O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti



Download 14,52 Mb.
bet239/279
Sana23.07.2022
Hajmi14,52 Mb.
#843032
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   279
Bog'liq
Oziq-ovqat mikrobiologiyasi Majmua2021 oot (1)

9-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Go’shtning yangiligini bakterioskopik usulda aniqlash
Go'shtni bakterioskopik tekshirish uchun uning har xil chuqurligidan steril holatda bo'lakchalar kesib olib, ularni kesilgan yuzasi bilan qizdirilgan oyna ustiga qo'yiladi. Ana shunda oynaga go'shtning izi tushadi. Keyin bu izni quritib, fiksirlab, Gram usulida bo'yaladi va mikroskopda qaraladi. Gram usulida bo'yashdan maqsad ichak tayoqchalari va ich terlama kasalligini qo'zg'atuvchi guruhdagi bakteriyalar bor yoki yo'qligini aniqlashdan iborat; ular grammanfiy sporasiz tayoqchalardir.
Go'sht bo'lakchasining izi tushirilgan tamg'a-preparatning bitta ko'rish maydonidagi hujayralar soniga asoslanib mikroorganizmlar miqdori hisobga olinadi. 14-jadvalga muvofiq go'shtni bakterioskopik tekshirish natijalariga baho beriladi.
1-jadval
Go'shtning yangiligiga bakterioskopik usulda baho berish

Go’shtning yangiligi

Go’shtning pH

Bakterioskopik tekshirish ko'rsatkichlari

Yangi go'sht

5,9-5,5

Tamg'ada mikroflora topilmaydi yoki kokklar, achitqilar, tayoqchalarning yakka nusxalari ko'rinadi. Go'sht to'qimalarining archalanish qoldig'i oynada umuman sezilmaydi. Mikrofloraning rangi grammusbat.

Yangiligi gumon qilingan go’sht

6.6



Tam Tamg'aning har bir ko'rish maydonida birnecha o'nlab (20-30 ta) kokklaryoki birnechta tayoqcha ko'rinadi. Mikroblardan tashqari, mushak to'qimasining parchalanish izlari yaqqol bilinadi. Mikrofloraning rangi ham grammusbat, ham grammanfiy

Yangi emas

6.7

Tamg'ada mikroorganizmlarko'p, grammanfiylari ustunlik qiladi (ko'rish maydoni ularbilan deyarli butunlay to'la). Mushaklarning parchalangan to'qimalari juda ko'p.

Go'shtning chuqur qatlamidan namuna olishda uning yuzasi qizdirilgan pichoq bilan kuydiriladi va sterillangan lansetda vertikal holatda chuqur kesiladi. So'ngra uning chetlari orasini pinsetda kerib, chuquridan kichik bo'lakcha kesib olinadi. Keyin uni kesilgan tomoni bilan buyum oynasi ustiga qo'yib, uning izi tamg'adek tushiriladi yoki shu bo'lakchani buyum oynasiga surtib, ortiqcha material tashlab yuboriladi. Mazok safranin yoki metilen ko'ki bilan bo'yalganda gram- musbat tayoqchalar yoki uchi to'mtoq tayoqchalar zanjiri, shuningdek, kapsulaga o'ralgan tayoqcha yoki tayoqchalar zanjiri ko'rinishi unda kuydirgi kasalligini qo'zg'atuvchi Bad. anthracis bo'lishi mumkinligidan dalolat beradi. Bunday material Davlat sanitariya inspeksiyasi laboratoriyasiga yuboriladi.


Agar mazoklarda tennis raketkasi shaklidagi sporali poli- morf grammusbat tayoqchalar topilsa, Bad. votulinum bor deb taxmin qilish mumkin. Bu material ham yana yaxshilab tekshirish uchun Davlat sanitariya inspeksiyasi laboratoriya­siga yuboriladi.
Tamg'a-preparatni tayyorlash va mikroskopda ko'­rish. Buning uchun sterillangan toza buyum oynasi go'sht namunasining tekshiriladigan yuzasiga zich bosiladi. Tayyor bo'lgan tamg'a-preparat havoda quritilib, gorelka alangasida fiksirlanadi va Gram usulida bo'yaladi.
Agar go'sht yog'li bo'lsa, preparat spirt bilan efir aralashmasida fiksirlanadi. So'ngra preparat mikroskopda x90 obyek­tivida ko'riladi. Bunda kamida 10 ta ko'rish maydoni tekshi­riladi. Kokklar bilan tayoqchalar alohida hisoblanib, har bir ko'rish maydoniga nisbatan o'rtacha soni chiqariladi. Topil- gan bakteriyalarning Gram usulida bo'yashga munosabatini aniqlash va koli terlama guruhi tayoqchalari yo'qligi yoki bo'lishi mumkinligi haqida xulosa chiqarish kerak. Olingan natijani 14-jadval ko'rsatkichlari bilan taqqoslab, go'shtning yangiligiga baho beriladi. Tekshirish natijalarini yozib olib, rasmi chiziladi.
Go'shtdagi mikroorganizmlar miqdorini aniqlash.
Tekshirilayotgan go'shtdagi mikroorganizmlar miqdorini, ichak-ich terlama guruhi va anaeroblar bor-yo‘qligini aniqlash uchun preparatlarni bakterioskopik tekshirish bilan bir qator­da materialni ekish usulidan ham foydalaniladi.
Ekish usuli. Namunani ekishdan oldin yog1 to'qimasidan tozalanadi, spirtga botirib qo‘yib, yuzasi ikki marta kuydiriladi. Shundan keyin sterillangan pichoqda namunaning har xil joyi chuqurligidan 2—3 sm kattalikdagi go'sht bo'lakchasi kesib olinib, surkash yo'li bilan GPAli likopchaga (bakteriya­larning umumiy sonini aniqlash uchun), Endo elektiv muhitiga (ichak-ichterlama guruhini topish uchun) ekiladi va probirkalardagi jigar bulyoniga tushiriladi (anaeroblarni aniqlash uchun). Jigar bulyoniga ekilgan namunalami termostatga qo'yish- dan oldin 80°C da 20 minut isitiladi; bunda sporali formalar hisobga olinadi. Probirkalarning bir qismi isitilmaydi. Ekilgan idishlaming hammasi termostatga 37°C isiqqa qo'yib, 24—48 soat saqlanadi.
Jigar bulyoniga qilingan ekinlar anaeroblarni aniqlash uchun termostatda 8-10 kun saqlanadi. Agar muhitda mikroflora o'sayotganligi aniqlansa, u mikroskopda tekshiriladi.
Saprofit mikrofloraning umumiy miqdorini aniqlashda likopchadagi mikroorganizmlarning o'sish intensivligi quyi­dagi belgilar bilan ifodalanadi: likopchada o'smagan bo'lsa - , 20 tagacha koloniya bo'lsa +
20 tadan 50 tagacha koloniya bo'lsa ++
50 tadan ortiq koloniya bo'lsa +++
Elektiv muhitlardagi koloniyalar miqdori yuqorida ko'rsa- tilgan usulda aniqlanadi, mikroorganizmlar o'sishining o'ziga xosligi belgilab boriladi. Elektiv muhitli likopchalarda ichak- ich terlama guruhi bakteriyalarini aniqlash juda muhimdir; chunki ular ovqatdan zaharlanishga va infeksiya tarqalishiga sabab bo'ladi; shuningdek, mazkur guruhning o'sish intensivligi aniqlanadi. Anaerob bakteriyalarning jigar bulyonida o'sishi muhit­ning anchagina loyqalanishiga qarab aniqlanadi. Loyqalangan muhitdan fiksirlangan preparat tayyorlanadi. Agar prepa- ratda Вас. votulinus ga o'xshagan sporali tayoqchalar topilsa, botulizm batsillalarini aniqlash uchun material Davlat sanitariya inspeksiyasiga topshiriladi.



Download 14,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish