гаврилова Н.Н., Иванова Л.А. Технология микробных белковых препаратов, аминокислот и жиров. М.: Пищевая промышленность.

  2. Давронов К.Д., Хужамшукуров Н.А. Умумий ва техник микробиология. Укув кулланма. Т.: Узбекистан энциклопедияси.

  3. Худойшукуров Т. Овкатланиш махсулотларини ишлаб чикариттт асослари. T.:

  4. Вербина Н.М., Каптерёва Ю.В. Микробиология пищевых производств. - М.: Изд. ВО “Агропромиздат», 1988.

473


MIKROBIOLOGIYA FANIDAN LABORATORIYA MASHG’ULOTI


MAVZULARI

474


Tuzuvchi:



J.Giyasov

Kasbi oziq - ovqat sanoati texnikumi о‘qituvchisi

Taqrizchilar:
A.N.Axmedov
M.Tog‘ayeva

Kasbi oziq-ovqat sanoati texnikumi “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi mudiri, t.f.d “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi katta о‘qituvchisi

Ushbu laboratoriya mashg’ulotlari 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qо‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 6 sentabrdagi PF-5812-son Farmoniga asosan “Mikrobiologiya” fanidan 5.53.11.01 - Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi (mahsulot turlari bo’yicha) yo’nalishini kasbga tayyorlash dasturi asosida yaratilgan. K. 2020. b

475


MUNDARIJA



  1. Laboratoriya ishi. Mikrobiologiya laboratoriyasida ishlashning umumiy qoidalari

  2. Laboratoriya ishi. Mikrobiologik jihozlar bilan tanishish

  3. Laboratoriya ishi. Bakteriyalar morfologiyasini o‘rganish

  4. Laboratoriya ishi. Mog‘or zamburug‘lari morfologiyasini o‘rganish

  5. Laboratoriya ishi. Havo mikroflorasini tekshirish

476


  1. LABORATORIYA ISHI MIKROBIOLOGIYA LABORATORIYASIDA ISHLASHNING UMUMIY

QOIDALARI

O’quvchilar laboratoriya ishlarini bajarishga texnika va yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalarini o‘qib o‘zlashtirganlari, hamda maxsus jurnalda ro‘yxatga olinganlaridan so‘ng qo‘yiladi.
Texnika va yonqinga qarshi xavfsizlik qoidalari talablarini bajarishga o'quvchilar shaxsan javobgardilar. Laboratoriyada ishlaganda ular asosiy e’tiborni quyidagi talab va tavsiyalarga qaratishlari kerak:

  1. Laboratoriya ishlarini bajarishni faqat uslubiy qo‘llanmalar asosida amalga oshirish kerak. Qo‘llanmadan chetlashish faqat o‘qituvchi ruhsati bilan bo‘lishi mumkin.

  2. Ishni bajarishda o'quvchilar faqat himoyalovchi ustki kiyimlari-xalatlari bo‘lsagina qo‘yiladilar.

  3. Kimyoviy reaktivlar bilan ishlaganda ularning qo‘lga to‘kilishligiga yo‘l qo‘ymaslik, qo‘llarni ko‘zlarga va yuzga tekkizmaslik kerak.

  4. Kimyoviy moddalarni ta’mini ko‘rishlik man etiladi; moddalarni hidini ularning bug‘larini yoki gazlarini qo‘l bilan elpib turib, o‘ziga yo‘naltirib, Chuqur nafas olmay hidlash mumkin. Ishdan so‘ng qo‘llarni tozalab yuvish kerak. Laboratoriyada ovqatlanish man etiladi.

  5. Laboratoriyada faqat etiketkali kimyoviy idishda turgan, nomi ma’lum kerakli reaktivlardan foydalanish kerak.

  6. Ishqor va kislotalar, hamda boshqa o‘yuvchi va zaharli suyuqliklar hajmini faqat o‘lchash silindri, avtomatik pipetka yoki mahsus rezinali pipetkalarda o‘lchashga ruhsat beriladi.

  7. Suyuqlik quyilayotgan, qizdirilayotgan yoki qaynayotgan idishga yaqin engashib qarashlik man etiladi, Chunki suyuqlikni sachragan tomchilari yuzga yoki ko‘zlarga tegishi mumkin. Suyuqlikni zich yopilgan idishda qaynatish man qilinadi.

  8. Engil uchuvchan moddalarning ajralib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan, kislotali, ammiakli, eritmalarni qaynatish va bug‘latish ishlari, dietil efiri va boshqa erituvchilar bilan ishlash, tahlil qilinayotgan moddalarni yondirish ishlarini faqat yoqilgan aktiv ventilyasiya shkafida (tyaga ostida) bajarishga ruhsat beriladi.

  9. Engil yonuvchan moddalar (dietil efir, atseton, spirt va boshqa erituvchilar) bilan ochiq elektrisitish jihozlari yaqinida ishlash man qilinadi.

  10. Tigellarni mufel shkafidan olishda (mufel shkafida temperatura 600-700 oS) mahsus qisqich, tutqichlaridan foydalanish kerak; tigellarni sovutish uchun

477



issiqqa va olovga chidamli mahsus joyga quyish kerak. Eksikatorga tigellar faqat sovutilgandan so‘ng joylanadi.

  1. Issiq suyuqlik solingan kolba va stakanni olib yurganda nihoyatda extiyot bo‘lish kerak.

  2. Laboratoriyada asosan tik turib ishlash kerak; faqat yong'in, sachrash va portlash xavfi bo‘lmaganda o‘tirib ishlash mumkin. Laboratoriyada yolg‘iz bir kishi ishlashi man etiladi.

  3. Elektr jixozlar bilan ishlaganda, shu jihoz bilan ishlashning barcha qoidalariga qat’iy amal qilish kerak. Elektr tarmog‘iga ulangan uskunani qo‘zg‘atish yoki ta’mirlash man etiladi.

  4. Yoqilib, ishlab turgan jixozlarni nazoratsiz qoldirish qat’iyan man qilinadi.

  5. O‘ta xavfli ishlar bajarilganda (yonish, portlash, issiq va agressiv suyuqliklarni sachrash xavfi bo‘lsa) organik Shishadan yasalgan himoyalovchi to‘sqich, ko‘zoynak yoki himoyalovchi ekran tutish zarur.

  6. Gazli gorelkalar bilan ishlaganda, gazning to‘liq yonishi va xonaning gazlanmasligini nazorat qilish zarur.

  7. Shisha idishlar bilan ishlaganda Shishali qismi bo‘lgan qurilma va jixozlarni yiqish va ajratishda quyidagi extiyotkorlik choralariga amal qilish kerak:

  • Shisha naychalarni po‘kak tiqinlarga yoki rezinali naychalarga o‘rnatishdan oldin

ularni suvli glitseringa yoki vazelin moyiga botirib olish kerak. Bunda Shisha idish sochiq bilan o‘rab ushlanishi kerak.

  • Shisha kolbani tiqin bilan yopayotganda kolba bo‘ynining eng yuqori qismidan,

tiqinga yaqinroq ushlash zarur. Bunda kolba sochiq bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak.

  1. Erituvchilar, konsentrlangan kislotalar va ishqorlar hamda boshqa o‘yuvchi suyuqliklar qoldiqlarini kanalizatsiyaga faqat mahsus qayta ishlashdan so‘ng (neytrallash, haydash, zararlantirish) to‘kish mumkin.

  2. Agar yonuvchi suyuqliklar yoki boshqa moddalar alangalansa, elektr isitish jihozlarini o‘chirib, engil yonuvchi suyuqliklar turgan idishlarni olovdan uzoqroqqa olib, yong‘inni o‘chirish choralarini ko‘rish kerak.

  3. Laboratoriyada tartib va tozalikni saqlash zarur. Ish tugagach elektr jihozlar va

elektr tarmoqi o‘chirilishishart. Iflos laboratoriya idishlari yuvilib, ish joyi tozalanib, qo‘llar sovunlab yuvilib, suv krani yopilishi kerak.
Baxtsiz hodisalarda birinchiyordam ko‘rsatish
Shifokorlar kelgunga qadar baxtsiz hodisadan jabrlangan kishiga xamkasblari birinchiyordam ko‘rsatishlari kerak. Ko‘p hollarda jabrlanuvchining sog‘ligi va ba’zan hayoti unga ko‘rsatilgan birinchiyordamning tezligi va to‘g‘riligiga boqliq. Shuning uchun, laboratoriyada ishlayotgan har bir kishi, jabrlangan odamga,
478



birinchiyordam ko‘rsatishning amaliy ko‘nikmalarini bilishishart va shu bilan birga baxtsiz hodisa yuz bergan daqiqada xavfni yoki jarohat og‘irligini kamaytirish choralarini ko‘ra bilishi kerak.
Laboratoriyada ishlaganda ko‘proq qo‘llarning termik yoki kimyoviy kuyishi, hamda qirqilib jarohatlanishiyuz beradi. Qo‘l yoki tana kuyganda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

  1. Kislota va ishqorlar teriga to‘kilsa, hamda bir oz kuydirsa, shu joyni darhol, 10... 30 minut davomida vodoprovod suvi ostida yuvish kerak.

  2. T ermikkuyganj oynisuvbilanyuvgandanso ‘ ng, margansovkaeritmasiyokietilspirtibilanyuvib, maxsuskuygandasuriladiganmazsurtishkerak.

  3. Kislota bilan kimyoviy kuygan joyni suv bilan yuvgandan so‘ng, 5 %li natriy bikarbonat eritmasi (choy sodasi) bilan yuvish kerak. Terining ishqor bilan kuygan joyini suv bilan yuvgandan so‘ng, 5 %li sirka kislota eritmasi bilan yuvib yuborish kerak.

  4. Kuygan j oyga mazni paxtali tampondan foydalanib, j arohatni qirmasdan surtish kerak.

  5. Juda katta teri Yuzasi kuysa yoki kislota va ishqorlar ko‘zlarga sachrasa darhol tibbiy tez yordamga murojaat qilish kerak.

  6. Qo‘l qirqilsa, jarohatniyodyoki vodorod peroksid eritmalari bilan artish kerak.

  1. LABORATORIYA ISHI MIKROBIOLOGIK JIHOZLAR BILAN TANISHISH

Mashg‘ulot o‘tkazishdan maqsad. Biotexnologiya laboratoriyasining joylashishi, maxsus xonalarda qanday ishlar bajarilishi va jihozlanishini o‘rganish.
Belgilangan maqsadga qarab (o‘quv, ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish) mikrobiologiya laboratoriyasi bir necha xonalardan tashkil topadi: mikroskopda ko‘rish ishlari uchun mo‘ljallangan xonalar, biokimyo laboratoriyasi, sterillash xonasi, yuvish xonasi, ozuq moddali muhitlarni pishirish xonasi va termostat xonasi. Barcha xonalar quruq, yorug‘, yaxshishamollatilgan, gaz, sovuq va issiq suv hamda ularni chetga chiqarish qurilmasi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Biotexnologiya laboratoriyasida o'quvchilar o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarni amalga oshiradilar. Stollar deraza yaqinida, imkon qadar ko‘proq yorug‘lik tushishiga mo‘ljallab joylashtiriladi. Mikroskopda ko‘rish ishlari uchun yorug‘lik bir tekisda taqsimlangan bo‘lishi kerak. To‘g‘ri tushayotgan quyosh nurlari ko‘zni charchatadi, ko‘rish qobiliyatiga, optik asboblar va mikroorganizmlarga zarar

479



yetkazadi. Xona devorlari och rangli moyli buyoqlar bilan bo‘yaladi. Pol esa lenoleum yoki oson yuviladigan plitalar bilan qoplanadi. Stollarning balandligi 0,7 m dan oshmasligi kerak. Stollarning yuza qismi yuvish va dezinfeksiya qilish oson bo‘lishi uchun plastik yoki lenoleum bilan qoplanishi lozim. Ish jarayonida foydalaniladigan stul va taburetkalar vintli bo‘lishi kerak.
Biotexnologiya laboratoriyasi xonasi bir kunda ikki marta nam latta bilan artib chiqiladi. Pol, devorlar va mebel vaqti-vaqti bilan changyutkich bilan ishlanadi va

  1. 3% li soda aralashmasi (natriy bikarbonat), 3-5% li fenol yoki lizol aralashmasi (yashil sovun qo‘shilgan fenol preparati), 0,5-3% li xloramin aralashmasi bilan artib chiqiladi. Bundan tashqari, bir oyda ikki-uch marta, ayniqsa miselial zamburug‘lar bilan ishlagandan keyin, laboratoriya xonalarida havodagi va turli yuzalardagi mikroorganizmlami yo‘q qilish uchun ultrabinafsha nurlanishli bakteriotsid chiroqlar bilan 30 minutdan bir necha soatgacha ishlov beriladi. Shuni unutmaslik kerakki, ultrabinafsha nurlar ko‘z shox pardasining o‘tkir yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin. Bunda, nur ta’sir qilgandan so‘ng, ko‘p o‘tmasdan ko‘zdan yosh kelishi va yorug‘likdan qo‘rqish kabi belgilar yuzaga keladi. Shu boisdan ham himoya ko‘zoynaklaridan foydalanish lozim. Bakteriotsid chiroq yoqilgan kichik xonalarda o‘tirish mumkin emas.

Mutloq sterillikni talab etuvchi ba’zi ishlar (toza kulturalarni qayta ekish, mikroorganizm kulturalarini ajratish, ekish, ilmiy-tadqiqot ishlari) izolyatsiya qilingan maxsus xonalar - bokslarda amalga oshiriladi. Boks oldida maxsus dahliz (tambur) bo‘lib, tashqaridan havo va u bilan birga mikro-organizmlar kirmaydigan qilib oynalangan bo‘lishi kerak. Boks devorlari plitalar bilan qoplanishiyoki moyli oq bo‘yoq bilan bo‘yalishi, poli esa lenoleum bilan qoplanishi kerak. Boksda stol, stullar, gaz gorelkalari joylashtiriladi, bakteriotsid chiroqlar osib qo‘yiladi yoki qo‘zg‘aluvchan kronshteynga mahkamlanadi. Boks xonalari vaqti-vaqti bilan yuvib turiladi va dizenfeksiya qilinadi. Xona yig‘ishtirilgandan keyin, ish boshlashdan oldin, poldan 2 m balandlikda joylashtirilgan bakteriotsid chiroqlar bilan nurlantiriladi.
Biotexnologiya laboratoriyasi kimyo stollari, havosi almashinadigan shkaflar, idish va reaktivlar uchun shkaflar, shuningdek zaruriy asboblar - fotoelektrokalorimetrlar (FEK), spektrofotometr, pH-metr, texnik va analitik tarozilar, sovutqichlar, vakuum-nasoslar va shu kabilar bilan jihozlanadi.
Preparatlar xonasida ish stollari, turli asboblar, idishlar va reaktivlar joylashtiriladigan shkaflar, sentrifuga va boshqa vibrag‘iya apparatlari, preparat va toza to‘plamlarni saqlash uchun sovutqichlar, termostatlar joylashtiriladi.
Sterillash xonasida ozuq muhitni va idishlarni sterillash uchun avtoklavlar, ishlatilgan laboratoriya idishlariga (tirik mikroorganizmlar qolgan kolbalar, probirkalar, pipetkalar) issiqlik bilan ishlov berish uchun alohida avtoklav, Kox
480



kipyatilnigi, quritish shkaflari, asboblar sterilizatori va stol joylashtirilishi kerak. Sterillash xonasi sterilizatorni ochgandan keyin chiqadigan bug‘ qoldiqlarini chiqarib yuborish uchun yaxshi ventilyatsiya moslamasi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Sterilizatordan chiqayotgan bug‘, bosim ko‘tarilmasdan avval rezina naycha bilan tashqariga yoki suvli chelakka yo‘naltiriladi. Eshik (oynalanmagan) va deraza tashqariga ochilishi kerak.
Yuvish xonasi issiq va sovuq suv o‘tkazilgan qulay rakovina yoki vannalar, idishlarni quritish uchun stellajlar, gaz yoki elektr plitalari, ozuq muhitlarni qaynatish uchun idishlar, tarozilar, suv distillyatorlari bilan jihozlanadi. Yuvish xonasida havosi almashiladigan, quritish va boshqa shkaflar bo‘lishi kerak. Havosi almashiladigan shkaf suv bug‘lari hamda shisha va idishlarni yuvishda ishlatiladigan ba’zi reaktivlarni chiqarib yuborishda kerak bo‘ladi. Pol va devorlar plita bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
Termostat xonasida kolba va probirkalar uchun stellajlar qo‘yiladi, maxsus fundamentda rotatsion tebratgichlar o‘rnatiladi. Termostat xonasidagi harorat 30 - 45°C atrofida bo‘lishi kerak.
O‘quv laboratoriyasida har qaysi o'quvchiga doimiy ish joyi va asboblar biriktirib qo‘yiladi. Laboratoriya stolida mikroskop uchun yoritgich, spirt yoki gaz gorelkasi, buyoqlar to‘plami, bakteriologik ilmoq va ignalar, probirkalar uchun shtativ, pipetkalar, shishashpatellar, oddiy va chuqurchali buyumshishalar, qopqoq shishalar, shisha ko‘prikcha va preparatlarni bo‘yash uchun vannacha, doka salfetka, shishaga chizadigan qalam, immersion yog‘, qum soat, buyumshisha o‘lchamida kesilgan filtr qog‘oz, gugurt, dezinfeksiya qilish uchun suyuqlik, paxtali banka bo‘lishi kerak. Mikroskop stolga joylashtiriladi va shisha qalpoq yoki polietilen yopqich bilan berkitib qo‘yiladi. Ish joyi juda toza holda saqlanishi kerak. Stolning usti lizol, 70% li (hajmi bo‘yicha) etanolli xloramin shimdirilgan paxtali tampon bilan artiladi.
Apparat va asboblar. Termostatlar (1, 2-rasm - havoli, suvli) berilgan doimiy haroratda ozuq muhitida mikroorganizmlarni o‘stirish uchun mo‘ljallangan.

481




Rasm 1 . Quruqhavoli elektr termostat:

1 - tashqi eshik; 2 - korpus; 3 - ichki eshik; 4 - termostatni elektr tarmog‘iga ulaydigan tum-balar; 5 - xaroratni aniqo‘rnatish uchun potensiometr; 6 - xaroratni taxminiy o‘rnatish uchun potensiometr; 7 - boshqarish bloki; 8 - tokchalar; 9 - isituvchi element. 482

Rasm 2. Termostat.
Tokchalardamikroorganizmlarekilganprobirkalarva Petri chashkalari.


Avtoklavningtuzilishsxemasi:



  1. sterilizatsiyalash kamerasi;

2-
sterilizatsiyaqilinadiganmate
riallarniqo ‘yadigantaglik;

3-
avtoklavgasuvquyishuchunv
oronka;

  1. saqlovchiklapan;

  2. manometr;

6-
sterilizatsiyalashkamerasigap
aro‘tadiganteshik;

Laboratoriyada alohida guruh mikroorganizmlarni rivojlantirish uchun "talab etiladigan turli haroratli bir nechta termostat: mezofillar uchun - 28-30°C, termofillar uchun - 43-55°C, patogen turdofillar uchun - 37°C li termostatlar o‘rnatiladi. Termostatlar har xil shaklda, o‘lchamda va tuzilmali bo‘ladi. Ular unchalik katta bo‘lmagan shkaf ko‘rinishidan bir nechta bo‘limlardan tashkil topgan politermostat yoki alohida termostat xonasigacha bo‘lishi mumkin.
Termoregulyatorli quritish shkafi (4-rasm) laboratoriya idishlarini quritish va sterillash, turli materiallarni doimiy massasigacha quritish uchun mo‘ljallangan. Quritish shkafi issiqlikka chidamli materiallardan (metall va asbest) tayyorlanadi va ishchi kamerasi 200°C gacha bo‘lgan haroratga mo‘ljallanadi. Shkafning ichi teshikli metall listlardan tayyorlangan polkalar bilan jixozlangan bo‘lib, ularning ustiga quritiladigan idishlar yoki materiallar joylashtiriladi.

7

б

Rasm 4. Quritishshkafi:

  1. - shkalalitermoregulyatornidastasi;

  2. - asbobni o‘chiruvchi murruvat; 3 - signal beruvchi lampa; 4 - taglik; 5 - eshikcha; 6 - korpus; 7 - termometr scisn tesiik va ventilyatsiya qalpoqciasi





483



Sovutkichlar ishlatiladigan yoki muzeyga oid mikroorganizmlar kulturasi, ozuq muhitlari, ba’zi bir reaktivlar va aralashmalarni +4°C atrofidagi haroratda saqlash uchun ishlatiladi.



Sentrifuga suspenziya va aralashmalarning suyuq va qattiq fazalarini ajratish uchun xizmat qiladi. Sentrifuga ikkita rotor bilan jihozlangan bo‘lib, ular elektr dvigatelining valiga ketma-ket o‘rnatiladi: to‘rtta stakanli rotor-prestavina va shishayoki polietilen probirkalar uchun uyachalari bo‘lgan burchakli rotor. Rotorlarning aylanish tezligi - 2000 dan 6000 gacha ob/min.



484





Laboratoriya pH-metri vodorod ionlarining (pH) aktivligi va oksidlanish - qaytarilish potensialini (Yeh) o‘lchash uchun mo‘ljallangan.
Refraktomer quruq moddalar, shakar, spirt, aminokislotalar, vita-minlar va ekstrativ moddalar miqdorini aniqlash uchun ishlatiladi. Shkala sindirish ko‘rsatgichni va quruq moddalar miqdorining massa % ni ko‘rsatadi.
Fotoelektrokalorimetr bo‘yalgan va kaloid aralashmalarining optik zichligi hamda o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentlarini o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Asbob 315­630 nm spektr doirasida ensiz tasmali yorug‘lik filtrlari to‘plami bilan jixozlanadi. Kalorimetr - nefelometr aralashmalarining loyqalanish darajasi bo‘yicha mikroorganizm hujayralari konsentratsiyasini baholash imkonini beradi.
Spektrofotometr optik zichligini hamda suyuq va qattiq moddalarining o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentlarini o‘lchash uchun ishlatiladi.
Zeyts filtrlari asbest va syelyuloza aralashmasidan tayyorlangan, qalinligi 3-5 mm va diametri 33-140 mm bo‘lgan disklardan tashkil topgan bo‘lib, sellyuloza miqdori ortib borgan sari filtrning g‘ovakligi oshadi. Filtrlar, odatda nikellangan metalldan tayyorlangan voronkaga (5-rasm) o‘rnatiladi. Voronka ikki qismdan iborat: yuqori qismi silindr ko‘rinishida va pastki qismi esa konus ko‘rinishida bo‘ladi. Ularning o‘rtasiga metall to‘rga asbest filtr qo‘yiladi. Shundan keyin voronka burab qo‘yiladi yoki maxsus vintlar yordami-da zich qilib tortiladi. Ensiz tubus esa bunzen kolbasining rezina tiqiniga o‘rnatiladi.
Idishlar. Biotexnologik tadqiqotlar uchun har xil shisha idishlar talab etiladi. Petri likobchasi (diametri 10 sm, balandligi 1,5 sm) qattiq ozuq muhitda mikroor- ganizmlarni o‘stirish uchun, tebratgichga o‘rnatiladigan kolbalar aerob mikroorganizmlami o‘stirish uchun, probirkalar va naychali kolbalar bijg‘ish jarayonlarini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, oddiy kimyoviy idishlardan ham keng foydalaniladi. Bular jumlasiga tubi yassi, konussimon, erlen-meyer kolbasi, tubi dumaloq, o‘lchov kolbalari; darajalangan (1, 2, 5, 10 ml li) pipetkalar, mor pipetkalari (1, 2, 5, 10, 20, 25, 50, 100 ml li), kapillyarli Paster pipetkalari, 18x2,0, 18x1,5, 15x1,5 sm li agronomik probirkalari (rangsiz), byuretkalar, tomizgichlar, voronkalar, menzurka, silindr, byuks, sklyankalar kiradi.



a

6

Rasm 5. Zeyts filtrlari:

Rasm 6. Paxta tiainlarni tayyorlash:

Paxtali tiqinlarni tayyorlash. Ozuq muhitlarini tayyorlash va sterillash hamda mikroorganizmlar to‘plamini o‘stirish uchun ishlatiladigan kolba va probirkalar paxtali tiqinlar (6-rasm) bilan berkitiladi. Tiqinlar qo‘lda yoki maxsus mashina yordamida tayyorlanadi. To‘g‘ri tayyorlangan tiqin 3-5 sm uzunlikda, probirkaga zich kira-digan, mahkam va ko‘p marta ishlatil-ganda o‘z shaklini o‘zgartirmaydigan bo‘lishi kerak. Agar paxtali tiqimni doka bilan o‘rab, yuqori qismi ip bilan mahkam bog‘lab qo‘yilsa, u yaxshi saqlanadi.
Jihoz. Biotexnologiya amaliyotida ilmoqlar, ninalar, shpatellar (7, 8-rasm), pinset, qaychi, tiqimlar uchun parma, pipetkalar uchun metall silindr probirkalarni sterillash uchun teshikchali sim yoki metall savatchalar, probirkalar uchun plastmassa yoki metall shtativlar va shu kabi boshqa jihoz qo‘llaniladi.
Ilmoq va ninalar uzunligi 8 sm va diametri 0,4-0,5 mm bo‘lgan platina, nikel yoki xromli nikel simlardan tayyorlanadi hamda shishayoki metall ushla-gichlarga payvandlanadi. Ekish uchun shpatellar 4-5 mm qalinligdagi shisha tayoqchalardan tayyorlanadi.



Rasm 7. Mikroblarni ekishda qo'llanadigan igna (a) va ilmoq:



486


  1. LABORATORIYA ISHI BAKTERIYALAR MORFOLOGIYASINI 0‘RGANISH


Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish