Talaba uchun topshiriq
Xo‘jalikda yirik qoramol va parranda bor. Ulardan hosil bo‘ladigan kundalik biogaz xomashyosini hisoblang va zarur hajmdagi bireaktorlar toping.
Variant Yirik qoramol (bosh) Parranda (bosh)
1 . 100 100
2 . 90 60
3 . 80 70
4 . 40 80
5 . 50 80
6 . 20 40
7. 100 20
8 . 30 30
Nazorat uchun savollar
1. Bioreaktor o‘lchamini tanlash qanday tanlanadi?
2. Desorb harorat deganda nimani tushinasiz?
3. Texnologik hisoblar qanday balanslar asosida amalga oshiriladi ?
2-AMALIY MASHG‘ULOT
Uglevodlarni achitqilar yordamida spirt olish jarayonlarini o’rganish
Insoniyat kundalik turmushida spritli, sut kislotali bijg’ishlardan keng foydalangan. Bijg’ish jarayonlari turli - tuman bo’lib, ular hosil bo’lgan mahsulot yoki bijg’ish jarayonida sarflanadigan moddaning nomi bilan ataladi. Biz turli-tuman mahsulotlarning bijg’ishini o’rganishdan oldin bijg’ishning o’zi nima degan savolga to’xtalib o’taylik. Bijg’ish-mikroorganizmlar yoki ular ajratadigan fermentlar ishtirokida organik moddalarning (asosan uglevodlarning) parchalanish jarayoni. Bunda bijg’iydigan mahsulotning bir qismi oksidlansa, ikkinchi qismi qaytariladi, natijada energiyaajraladi. Bijg’ish xalq tilida qaynash deb ham yuritiladi, chunki bijg’ish jarayonida ajralib chiqadigan karbonat angidrid pufakchalari suvning qaynashini eslatadi. Bijg’itadigan mikroorganizmlarning turiga va xususiyatiga, bu jarayonning o’tish sharoitiga qarab bijg’ishda har xil moddalar hosil bo’lishi mumkin. Masalan, kislorodsiz sharoitda (obligat anaerob bakteriyalar ishtirokida) moy kislota, aseton, butil spirt va boshqalar, ham kislorodli ham kislorodsiz sharoitda (fakultativ anaerob bakteriyalar ishtirokida) spirt, sut kislota, propion kislota, faqat kislorodli sharoitda sirka kislota, aseton, etil spirt, limon kislota yuzaga keladi. Bijg’ish jarayonida musallas, bo’za, qimiz va boshqa ichimliklar hosil bo’ladi.
XVI asrda Vant-Gelmont bijg’ish jarayonini fermentlar ishtirokida, XIX asrning 30-yillarida esa Kanyar va Latur, Shvann va Kyutinglar bir hujayrali tirik tikroorganizmlar ishtirokida ro’y beradi deb tushuntirdilar. Keyinchalik olimlar bijg’ishni Berselius va Libixlarning «kimyoviy bijg’ish nazariyasi» bilan bog’lab bijg’ish beqaror o’lik organik moddaning parchalanishi dedilar.
Bijg’ishni faqat Lui Paster ilmiy asosda to’g’ri tahlil qildi. Bijg’ish – bu kislorodsiz nafas olish, mikroorganizmlardagi moddalar almashinuvi natijasi, degan fikrni isbotladi. Mikroorganizmlar ishtirokida organik moddalar (uglevodlar) bijg’itilib, xalq xo’jaligida zarur mahsulotlar-etil va butil spirtlar, sut, moy, propion kislotalar olinadi.
Biz quyida spirtli bijg’ishni ko’rib o’taylik. Spirtli bijg’ish jarayonida zamburug’lardan (Saccharomyces cerevisiae avlodi) qatnashib, ular fakultativ anaerob hisoblanadi. 14-24 0C issiq xaroratda moddalar yaxshi achiydi, suyuqliklarning harakatlanishi natijasida ko’p miqdorda gaz ajralib chiqadi.
Embden-Meyergof qanddan spirt hosil bo’lishgacha murakkab biokimyoviy jarayon sxemasini quyidagicha bayon qilinadi.
Buni quyidagi umumlashtirilgan formula bilan ifodalash mumkin:
C6H12O6 → 2CH3CH2OH + 2CO2 =27kkal
Qanddan spirt hosil bo’lishiga ATF va ADF asosiy energiya manbai bo’lib qatnashadi. Spirt, vino, pivo ishlab chiqishda Sachar, Saxaromisess vinni, Saxaromisess karlsbergens (Saccharomyces vini; Saccharomyces carlsbergens) kabi achitqilar ishlatiladi.
Spirtli bijg’ish jaryonida ishtirok etadigan achitqilar fakultativ anaeroblardir. Azot manbai sifatida ular aminokislotalar, peptonlar va ammoniyli tuzlardan foydalanadi. Achitqilar bir qator vitaminlar sintezlash mumkin, fiziologik aktiv moddalar berilsa, ular yaxshi rivojlanadi. Rivojlanishi uchun temperatura 4-35 0C oralig’ida, pH esa bir oz kislotali bo’lgani ma’qul hisoblanadi.
Achitqilar ostki va ustkilarga ajraladi. Ostki achitqilar 4-35 0C da yaxshi bijg’itsa, ustqi achitqilar 18-30 0C da yaxshi rivojlanadi.
Spirtli bijg’ish jarayonida ajraladigan energiya miqdori nafas olishdagiga nisbatan 24-25 marta kam bo’ladi:
C6H12O6 → 2CH3CH2OH + 2CO2 + 116 kJ.
C6H12O6 → 6CO2 + 6H2O + 2810 kJ.
Achitqilar uchun aerob sharoit zarur bo`lsa, spirt, pivo, vino, olishda anaerob sharoiti bo’lishi kerak:
Odatda, kislorod yetarli bo’lgan sharoitida achitqilar bijg’ish jarayonini olib boradi. Agar kislorod miqdori oshirilsa, bijg’ishdan tashqari, nafas olish jarayoni ham boradi, uni aerob va anaerob sharoitida C6H12O6va CO2 ning nisbatidan ko’rish mumkin.
Aerasiya yaxshi bo’lganda, spirt miqdori 30 % kam bo’lar ekan. Spirtli bijg’ish jarayonida 15 % spirt to’plangandan so’ng bijg’ish to’xtaydi, chunki spirt achitqilarni zaharlaydi. Spirtli bijg’ish jarayonida ishtirok etadigan fermentlar kompleksi zimaza deyiladi. Spirtli bijgish jaryonida qo`shimcha mahsulotlar sifatida kislota, sivush moylari ham hosil bo`ladi. Agar achitqilar o`sayotgan muhitda aminokislotalar ortiqcha bo`lsa, sivush moylari hosil bo`ladi:
RCH - NH2COOH + H2O = RCH2OH + NH3 + CO2
Spirtli bijg`sh oziq-ovqat sanoatida muhim ahamiyatga ega. Spirtli bijg`sh uchun turli mahsulotlardan foydalanish mumkin.
1) tarkibida kraxmal bo`lgan mahsulotlar (bug`doy, arpa, javdar, makkajo`xori, kartoshka):
2) tarkibida shakar bo`lgan mahsulotlar (lavlagi, shakar patokasi):
3) yog`och qipig`iga HCL va H2SO4 bilan ishlov beriladi, qipiq shakarga aylanadi, keyin bu mahsulotga nitrat, fosfat tuzlari va vini achitqilaridan qo`shiladi. 1m3 qipiqdan 158 l metil spirt olinadi:
4) hozirgi vaqtda spirt sintetik yo`l bilan etilen gazidan olinmoqda:
C2H4 + H2O CH3CH2OH
Spirtli bijg`sh jarayonining mohiyati shundan iboratki, bunda hosil bo`lgan energaya ATF da to`planadi va zarur bo`lganda hujayra undan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |