409
Vegetativ mikroorganizmlar 60°C ta’sirida 30—60 daqiqadan so‘ng, 80— 100°C ta’sirida 1—2 daqiqadan so‘ng nobud bo‘ladi. Bakteriyalarning sporalari ancha chidamli bo‘ladi. Masalan, batsillaning sporasi qaynatgandan 10—20 daqiqa, botulizm klostridiyning sporasi 6 soatgacha saqlanadi. Barcha bakteriyalar va sporalar 165—170°C harorat ta’sirida 1 soat ichida nobud bo‘ladi.
Ko‘pgina mikroorganizmlar past haroratga chidamli bo‘ladi. Vabo va salmonellalar muzda uzoq saqlanadi. Ayrim mikroorganizmlar suyuq havoda (— 190°C), bakteriyalarning sporalari —250°C haroratda ham tirik qolishi mumkin.
Patogen mikroblari ko‘kyo‘tal, meningokokk, gonokokk va boshqalar past haroratda tez nobud bo‘ladi. Mana shuni e’tiborga olib, tekshirish materialini laboratoriyaga yuborilayotganda, sovuqdan saqlagan holda olib borish lozim bo‘ladi.
Past harorat achituvchi va bijg‘ituvchi jarayonni yuzaga keltiruvchi mikroorganizmlarga o‘ldiruvchan ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatkichlarda, omborxonalarda saqlanadi.
0°C haroratda mikroorganizmlar anabioz holatiga tushadi, moddalar almashinish jarayoni sekinlashadi va bo‘linib, ko‘payishi to‘xtaydi. Agar mikroblar yana o‘ziga qulay haroratga va oziq muhiti ko‘p bo‘lgan sharoitga tushsa, o‘zini qayta tiklaydi. Haroratning tez o‘zgarishi (muzlash yoki erish) mikroorganizmlarga o‘ldiruvchan ta’sir ko‘rsa- tadi, ya’ni hujayra qobig‘ining bo‘linib ketishiga olib keladi.
Quritish. Mikroorganizmlarning normal hayoti uchun suv zarur. Quritish ta’sirida sitoplazmatik membrananing butunligi buziladi, natijada mikrob hujayrasining oziqlanishi to‘xtab, hujayra nobud bo‘ladi.
Quritish ta’sirida mikroblarning o‘lishi turlichadir. Masalan, patogen meningokokk, gonokokk, leptospiralar, treponema va boshqalar quritish ta’ sirida bir necha daqiqadan so‘ng nobud bo‘ladi. Vabo vibrioni 2 kungacha, salmonellalar 70 kun, sil mikobak- teriyasi 90 kungacha saqlanishi mumkin. Sil kasalligi bilan kasallangan bemorning qurigan balg‘amida sil qo‘zg‘atuvchisi qurigan oqsil qobig‘i bilan o‘ralgan bo‘ladi. Shuning uchun u 10 oygacha saqlanishi mumkin.
Quritishga va boshqa omillarga sporalar juda chidamlidir. Kuydirgi batsillasining sporasi 10 yilgacha, mog‘or zamburug‘lari 20 yilgacha saqlanadi.
Quritish ta’sirida mikroblar nobud bo‘lgani uchun azaldan sabzavot va mevalar, go‘sht, baliq, dorivor o‘simliklar quritib saqlangan. Quritish yo‘li bilan saqlangan oziq-ovqatlar namli sharoitga tushganda tez buziladi, chunki mikroblar o‘z faoliyatini yana tiklaydi.
Mikroorganizm kulturalarini, vaksina va biologik preparatlarni saqlashda liofil quritish usuli keng qo‘llaniladi. Bunda preparatlar muzlatilib, so‘ng vakuum sharoitida quritiladi. Bu holatda mikrob hujayrasi anabioz holatiga o‘tadi va bir
Do'stlaringiz bilan baham: |