O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti



Download 14,52 Mb.
bet216/279
Sana23.07.2022
Hajmi14,52 Mb.
#843032
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   279
Bog'liq
Oziq-ovqat mikrobiologiyasi Majmua2021 oot (1)

Asоsiy tushunchalar: Oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligiga erishishning asosiy maqsadi, oziq-ovqat xavfsizligiga erishishning muhim shartlari, oziq-ovqat barqarorligi, oziq-ovqat yetarliligi, iqtisodiy imkoniyat, ijtimoiy imkoniyat, oziq-ovqat ta'minoti.


Oziq-ovqat xavfsizligi: tushuncha va tajriba
Oziq-ovqat xavfsizligi bu iqtisodiyotning shunday holati bo‘lib, bunda jahon bozorlari tebranishlaridan qat'iy nazar bir tomondan, ilmiy asoslangan ko‘rsatkichlarga mos miqdorlarda, ikkinchi tomondan tibbiy me'yorlar darajasida iste'molni qondirish uchun shart-sharoit yaratilgan holda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash kafolatlanadi.
Oziq-ovqat xavfsizligiga erishishning asosiy maqsadi ichki va tashqi salbiy ta'sirga bog‘liq bo‘lmagan holda qayta ishlovchi korxonalarni xomashyo, aholini- oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashdir. U hatto valyutaning yetishmasligi, chetdan mahsulotlarni olib kirishda embargo (boshqa mamlakatlar tomonidan to‘siqlar qo‘yish) narxlarning o‘sishiga bog‘liq bo‘lmagan bo‘lishi kerak.
Oziq-ovqat xavfsizligiga erishishning muhim shartlari:

  • har bir inson uchun oziq-ovqat mahsulotlarining yetarli bo‘lishi (yetarli miqdorda uning taklifi);

  • aholi barcha itimoiy toifalari, shu jumladan kam taminlangan aholi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishning iqtisodiy jihatdan imkoniyati (iste'molchilik talabining to‘lov qobiliyati);

  • me'yorda ovqatlanish uchun yuqori sifatli mahsulotlarni iste'mol qilishning yetarli miqdorda bo‘lishi.

Oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi birinchi bor 1974-yilda Jahon oziq-ovqat sammitida taklif qilingan bo‘lib, “oziq-ovqat iste'molining barqaror o‘sishini ta'minlash hamda ishlab chiqarish hajmi va narxlarning o‘zgarishlarini qoplash uchun asosiy oziq-ovqatlarning dunyoda yetarli jamg‘armalari har doim mavjudligini” anglatadi. Keyingi yillarda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va to‘yimliligi hamda shaxsiy hohishlarni ham inobatga olish maqsadida oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi kengaytirildi. Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida mavjud zamonaviy adabiyotda juda ko‘p tushuncha va ko‘rsatkichlar mavjud. Oziq-ovqat xavfsizligiga oid ko‘p tushunchalar va ko‘rsatkichlar mavjudligiga qaramay, mazkur g‘oyaning o‘ta muhimligini hamma e'tirof etgan.
1996-yilda Jahon Oziq-ovqat xavfsizligi sammiti oziq-ovqat xavfsizligini shart sifatida belgiladi: “...barcha odamlar o‘z oziqlanish ehtiyojlari va shaxsiy hohishlariga binoan hamda faol va sog‘lom hayotni ta'minlash uchun yetarli miqdorda xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlariga yetarli va iqtisodiy jihatdan ega bo‘la olishi”.
2001-yilda oziq-ovqat xavfsizligi g‘oyasiga moddiy va iqtisodiy imkoniyatdan tashqari ijtimoiy imkoniyat tushunchasi ham qo‘shildi. Hozirgi FAO belgilagan tushuncha mazkur qo‘shimcha jihatni quyidagicha aks ettiradi: “barcha odamlar odamlar o‘z oziqlanish ehtiyojlari va shaxsiy hohishlariga binoan hamda faol va sog‘lom hayotni ta'minlash uchun yetarli miqdorda xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlariga ega bo‘lishi uchun jismonan, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlari mavjudligi oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlandi deganidir” .
FAO mutaxassislari fikriga ko‘ra oziq-ovqat xavfsizligi jihatidan holat oziq-ovqat xavfsizligi omillari, ko‘rsatkichlari, ta'minot barqarorligi, ega bo‘lish imkoniyati va sog‘lomligi bilan belgilanadi. Ular quyida batafsil belgilangan.
Barqarorlik: oziq-ovqat ta'minoti uzilmasligi uchun aholi, oila yoki alohida axs har doim oziq-ovqatga ega bo‘la olishi lozim. Ular kutilmagan hodisalar (masalan, iqtisodiy yoki iqlimiy bo‘hron) yoki siklik hodisalar (masalan, iqlimiy oziq-ovqat tanqisligi) tufayli oziq-ovqatdan uzilib qolmasligi lozim.

Download 14,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish