O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti



Download 14,52 Mb.
bet122/279
Sana23.07.2022
Hajmi14,52 Mb.
#843032
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   279
Bog'liq
Oziq-ovqat mikrobiologiyasi Majmua2021 oot (1)

Salmonellalar – odam va hayvonlar uchun patogenli bo‘lib salmonellyoz kasalligini chaqiradi.
Salmonella urug‘iga mansub bakteriyalar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, 2000 dan ortiq serologik variantlari mavjud. Salmonella urug‘iga qorin tifi, paratiflar A, B va ovqatdan zaharlanishning qo‘zg‘atuvchilari kiradi. Urug‘ning nomi 1900-yili Liner tomonidan, 1885-yili cho‘chqalar o‘lati vaqtida ushbu urug‘ning asosiy vaklini ajratib olgan amerikalik olim Devid Salmon sharafiga berilgan. Bu kasalliklar, asosan, ifloslangan sut va ovqat mahsulotlari orqali yuqadi. Bollingen (1876 y) salmonellyoz bilan kasallangan hayvonlar go‘shtini iste’mol qilganda kasallanishning yuqoriligini ta’kidlab o‘tgan. Keyingi yillarda salmonellalarni farqlash Kauffman-Uayt sxemasi asosida olib borilgan.
Salmonella urug‘i 65 ta guruh va 2000 dan ortiq serologik variantlardan iborat. Salmonellalar uy, va yovvoyi hayvonlar, qush, baliq, reptiliyalar organizmida parazitlik qiladi, ulardan ayrimlari odamlarga nisbatan ham patogen.
Salmonellyoz barcha turdagi yosh hayvonlarning septik shaklida namoyon bo‘ladigan, o‘tkir o‘tadigan yuqumli kasallikdir. Qo‘zg‘atuvchilari Salmonella avlodiga kiradi. Buzoqlar 3– 4 haftadan 4 oylikgacha bo‘lgan yoshda kasallanadi, qo‘zg‘atuvchisi – S.enteritidis va S.typhi muriumlar. Kasallik isitma va kuchli ich ketish bilan kechadi (katta yoshdagilari salmonella tashuvchi hisoblanib, kasallik klinik belgilarsiz o‘tadi). Cho‘chqalar 4 oylikgacha bo‘lgan yoshda kasallanadi, qo‘zg‘atuvchisi S.choleraesuis, S.typhimurium. Qo‘ylar barcha yoshida kasalalnadi, ona qo‘ylarda salmonellyozli bola tashlash kuzatiladi, qo‘zg‘atuvchisi – S.abortus ovis. Toylar ko‘pincha ona qornida zararlanadi, natijada biyalar homila tashlaydi. Ularda kasallikni S.abortus eqvui qo‘zg‘aydi. Parrandalar salmonellyozi jo‘jalar hayotining birinchi kunlari va haftalarida yalpi kasallanish va o‘lim bilan namoyon bo‘ladi. Tovuq homilasi va katta yoshdagi parrandalar ham kasallanadi. Qo‘zg‘atuvchisi S.pullorum (S.gallinarum). Salmonellyoz bilan zararlangan mahsulotlarni (go‘sht, tuxum, sut) yeganda odamlarda toksikoinfeksiya paydo qiladi.
Morfologiyasi. Salmonellalar grammanfiy, qisqa tayoqchasimon, uchlari qayrilgan, 2 – 4 mkm uzunlikda va 0,5 mkm qalinlikdagi bakteriyalar.
Spora va kapsula hosil qilmaydi, bittadan, ba‘zan ikkitadan joylashadi. S.pullorumdan tashqari, barchasi harkatchan (peritrixlar)dir.

Download 14,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish