410
necha oy, hatto bir necha yillargacha biologik xossasini saqlab qoladi.
Yorug‘lik nurlari. Mikroblar hayot faoliyatlarida doimiy quyosh radiatsiya nurlari ta’siriga uchraydi. Tik quyosh nuri fotosintezlovchi bakteriyalardan tashqari, mikroorganizmlarga ham bir necha soat ichida o‘ldiruvchan ta’sir ko‘rsatadi. Quyosh nuri tarkibidagi ultrabinafsha nurlari hujayra fermentlarini inaktivatsiyalaydi va DNKni jarohatlaydi.
Patogen mikroorganizmlar UBN (ultrabinafsha nuri)ga juda sezgir bo‘ladi. Shuning uchun laboratoriyada kulturalarni qorong‘ida saqlash maqsadga muvofiqdir. Buni Buxner o‘z tajribasida isbotlab bergan.
Petri kosachasidagi oziqa muhitga ko‘p miqdorda mikrob kulturasi ekiladi. Qora qog‘ozdan «typhus» so‘zi kesib olinadi va kosachaning orqa tarafiga yopishtiriladi. Kosachani to‘nkarilgan holatda tik quyosh nurida 1 soatga qoldiriladi, vaqt o‘tgach, qog‘oz olib tashlanadi va kosachani 37°C da 24 soat termostatda qoldiriladi. Ertasiga termostatdan kosachani olib qaralganda, uning qog‘oz yopishgan joyida mikroblarning o‘sgani ko‘rinadi. Tik quyosh nuri tushgan yerida esa mikroblar o‘smagani kuzatiladi.
Quyosh nurining ahamiyati katta bo‘lib, tashqi muhit, havo, suv, tuproqning yuza qismini patogen mikroblardan tabiiy ravishda tozalab turadi. UBNlarning bakteriotsidlik ta’siridan yopiq xonalardagi (jarrohlik, bog‘lov, boks va b.) havoni sterilizatsiya qilishda keng foydalaniladi. Bu nurlarning manbai bo‘lib, ultrabinafsha nur ajratuvchi lampa, bakteriotsid lampalar hisoblanadi.
Ultratovush mikrob hujayrasini jarohatlaydi. Uning ta’sirida hujayra ichidagi sitoplazma faollashadi va hujayra ichidagi bosim ortib ketadi (10000 atm). Bu hujayra qobig‘ining butunligiga ta’sir ko‘rsatib, hujayrani nobud qiladi. Ultratovush oziq-ovqatlarni (sut, meva, sharbatlar), ichimlik suvlarini sterilizatsiya qilishda qo‘llaniladi.
Bosim. Mexanik bosimga bakteriyalar va sporalar chidamli bo‘ladi. Tabiatda okean va dengizlarning 1000—10000 metr chuqurligida 100—900 atm bosim ostida yashaydigan mikroblar ham aniqlangan. Ayrim turdagi bakteriyalar 3000—5000 atm, sporalar 20000 atm bosimiga chidamli.
Kimyoviy omillar. Kimyoviy omillar mikroorganizmlarga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Ularning ta’siri kimyoviy modda tabiatiga, konsentratsiyasiga, mikrob- larga ta’sir etish vaqtiga bog‘liqdir. Kimyoviy modda konsentratsiyasiga qarab, oziqlantiruvchi yoki o‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 0,5—2 % glukoza eritmasi mikroblarning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatsa, 20—40 % glukoza eritmasi esa mikrob hujayrasining bo‘linib ko‘payishini sekinlashtiradi.
Kimyoviy moddalardan dezinfeksiya qilish maqsadida foydalaniladi. Dezinfeksiya deb, tashqi muhitdagi patogen mikroorganizmlarni yo‘q qilish jarayoniga aytiladi. Dezinfeksiyalovchi moddalarga fenol va ularning og‘ir metall
Do'stlaringiz bilan baham: |