85
Biroq, bu holat harakatlarning har vaqt doimiy holatda qolishi kerakligini anglatmaydi.
Harakatlar jang davomida qulay holatda yuzaga keluvchi vaziyatlar hisobga olinishi asosida
o’zgartiriladi. Ushbu ko’rinishdagi ziddiyatli holat asosida harakatlar ko’nikmalarining
bir butun
yagonaligi kelib chiqadi.
Asosiy chalg’ituvchi omillarni tizimlashtirishda kuchli ta’sirga ega bo’lgan va jang davomida
ko’p uchrovchi omillar qayd qilinadi. Bu haqda murabbiy bilishi kerak va mashq qiluvchilarda
sevimli usullari bajarilishi barqarorligiga nisbatan chalg’ituvchi ta’sirga ega bo’lgan omillarni
ishlab chiqish zarur hisoblanadi. Harakatlar texnikasining chalg’ituvchi omillarga nisbatan
barqarorligini nazorat qilish uchun texnik tayyorgarlik bo’yicha ma’lum bir aniqlikdagi me’yoriy
talablardan foydalaniladi.
Har bir texnik usulda o’ziga xos ritm mavjud.
Turli xil sportchilar bir xil texnik harakatlarni bajarishda turli xildagi vaqt ritmi,
kuchlanishlarni namoyon qiladi. Chunki bu holat sportchilarda jismoniy sifatlarning turli xildagi
rivojlanishi, morfologik jihatdan o’ziga xosligi, shuningdek, ularda muskullar
guruhlarining turli
xilda ish bajarishga jalb qilinishi va funksiya bajarishi bo’yicha farqlanishlar qayd qilinishi bilan
izohlaniladi.
Hozirgi vaqtda yuqori malakali sportchilarda ma’lum bir aniq texnik harakatlar
rivojlantirilishiga muvofiq ko’rinishda alohida muskullar guruhlarining rivojlantirilishi bo’yicha
me’yoriy talablar ishlab chiqilgan. Bu me’yorlar berilgan texnik harakatlar bajarilishi uchun
jismoniy sifatlarning rivojlantirilishida asosiy hisoblanadi. Shu sababli jismoniy sifatlarning
rivojlantirilishida talab qilinuvchi usullar va vositalarning tanlab olinishi, shuningdek,
ularning
rivojlanishida siljishlarni doimiy ravishda nazorat ostiga olish sportchining texnik mahoratini
o’stirishga ijobiy ta’sir ko’rsatish imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu ko’rsatkichlar hisobga
olinishi bilan qanday aniq turdagi texnik usullar ushbu sportchilar uchun oqilona ekanligiga
oydinlik kiritishni oldindan bashorat qilish mumkin.
Boshlovchi sportchilar uchun usullarning o’rganilishida mashq qiluvchilarning barcha qabul
qilish kanallari orqali o’tuvchi axborotlar oqimini ta’minlovchi vositalar va usullar tanlab olinishi
talab qilinib, bunda ushbu axborotlar o’rganiluvchi texnik harakatlarning nisbatan keng ko’lamda
ifodalanishini yuzaga keltirishi ta’minlanadi.
Nisbatan qobiliyatli sportchilar uchun (alohida vaziyatlarda) muskul bo’g’imlar sezgisiga
bog’liq analizatorlarni kuchaytirish maqsadlarida va usullarni bajarishning takomillashtirilishi
uchun ko’rish analizatorini ishga qo’shmaslikdan foydalanish talab qilinadi. Ko’rish analizatorining
ishga qo’shilmasligi sharoitida muskul-bo’g’imlarning sezish pog’ona
darajasi susayishi qayd
qilinadi, sportchi tegishli usullarni to’g’ri bajarishi amalga oshiriladi.
86
Chalg’ituvchi omilning tarkibiga qo’shilishi sharoitida usulning bajarilishi vaqti
muskullarning ish bajarishi vaqtiga nisbatan barqaror ko’rsatkich hisoblanadi (haqiqatdan ham,
usulning bir qismi umumiy usulga nisbatan sezilarli darajada o’zgaradi;
bu ham kompensator
samarani ifodalaydi). Chunki bu holat usulning barqarorligi ta’minlanishi uchun muskullarning
katta miqdordagi kompensator ish bajarishi natijasida yuzaga keladi.
Hozirgi vaqtda usulning bajarilishi va ayrim muskullar guruhlarining ish bajarishi vaqti
barqarorligi diapazoni haqidagi boshlang’ich ma’lumotlar mavjud hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar
murabbiyga qanday muskullar guruhlarining kompensator sifatida ish bajarishini aniqlash imkonini
beradi, shuningdek, ular ushbu nuqtai nazardan qanday darajada ishonchilikka ega hisoblanishi,
qanday ichki mexanizmlar usulning bajarilishida turli xil shovqinlarga barqarorligini ta’minlashi
kabilarga oydinlik kiritiladi. Agar sportchida alohida muskullar darajasida ayrim kamchiliklar qayd
qilinsa
va shu bilan bir vaqtda, tegishli usulning yuqori darajada barqarorligi kuzatilsa,
ushbu
holatda organizmning qanday zahiralari hisobiga ushbu ko’rinishdagi kompensatsiyalanishi
namoyon bo’lishiga oydinlik kiritish mumkin.
Ushbu ko’rinishda, sportchining texnik mahoratini takomillashtirish uchun, bir tomondan
usulning tayyorlanishi usullarini kengaytirish (optimal chegaralarda) talab qilinadi,
boshqa
tomondan esa usulning barqarorligi (optimal darajada), og’riqli holatlar va shovqinlarga nisbatan
barqarorligi,
tezkorlik, kuch va harakatlarning o’z vaqtida bajarilishi ishlab chiqilishi talab qilinadi.
Harakatlarning nisbatan keng ko’lamda ifodalanishini yuzaga keltirishi ta’minlanadi.
Nisbatan qobiliyatli sportchilar uchun (alohida vaziyatlarda) muskul bo’g’imlar sezgisiga
bog’liq analizatorlarni kuchaytirish maqsadlarida va usullarni bajarishning takomillashtirilishi
uchun ko’rish analizatorini ishga qo’shmaslikdan foydalanish talab qilinadi. Ko’rish analizatorining
ishga qo’shilmasligi sharoitida muskul-bo’g’imlarning sezish pog’ona darajasi susayishi qayd
qilinadi, sportchi tegishli usullarni to’g’ri bajarishi amalga oshiriladi.
Chalg’ituvchi omilning tarkibiga qo’shilishi sharoitida usulning bajarilishi vaqti
muskullarning ish bajarishi vaqtiga nisbatan barqaror ko’rsatkich hisoblanadi (haqiqatdan ham,
usulning bir qismi umumiy usulga nisbatan sezilarli darajada o’zgaradi; bu ham kompensator
samarani ifodalaydi). Chunki bu holat usulning barqarorligi ta’minlanishi uchun muskullarning
katta miqdordagi kompensator ish bajarishi natijasida yuzaga keladi.
Hozirgi vaqtda usulning bajarilishi va ayrim muskullar guruhlarining ish bajarishi vaqti
barqarorligi diapazoni haqidagi boshlang’ich ma’lumotlar mavjud hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar
murabbiyga qanday muskullar guruhlarining kompensator sifatida ish bajarishini aniqlash imkonini
beradi, shuningdek, ular ushbu nuqtai nazardan qanday darajada ishonchilikka ega hisoblanishi,
qanday ichki mexanizmlar usulning bajarilishida turli xil shovqinlarga barqarorligini ta’minlashi
kabilarga oydinlik kiritiladi. Agar sportchida alohida muskullar darajasida ayrim kamchiliklar qayd
87
qilinsa va shu bilan bir vaqtda, tegishli usulning yuqori darajada barqarorligi kuzatilsa, ushbu
holatda organizmning qanday zahiralari hisobiga ushbu ko’rinishdagi kompensatsiyalanishi
namoyon bo’lishiga oydinlik kiritish mumkin.
Ushbu ko’rinishda, sportchining texnik mahoratini takomillashtirish uchun, bir tomondan
usulning tayyorlanishi usullarini kengaytirish (optimal chegaralarda) talab qilinadi, boshqa
tomondan esa usulning barqarorligi (optimal darajada), og’riqli holatlar va shovqinlarga nisbatan
barqarorligi, tezkorlik, kuch va harakatlarning o’z vaqtida bajarilishi ishlab chiqilishi talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: