O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti



Download 14,52 Mb.
bet101/279
Sana23.07.2022
Hajmi14,52 Mb.
#843032
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   279
Bog'liq
Oziq-ovqat mikrobiologiyasi Majmua2021 oot (1)

Antitelolar va antigenlar.
Antigenlar haqida tushuncha. Antigen grekcha so‘z bo‘lib, anti – qarshi va genis – avlod degan ma’noni bildiradi. Organizmga tushib, immunologik reaksiyani paydo qiladigan har qanday moddalar o‘ziga xos maxsus antitelolar hosil qilishi bilan ifodalanadi. Antigen nomi 1899-yili vengriyalik olim Ladislau Doych tomonidan tavsiya etilgan. Antigenlarning molekulyar massasi nihoyatda yuqori. Shu sababli antitelolarni hosil qilish xususiyatlari ham yuqori.
Antigenlarning molekulalari kolloid holatda bo‘lgani uchun, ular shimilib, antitelolar hosil bo‘ladigan joylarga yetib boradi. Kristall moddalarning antigenligi aktiv emas. Antigenlarga mikroor­ganizmlar va ularning zaharlari, begona oqsillar, fermentlar, to‘qima hujayralarining elementlari va hayvonlarning zahar­lari kiradi. Oqsil moddalarning tarkibida aromatik guruhlar ko‘p bo‘lsa, unda oqsil moddalarning antigenlik xususiyati yuqori bo‘ladi va shunga qarab ular ikki guruhga: sifatli va sifatsiz antigenlarga bo‘linadi.
Sifatli antigenlarning kimyoviy tuzilishida aromatik guruhlar radi­kal bo‘lib ishtirok etadi. Ular organizmga kiritilsa, o‘ziga qarshi maxsus immun moddalar bilan probirkada ham spetsifik birlasha oladi. Sifatsiz antigenlar yoki gaptenlar organizmga parenteral yo‘li bilan yuboril­ganda, o‘ziga qarshi maxsus immun moddalar hosil qila olmaydi.
Antitelolar haqida tushuncha. Bu hayvonlarning organizmiga antigenlar ta’sir qilgandan so‘ng hosil bo‘ladigan maxsus oqsillar immuno – globulinlar (gamm - globulin) dir. Antitelolar termolobil bo‘­lib, molekulyar massasi nihoyatda katta (160000–195000). Antitelolarning asosiy xususiyati ular hosil qilgan antigenlarga sezgirligidir. Antitelo bilan antigenlarning o‘zaro ta’sir etishi orqali antigen zarar­sizlantiriladi. Hamma antitelolar uchta katta guruhga bo‘linadi: anti­mikrobli, antitoksinli va antihujayrali. Antitelolar, antigenlar ta’sir etgach, 5-6 kundan so‘ng hosil bo‘lib, bir necha oylar organizmda saqlanib turadi. So‘ngra yana kamaya boshlaydi. Antigenlar ta’sirida organizmda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Antitelolarning ko‘payish tezligi antigenlarning organizmga qayerdan yuborilishiga bog‘liqdir. Vena qon tomiri orqali yuborilsa, antitelolar tez­roq hosil bo‘lib, organizmning yuqumli kasallikka qarshi turish qobiliyati oshadi. Antigenlarga achchiqtosh, alyuminiyning gidroksili kabi moddalar qo‘shib organizmga yuborilsa, hosil bo‘lgan antitelolar uzoq muddat saqlanib turadi.

Download 14,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish