O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/118
Sana21.06.2022
Hajmi5,24 Mb.
#688190
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   118
Bog'liq
27 KASBIY-PSIXOLOGIYA

O’z-o’zini kuzatish 
Nomidan ko‘rinib turibdiki, tadqiqotchi o‘z-o‘zini kuzatish bilan o‘zidagi psixik hodisalarni 
tekshiradi. Bu holda tadqiqotchi psixik jarayonlar va holatlarning ichki tomoni - odamning 
sub’ektiv kechinmalari qanday ro‘y bersa, ularni shu holida tasvir etish va aniqlab olishga intiladi. 
Psixolog o‘z tadqiqotlarida tekshirilgan kishilarning o‘z-o‘zini kuzatib olgan ma’lumotlariga ham 
asoslanadi. 
O‘z-o‘zini kuzatishda psixik hodisalarni (masalan, shodlik yoki qayg‘u hissini, tafakkur 
jarayonini) ham boshdan kechirish, ham shu hodisalarni o‘rganish juda qiyin ekanligi, ba’zan esa 
butunlay mumkin bo‘lmasligi ko‘rsatib o‘tildi. 
O‘z-o‘zini kuzatish metodining cheklanganligini ham uning kamchiligi deb bilish kerak. 
Psixolog o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan faqat o‘z psixikasini o‘rganadida, axir. Shunday bo‘lgach, 
odam psixikasi haqidagi fan faqat psixologlarning o‘z psixologiyasiga aylanib ketadi. Bunday 
psixologiya madaniy taraqqiyot jihatidan yuksak darajada turgan, o‘z ixtisosiga ko‘ra o‘zini-o‘zi 
kuzata oladigan va o‘zini-o‘zi muhokama qila oladigan kishilar psixikasi haqidagina bilim beradi. 
Ammo madaniy taraqqiyotning pastroq bosqichida turgan kishilar psixikasi haqidagi ta’limot ham, 
bolalar psixikasi haqidagi ta’limot ham psixologiyaga qo‘shilishi kerak. Madaniy taraqqiyotning 
pastroq bosqichida turgan kishilar va bolalar esa fan nuqtai nazaridan o‘z-o‘zini kuzata olmasligi 
tabiiy. Demak, o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan odam psixik taraqqiyotining turli bosqichlari haqida 
bilim olib bo‘lmaydi. 
I.P.Pavlov o‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan aniqlab olishi mumkin bo‘lgan sub’ektiv psixik 
hodisalar haqida gapirar ekan, bunday deb yozgan edi: «Albatta, bu (sub’ektiv – P.I.) hikmatlar biz 
uchun birinchi darajali voqe’likdir, ular kundalik hayotimizni yo‘lga soladigan, inson jamiyatining 
taraqqiy etishiga sabab bo‘ladi. Ammo sub’ektiv holatlarga qarab yashash boshqa-yu, ularning 
mexanizmini chinakamiga ilmiy tahlil qilish boshqa». 
O‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan sub’ektiv ravishda ko‘ngildan kechadigan faktlarni aniqlash, 
tasvirlash mumkin, ammo ularni har tomonlama tushuntirish mumkin emas. Psixik hodisani 
tushuntirish – uning sababini, nerv-fiziologik asosini topish va odam yashaydigan ijtimoiy sharoit 
bilan bog‘langanligini aniqlash demakdir, bularning hammasi esa o‘z-o‘zini kuzatish doirasidan 
tashqaridadir. Fanning vazifasi faktlarni tasvir etishdangina iborat emas, balki asosan shu faktlarni 
tushuntirish, ularning qonuniyatlarini kashf etishdan iborat. Ob’ektiv metoddan foydalangandagina 
bunga erishish mumkin. 


44 
Ammo, o‘z-o‘zini kuzatish metodining yuqorida aytilgan kamchiliklari bu metodni 
psixologiyada keraksiz, g‘ayri ilmiy metod deb butunlay rad etishga asos bo‘lmasligi kerak, albatta. 
Bu kamchilik va qiyinchiliklarning hammasi ham o‘z-o‘zini kuzatishda uchrashi mumkin
lekin ular hamisha, o‘z-o‘zini kuzatishning har qanday bo‘lavermaydi. Avvalo, odam o‘z-o‘zini 
kuzatish ob’ekti bo‘lolmaydi, degan da’voni asossiz deb bilish kerak. Odam ongi taraqqiy etgan 
bo‘lsa, ma’lum psixik jarayonlarni baravariga boshdan kechirishi ham, kuzatishi ham mumkin, 
odamning hususiyati ham shundan iborat. Odam kuzatish bilangina qolmay, psixik jarayonlarga 
ta’sir o‘tkazishi, turli psixik jarayonlarni yuzaga chiqarishi, o‘zgartirishi, kuchaytirishi va to‘xtatishi 
mumkin. Bu har kimga yaxshi ma’lum bo‘lgan faktdir. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish