“3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni”
“O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida”gi Qonun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992 yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli qaroriga asosan har yili “3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni” sifatida respublikamizda keng nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinadi.
Butun dunyo aholisining 1 milliarddan ortig'ida, yani ettita kishidan kamida bittasida muayan bir turdagi nogironlik mavjud. Barcha nogironlarning 100 milliondan ortig'ini bolalar tashkil etadi. Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsadlardan biri butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo'lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taminlab, barcha uchun ochiq va do'stona bo'lgan jamiyat qurishdan iboratdir.
“Xalqaro nogironlar kuni”ga bag'ishlab o'tkaziladigan bugungi tadbirlar ham nogironlarga ijtimoiy yordam ko'rsatish, moddiy va manaviy qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o'z o'rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada Muhtaram Prezidentimiz tomonidan nogironlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik, keng jamoatchilikning ham bu savobli ishlarda faol ishtirokining yorqin namunasidir. O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasi ham nogironlarni har taraflama qo'llab-quvvatlash, ularga hayotda teng imkoniyatlar yaratib berish va ular o'rtasida sportni targ'ib qilishda salmoqli hissa qo'shib kelmoqda. Ayniqsa, ushbu sohaga hukumat darajasida etibor qaratilayotgani yurtimizda Paralimpiya sporti kundan-kunga rivojlanib borishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Takidlash kerakki, yakunlanib borayotgan 2019 yilda O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasi sportchilari 18 ta xalqaro musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilishdi va ularda 33 ta oltin, 16 ta kumush va 16 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Hozirgi kunga qadar 15 nafar sportchi kelasi yil Tokioda bo'ladigan yozgi Paralimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritdi. SHerzod Namozov (Dzyudo), O'tkir Nigmatov (Dzyudo), Odiljon Turdialiev (Dzyudo), Xusnitdin Norbekov (Engil atletika), Bobir Omonov (Engil atletika), Nozimaxon Qayumova (Engil atletika), SHaxnoza Mirzaeva (Parakanoe) va Firdavs Musabekov (Suzish) kabi sportchilar milliy paralimpiyamizning dovrug'ini jahonga yoyishda munosib hissa qo'shishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |