45
o‘quv va mehnat malakalarini hosil bo‘lish tezligini juda aniq o‘lchash mumkin.
Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayot
faktlari
ularning tabiiy suratda ro‘y berishida, borishida va o‘zgarishida olib o‘rganiladi, ya’ni xaqiqatda,
kishilarning kundalik turmushida qanday ro‘y bersa, o‘shanday holida tekshiriladi.
Ammo bu metoddan foydalanganda ba’zi bir ung‘aysizlik va qiyinchiliklarni uchratishga
to‘g‘ri keladi, masalan, bu erda tadqiqotchi psixologning tekshirishi
uchun qaysi psixik
hodisalarning yuzaga chiqishi kerak bo‘lsa, o‘sha hodisalar yuzaga chiqqan kishilarni qidirishga
yoki biron kishida, ba’zan psixologning o‘zida shu hodisalarning yuzaga chiqishini kutib turishga
to‘g‘ri keladi. Eksperiment metodidan foydalanganda bu ung‘aysizlik va qiyinchiliklar barham
topadi yoki kamayadi. Psixologiyada eksperimentning ikki turi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy
eksperiment tafovut qilinadi.
Laboratoriya eksperimenti. Laboratoriya eksperimentining
mohiyati shundaki, tekshiruvchi
kishi tekshiriladigan psixik hodisani qachon kerak bo‘lsa o‘sha vaqtda ataylab vujudga keltiradi.
Bunda tekshirilayotgan psixik hodisa tabiiy sharoitda birgalikda sodir bo‘ladigan boshqa psixik
hodisalar kompleksidan ajratib olinishi mumkin. Tekshiriladigan psixik hodisalar eksperiment
davomida o‘zgartirilishi, boshqa psixik hodisalar bilan muayyan bir suratda bog‘lanishi, kuch,
tezlik, hajm va boshqa shu kabi jihatlari o‘lchab ko‘rilishi mumkin.
Bu yerda muayyan bir psixik
hodisani vujudga keltirgan sharoit sun’iy yo‘l bilan o‘zgartirilishi, psixik hodisa davom etadigan
sharoit o‘zgartirilishi mumkin. Shuning uchun ham psixik hodisalarning qonuniyatlari metodi bilan
tekshirishda yaxshiroq ochiladi. Eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishda mahsus metodik materiallar
– narsa, rasm va so‘zlar, shuningdek mahsus asboblar (masalan, xronoskop) qo‘llaniladi.
Tekshiriladigan hodisalar shu material va asboblar yordami bilan vujudga keltiriladi,
shuningdek, psixik hodisalarning tezligi, kuchi, hajmi va shu kabilar qayd qilinadi.
Texnika juda taraqqiy etgan hozirgi zamonda psixologik tadqiqotlar uchun (ayniqsa mehnat
psixologiyasi sohasida) elektron asboblar
va kibernetik metodlar, masalan, modellashtirish usuli
qo‘llanilmoqda. Eksperimental tadqiqotlar asosan mahsus laboratoriya va institutlarda o‘tkaziladi.
Ayrim psixik hodisalarni mukammal va aniq, o‘rganish maqsadida psixologiyaga doir ilmiy
tekshirish
muassasalarida mahsus binolar, masalan, tovushni va yorug‘likni o‘tkazmaydigan
kabinetlar, yorug‘lik ta’sirini o‘zgartirishga moslangan kabinetlar va shunga o‘xshash xonalar
quriladi. Yosh psixologiyasi bilan pedagogik psixologiyaga doir masalalar yuzasidan ko‘pgina
eksperimental tadqiqotlar odatda, bolalar boqchalari va maktablarda o‘tkaziladi. Bu tadqiqotlarda
bolalar o‘rganiladi. Xotira jarayonlarini tekshirishda qo‘llaniladigan
quyidagi usul laboratoriya
eksperimentiga misol bo‘la oladi: eksperiment qilayotgan kishi tekshirilayotgan kishining oldida
o‘n ikki so‘z qilib beradi. Tekshirilayotgan kishi ana shu eshitgan so‘zlarini belgilangan vaqtdan
keyin aytadi. Ana shu so‘zlarning qanchalik to‘liq, aniq, va tez aytib berilishi tekshirish
natijalaridan bilinadi. Xuddi
shunday eksperimentlar qilib, so‘zlarni, raqamlarni yoki qanday
bo‘lmasin boshqa materialni yodlash tezligi, esda nechog‘li mahkam saqlash, unutish tezligi va shu
kabilarni aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: