33
20.
Qayishqoqlik
27.
Boshqalarni tushuna olish
– rahbardagi boshqalarning
munosabatlari va his-tuyg‘ularini oldindan bilish, seza
olish, shuningdek, empatik ravishda fikrlarini boshqalarga
ma’lum qilish xususiyati.
28.
Moslashuvchan, qayishqoq bo‘lish
– bu rahbardagi ishning
yangicha usullariga moslashuvchanlik, o‘zining
sevimli
ishlash uslubini zamonaviylashtirishga tayyor turish
xususiyati.
21.
Qat’iylik
29.
Qat’iyatlilik
– bu boshqaruvchidagi murakkab qarorlarni
tezlikda qabul qila olish xususiyati.
22.
Sohaga doir
faoliyatdagi
kompetentlik
30.
Atrofdagilarga ta’sir o‘tkazish
– rahbarning o‘z g‘oyalari,
maqsadlari, loyihalari va qarorlariga hamfikr va qo‘llab-
quvvatlovchilarni topa olish qobiliyati.
31.
Mehnat sifatini boshqarish
– rahbardagi o‘zi va qo‘l
ostidagilarning butun faoliyati mas’uliyatini o‘z zimasiga
ola bilish, aniq maqsadlar va istiqbollarni belgilash
xususiyati.
Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jixatdan shakllanishini o’rganadi.
Bunda shaxs
rivojlanishi kasbiy shakllanishi sifatida ko’rib chiqiladi. Kasb psixologiyasi-mexnat
psixologiyasining kasblarni psixologik komponentlarini yoki muayyan kasbda ishlovchilarga
nisbatan ko’yiladigan psixologik talablarni 5o’ganish xamda ilmiy taxlil qilish bilan
shug’ullanuvchi bo’limidan iborat.
Mutaxassislikning turli ijtimoiy - madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida kasbiy xulq
muxim axamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va kognitiv sifatlariga e’tibor berilgan
xolda kasbiy yutuqlarga asosiy e’tibor qaratiladi. Inson va uning kasbi o’rtasidagi, shuningdek,
kasbiy vazifasi va kasblar olami tuzilmasi o’rtasidagi munosabatlar taxlil qilinadi. Kasb
psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning axamiyatini o’rganib, shaxsning kasbiy shakllanishini
tadkik etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy yetuklik
determinantalarini ayniqsa, kasbga kirishish va uning xayotga bo’lgan ta’sirini o’rganadi.
Kasb psixologiyasining muxim aspektlari - bu kasbiy faoliyatning taxlili, kasbiy maksadlar,
vaziyatlar, qiyinchiliklarini o’rganishi, kasbiy talablarni aniqlashdan iborat. Kasb psixologiyasining
predmetining ta’rifiga asoslanib, uning quyidagi vazifalarini ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq:
1.Shaxsning kasbiy shakllanishi asosiy tushunchalari va tadqiqot tamoyillarini, o’zining
faoliyatiga tegishli uslublarini asoslash;
2.Kasb psixologiyasi predmetiga mos bo’lgan tadqiqot uslullarini ishlab chiqish va o’ziga
xos uslublarini tuzish;
3.Kasblarning tavsifiy tuzilmasini psixologik
taxlil qilish, kasblarni proektlash uslublari va
tamoyillarini ishlab chiqish;
4. Shaxsning kasbiy shakllanishi qonuniyatlari va psixologik mexanizmlarini tadqiq etish.
Bu jarayon dinamikasini determinantlovchi omillarni aniqlash, kasbiy shakllanishdagi inqirozlarni
taxlil etish;
5.Mutaxassislikning kasbiy desturuksiyalarini, ya’ni shaxsning deformatsiyasi,
kasbiy
faoliyatga bo’lgan layoqatini pasayishi va boshqalar;
6.Shaxsning kasbiy rivojlanish monitoringni yuritish, bu borada psixodiagnostik vositalarni
ishlab chiqish xamda mutaxassislarni attestatsiyadan o’tkazish;
7.Shaxsning kasbiy shakllanishiga psixologik yordam xamda insonning kasbiy xayoti
davomida yordam berish, qo’llab-quvvatlash;
8.Kasbiy maslaxat, kasbiy ma’lumotning shaxsiy rivojlantiruvchi psixologik jixatlari,
attestatsiyadan o’tkazish, kasbiy
rivojlanish psixotexnikasi, kasbiy korreksiya va reabilitatsiya,
kasbdan ketishga psixologik tayyorgarlik borasidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Kasb psixologiyasining metodologik asosi - bu shaxsning kasbiy shakllanish
34
konsepsiyasidir. Mazkur konsepsiyaning asosiy moxiyati shundaki, kasb tanlash jarayonida ‘shaxs
miqdor va sifat jixatidan rivojlanib boradi ya’ni ular o’z yo’nalishini boyitib boradi, shu orqali
tajriba va saloxiyat shakllanadi. Kasbiy shakllanish jarayonida inqirozlar, to’qnashuvlar, destruktiv
o’zgarishlar bo’lib o’tishi mumkin. Bu jarayonning tezligi biologik va ijtimoiy omillarga,
shuningdek
tasodifiy xolatlarga, xayotiy muxim kasbiy vokealarga bog’lik bo’ladi.
Kasbiy shakllanish - bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o’z ichiga olib, u kasbiy
maqsadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy xayotning tugallangungacha bo’lgan davrni o’z
ichiga oladi. Bu geteroxron jarayondan optatsiya, ya’ni kasbiy ta’lim va tayyorgarlik,
profadaptatsiya, professionalizm xamda maxorat bosqichlarini ajratish mumkin.