Kultural xususiyatlari. Salmonellalar aerob yoki fakultativ anaeroblar bo‘lib, oddiy oziq muhitlarda 37oC da, pH=7,2 – 7,6 da yaxshi o‘sadi. Differensial diagnostik - Endo, Levin, Ploskirev muhitlarida salmonellalar rangsiz yoki kulrang – ko‘kish koloniyalar, vismut – sulfit agarda qora koloniyalar hosil qiladi.
Biokimyoviy xususiyatlari. Salmonellalar glyukoza, mannitni, maltozani parchalab kislota va gaz hosil qiladi, laktoza, saharozani parchalamaydi, jelatinani eritmaydi, indol hosil qilmaydi, ko‘pchiligi vodorod sulfid hosil qiladi. Metilrot bilan musbat, Foges – Proskauera bilan manfiy natija beradi.
Chidamliligi. Salmonillalar rivojlanishining optimal sharoiti kuchsiz ishqoriy muhitdir (pH=7,2-7,4) optimal harorat 37oC, lеkin ular xona xaroratida (18-20oC) da ham yaxshi ko’payadi. Salmonеllalar past haroratiga chidamli. Masalan: muzlatilgan (-80oC) mеvalarda mikroblar 750 kungacha hayot faoliyatini to’xtatmagan. Salmonеllalar quritishga chidamli, xonadagi changlarda 80 kun, quruq yеrlarda 90 kungacha hayot faoliyatini davom ettiradi. Salmonеllalar suv inshootlarida va boshqa ob’еktlarda 60oC da 1 soat mobaynida o’ladi. 75oC da 5-10 minutda va 100oC da shu onda o‘ladi. Tuzlangan, dudlangan mahsulotlarda qaynatilgan go‘shtda (2 – 2,5 soat qaynatish kerak) bir necha oy saqlanadi. To‘g‘ri tushgan quyosh nurlari ta‘sirida bir necha daqiqada o‘ladi. Tashqi muhitda, tuproqda 20 dan 120 kungacha, hayvon o‘ligida 100 kungacha saqlanadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ularni o‘ldiradi. Antibiotiklar, nitrofuran, sulfanilamid preparatlariga sezuvchan. Baktеriyalarning yashovchanligiga muhitning kislotaligigi, osh tuzining miqdori ta’sir ko’rsatadi. Muhitda 6-8 % tuz bo’lishi ko’payishini to’xtatadi. 10-12 % da esa umuman o’ladi. Kislotalilik muhiti pH=5 da rivojlanish kеtadi.
Patogenligi. Tabiiy sharoitlarda salmonellalar buzoq, qo‘zi, cho‘chqa bolalarini zararlaydi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar ko‘proq moyildir.
Patogenezi. Hazm kanali orqali, aerogen, ona qornida, transvorial (parrandalar) zararlanishi mumkin.
Kasallik o‘tkir va yarim o‘tkir kechganda salmonellalar avval ichakda rivojlanadi, keyin ichak vorsinkalari orqali ichak limfa tugunlariga o‘tadi va bakteriyalar intensiv rivojlanadi va birinchi yallig‘lanish jarayonlari rivojlanadi. Bundan keyin bakteriyalar umumiy limfa va qon oqimiga tushib bakteremiya paydo bo‘ladi, parenximatoz diffuziya (salmonellalarning limfa tugunlari, o‘pka, ba‘zan ilikda joylashib, rivojlanishi) bilan davom etadi. Bo‘g‘oz hayvonlarda (qo‘y, biya va h.k.) salmonellalar asosan bachadonida joylashib unda va plasentada yallig‘lanish jarayonlarini, homilada sepsis, homila tashlashni paydo qiladi.
Salmonellalar ichak massasi, tug‘ish yo‘llari (homila tashlash va undan keyingi davrda), burun shilimshig‘i bilan (pnevmoniyada) ko‘p miqdorda ajraladi. Bu davrdaantitelolar ko‘payib, RES- retikuloendotelial sistema birdan faollashadi.
Salmonellaning ko‘payishi natijasida juda ko‘p biomassa to‘planadi va bakteriyalarning parchalanishi bilan endotoksin ajraladi. Endotoksin organlar to‘qimasida qator yallig‘lanish, distrofik, nekrobiotik va granulomatoz o‘zgarishlar, qon quyilishlar paydo qiladi. Klinik sog‘aygandan keyin hayvonlar bir necha hafta, oylar davomida salmonella tashuvchi bo‘lib qoladilar.
Parranda salmonellyozlarida sepsis, kataral enterit, jigar va tuxumdonlarida distrofik o‘zgarishlar, qon quyilishlar paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |